Добавил:
Опубликованный материал нарушает ваши авторские права? Сообщите нам.
Вуз: Предмет: Файл:
Магистрская дисс.docx
Скачиваний:
0
Добавлен:
08.11.2026
Размер:
668 Кб
Скачать
☆

Manba: Ishlab chiqarishga oid bo‘lgan asosiy vositalar amortizatsiya (depresiatsiya) xarajatlari

а

Tannarxni ketma-ket bosqichlar asosida hisoblashdan ko‘zlangan maqsad zaxiralar qiymati qanday shakllanganini har bir bosqichda kuzatish va uning moliyaviy natijalarga ta’sirini aniq ajratishdan iborat. Bunday yondashuv xarid, qayta ishlash va boshqa xarajatlar hisobidan tannarxda yuz berayotgan o‘zgarishlarni tizimli tahlil qilish imkonini beradi.

Yuqoridagi standartlardagi umumqabul qilingan fikrlar asosida korxonaning tayyor mahsulotlar tannarxi to‘g‘risidagi hisobotini quyidagi tartibda tuzish mumkin bo‘ladi (2.2.3-jadval).

2.2.3-jadval

Ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot tannarxi to‘g‘risidagi hisobot (31 dekabr bilan yakunlanadigan 2025 yil uchun) (mln. So‘m)

Bevosita material

1 yanvar holatiga material qoldig‘i. 1500.0

Material xaridi. 6750.0

Foydalanishga mo‘ljallangan material. 8250.0

Ayiriladi: 31 dekabr holatiga material qoldig‘i. 4875.0

Foydalanilgan material qiymati. 3375.0

Bevosita mehnat haqi xarajatlari 1100.0

Ustama ishlab chiqarish xarajatlari

Bilvosita material. 250.0

Bilvosita mehnat haqi xarajatlari 275.0

Texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash 125.0

Elektr energiya. 350.0

Ishlab chiqarish binosi va asbob-uskunalar

amortizatsiyasi. 375.0

Boshqa ustama xarajatlar. 188.0

Jami ustama ishlab chiqarish xarajatlari. 1563.0

Jami ishlab chiqarish xarajatlari. 6038.0

Qo‘shiladi:1 yanvarda tugallanmagan ishlab chiqarish. 250.0

Ayiriladi: 31 dekabrdagi tugallanmagan ishlab chiqarish. 150.0

Tayyor mahsulot tannarxi 6138.0

Ushbu hisobot mahsulot tannarxiga oid ko‘rsatkichlar asosida korxona faoliyatini tahlil qilish imkonini beradi. Hisobot shaklidan ko‘rinib turibdiki, mahsulot tannarxining shakllanishida ikkinchi va uchinchi bosqichlar muhim rol o‘ynaydi. Ushbu bosqichlarda jarayonli kalkulyatsiyada ekvivalent birlik asosida mahsulot tannarxini hisoblashning uslubiy tartibini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi, qaysiki, bu jarayon tayyor mahsulot tannarxi to‘g‘risida obyektiv axborotlarning shakllanishiga va natijada moliyaviy natijalarning to‘g‘ri aniqlanishiga olib keladi.

Boshqa ustama xarajatlar (other overhead) tovar-moddiy zaxiralarni joriy holatga va joriy joylashtiriladigan joyiga keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar bo‘lib, xalqaro standartlar talablariga muvofiq ularni ham mahsulot tannarxiga kiritish qabul qilingan. Bundan xarajatlarga misol qilib aniq mijozlar uchun mahsulotlar bo‘yicha qilinadigan qo‘shimcha ishlanmalari xarajatlarni hamda zaxiralarni joriy joyiga keltirish bilan bog‘liq mehnat haqi va transport xarajatlarini kiritish mumkin. Bu xarajatlarni standart talablariga muvofiq zaxiralar tannarxiga kiritish mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi.

Yuqoridagilar asosida xulosa qilish mumkinki, zaxiralar tannarxi (ZT) bu zaxiralar xarid tannarxi (ZXT), zaxiralarni qayta ishlash tannarxi (ZQIT) va plyus boshqa ustama xarajatlari (BUX) yig‘indisidan iboratdir. Buni quyidagi formula orqali ifodalash mumkin:

ZT = ZXT + ZQIT + BUX

Yuqorida aytilgan taklif va tavsiyalar zaxiralar tannarxini to‘g‘ri shakllantirish hamda zaxiralarga oid axborotlarni moliyaviy hisobotda xalqaro va milliy standartlar talablariga muvofiq holda aks ettirish imkoniyatini beradi hamda milliy standartlarimizni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.

Buxgalteriya balansini xalqaro standartlarga moslashtirish maqsadida uning eng e’lon qilinadigan (jurnal, gazeta va internet sahifalarida) shaklida moddalarini qisqartirish lozim, deb o‘ylaymiz. Shu bois, buxgalteriya balansida faqat 140-satrni qoldirib qolgan satrlarni aks ettirish maqsadga muvofiq. Natijada, buxgalteriya balansining ushbu qismi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi (2.2.4-jadval).

2.2.4-jadval