Добавил:
Опубликованный материал нарушает ваши авторские права? Сообщите нам.
Вуз: Предмет: Файл:
Магистрская дисс.docx
Скачиваний:
0
Добавлен:
08.11.2026
Размер:
668 Кб
Скачать
☆

Birinchi bob bo‘yicha xulosalar

  1. Birinchi bobda strategik boshqaruv hisobining mohiyati, maqsadi va tarkibiy qismlari bo‘yicha nazariy yondashuvlar qiyoslandi. Tahlil boshqaruv hisobining yagona modeli barcha korxonalar uchun bir xil bo‘la olmasligini, uning mazmuni tarmoq xususiyati va qarorlar uchun zarur axborotga bog‘liqligini ko‘rsatdi.

  2. Birinchidan, xorijiy, MDH va o‘zbekistonlik olimlarning qarashlari strategik boshqaruv hisobini turlicha talqin qilishini ko‘rsatadi: ayrim yondashuvlar uning funksiyalariga, boshqalari maqsad va vazifalariga, yana boshqalari strategik boshqaruvdagi o‘rniga urg‘u beradi. Ushbu qarashlarning umumiy nuqtasi — rahbariyatga uzoq muddatli qarorlar uchun zarur axborot taqdim etishdir.

  3. Ikkinchidan, dissertatsiyada strategik boshqaruv hisobi rejalashtirish, hisob, nazorat va tahlilni o‘zaro bog‘laydigan axborot-tahlil tizimi sifatida talqin qilinadi. Mualliflik modelida strategik tahlil, strategik rejalashtirish va strategik nazorat yagona siklni tashkil etadi; nazorat natijalari keyingi rejalarga qayta kiritilishi kerak.

Uchinchidan, boshqaruv hisobining konseptual tuzilmasi korxonaning boshqaruv ehtiyojlariga mos belgilanishi lozim. Xarajatlar hisobi, tannarx kalkulyatsiyasi, byudjetlashtirish va nazorat alohida elementlar bo‘lsa-da, ular yagona ma’lumotlar bazasi hamda umumiy ko‘rsatkichlar tizimi orqali uyg‘unlashtirilishi maqsadga muvofiq.

To‘rtinchidan, amaliy model tashqi muhit va raqobat sharoitidagi o‘zgarishlarni ham hisobga olishi kerak. Faqat ichki xarajatlarni qayd etish bilan cheklangan tizim narx, talab, yetkazib berish shartlari va texnologik omillarning uzoq muddatli ta’sirini yetarlicha ko‘rsatmaydi.

Beshinchidan, zaxiralar tasnifini xalqaro standartlarda qo‘llanadigan iqtisodiy guruhlar bilan muvofiqlashtirish, hisob siyosatini aniq belgilash va zaxiralarning harakatini strategik maqsadlar bilan bog‘lash zarur. Bunday uyg‘unlik moliyaviy hisobotning taqqoslanuvchanligi va ichki tahlil sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Oltinchidan, tovar-moddiy zaxiralarning strategik boshqaruv hisobi quyidagi ustuvor vazifalarni bajarishi lozim:

  • korxonaning strategik va taktik maqsadlarini zaxira siyosati hamda resurslarga bo‘lgan ehtiyoj bilan bog‘lash;

  • qarorlar uchun ichki ma’lumotlar bilan birga talab, narxlar va yetkazib berish shartlari kabi tashqi omillarni ham hisobga olish;

  • zaxira qoldiqlari, aylanish tezligi, saqlash xarajatlari va eskirish xavfi to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlar bazasini shakllantirish;

  • rahbariyatni zaxiralarga oid qarorlar uchun o‘z vaqtida axborot bilan ta’minlash va “oldindan ko‘rish, hisobga olish hamda yo‘naltirish” funksiyalarini yagona tizimda birlashtirish.

II-BOB. XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARDA TOVAR-MODDIY ZAXIRALARNING BUXGALTERIYA HISOBI HOLATI

2.1. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda tovar-moddiy zaxiralarning buxgalteriya hisobini yuritish holati

Tovar-moddiy zaxiralar korxonaning ishlab chiqarish uzluksizligi va mahsulot tannarxiga bevosita ta’sir etadi. Ularni me’yoridan ortiq saqlash mablag‘larning band bo‘lishi hamda eskirish xavfini oshiradi, yetarli bo‘lmagan qoldiq esa ishlab chiqarish yoki sotuv jarayonining uzilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shu sababli zaxiralar hisobini tashkil qilishda miqdor va qiymatni qayd etish bilan birga, ularning harakati va iqtisodiy samaradorligini baholash ham talab etiladi.

Zaxiralardan oqilona foydalanish resurslarni tejash, ishlab chiqarish tannarxini nazorat qilish va buyurtmalarni o‘z vaqtida bajarishga yordam beradi. Biroq tannarxni kamaytirish yagona maqsad sifatida olinmasligi kerak: zaxiralarni haddan tashqari qisqartirish ta’minotdagi uzilishlar xavfini oshirishi mumkin. Shuning uchun korxona zaxira darajasini xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqarish barqarorligi va saqlash xarajatlari o‘rtasidagi muvozanatdan kelib chiqib belgilashi lozim.

Tovar-moddiy zaxiralar (TMZ)ni hisobga olish, ularni tan olish va baholash masalalari bilan ko‘pgina iqtisodchi olimlar shug‘ullanishgan. Jumladan, O.Bobojonov va K.Jumaniyozovlar tovar-moddiy zaxiralar tannarxini aniqlash usullarini yoritib o‘tishgan31.

G.Jambakiyeva esa tovar-moddiy zaxiralarning ombordagi va buxgalteriyada hisobga olish masalalariga chuqur e’tibor qaratgan32.

I.Ochilov va J.Qurbonboyevlar TMZlarni turkumlash va baholash, ulardan foydalanishni nazorat qilish masalalariga to‘xtalib o‘tishgan33.

D.Norbekov, A.Maxmudov va D.Muxammedovalar TMZlarni baholash va inventarizatsiya qilish, TMZ bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash masalalariga chuqur e’tibor qaratishgan34.

Iqtisodchi olimlar B.A.Xasanov va A.B.Akramovlar tovar-moddiy zaxiralar hisobini tashkil qilish va ular haqidagi axborotlarni moliyaviy hisobotlarda ochib berish masalalarini yoritgan35.

S.K.Baydibekova esa tovar-moddiy zaxiralar hisobi va auditi masalalariga to‘xtalib o‘tgan36.

S.Sedki, E.Smit va A.Striklendlarning ilmiy tadqiqot natijalarida esa konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotlarda tovar-moddiy zaxiralar hisobining xalqaro standartlar bo‘yicha qiyosiy tahlili keltirilgan37.

Mavjud adabiyotlarda zaxiralarni tasniflash, baholash, inventarizatsiya qilish va moliyaviy hisobotda ochib berish masalalari yoritilgan. Ushbu tadqiqot doirasida alohida e’tibor zaxiralarning tannarxini aniqlash usullarini korxona strategiyasi bilan bog‘lashga, shuningdek milliy standartlar va xalqaro qoidalar o‘rtasidagi tafovutlarning boshqaruv qarorlariga ta’sirini aniqlashga qaratiladi.

Eng avvalo milliy hisob tizimimizni tartibga soladigan 4-son «Tovar-moddiy zaxiralar» nomli BHMSga murojaat qiladigan bo‘lsak, unda: “Tovar-moddiy zaxiralar – keyinchalik sotish maqsadida normal faoliyat yuritish jarayonida tutib turiladigan va ishlab chiqarish jarayonida mavjud bo‘lgan, shuningdek, mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yoxud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlar”dir38 deb, aniq qayd qilingan.

Zaxiralar bilan bog‘liq operatsiyalarni hisobga olishda ularning kelib tushishi, ishlab chiqarishga berilishi, qayta ishlanishi va hisobdan chiqarilishi bosqichlarini ajratish zarur. Tannarx tarkibiga faqat zaxirani sotib olish yoki ishlab chiqarish bilan iqtisodiy jihatdan bog‘liq, uni joriy holati va joyiga keltirish uchun zarur xarajatlar kiritiladi. Umumiy ma’muriy xarajatlar, me’yordan ortiq yo‘qotishlar va zaxirani kerakli holatga keltirishga xizmat qilmaydigan boshqa sarflarni tannarxga kiritish masalasi tegishli standart talablari asosida baholanishi kerak.

Zaxiralar hisobi samarali bo‘lishi uchun ularning qanday yo‘l bilan kelib tushgani, qaysi maqsadda saqlanayotgani va qanday baholash usuli qo‘llanayotgani aniq ko‘rsatilishi lozim. Bu ma’lumotlar keyingi hisobdan chiqarish, qoldiq qiymatini aniqlash va davr xarajatlarini shakllantirishda izchillikni ta’minlaydi.

Baholash usulini tanlash zaxiraning turi, uning harakat xususiyati va korxonaning hisob siyosatiga bog‘liq. Tanlangan usul muntazam va izchil qo‘llanishi, zarur hollarda esa zaxiralarning iqtisodiy qiymatiga ta’sir qiluvchi omillar bilan birgalikda qayta ko‘rib chiqilishi kerak.

O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunining 17-moddasiga muvofiq, tovar-moddiy zaxiralarni baholash quyidagi ikkita bahoning eng pasti - balans tuzilayotgan sanadagi haqiqiy tannarx (sotib olish narxi yoki ishlab chiqarish tannarxi) yoki bozor bahosi (realizatsiya qilishning sof qiymati) bo‘yicha amalga oshiriladi39, deb belgilab qo‘yilgan.

Mana shu joydagi “realizatsiya qilishning sof qiymati” tushunchasi mohiyatini yoritishda bir qator iqtisodchi olimlarimizning fikr-mulohazalari juda o‘rinlidir, Xususan, I.K.Ochilov va J.E.Qurbonboyevlarning fikricha, sof sotish qiymati - tovar sotilishining taxminiy qiymatidan tovarlarni sotuv oldidan tayyorlash va uni sotish xarajatlarining ayirmasidir40.

Yuqorida qayd qilinganidek tovar-moddiy zaxiralarning buxgalteriya hisobini tashkil qilish va yuritishdagi ikkinchi muhim masala, bu – ularni hisobga olish usullaridir. Biz tovar-moddiy zaxiralar hisobini tashkil etishning keng tarqalgan usullarini 2.1.1-jadvalda umumlashtirdik.

2.1.1-jadval

Tovar-moddiy zaxiralarning buxgalteriya hisobini tashkil etish usullari1.

Buxgalteriya hisobi schyotlari

Hisobni tashkil etish usullari

1000-«Materiallar»

  1. 1000 - «Materiallar» schyotini qo‘llash va unda bevosita xarid qilingan materiallar bo‘yicha haqiqiy tannarxni shakllantirish orqali;

  2. 1000 - «Materiallar» schyotidan tashqari 1500-«Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» va 1600-«Materiallar qiymatidagi farqlar» schyotlarini qo‘llagan holda;

2900- «Tovarlar»

  1. sotib olish narxlari bo‘yicha:

haqiqiy tannarxda (bevosita 2900- «Tovarlar» schyotida – hisob narxlari bo‘yicha (1500 - «Materiallarni tayyorlash va xarid qilish»);

  1. sotuv narxlari bo‘yicha (2920 - «Savdo ustamasi» schyotidan foydalangan holda);

2800-«Tayyor mahsulotlar»

  1. haqiqiy ishlab chiqarish tannarxi bo‘yicha;

  2. me’yoriy (rejali) ishlab chiqarish tannarxi bo‘yicha 2800-«Tayyor mahsulot» schyoti

2000-«Asosiy ishlab chiqarish» («Tugallanmagan ishlab chiqarish»)

  1. haqiqiy yoki me’yoriy (rejali) ishlab chiqarish tannarxi;

  2. bevosita sarf-xarajat moddalari bo‘yicha;

  3. xom-ashyo, materiallar va yarim tayyor mahsulotlar

«Tovar-moddiy zaxiralar» nomli 4-son BHMSga binoan, har bir keyingi davrda realizatsiya qilishning sof qiymatini yangidan qayta baholash o‘tkazilishi mumkin. Iqtisodiy konyunkturaning o‘zgarganligi sababli xo‘jalik yurituvchi subyektning mulkidagi ilgari qiymati pasaytirilgan tovar-moddiy zaxirani realizatsiya qilishning sof qiymati oshgan holda tegishli hisobdan chiqarish summasi shu tariqa tiklanadiki (tiklash dastlabki hisobdan chiqarish miqdorlari bilan cheklangan), bunda yangi balans qiymati ushbu ikki qiymatning eng kami tannarx yoki qayta ko‘rib chiqilgan realizatsiya qilishning sof qiymatiga qadar keltiriladi41.

Shu o‘rinda tovar-moddiy zaxiralarni baholar va uni hisobga olish usullarining xalqaro tajribasini ham tahlil qilib o‘tishni, o‘rinli bo‘ladi, deb hisobladik. «Zaxiralar» nomli 2-sonli MHXSda tannarxni baholash usullari aks ettirilgan, unga muvofiq, odatda, qulaylik uchun zaxiralar tannarxini me’yoriy sarf-xarajatlar usuli yoki chakana narxlar hisobi singari baholash usullaridan foydalanish mumkin (2.1.2-jadval).

2.1.2-jadval