- •Iqtisodiy tahlil
- •Iqtisodiy axborotlar -muqobil xarajatlar
- •Ishlab chiqarish va mahsulot turlari bo‘yicha
- •Ishlab chiqarish yozuvlari
- •Boshkaruv hisobi va ishlab
- •Chiqarish hamda axborot
- •Tizimlari mujassamlashuvi
- •1.1. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda strategik boshqaruv hisobini tashkil etish zaruriyati va ahamiyati
- •Chet el investitsiyasi ishtirokidagi “Toshkentvino kombinati” aksiyadorlik jamiyatining moliyaviy ko‘rsatkichlari dinamikasi6
- •Chet el investitsiyasi ishtirokidagi “Toshkentvino kombinati” aksiyadorlik jamiyati faoliyatining 2017-2023 yillardagi asosiy ko‘rsatkichlari dinamikasi7
- •Chet el investitsiyasi ishtirokidagi “Toshkentvino kombinati” aksiyadorlik jamiyatining daromad va xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumot9
- •Strategik boshqaruv hisobining mohiyatini yoritishga bo‘lgan ilmiy yondoshuvlar
- •Strategik boshqaruv hisobi mohiyatini belgilovchi yo‘nalishlar tahlili
- •Ish muhiti tahlili
- •Innovatsion salohiyat tahlili
- •Strategik boshqaruv hisobining metodlari
- •1.2. Strategik boshqaruv hisobini tashkil etishning nazariy va tashkiliy asoslari.
- •Boshqaruv hisobini faoliyat turlari bo‘yicha tashkil etishning qiyosiy taqqoslanishi
- •1.3. Tovar-moddiy zaxiralarning iqtisodiy talqini va uning strategik boshqaruv hisobi vazifalari.
- •Zaxiralarning tarkibiy qismlari bo‘yicha iqtisodchi olimlarning qarashlari
- •Birinchi bob bo‘yicha xulosalar
- •Xorijiy amaliyotda zaxiralarni baholash usullari1
- •2.2. Tovar-moddiy zaxiralar tannarxi va ularni moliyaviy hisobotlarda aks ettirish holati
- •Manba: Ishlab chiqarishga oid bo‘lgan asosiy vositalar amortizatsiya (depresiatsiya) xarajatlari
- •Ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot tannarxi to‘g‘risidagi hisobot (31 dekabr bilan yakunlanadigan 2025 yil uchun) (mln. So‘m)
- •“Istiqbol” korxonasida 2025 yil uchun tovar-moddiy zaxiralarning buxgalteriya balansida aks ettirilishi
- •2.3. Ishlab chiqarish xarajatlarining strategik boshqaruv hisobini tashkil qilish yo‘nalishlari
- •Xarajatlar byudjetini nazorat qilish
- •Xarajatlarni hisobga olish
- •Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda xarajatlarning strategik boshqaruv hisobini yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif etilayotgan besh bosqichli modelning mohiyati62
- •Balanslashtirilgan ko‘rsatkichlar tizimi (bkt) bloklari66
- •II bob bo‘yicha xulosalar
- •3.1. Ishlab chiqarish xarajatlarining strategik boshqaruv hisobini takomillashtirish yo‘nalishlari.
- •Xarajatlarni strategik boshqarish
- •Xarajatlarni og‘ish darajasiga qarab tasniflash (klassifikatsiya qilish)
- •Xarajatlarni hajmi (miqdori) bo‘yicha tasniflash (klassifikatsiya qilish)
- •Xarajatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish (yig‘ish)
- •Cheii “Toshkentvino kombinati” aJda xarajatlarni hajmi bo‘yicha abc tahlilini o‘tkazish uchun buxgalteriya hisobi ma’lumotlari
- •Strategik boshqaruv hisobida xarajatlarni miqdori hamda tebranish darajasi bo‘yicha tasniflash
- •Tovar-moddiy zaxiralarning strategik boshqaruv hisobini tashkil qilish va yuritish zaruriyatini asoslovchi ko‘rsatkichlar
- •3.2. Tovar-moddiy zaxiralarning strategik boshqaruv hisobini takomillashtirish yo‘nalishlari
- •Xalqaro standartlar talabalariga muvofiqlashtirilgan moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotida joriy aktivlar qismini aks ettirish69
- •Ushbu qiymatlarning eng kichigi bo‘yicha baholanadi
- •Zaxiralarni 2-son bhxSga asosan baholash
- •Xarid tannarxi (cost of purchase)
- •Zaxiralar tannarxi elementlari
- •Xarid qilingan materialning xarid tannarxini aniqlash bo‘yicha hisob-kitoblar73
- •III bob bo‘yicha xulosalar
1.3. Tovar-moddiy zaxiralarning iqtisodiy talqini va uning strategik boshqaruv hisobi vazifalari.
Korxonaning moliyaviy barqarorligi va to‘lov qobiliyati joriy aktivlarning hajmi bilangina emas, ularning tarkibi, aylanish tezligi va pulga aylanish imkoniyati bilan ham belgilanadi. Zaxiralar ishlab chiqarish uzluksizligi uchun zarur bo‘lsa-da, ularning ortiqcha miqdori aylanma mablag‘larni uzoq muddatga band qilib qo‘yishi mumkin. Shu sababli zaxiralar hisobi likvidlik va operatsion sikl tahlili bilan birga olib borilishi kerak.
Joriy aktivlarga doir tadqiqotlarda ularni tan olish, baholash, hisobotda aks ettirish va audit qilish masalalari bilan bir qatorda, aktivlar tarkibini iqtisodiy mazmuniga ko‘ra ajratish muammosi ham uchraydi. Ayniqsa, tovar-moddiy zaxiralari ishlab chiqarish, saqlash va sotish bosqichlari bo‘ylab o‘zgarib borishi sababli ularning hisobi strategik rejalashtirish bilan bog‘lanishi talab etiladi.
Shuning uchun, bizning fikrimizcha, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning joriy aktivlari buxgalteriya hisobini uning mohiyatiga aniqlik kiritib olishdan boshlash muhim.
Jahon amaliyotida, shuningdek iqtisodchi olimlar qarashlarida ham joriy aktivlarning umume’tirof etilgan quyidagi talqini ko‘p uchraydi: “Joriy aktivlar (angl. current assets) – bitta ishlab chiqarish siklida yoki bir yil davomida pul mablag‘lariga aylanadigan aktivlardir. Uzoq muddatli aktivlardan farqli o‘laroq, joriy aktivlar uzoq muddat davomida foydalanish uchun mo‘ljallanmagan. Joriy aktivlar balansning ikkinchi bo‘limida aks ettiriladi”24
Shu masala borasida, iqtisodchi olim Saoud J.Mashkour Alamru quyidagilarni ta’kidlagan: «Joriy aktivlar biznesning normal jarayonida bir yil ichida naqd pulga aylanishi kutilayotgan barcha aktivlarning qiymatini ifodalaydi. Joriy aktivlarga tovar-moddiy zaxiralar, debitorlik qarzlari, sotiladigan qimmatli qog‘ozlar, pul mablag‘lari, oldindan to‘langan xarajatlar va osonlik bilan pulga aylanishi mumkin bo‘lgan boshqa likvid aktivlar kiradi»25.
Shu mavzu doirasida ilmiy tadqiqotlar olib borgan iqtisodchi olim U.A.Nurmanov “Joriy aktivlar – xo‘jalik subyektining doimiy harakatdagi mobil aktivlari bo‘lib, bir ishlab chiqarish (me’yoriy operatsion) sikli davomida o‘z qiymati va shaklini yaratilayotgan mahsulotlarga to‘liq o‘tkazuvchi boyliklar hisoblanib, ular tarkibiga tovar-moddiy zaxiralari, kelgusi davr xarajatlari, kechiktirilgan xarajatlar, pul mablag‘lari, qisqa muddatli investitsiyalar, debitorlar va boshqa joriy aktivlar kiritiladi”26 deya ta’rif bergan.
Shuningdek, yana bir mamlakatimiz olimlaridan D.Mavlyanova esa o‘z tadqiqotida “joriy aktivlar deganda ishlab chiqarish va muomala fondlarini shakllantirish uchun pul ko‘rinishida avanslashtiriladigan, doimo bir funksional shakldan boshqa shakl ko‘rinishiga o‘tadigan qiymat tushuniladi” (D.A., 2020)27 deb ta’riflagan
Sohaga doir boshqa adabiyotlarda joriy aktivlarning keng tarqalgan quyidagi formulasi keltirilgan:
«Joriy aktivlar = Pul mablag‘lari + Pul ekvivalentlari + Zaxira + Olinadigan schyotlar + Sotishga qobiliyatli qimmatli qog‘ozlar + Oldindan to‘langan xarajatlar + Boshqa likvidli aktivlar (Current assets = Cash + Cash Equivalents + Inventory + Accounts Receivable + Market Securities + Prepaid Expenses + Other Liquid Assets)»28
Jahon iqtisodiyoti raqamli iqtisodiyotga o‘tish sharoitida buxgalteriya hisobida «raqamli aktivlar» tushunchasi ham yuzaga kelmoqda. AQSHlik iqtisodchi olim Neil Amato o‘zining AQSHdagi eng nufuzli jurnallaridan biri hisoblanmish «Accountancy» jurnalidagi maqolasida29 raqamli aktivlar professional tashkilotlar tomonidan kiritilayotganligini ta’kidlab, uning hisobi va audit o‘tkazish metodologiyasini ko‘rsatib bergan.
Keltirilgan ta’riflarni qiyoslash joriy aktivlar va ularning alohida guruhlarini hisobga olishda atamalarni bir ma’noda qo‘llash zarurligini ko‘rsatadi. Biroq mavjud ta’riflar xalqaro standartlarga mos emas degan umumiy xulosaga kelishdan oldin har bir normativ hujjatdagi mezon va moliyaviy hisobot shaklini alohida solishtirish kerak. Tadqiqot nuqtayi nazaridan asosiy vazifa — joriy aktivlar tarkibidagi zaxiralar tasnifi, baholash usuli va strategik boshqaruv uchun zarur tahliliy ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi uzviylikni ta’minlashdir.
Xususan, 1-son BHMSda joriy (oborot) aktivlar sifatida tan olishda quyidagilarni mezon sifatida qaraydi:
1. Joriy aktivlar - xo‘jalik subyekti operatsion faoliyatining bir qismi hisoblanib, subyektning normal operatsion sikli doirasida uning olinishi va iste’mol qilinishi kutiladi.
2. Asosan qayta sotish maqsadida tutib turiladi yoki qisqa muddatda yoki hisobot sanasidan 12 oy davomida foydalanishi kutiladi.
1-son BHMSda joriy aktivlarni operatsion sikl doirasida iste’mol qilinishi yoki qayta sotish uchun saqlanishi kabi mezonlar orqali tavsiflash ko‘zda tutilgan. Ushbu mezonlar aktivning hisobot sanasidan keyingi davrda qanday ishlatilishi yoki realizatsiya qilinishini baholashga xizmat qiladi. Shu bois ta’rifni qayta ko‘rib chiqishda “operatsion faoliyatning bir qismi” iborasini alohida tahlil qilish bilan birga, xalqaro standartlardagi joriy tasnif mezonlari bilan mazmuniy muvofiqlikni ham tekshirish zarur.
21-son BHMSga muvofiq schyotlar rejasida joriy aktivlarning buxgalteriya hisobi uchun quyidagi bo‘limlar biriktirilgan: «1. Tovar-moddiy boyliklar, 2. Kelgusi davr sarflari va muddati uzaytirilgan sarflar-joriy qismi, 3. Olinadigan schyotlar, 4. Pul mablag‘lari, qisqa muddatli investitsiyalar va boshqa joriy aktivlar.»30
Shu o‘rinda alohida ta’kidlash joizki, joriy aktivlarning ana shu yuqorida qayd qilingin bo‘limlarining har biri talqini borasida ham bir xil yondoshuv mavjud emas.
Xususan, xorijlik va mamlakatimiz olimlarining zaxiralarning tarkibiy qismlarini belgilash bo‘yicha qarashlari quyidagi jadvalda umumlashtirilgan (1.3.1-jadval):
1.3.1-jadval
