- •Iqtisodiy tahlil
- •Iqtisodiy axborotlar -muqobil xarajatlar
- •Ishlab chiqarish va mahsulot turlari bo‘yicha
- •Ishlab chiqarish yozuvlari
- •Boshkaruv hisobi va ishlab
- •Chiqarish hamda axborot
- •Tizimlari mujassamlashuvi
- •1.1. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda strategik boshqaruv hisobini tashkil etish zaruriyati va ahamiyati
- •Chet el investitsiyasi ishtirokidagi “Toshkentvino kombinati” aksiyadorlik jamiyatining moliyaviy ko‘rsatkichlari dinamikasi6
- •Chet el investitsiyasi ishtirokidagi “Toshkentvino kombinati” aksiyadorlik jamiyati faoliyatining 2017-2023 yillardagi asosiy ko‘rsatkichlari dinamikasi7
- •Chet el investitsiyasi ishtirokidagi “Toshkentvino kombinati” aksiyadorlik jamiyatining daromad va xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumot9
- •Strategik boshqaruv hisobining mohiyatini yoritishga bo‘lgan ilmiy yondoshuvlar
- •Strategik boshqaruv hisobi mohiyatini belgilovchi yo‘nalishlar tahlili
- •Ish muhiti tahlili
- •Innovatsion salohiyat tahlili
- •Strategik boshqaruv hisobining metodlari
- •1.2. Strategik boshqaruv hisobini tashkil etishning nazariy va tashkiliy asoslari.
- •Boshqaruv hisobini faoliyat turlari bo‘yicha tashkil etishning qiyosiy taqqoslanishi
- •1.3. Tovar-moddiy zaxiralarning iqtisodiy talqini va uning strategik boshqaruv hisobi vazifalari.
- •Zaxiralarning tarkibiy qismlari bo‘yicha iqtisodchi olimlarning qarashlari
- •Birinchi bob bo‘yicha xulosalar
- •Xorijiy amaliyotda zaxiralarni baholash usullari1
- •2.2. Tovar-moddiy zaxiralar tannarxi va ularni moliyaviy hisobotlarda aks ettirish holati
- •Manba: Ishlab chiqarishga oid bo‘lgan asosiy vositalar amortizatsiya (depresiatsiya) xarajatlari
- •Ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot tannarxi to‘g‘risidagi hisobot (31 dekabr bilan yakunlanadigan 2025 yil uchun) (mln. So‘m)
- •“Istiqbol” korxonasida 2025 yil uchun tovar-moddiy zaxiralarning buxgalteriya balansida aks ettirilishi
- •2.3. Ishlab chiqarish xarajatlarining strategik boshqaruv hisobini tashkil qilish yo‘nalishlari
- •Xarajatlar byudjetini nazorat qilish
- •Xarajatlarni hisobga olish
- •Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda xarajatlarning strategik boshqaruv hisobini yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif etilayotgan besh bosqichli modelning mohiyati62
- •Balanslashtirilgan ko‘rsatkichlar tizimi (bkt) bloklari66
- •II bob bo‘yicha xulosalar
- •3.1. Ishlab chiqarish xarajatlarining strategik boshqaruv hisobini takomillashtirish yo‘nalishlari.
- •Xarajatlarni strategik boshqarish
- •Xarajatlarni og‘ish darajasiga qarab tasniflash (klassifikatsiya qilish)
- •Xarajatlarni hajmi (miqdori) bo‘yicha tasniflash (klassifikatsiya qilish)
- •Xarajatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish (yig‘ish)
- •Cheii “Toshkentvino kombinati” aJda xarajatlarni hajmi bo‘yicha abc tahlilini o‘tkazish uchun buxgalteriya hisobi ma’lumotlari
- •Strategik boshqaruv hisobida xarajatlarni miqdori hamda tebranish darajasi bo‘yicha tasniflash
- •Tovar-moddiy zaxiralarning strategik boshqaruv hisobini tashkil qilish va yuritish zaruriyatini asoslovchi ko‘rsatkichlar
- •3.2. Tovar-moddiy zaxiralarning strategik boshqaruv hisobini takomillashtirish yo‘nalishlari
- •Xalqaro standartlar talabalariga muvofiqlashtirilgan moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotida joriy aktivlar qismini aks ettirish69
- •Ushbu qiymatlarning eng kichigi bo‘yicha baholanadi
- •Zaxiralarni 2-son bhxSga asosan baholash
- •Xarid tannarxi (cost of purchase)
- •Zaxiralar tannarxi elementlari
- •Xarid qilingan materialning xarid tannarxini aniqlash bo‘yicha hisob-kitoblar73
- •III bob bo‘yicha xulosalar
Strategik boshqaruv hisobi mohiyatini belgilovchi yo‘nalishlar tahlili
T.r. |
Yo‘nalishlar |
Mualliflar |
1. |
Strategik boshqaruv hisobining strategik rejalashtirish va rivojlantirishning bir qismi sifatida qabul qilinishi. |
Innz D., Kaplan R., Kuper R., Simmons K. |
2. |
Strategik boshqaruv hisobiga boshqaruv hisobining alohida yo‘nalishi sifatida qaralishi. |
Druri K., Uord K., Alekseyeva O.V., Nikolayeva O.E., Bogataya I.N., Glushenko A.V., Samedova E.N., Ivashinenko L.O., Krilov S.I., Ponomareva N.I., Suvorova S.P. |
3. |
Strategik boshqaruv hisobini strategik menejmentning bir qismi deb, hisoblaydiganlar. |
Atrill P., Makleyni E., Bromvich M., Manyaeva V.A., Nikandrova N.G., Xaxonova I.I. |
Qiyosiy tahlil natijasida strategik boshqaruv hisobi uchun uchta bir-birini to‘ldiruvchi vazifa ajratildi: strategik tahlil orqali ichki va tashqi muhitni baholash; strategik rejalashtirish orqali maqsadlarni resurslar va ko‘rsatkichlarga aylantirish; strategik nazorat orqali natijalarni reja va prognozlar bilan solishtirish. Bunda nazorat faqat chetlanishni qayd etmay, uning sabablarini aniqlash va tuzatish choralarini tanlashga xizmat qilishi lozim.
Shu asosda strategik boshqaruv hisobining mualliflik modeli strategik tahlil, strategik rejalashtirish va strategik nazoratning yagona siklini nazarda tutadi. Sikl natijalari keyingi rejalashtirish bosqichiga qaytib, korxonaning maqsadlari, zaxira siyosati va xarajatlar bo‘yicha qarorlarni muntazam yangilash imkonini beradi (1.1.1-rasm).13
1.1.1-rasmdagi mantiq bo‘yicha strategik tahlil korxonaning missiyasi va uzoq muddatli maqsadlarini belgilashga boshlang‘ich axborot beradi. Ichki imkoniyatlar hamda tashqi sharoitlar baholanmasdan turib tuzilgan strategiya resurslarning noto‘g‘ri taqsimlanishiga olib kelishi mumkin. Shu bois tahlil natijalari rejalashtirishda o‘lchanadigan ko‘rsatkichlar va mas’uliyat markazlari bilan bog‘lanishi, keyin esa amaldagi natijalar orqali tekshirilishi kerak.
Byudjet
korrektirovkasi
Chetlanishlar
nazorati
Strategik
byudjetlashtirish
Samaradorlik
ko‘rsatkichlarlarini belgilash (KPI)
Balanslashtirilgan
ko‘rsatkichlar tizimini (BKT) shakllantirish
Strategik
maqsad kartasi va dasturlarini tuzish
Strategik
maqsad va vazifani shakllantirish
Missiyani
qabul qilish
Missiyani
aniqlash
Resurslar
tahlili
Strategik
nazorat
Strategik
rejalashtirish
Dastlabki
strategiyani tanlash
(o‘zgartirish)
Missiya
(maqsadni) belgilash
Strategik
tahlil
Ish muhiti tahlili
Innovatsion salohiyat tahlili
1.1.1-rasm. Strategik boshqaruv hisobi tizimi elementlarining o‘zaro bog‘liqligi.
Strategik boshqaruv hisobining rejalashtirish elementini bir qator muhim va zamonaviy yondoshuvlar sanaladigan strategik maqsad kartalarini va dasturlarini shakllantirishni, ular asosida esa balanslashtirilgan ko‘rsatkichlar tizimini (BKT) ishlab chiqishni, BKTni chetlanishlarini hamda bajarilishini baholash uchun esa uning sammardorlik ko‘rsatkichlarini (KPI) ishlab chiqishni tavsiya etamiz. Strategik boshqaruv hisobining biz taklif etayotgan tizimidagi uchinchi elementi, bu strategik nazorat bo‘lib, u o‘z ichiga strategik byudjetlashtirish, byudjet parametrlaridan chetlanishlarni nazorat qilish mexanizmini joriy etish hamda byudjet parametrlarini korrektirovka qilish jarayonlarini o‘z ichiga oladi.
Strategik boshqaruv hisobining ana shu taklif etilayotgan tizimidagi uchta elementning har biri mustaqil bo‘lgani bilan, ular o‘zaro bog‘langan va ajralmas tizim mexanizmini tashkil etadi. Ularning bittasining bo‘lmasligi yoki to‘laqonli amalga oshirilmasligi boshqa elementlarning ham samarali ishlashi uchun jiddiy to‘siq bo‘ladi. Demak, xulosa qilish mumkinki – strategik boshqaruv hisobi rejalashtirish, hisob, nazorat va tahlilning integrallashgan tizimidir.
Strategik boshqaruv hisobi - strategik menejmentni hamda korporativ boshqaruvni axborot bilan qo‘llab-quvvatlovchi texnologiyadir.
Strategik boshqaruv hisobi istiqbolga mo‘ljallangan hisob tizimi bo‘lib – global tarzdagi strategik tashabbuslarni shakllantirish, tanlash, baholash, hisobga olish, tahlil hamda nazorat qiluvchi tizimdir.
Strategik boshqaruv hisobi investitsion loyihalar, innovatsion yondoshuvlar, faoliyatning yangi soha-yo‘nalishlarini belgilash, biznesni diversifikatsiya qilish, strategik hamkorlarni tanlash, mahsulotning hayot siklini baholash, yangi mahsulot turlarini ishlab chiqishni joriy etish kabi masalalarni yechish va istiqbolda amalga oshirilishini ta’minlashning eng samarali tizimidir.
Strategik boshqaruv hisobi xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatiga ta’sir qiluvchi asosan tashqi omillarni hisobga olish, tahlil qilishga moslashgan hisob tizimidir.
Strategik boshqaruv hisobi nafaqat sonda ifodalanadigan va moliyaviy ko‘rsatkichlar, balkim nomoliyaviy hamda sifat ko‘rsatkichlariga ham tayanadi.
Strategik boshqaruv hisobi buxgalteriya hisobining boshqa turlari kabi faqat aniq raqam va faktlarni qayd qilib qolmasdan, real holatdagi trendlarni kuzatish, mikro-makro muhitdagi o‘zgarish va tendensiyalarni hisobga olishga yo‘naltirilgan tizimdir.
Strategik boshqaruv hisobi xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyati dinamik darajasiga mos ravishdagi dinamik tizimdir.
Yuqorida sanab o‘tilgan strategik boshqaruv hisobi xususiyatlari uning buxgalteriya hisobining boshqa turlaridan farqli tomonlarini va ayniqsa boshqaruv hisobining alohida hamda istiqbolli-yangi yo‘nalishi ekanligini ko‘rsatadi. Shu bilan bir qatorda, strategik boshqaruv hisobining mohiyatini talqin qilish borasida yuqorida keltirilgan tahlil va umumlashtirishlarimiz asosida - bu hisob turining konseptual modelini moliyaviy, boshqaruv, soliq hamda ishlab chiqarish hisoblari bilan bog‘langan holda hamda bajaradigan funksiyalari qatoriga rejalashtirish, nazorat, tahli va hisobni ham qo‘shgan holda ancha keng miqyosda qarash kerak, deb hisoblaymiz (1.1.2-rasm)14.
Mamlakatimiz olimlari tomonidan taklif qilinayotgan model strategik boshqaruv hisobining xo‘jalik yurituvchi subyektni moliyaviy, boshqaruv, soliq hamda ishlab chiqarish hisoblari bilan bog‘langanligini, shu bilan bir qatorda alohida tashkil qilinadigan va yuritiladigan hisob turi sifatida hamda strategik rejalashtirish, strategik nazorat, strategik tahlil bilan o‘zaro aloqada bo‘lgan tizim ekanligini ko‘rsatadi15.
Strategik
tahlil
Strategik
boshqaruv hisobi
Strategik
nazorat
Strategik
rejalashtirish
Ishlab
chiqarish hisobi
Soliq
hisobi
Boshqaruv
hisobi
Moliyaviy
hisob
1.1.2-rasm. Strategik boshqaruv hisobining konseptual modeli
Strategik boshqaruv hisobi mohiyatini talqin qilish borasida albatta uning metodlari masalasi ham tadqiq qilinishini maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz. Shu borada olib borilgan tadqiqotlar natijasi ko‘rsatadiki, strategik boshqaruv hisobi metodlari talqinida ko‘pchilik iqtisodchi olimlar (M.A. Vaxrushina, T.P.Karpova, V.E.Kerimov) uni - firmaning axborot tizimida boshqaruv hisobi obyektlari to‘g‘risidagi axborotlarni yig‘ish va uzatish usullari yig‘indisi sifatida qabul qilishadi.16
Yuqorida qayd qilib o‘tilgan strategik boshqaruv hisobi funksiyalaridan kelib chiqib xulosa qilinadigan bo‘lsa, bu hisob turining metodlari juda ko‘p fanlarning metodlarini o‘zida mujassam etganligini tasavvur qilish qiyin emas. Strategik boshqaruv hisobi metodlari juda xilma-xildir va uni umumiy tarzda quyidagi jadval ko‘rinishida ifoda qilish mumkin (1.1.6-jadval)17.
1.1.6-jadval ma’lumotlarining tahlili shuni ko‘rsatadiki, xo‘jalik yurituvchi subyektlarda strategik boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonlarining axborot ta’minoti tizimi samarali, tezkor va uzluksiz tarzda ishlashi uchun turli xil metodlardan foydalaniladi.
1.1.6-Jadval
