- •Iqtisodiy tahlil
- •Iqtisodiy axborotlar -muqobil xarajatlar
- •Ishlab chiqarish va mahsulot turlari bo‘yicha
- •Ishlab chiqarish yozuvlari
- •Boshkaruv hisobi va ishlab
- •Chiqarish hamda axborot
- •Tizimlari mujassamlashuvi
- •1.1. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda strategik boshqaruv hisobini tashkil etish zaruriyati va ahamiyati
- •Chet el investitsiyasi ishtirokidagi “Toshkentvino kombinati” aksiyadorlik jamiyatining moliyaviy ko‘rsatkichlari dinamikasi6
- •Chet el investitsiyasi ishtirokidagi “Toshkentvino kombinati” aksiyadorlik jamiyati faoliyatining 2017-2023 yillardagi asosiy ko‘rsatkichlari dinamikasi7
- •Chet el investitsiyasi ishtirokidagi “Toshkentvino kombinati” aksiyadorlik jamiyatining daromad va xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumot9
- •Strategik boshqaruv hisobining mohiyatini yoritishga bo‘lgan ilmiy yondoshuvlar
- •Strategik boshqaruv hisobi mohiyatini belgilovchi yo‘nalishlar tahlili
- •Ish muhiti tahlili
- •Innovatsion salohiyat tahlili
- •Strategik boshqaruv hisobining metodlari
- •1.2. Strategik boshqaruv hisobini tashkil etishning nazariy va tashkiliy asoslari.
- •Boshqaruv hisobini faoliyat turlari bo‘yicha tashkil etishning qiyosiy taqqoslanishi
- •1.3. Tovar-moddiy zaxiralarning iqtisodiy talqini va uning strategik boshqaruv hisobi vazifalari.
- •Zaxiralarning tarkibiy qismlari bo‘yicha iqtisodchi olimlarning qarashlari
- •Birinchi bob bo‘yicha xulosalar
- •Xorijiy amaliyotda zaxiralarni baholash usullari1
- •2.2. Tovar-moddiy zaxiralar tannarxi va ularni moliyaviy hisobotlarda aks ettirish holati
- •Manba: Ishlab chiqarishga oid bo‘lgan asosiy vositalar amortizatsiya (depresiatsiya) xarajatlari
- •Ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot tannarxi to‘g‘risidagi hisobot (31 dekabr bilan yakunlanadigan 2025 yil uchun) (mln. So‘m)
- •“Istiqbol” korxonasida 2025 yil uchun tovar-moddiy zaxiralarning buxgalteriya balansida aks ettirilishi
- •2.3. Ishlab chiqarish xarajatlarining strategik boshqaruv hisobini tashkil qilish yo‘nalishlari
- •Xarajatlar byudjetini nazorat qilish
- •Xarajatlarni hisobga olish
- •Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda xarajatlarning strategik boshqaruv hisobini yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif etilayotgan besh bosqichli modelning mohiyati62
- •Balanslashtirilgan ko‘rsatkichlar tizimi (bkt) bloklari66
- •II bob bo‘yicha xulosalar
- •3.1. Ishlab chiqarish xarajatlarining strategik boshqaruv hisobini takomillashtirish yo‘nalishlari.
- •Xarajatlarni strategik boshqarish
- •Xarajatlarni og‘ish darajasiga qarab tasniflash (klassifikatsiya qilish)
- •Xarajatlarni hajmi (miqdori) bo‘yicha tasniflash (klassifikatsiya qilish)
- •Xarajatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish (yig‘ish)
- •Cheii “Toshkentvino kombinati” aJda xarajatlarni hajmi bo‘yicha abc tahlilini o‘tkazish uchun buxgalteriya hisobi ma’lumotlari
- •Strategik boshqaruv hisobida xarajatlarni miqdori hamda tebranish darajasi bo‘yicha tasniflash
- •Tovar-moddiy zaxiralarning strategik boshqaruv hisobini tashkil qilish va yuritish zaruriyatini asoslovchi ko‘rsatkichlar
- •3.2. Tovar-moddiy zaxiralarning strategik boshqaruv hisobini takomillashtirish yo‘nalishlari
- •Xalqaro standartlar talabalariga muvofiqlashtirilgan moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotida joriy aktivlar qismini aks ettirish69
- •Ushbu qiymatlarning eng kichigi bo‘yicha baholanadi
- •Zaxiralarni 2-son bhxSga asosan baholash
- •Xarid tannarxi (cost of purchase)
- •Zaxiralar tannarxi elementlari
- •Xarid qilingan materialning xarid tannarxini aniqlash bo‘yicha hisob-kitoblar73
- •III bob bo‘yicha xulosalar
Xarajatlar
bo‘yicha strategik boshqaruv hisobi ma’lumotlari
Iste’molchining
qiymat zanjiri
Byudjetdan
chetlanishlar tahlili
Mahsulotni
sotuvchining qiymat zanjiri
Strategik
boshqaruv qarorlarini qabul qilish
Xo‘jalik
yurituvchi subyektning
qiymat zanjiri
Mol
yetkazib beruvchilarning qiymat zanjiri
Xarajatlar byudjetini nazorat qilish
Xarajatlarni hisobga olish
2.3.3-rasm. Xarajatlar bo‘yicha strategik boshqaruv hisobi
ma’lumotlarining shakllanishi ko‘lami59.
Xarajatlarning strategik boshqaruv hisobini tashkil qilishga shu tarzda yondashish quyidagi imkoniyatlarni yaratib beradi:
“qiymat zanjiri”ning istalgan bo‘g‘inidagi xarajatlarni hisobga olish, xarajat moddalari bo‘yicha miqdorlarini ko‘rish, ularning bajarilishini nazorat qilish, vujudga kelayotgan chetlanishlarni kuzatish hamda boshqarish;
istiqboldagi strategik ko‘rsatkichlar parametrlariga mos ravishda o‘zgartirishlar kiritish uchun tezkor tarzdagi strategik boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun ma’lumotlar bazasini shakllantirish.
Tadqiqot natijalari xarajatlarning strategik boshqaruv hisobi samaradorligi qo‘llanilayotgan hisoblash va tahlil usullariga ham bog‘liq ekanini ko‘rsatadi. Mahalliy olimlar va xalqaro amaliyot tajribasida ishlab chiqilgan yondashuvlarni korxonaning faoliyat turi, resurslar tarkibi va boshqaruv ehtiyojlariga moslashtirish orqali xarajatlar haqidagi axborotning qaror qabul qilishdagi qiymatini oshirish mumkin.
Shu nuqtayi nazardan, “ABC” va “Target costing” usullari xarajatlarni faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha aniqlash hamda mahsulot uchun maqsadli tannarx chegarasini belgilashga yordam beradi. Mahsulot sifati va iste’mol xususiyatlarini saqlagan holda moddiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan unumli foydalanish masalasida funksional qiymat tahlilidan ham foydalanish mumkin. Mazkur usullarni alohida emas, balki vazifa va axborot ehtiyojidan kelib chiqib uyg‘unlashtirish strategik boshqaruv hisobining amaliy natijasini kuchaytiradi.60
A.X. Pardayev, U.U. Kostayev va Sh.A. Pardayeva xarajatlarning strategik boshqaruv hisobini takomillashtirish uchun integrallashgan modeldan foydalanish zarurligini asoslaydi. Ularning yondashuvi 2.3.1-jadvalda keltirilgan modelni xarajatlarni hisobga olish, tahlil qilish va boshqarish bosqichlari o‘zaro bog‘langan tizim sifatida ko‘rishga asoslanadi.61
2.3.1-jadval
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda xarajatlarning strategik boshqaruv hisobini yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif etilayotgan besh bosqichli modelning mohiyati62
Model bosqichlari |
Amaldagi holatni tizimlashtirish amalga oshirildi |
Taklif etilayotgan yangiliklari |
|
1 |
1.1. Moliyaviy natijalarga mas’ul bo‘lgan tuzilma shakllantiriladi; |
Xodim-mutaxassislar tanalanadi. |
|
1.2. Hisob obyektlari aniqlanadi; |
Hisobga olish uchun qayd qilinadi. |
|
|
1.3. Balanslashtirilgan ko‘rsatkichlar tizimi shakllantiriladi. |
“Standart costing”, “Direct costing”, “ABC” usullaridan foydalanadi. |
|
|
2 |
Moliyaviy natijalarning strategik boshqaruv hisob siyosati ishlab chiqiladi |
Jumladan, xarajatlarning strategik hisobini tashkil qilish va yuritishni tartibga soluvchi hisob siyosati mazmuni, tarkibiy bo‘limlari, tamoyil va yo‘nalishlari ko‘rsatib beriladi. |
|
3 |
Rejalashtirish amalga oshiriladi |
Xarajatlarning miqdori “Direct costing” usuli asosida rejalashtiriladi. |
“Direct costing” hisob tizimi tamoyillari asosida egiluvchan byudjetni shakllantirish taklif etilgan. |
4 |
Tezkor nazorat tizimi joriy etiladi |
Balanslashtirilgan ko‘rsatkichlarning bajarilishi holati va chetlanishlari tahlil qilinadi |
|
5 |
Mehnatni rag‘batlantirish tizimi joriy etiladi
|
Balanslashtirilgan ko‘rsatkichlarni oshirib bajarganlar rag‘batlantiriladi, og‘ish va kamchilikka yo‘l qo‘yganlar mas’uliyati oshiriladi. |
|
2.3.1-jadvalda taklif qilingan model turli hisob va tahlil vositalarini yagona boshqaruv jarayoniga birlashtirishni nazarda tutadi. Uning amaliy qiymati har bir vositaga aniq vazifa berilganda namoyon bo‘ladi: xarajatlarni kuzatish, reja bilan solishtirish, chetlanish sababini aniqlash va tuzatish choralarini belgilash. Shu bosqichlar uchun mas’uliyat hamda ma’lumot manbalari oldindan belgilanmasa, integratsiya faqat tashkiliy sxema darajasida qolishi mumkin.
2.3.1-jadvalda, shuningdek shu modelni bir necha bosqichda amalga oshirishni taklif etilgan.
Integrallashgan modelda moliyaviy ma’lumotlarni nomoliyaviy ko‘rsatkichlar bilan birga tahlil qilish muhim. Xarajatlarning qiymat zanjiri bo‘yicha taqsimlanishi va “Direct costing” asosida moslashuvchan byudjet tuzilishi xarajatlar chetlanishlarini tushuntirishga yordam beradi; biroq qarorlar sifat, buyurtmani bajarish muddati va zaxira uzilishi xavfi kabi ko‘rsatkichlar bilan birgalikda baholanishi lozim.
Balanslashtirilgan ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanish tavsiya etilsa, har bir ko‘rsatkich uchun o‘lchov birligi, ma’lumot manbasi, hisoblash davriyligi va javobgar bo‘linma aniq belgilanishi kerak. Aks holda ko‘rsatkichlar sonining ko‘pligi hisobotni murakkablashtiradi, ammo boshqaruv qarorlarining sifatini oshirmaydi. Shu sababli ko‘rsatkichlar korxonaning strategik maqsadlariga mos tanlanishi va ular o‘rtasidagi bog‘liqlik muntazam qayta baholanishi lozim.636465
2.3.2-jadval
