Добавил:
Опубликованный материал нарушает ваши авторские права? Сообщите нам.
Вуз: Предмет: Файл:
Магистрская дисс.docx
Скачиваний:
0
Добавлен:
08.11.2026
Размер:
668 Кб
Скачать
☆

2.2. Tovar-moddiy zaxiralar tannarxi va ularni moliyaviy hisobotlarda aks ettirish holati

Zaxiralar hisobi bo‘yicha asosiy xalqaro talablar 2-son MHXS “Zaxiralar” standartida jamlangan. Ushbu standart doirasida aktivlarni tan olish, ularning tannarxini aniqlash, keyingi baholash va moliyaviy hisobotda ko‘rsatish masalalari o‘zaro bog‘liq. Shu bois milliy amaliyotni takomillashtirishda xorijiy tajribani tahlil qilish bilan bir qatorda standartlarda ishlatiladigan atamalar mazmunini bir xil talqin etish ham muhimdir.

Tadqiqotda 2-son MHXS “Zaxiralar”, 4-son BHMS “Tovar-moddiy zaxiralar” va sohaga oid adabiyotlar o‘zaro solishtirildi. Tahlil ayrim milliy qoidalar va xalqaro yondashuvlar o‘rtasida muvofiqlashtirishni talab qiladigan tafovutlar mavjudligini ko‘rsatdi. Shu asosda atamalar, tan olish tamoyillari va baholash qoidalarini xalqaro standartlarga yaqinlashtirish yuzasidan takliflar shakllantirildi. Adabiyotlar tahlili zaxiralar tannarxini o‘rganishda, birinchi navbatda, xarid vaqtida shakllanadigan boshlang‘ich qiymat va keyinchalik realizatsiya qilingan zaxiralarga tegishli tannarxni aniqlash masalalarini ajratib ko‘rib chiqish zarurligini ko‘rsatadi.4445

R.X. Hermanson va boshqalar zaxiralar tannarxiga quyidagi elementlarni kiritadi: 1. Sotuvchining invoys narxi (xarid chegirmasi ayiriladi); 2. Tovarlarning tranzit aylanishidagi sug‘urta xarajatlari; 3. Xaridorlar tomonidan qoplanadigan transport xarajatlari; 4. Joylashtirish, jumladan yuklarni ortish-tushirish xarajatlari46.

K.D. Larson va hammualliflari zaxiralar tannarxini ularni kerakli holatga keltirish va tegishli joyga yetkazish bilan bog‘liq xarajatlar yig‘indisi sifatida izohlaydi. Ushbu qarashda hisob-kitobning boshlang‘ich nuqtasi invoys qiymatidan iborat bo‘lib, unga berilgan chegirmalar ayiriladi va zaxirani foydalanish yoki sotishga tayyorlash uchun zarur qo‘shimcha xarajatlar qo‘shiladi. Bunday yondashuv xarid xarajatlarini aniqlashda muhim, biroq ishlab chiqarish sharoitida qayta ishlash xarajatlarini ham alohida hisobga olish talab etiladi.47

Sohaga doir boshqa adabiyotlarda48 ham zaxiralar tannarxi hisobi va hisobotining standartlarga uyg‘un jihatlari aks ettirilgan.

Xorijiy adabiyotlarda berilgan ta’riflar zaxiralarni xarid qilishga tegishli xarajatlarni tushuntirish uchun foydali. Biroq ulardagi ayrim yondashuvlar, asosan, savdo korxonasida sotib olingan tovar qiymatini aniqlashga qaratilgan. Xalqaro hisob tizimida esa zaxiralar savdo bilan bir qatorda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyatida ham yuzaga kelishi mumkin. Shu sababli ishlab chiqarishda xomashyoni qayta ishlash, mehnat va ishlab chiqarish ustama xarajatlarini zaxira tannarxiga olib borish masalalari ham ta’rif va hisob tartibida qamrab olinishi lozim.

O‘zbekiston Respublikasida 2-son MHXSga muvofiq keladigan 4-sonli BHMS “Tovar-moddiy zaxiralar” standarti ishlab chiqilgan.

Zaxiralarga oid atamalar tavsifi va uning tarkibi bo‘yicha belgilangan qoidalarni solishtirish natijalarini quyidagi 2.2.1-jadvalda rasmiylashtiramiz.

2.2.1-jadval

2-son MHXSlari va 4-son BHMSlaridagi umumiy qoidalarni solishtirish natijalari

2-son MHXSlarida

4-son BHMSlarida

2-son MHXSning maqsadi – zaxiralarni hisobga olish tartibini belgilash bo‘lib hisoblanadi. Zaxiralar hisobining asosiy masalasi bo‘lib aktiv sifatida tan olinadigan tannarxini hamda taalluqli tushum tan olgunga qadar kelgusi davrlarga o‘tkaziladigan summasini aniqlash hisoblanadi.

Mazkur BHMS maqsadi tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar yuridik shaxsga mulk huquqida tegishli bo‘lgan tovar-moddiy zaxiralarning buxgalteriya hisobi uslubiyoti va moliyaviy hisobotda aks ettirilishini belgilash hisoblanadi.

2-son MHXSlari quyidagi zaxiralarga nisbatan qo‘llanilmaydi:

(a) pudrat shartnomasi bo‘yicha tugallanmagan ishlab chiqarish;

(b) moliyaviy instrumentlar;

(s) qishloq xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq biologik aktivlar.

Mazkur BHMS qoidalari pudrat qurilishi bo‘yicha tugallanmagan ishlar, shu jumladan ular bilan bog‘liq xizmatlar bo‘yicha kontraktlar va moliyaviy dastaklarni hisobga olish qoidalariga nisbatan qo‘llanmaydi.

Zaxira – bu aktiv:

(a) normal faoliyat davomida sotishga mo‘ljallangan;

(b) ushbu sotish uchun ishlab chiqarish jarayonida;

(s) ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida foydalanishga mo‘ljallangan xom-ashyo va materiallar shaklida.

Tovar-moddiy zaxiralar – keyinchalik sotish maqsadida normal faoliyat yuritish jarayonida tutib turiladigan va ishlab chiqarish jarayonida mavjud bo‘lgan, shuningdek mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yoxud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun foydalanadigan moddiy aktivlar

Realizatsiyaning bo‘lishi mumkin bo‘lgan sof qiymati – bu normal ish ketishida bajariladigan ishlarning bo‘lishi mumkin bo‘lgan xarajatlari hamda realizatsiyaning boshqa bo‘lishi mumkin xarajatlarini chegirib tashlagandan keyingi mo‘ljaldagi sof sotish qiymatidir.

Sotishning sof qiymati – tovar-moddiy- zaxiralarni maqsadiga ko‘ra ishlatiladigan holatga keltirish va sotish bo‘yicha baholangan xarajatlar chegirilgan holda joriy qiymati

Adolatli qiymat – bu shu soha bo‘yicha yaxshi tajriba va bilimga ega hamda ushbu bitimni amalga oshirishga xohish-istagi mavjud bo‘lgan va bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan tomonlar o‘rtasida bitimni ro‘yobga chiqarishda aktivni almashtirish yoki majburiyatlarni tartibga solish mumkin bo‘lgan summadir.

Joriy qiymat – ma’lum sanadagi amal qilayotgan bozor narxlari bo‘yicha tovar- moddiy zaxiralarning qiymati yoki xabardor qilingan, bitimni amalga oshirishni xohlovchi, mustaqil taraflar o‘rtasida bitimni amalga oshirishda aktivni sotib olishi yoki majburiyatni bajarish uchun yetarli bo‘lgan summa

Zaxiralar o‘z ichiga oladi:

  1. qayta sotish uchun xarid qilingan va saqlanayotgan tovarlar;

  2. tayyor mahsulotlar;

  3. tugallanmagan ishlab chiqarish;

  4. ishlab chiqarishda foydalanish uchun xom- ashyo va materiallar;

  5. sotilishi tan olingunga qadar servis kompaniyalari xizmati tannarxi.

Tovar-moddiy zaxiralar o‘z ichiga oladi:

  1. xom-ashyo va materiallar, xarid qilingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar, yoqilg‘i, idishlar, ehtiyot qismlar, inventar va xo‘jalik anjomlari, boshqa materiallar;

  2. boquvdagi va yaylovdagi yosh hayvonlar, parrandalar, asalari oilalari, sotish uchun asosiy podadan yaroqsiz qilingan katta yoshdagi qoramollar, sotish uchun chetdan qabul qilingan qoramollar;

  3. tashkilotda tayyorlangan tayyor mahsulot

  4. qayta sotish uchun mo‘ljallangan tovarlar.

Xalqaro standartlarda ushbu tushuncha kiritilmagan. Hisob siyosatida ko‘zda tutilgan tartibda asosiy vositalar (mulk, bino, mashina va asbob-uskunalar) tarkibiga kiritilmagan inventar va anjomlar material sifatida hisobga olinadi va foydalanishga chiqarilganda hisobdan chiqariladi.

Inventar va xo‘jalik anjomlari tarkibiga quyidagi mezonlardan biriga javob beradigan aktivlar kiritiladi:

a) xizmat muddati bir yildan oshmaydigan;

b) qiymati bir-birlik uchun O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining ellik barovarigacha miqdorda bo‘lgan buyumlar

O‘tkazilgan taqqoslash milliy hisob qoidalari bilan xalqaro standartlarda zaxiralar masalasiga yondashuv bir qator jihatlarda farqlanishini ko‘rsatadi. Ushbu tafovutlarni alohida mezonlar bo‘yicha ko‘rib chiqish milliy standartni takomillashtirish uchun amaliy takliflarni aniqroq shakllantirishga imkon beradi.

Birinchidan, xalqaro standart zaxira tannarxining aktiv sifatida tan olinishi va tegishli daromad tan olinmaguncha xarajat sifatida hisobdan chiqarilmaydigan qiymatni aniqlashga urg‘u beradi. Milliy standartda esa zaxiralarga doir buxgalteriya hisobini yuritish va ma’lumotlarni moliyaviy hisobotda aks ettirish tartibi ko‘proq yoritilgan. Shu sababli milliy standartning maqsadini ishlab chiqarilgan, sotilgan va davr oxirida qoldiqda turgan zaxiralar tannarxini aniqlash qoidalarini aniq belgilash bilan mustahkamlash maqsadga muvofiq.

Ikkinchidan, qishloq xo‘jaligi faoliyatida uchraydigan tirik hayvonlar va o‘simliklarni hisobga olish masalasini tovar-moddiy zaxiralar hisobidan alohida ko‘rib chiqish lozim. Xalqaro yondashuv bilan uyg‘unlikni ta’minlash uchun 4-son BHMSda zaxiralar tarkibida qayd etilgan biologik xususiyatga ega obyektlar alohida biologik aktiv sifatida tan olinishi, ularni hisobga olish qoidalari esa tegishli mustaqil standartda belgilanishi taklif qilinadi. Bunda amaldagi standartda “boquvdagi va yaylovdagi yosh hayvonlar, parrandalar, asalari oilalari, sotish uchun asosiy podadan yaroqsiz qilingan katta yoshdagi qoramollar, sotish uchun chetdan qabul qilingan qoramollar” sifatida ko‘rsatilgan toifalarning tasnifi qayta ko‘rib chiqilishi kerak.

Uchinchidan, zaxiralar ta’rifidan uzoq muddat foydalaniladigan moddiy aktivlarga xos bo‘lgan “ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish” iborasini chiqarish taklif etiladi. Mazkur ibora mazmunan asosiy vositalar tavsifiga yaqin bo‘lgani sababli uni zaxiralar ta’rifida qoldirish aktivlar tasnifida noaniqlik tug‘dirishi mumkin.

To‘rtinchidan, sotishning sof qiymati va joriy qiymat tushunchalarini milliy standartda aniq farqlash lozim. Ularning mazmuni va qo‘llash holatlarini xalqaro standartlardagi talqin bilan uyg‘unlashtirish baholash natijalarining izchilligini oshiradi.

Beshinchidan, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar hali mijozga topshirilmagan yoki realizatsiyasi yakunlanmagan xizmatlar bo‘yicha to‘plagan xarajatlarini qanday hisobga olishi aniq belgilanishi kerak. Masalan, yuridik, auditorlik yoki maslahat xizmatlarida ish bajarilishi bilan yakuniy topshirish va qabul qilish dalolatnomasining imzolanishi orasida vaqt oralig‘i bo‘lishi mumkin. Shu davrda yig‘ilgan, kelgusida daromad olishga xizmat qiladigan xarajatlarni zaxira sifatida tan olish imkoniyati tegishli mezonlar bilan tartibga solinsa, moliyaviy natijalar davrlar kesimida to‘g‘riroq aks ettiriladi.

Oltinchidan, milliy standartimizda inventar va xo‘jalik anjomlari tushunchasi kiritilgan. Yuqoridagi jadvalda keltirilgan mezon talablaridan tashqari quyidagilar xizmat muddati va qiymatidan qat’iy nazar inventar va xo‘jalik anjomlari tarkibiga kiritilgan:

a) maxsus asboblar va moslamalar;

b) maxsus va sanitariya kiyimlari, maxsus poyabzal;

v) ko‘rpa to‘shaklar;

g) yozuv-chizuv anjomlari;

d) oshxona inventari, shuningdek sochiq-dasturxonlar;

e) ularni barpo etish xarajatlari, qurilish-montaj ishlarining tannarxiga kiritiladigan vaqtinchalik (titulda bo‘lmagan) inshoatlar, moslamalar va qurilmalar;

j) foydalanish muddati bir yildan kam bo‘lgan almashtiriladigan uskunalar;

z) ovlash qurollari (trallar, yoyma to‘rlar, to‘rlar, anjomlar, matraplar va h.k.).

Xalqaro standartlarda “inventar va xo‘jalik anjomlari” tushunchasi mavjud emas. Ularning bir qismi hisob siyosatida ko‘rsatilgan tartibda mashina va asbob-uskunalar tarkibida hisobga olinadi. Chunki, xalqaro standartlarda asosiy vositalar (mulk, bino va mashina va asbob-uskunalar)ga qiymati bo‘yicha chegara qo‘yilmagan. Bir qismi esa materiallar tarkibiga kiradi va umumiy tartibda hisobga olinadi. Shu bois, “inventar va xo‘jalik anjomlari” tushunchasi, uni tan olish mezoni va mezonlardagi talablardan qat’iy nazar tarkibiga kiritiladigan moddalarini to‘liq xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish kerak. Buning uchun quyidagi yo‘nalishlarda ishlarni amalga oshirish kerak. Amaliyotimizda asosiy vositalar (“bino, mashina va asbob- uskunalar”)ni tan olishda qiymati minimal ish haqining 50 barobaridan kam bo‘lmasligi kerak” degan mezonni olib tashlash kerak. Natijada, uzoq muddatga xizmat qiladigan moddiy aktivlarning tarkibini xalqaro standartlarda keltirilgan mezonlar doirasida kompaniyalar o‘zlari belgilash huquqiga ega bo‘ladi.

Ushbu tavsiyalarning qo‘llanilishi umumiy qoidalardagi tafovutlarni qisqartiradi va milliy moliyaviy hisobotni transformatsiyalash jarayonini yengillashtiradi.

Standart talablariga muvofiq zaxiralar majburiy tartibda quyidagi miqdorlardan eng kichigi bo‘yicha baholanishi shart: tannarxi yoki realizatsiyaning bo‘lishi mumkin bo‘lgan sof qiymati. Agar realizatsiyaning bo‘lishi mumkin bo‘lgan sof qiymati ularning tannarxidan past bo‘lsa, zaxira realizatsiyaning bo‘lishi mumkin bo‘lgan sof qiymatida aks ettiriladi. Aks holda esa, ya’ni realizatsiyaning bo‘lishi mumkin bo‘lgan sof qiymati ularning tannarxidan katta bo‘lsa zaxira tannarxda ifodalanadi.

Zaxiralar tannarxi bilan bog‘liq tushunchalarning xalqaro va milliy standartlarda aks ettirilishini quyidagi 2.2.2-jadvalda aks ettiramiz.

Xalqaro va milliy standartlarni o‘rganish va solishtirish natijasida tovar-moddiy zaxiralar tannarxi shakllanishi va o‘sib borish jarayonini quyidagi 2.2.1-rasmda aks ettirishimiz mumkin.

2.2.2-jadval

2-son MHXSlari va 4-son BHXSlaridagi zaxiralar tannarxini belgilovchi qoidalarni solishtirish natijalari

2-son MHXSlarida

4-son BHMSlarida

Zaxiralar tannarxi:

  1. Zaxiralarning xaridi bilan bog‘liq barcha xarajatlar (cost of purchase);

  2. Qayta ishlash (cost of convertion);

  3. Zaxiralarni joriy holatga va joriy joylashtiriladigan joyiga keltirish bilan bog‘liq boshqa ustama xarajatlari (other overhead)

Zaxiralar tannarxi:

  1. Xarid qilingan tovar-moddiy zaxiralar tannarxi

    1. Xarid qiymati;

    2. Xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar;

    3. TMZlarga qo‘shimcha ishlov berish va ularni foydalanishga yaroqli holga keltirish bilan bog‘liq xarajatlar;

  2. Tashkilotda ishlab chiqarilgan TMZlar tannarxi

Zaxiralarning xaridi bilan bog‘liq barcha xarajatlar:

  1. Zaxiralarning xarid narxi

  2. Import poshlinasi va boshqa soliqlar (soliq organlari tomonidan kompaniyaga qaytariladigan soliqlardan tashqari)

  3. Transport xarajatlari

  4. Ishlov berish va obyektning xaridi bilan bog‘liq boshqa xarajatlar Ayiriladi: 5. Savdo chegirmalari, qoplamalar va boshqa shunga o‘xshash moddalar

Xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar:

a) bojxona bojlari va yig‘imlari; b) soliq va yig‘imlar summalari;

v) ta’minotchi va vositachi tashkilotlarga to‘lanadigan vositachilik haqi;

g) TMZlarni sertifikatlash va texnik shartlarga muvofiq sinash xarajatlari;

d) TMZlarni tayyorlash va ularni joriy joylashtirish yoki foydalanish joyiga yetkazish bo‘yicha transport-tayyorlov xarajatlari;

e) boshqa xarajatlar;

Savdo diskontlari, chegirmalar va shu kabi chegiruvlar TMZlarni xarid qilish xarajatlarini belgilash chog‘ida amalga oshiriladi

Qayta ishlash xarajatlari:

  1. Bevosita mehnat haqi xarajatlari;

  2. Ustama ishlab chiqarish (production overhead) xarajatlari:

    1. bilvosita material va bilvosita mehnat xarajatlarini;

    2. ishlab chiqarish binolari va asbob- uskunalarini tutib turish va amortizatsiya xarajatlari;

    3. ishlab chiqarish menejmenti va ma’muriyati xarajatlari

Tashkilotda ishlab chiqarilgan TMZlar tannarxi:

  1. Ishlab chiqarish moddiy xarajatlari;

  2. Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari, shu jumladan ular bo‘yicha hisoblangan yagona ijtimoiy to‘lov summalari;

  3. Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi;

  4. Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa xarajatlar [6, 89 b]

Zaxiralar tannarxidagi qayta ishlash xarajatlari (cost of convertion) mehnat haqi xarajatlari va ustama ishlab chiqarish xarajatlaridan tashkil topadi. Ustama ishlab chiqarish xarajatlari (production overhead) - bu mahsulot ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq (direct) material va mehnat xarajatlaridan tashqari tannarx obyekti bilan bilvosita bog‘liq bo‘lgan hamda ma’lum taqsimlash mezonlari asosida taqsimlanadigan boshqa xarajatlardir. Ayrim adabiyotlarda ustama ishlab chiqarish xarajatlarini (production overhead) bilvosita (indirect) xarajatlar ham deb ataydi, chunki bu xarajatlarni tannarx obyekti hisoblangan u yoki bu mahsulot turiga toʻg‘ridan- to‘g‘ri olib borish imkoni bo‘lmaydi. Hisobot davrida ishlab chiqarilgan mahsulotga oid bo‘lgan o‘zgaruvchan va doimiy ustama ishlab chiqarish xarajatlari (production overhead) qayta ishlash tannarxiga ma’lum bir taqsimlash mezonlari asosida taqsimlanadi.

Ustama ishlab chiqarish xarajatlarining ikkita eng katta moddasini qayd qilish lozim.

  1. Bilvosita material.

  2. Bilvosita mehnat xarajatlari.

Qolgan ustama ishlab chiqarish xarajatlarini okkupensi yoki quvvatli xarajatlar ham deb ataladi. Ularga quyidagilarni kiritish mumkin: 1. Bino va asbob-uskunalar lizing to‘lovlari va ijara xarajatlari; 2. Bino va asbob-uskunalar amortizatsiyasi; 3. Isitish, yoritish va energiya xarajatlari; 4. Mashina va asbob-uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatish; 5. Ishlab chiqarish personalini ovqatlantirish, choy (kofe) va suv; 6. Ishlab chiqarish jihozlarining sug‘urtasi va mol-mulk solig‘i; 7.Boshqa xarajatlar.

Boshqa ustama ishlab chiqarish xarajatlariga ishchilarning sog‘liq sug‘urtasi, chiqish nafaqalari, korxona hisobidan to‘lanadigan pensiya to‘lovlari, supervayzorlar ish haqi va boshqa umumishlab chiqarish xarajatlarini kiritish mumkin. Mahsulot tannarxi quyidagi ko‘rsatkichlarda o‘z ifodasini topadi. Har bir ko‘rsatkich bosqichlarda shakllanganligi bois, mahsulot tannarxi ko‘rsatkichlarini to‘rtta bosqichga ajratish maqsadga muvofiqdir: 1. Ishlab chiqarishga chiqarilgan material tannarxi (birinchi bosqich); 2.Mahsulotni ishlab chiqarish tannarxi (ikkinchi bosqich);3.Tayyor mahsulot tannarxi (uchinchi bosqich);4.Mahsulotni sotish tannarxi (sotilgan mahsulot tannarxi) (to‘rtinchi bosqich).

Shape4 Shape5

Ishlab chiqarishning ma’muriy-boshqaruv

Soliqlаr vа yig‘imlаr

Vositachilik haqi

Sertifikatlash va sinash xarajatlari

Transport - tayyorlov xarajatlari

Zaxira xaridi

O‘zgaruvchan ustama ishlab chiqarish xarajatlari

Bilvosita mehnat haqi

Bilvosita materiallar

Bevosita

mehnat haqi xarajatlari

Ustama ishlаb chiqarish xarajatlari

Doimiy ustama ishlab chiqarish xarajatlari

Amortizatsiya xarajatlari*

Asbob-uskunaga xizmаt ko‘rsatish xarajatlari

TMZlarni xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlar

Shape6

Qayta ishlash bilan bog‘liq xarajatlar

Shape7

Joriy holati va joriy joylashtirish joyiga yetkazish bilan bog‘liq xarajatlar

2.2.1- rasm. Tovar-moddiy zaxiralarning harakati davomida tannarxini shakllanishi hamda o‘sib borish jarayoni.