- •Iqtisodiy tahlil
- •Iqtisodiy axborotlar -muqobil xarajatlar
- •Ishlab chiqarish va mahsulot turlari bo‘yicha
- •Ishlab chiqarish yozuvlari
- •Boshkaruv hisobi va ishlab
- •Chiqarish hamda axborot
- •Tizimlari mujassamlashuvi
- •1.1. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda strategik boshqaruv hisobini tashkil etish zaruriyati va ahamiyati
- •Chet el investitsiyasi ishtirokidagi “Toshkentvino kombinati” aksiyadorlik jamiyatining moliyaviy ko‘rsatkichlari dinamikasi6
- •Chet el investitsiyasi ishtirokidagi “Toshkentvino kombinati” aksiyadorlik jamiyati faoliyatining 2017-2023 yillardagi asosiy ko‘rsatkichlari dinamikasi7
- •Chet el investitsiyasi ishtirokidagi “Toshkentvino kombinati” aksiyadorlik jamiyatining daromad va xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumot9
- •Strategik boshqaruv hisobining mohiyatini yoritishga bo‘lgan ilmiy yondoshuvlar
- •Strategik boshqaruv hisobi mohiyatini belgilovchi yo‘nalishlar tahlili
- •Ish muhiti tahlili
- •Innovatsion salohiyat tahlili
- •Strategik boshqaruv hisobining metodlari
- •1.2. Strategik boshqaruv hisobini tashkil etishning nazariy va tashkiliy asoslari.
- •Boshqaruv hisobini faoliyat turlari bo‘yicha tashkil etishning qiyosiy taqqoslanishi
- •1.3. Tovar-moddiy zaxiralarning iqtisodiy talqini va uning strategik boshqaruv hisobi vazifalari.
- •Zaxiralarning tarkibiy qismlari bo‘yicha iqtisodchi olimlarning qarashlari
- •Birinchi bob bo‘yicha xulosalar
- •Xorijiy amaliyotda zaxiralarni baholash usullari1
- •2.2. Tovar-moddiy zaxiralar tannarxi va ularni moliyaviy hisobotlarda aks ettirish holati
- •Manba: Ishlab chiqarishga oid bo‘lgan asosiy vositalar amortizatsiya (depresiatsiya) xarajatlari
- •Ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot tannarxi to‘g‘risidagi hisobot (31 dekabr bilan yakunlanadigan 2025 yil uchun) (mln. So‘m)
- •“Istiqbol” korxonasida 2025 yil uchun tovar-moddiy zaxiralarning buxgalteriya balansida aks ettirilishi
- •2.3. Ishlab chiqarish xarajatlarining strategik boshqaruv hisobini tashkil qilish yo‘nalishlari
- •Xarajatlar byudjetini nazorat qilish
- •Xarajatlarni hisobga olish
- •Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda xarajatlarning strategik boshqaruv hisobini yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif etilayotgan besh bosqichli modelning mohiyati62
- •Balanslashtirilgan ko‘rsatkichlar tizimi (bkt) bloklari66
- •II bob bo‘yicha xulosalar
- •3.1. Ishlab chiqarish xarajatlarining strategik boshqaruv hisobini takomillashtirish yo‘nalishlari.
- •Xarajatlarni strategik boshqarish
- •Xarajatlarni og‘ish darajasiga qarab tasniflash (klassifikatsiya qilish)
- •Xarajatlarni hajmi (miqdori) bo‘yicha tasniflash (klassifikatsiya qilish)
- •Xarajatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish (yig‘ish)
- •Cheii “Toshkentvino kombinati” aJda xarajatlarni hajmi bo‘yicha abc tahlilini o‘tkazish uchun buxgalteriya hisobi ma’lumotlari
- •Strategik boshqaruv hisobida xarajatlarni miqdori hamda tebranish darajasi bo‘yicha tasniflash
- •Tovar-moddiy zaxiralarning strategik boshqaruv hisobini tashkil qilish va yuritish zaruriyatini asoslovchi ko‘rsatkichlar
- •3.2. Tovar-moddiy zaxiralarning strategik boshqaruv hisobini takomillashtirish yo‘nalishlari
- •Xalqaro standartlar talabalariga muvofiqlashtirilgan moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotida joriy aktivlar qismini aks ettirish69
- •Ushbu qiymatlarning eng kichigi bo‘yicha baholanadi
- •Zaxiralarni 2-son bhxSga asosan baholash
- •Xarid tannarxi (cost of purchase)
- •Zaxiralar tannarxi elementlari
- •Xarid qilingan materialning xarid tannarxini aniqlash bo‘yicha hisob-kitoblar73
- •III bob bo‘yicha xulosalar
Boshqaruv hisobini faoliyat turlari bo‘yicha tashkil etishning qiyosiy taqqoslanishi
Faoliyat turlarining boshqaruv hisobi |
V.E.Kerimov taklifi |
T.P.Karpova taklifi
|
Muallifning taklifi |
|
Ta’minot-tayyorlov faoliyatining boshqaruv hisobi |
+ |
+ |
+ |
|
Ishlab chiqarish faoliyatining boshqaruv hisobi |
+ |
+ |
+ |
|
Ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va mahsulot tannarxi |
- |
+ |
- |
|
Ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish va shu jarayon bilan bog‘liq faoliyatning boshqaruv hisobi |
+ |
- |
- |
|
Ma’muriy -boshqaruv hamda tijorat faoliyatining boshqaruv hisobi |
- + |
+ |
+ |
|
Xo‘jalik yurituvchi subyektning tashkiliy faoliyatni boshqaruv hisobi |
- |
+ |
+ |
|
Tahlil, nazorat, ijro |
- |
+ |
- |
|
Ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxi o‘zaro bog‘liq, ammo mazmunan bir xil tushuncha emas. Xarajatlar resurslarning sarflanishini ifodalasa, tannarx muayyan mahsulot yoki xizmatga tegishli deb topilgan xarajatlarni jamlaydi. Ularning hisobi ishlab chiqarish faoliyatining tarkibiy qismida tashkil etilishi mumkin, biroq boshqaruv tahlilida xarajatlarning vujudga kelishi, taqsimlanishi va mahsulotga olib borilish qoidalari alohida ko‘rsatilishi zarur.
V.E. Kerimov tijorat-sotish faoliyatini boshqaruv hisobida alohida ko‘rib chiqishni taklif etadi. Mualliflik yondashuvida esa moliya-tijorat faoliyatini faqat sotuv xarajatlari bilan cheklamasdan, tushum, debitorlik qarzlari, to‘lov muddatlari, chegirmalar va sotuv kanallari samaradorligi bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar orqali baholash taklif qilinadi. Bunday kengroq kesim korxonaning sotuv siyosati va aylanma mablag‘lari o‘rtasidagi aloqani ko‘rsatadi.
Tashkiliy faoliyat hisobi ham korxonaning ma’muriy xarajatlarini oddiy yig‘ish bilangina cheklanmasligi lozim. Unda boshqaruv jarayonlari, xodimlar va infratuzilmaga sarflangan resurslar hamda ushbu sarflarning natijalarga ta’siri baholanishi mumkin. T.P. Karpova yondashuvidagi tashkiliy faoliyatni hisobga olish g‘oyasi shu jihatdan ahamiyatli, biroq amaliyotda uning chegaralari va natijadorlik mezonlari korxona hisob siyosatida aniq belgilanishi kerak.
Mualliflik yondashuviga ko‘ra, tashkiliy faoliyat hisobida xarajatlarni faoliyat turlari bo‘yicha tasniflash, ularning miqdorini hisobga olish va samaradorlikni baholash maqsadga muvofiq. Mahsulot hamda tugallanmagan ishlab chiqarish tannarxini hisoblash esa ishlab chiqarish hisobi doirasida bajarilib, kerakli hollarda tashkiliy xarajatlar bilan o‘zaro bog‘lanishi lozim. Bunday ajratish bir xarajatning ikki marta hisobga olinishi yoki noto‘g‘ri mahsulotga biriktirilishi xavfini kamaytiradi.
Nazoratni butun boshqaruv tizimidan alohida ajratish o‘rniga, uni ta’minot, ishlab chiqarish, sotuv va ma’muriy faoliyatning har birida tashkil etish maqsadga muvofiq. Bunda umumiy ichki nazorat qoidalari yagona bo‘lishi, ammo tekshiriladigan ko‘rsatkichlar va mas’uliyat markazlari faoliyatning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqib belgilanashi kerak. Bu nazoratni amaliy jarayonlar bilan bevosita bog‘laydi.
Olimlar tomonidan boshqaruv hisobini ushbu tartibda tashkil etishning nazariy masalalari to‘g‘ri belgilangan, lekin, boshqaruv hisobini faoliyat turlari bo‘yicha tashkil etish va yuritishning bozor iqtisodiyoti talablariga moslashtirilgan masalalari to‘liq o‘z aksini topmagan. Masalan, T.P.Karpovaning fikricha «Ta’minot-tayyorlov faoliyatining boshqaruv hisobida faoliyat turlarining quyidagi yo‘nalishlari aks ettiriladi: ulgurji xarid tizimini kengaytirish, xarid etish usuli, tabiati, faoliyat turlari, javobgarlik markazlari, kelib chiqish joylari, mahsulot hajmining o‘zgarishiga bo‘lgan munosabati bo‘yicha turkumlashtiriladi. Bunda moddiy, mehnat va ustama xarajatlarni me’yorlashtirish hamda haqiqiy va me’yorlardagi xarajatlarni hisobga olish usullarini yuritish tashkil etiladi. Shunda ishlab chiqarish hisobi - xarajatlar hisobi va kalkulyatsiyasining yagona jarayoni sifatida tashkil topadi» [37. 366].
Fikrimizcha, bu fikr nazariy jihatdan ahamiyatga ega, lekin «uni amaliyotga tadbiq etish va samarali yuritish uchun ushbu chora-tadbirlar yetarli emas. Shu munosabat bilan biz ishlab chiqarish faoliyatining boshqaruv hisobini shakllantirish va yuritishda dastlabki va umumlashtiruvchi hujjatlarni ishlab chiqish, schyotlar rejasini taklif etish, xo‘jalik ishlab chiqarish faoliyatini hisobga olishda «Klasslar» va «Anderklasslar»dan foydalanish imkoniyatlarini, ularni hisobotlarda aks ettirish uslubiyotini va boshqalarni yaratishga e’tibor berdik [37. 366].
«Moliya-tijorat faoliyatining boshqaruv hisobi – ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning assortimenti, uning foydaliligi, xaridorlarning tarkibi, bozorlarning tendensiyasi, reklama xarajatlari, qadoqlash, omborlarda saqlash muddati va tayyor mahsulotlarning miqdori to‘g‘risida axborotlarni - to‘playdi, qayta ishlaydi va shakllantiradi. Moliya — tijorat faoliyatining bo‘linmalari va segmentlari bo‘yicha xarajatlarning byudjetlari tuziladi hamda ularning amalga oshirilishi nazorat qilinadi. Hisobning bu bosqichida ishlab chiqarish uchun eng samarali mahsulot turlari belgilanadi, jami mahsulot ishlab chiqarish sarmoyalarni xo‘jalik yurituvchi subyekt aylanma mablag‘lariga safarbar etishning maqsadga muvofiqligi va boshqalar. Ularda ish turlari va omborlar bo‘yicha, xarid qilingan moddiy resurslarning baholari bo‘yicha, ishlab chiqarishga sarflangan moddiy resurslarni baholash to‘g‘risidagi axborotlar to‘planadi va umumlashtiriladi. Ushbu jarayonda alohida o‘rinni faoliyat turlari, ya’ni sotib olish, yuklash va tushirish, sartirovka qilish va sifatini baholash, saqlash, ish joyi bilan ta’minlash bo‘yicha xarajatlarning byudjetini tuzish egallaydi» [37.35]. Fikrimizcha, bular nazariy jihatdan muhimdir, lekin ularni amaliyotga tadbiq etish yo‘llari ishlab chiqilmasa ushbu takliflar amaliyotda o‘z ifodasini topa olmaydi. Shuningdek, ushbu ma’lumotlarni schyotlar rejasida qanday aks ettirish, qaysi hisobot shaklarida va qay tartibda ifodalash usullari ham cheklangan tartibda ifodalangan. Shu munosabat bilan biz ta’minot-tayyorlov faoliyatining boshqaruv hisobini tashkil etish va yuritishni avvalambor ushbu jarayonni boshqarish tizimlarini takomillashtirishdan boshlash kerakligini belgiladik. Bunda biz jahonda keng qo‘llanilayotgan MRR va LT usullardan foydalanish imkoniyatlarini ko‘rsatib berdik.
«Ishlab chiqarish faoliyatining boshqaruv hisobida ishlab chiqarish xarajatlari to‘g‘risidagi axborotlar maqsadi, vazifasi, hajmi va alohida mahsulotlar turi bo‘yicha marjinal daromadning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar aniqlanadi» [37.36].
Bizning fikrimizcha, ushbu faoliyat turining boshqaruv hisobini tashkil etishga nazariy jihatdan e’tibor berilgan. Shuning uchun biz uni shakllantirish va yuritishning uslubiyoti bo‘yicha nazariy jihatdan asoslangan amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga harakat qildik. Bunda biz moliya-tijorat faoliyatida yuzaga keladigan iqitsodiy munosabatlarni boshqaruv hisobi schyotlar rejasida qanday aks ettirish, uni moliyaviy hisob schyotlar rejasi bilan qanday qilib bog‘lash, ichki hisobot shakllarini mahsulot turlari, xarajat, foyda va qo‘llab-quvvatlash markazlari bo‘yicha ishlab chiqish va shu kabilarga e’tibor berdik.
«Tashkiliy faoliyatning boshqaruv hisobi - ishlab chiqarish jarayoni bo‘linmalarining har bir darajasida faoliyat ko‘rsatayotgan boshqaruvchilarda o‘z xarajatlarining hajmi, mehnatning optimal darajada taqsimlanganligi, bo‘linmalar hajmining to‘g‘ri tanlanganligi borasidagi axborotlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Bunda tashkiliy faoliyat bo‘yicha xarajatlar byudjeti tuziladi hamda uning amalga oshirilishi nazorat qilinadi, ishlab chiqarish hajmi kritik nuqtasining, o‘zgaruvchan va doimiy xarajatlarning, jami tannarxning, foyda miqdorining analitik hisob-kitobi amalga oshiriladi» [37.36].
Ushbu taklif ham nazariy jihatdan imkoniyat darajasida asoslangan, lekin uning amaliy jihatdan hayotga tadbiq etilishiga yetarli darajada e’tibor berilmagan.
Yuqorida ilmiy, uslubiy hamda amaliy jihatdan asoslangan takliflarni e’tiborga olgan holda “Toshkentvino kombinati” aksiyadorlik jamiyati uyushmasi tizimida strategik boshqaruv hisobini tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun hozirgi globallashuv va raqabatning dunyo bo‘yicha keskinlashuvi sharoitida “Toshkentvino kombinati” aksiyadorlik jamiyati tizimida turli xildagi mulkchilikka asoslangan xo‘jalik yurituvchi subyektlarni barpo etishda ularning faoliyatini yuritishda shakllanayotgan iqtisodiy munosabatlar, ularni hisobga olishdagi oʻziga xos muammolarni e’tiborga olish kerak.
