- •Iqtisodiy tahlil
- •Iqtisodiy axborotlar -muqobil xarajatlar
- •Ishlab chiqarish va mahsulot turlari bo‘yicha
- •Ishlab chiqarish yozuvlari
- •Boshkaruv hisobi va ishlab
- •Chiqarish hamda axborot
- •Tizimlari mujassamlashuvi
- •1.1. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda strategik boshqaruv hisobini tashkil etish zaruriyati va ahamiyati
- •Chet el investitsiyasi ishtirokidagi “Toshkentvino kombinati” aksiyadorlik jamiyatining moliyaviy ko‘rsatkichlari dinamikasi6
- •Chet el investitsiyasi ishtirokidagi “Toshkentvino kombinati” aksiyadorlik jamiyati faoliyatining 2017-2023 yillardagi asosiy ko‘rsatkichlari dinamikasi7
- •Chet el investitsiyasi ishtirokidagi “Toshkentvino kombinati” aksiyadorlik jamiyatining daromad va xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumot9
- •Strategik boshqaruv hisobining mohiyatini yoritishga bo‘lgan ilmiy yondoshuvlar
- •Strategik boshqaruv hisobi mohiyatini belgilovchi yo‘nalishlar tahlili
- •Ish muhiti tahlili
- •Innovatsion salohiyat tahlili
- •Strategik boshqaruv hisobining metodlari
- •1.2. Strategik boshqaruv hisobini tashkil etishning nazariy va tashkiliy asoslari.
- •Boshqaruv hisobini faoliyat turlari bo‘yicha tashkil etishning qiyosiy taqqoslanishi
- •1.3. Tovar-moddiy zaxiralarning iqtisodiy talqini va uning strategik boshqaruv hisobi vazifalari.
- •Zaxiralarning tarkibiy qismlari bo‘yicha iqtisodchi olimlarning qarashlari
- •Birinchi bob bo‘yicha xulosalar
- •Xorijiy amaliyotda zaxiralarni baholash usullari1
- •2.2. Tovar-moddiy zaxiralar tannarxi va ularni moliyaviy hisobotlarda aks ettirish holati
- •Manba: Ishlab chiqarishga oid bo‘lgan asosiy vositalar amortizatsiya (depresiatsiya) xarajatlari
- •Ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot tannarxi to‘g‘risidagi hisobot (31 dekabr bilan yakunlanadigan 2025 yil uchun) (mln. So‘m)
- •“Istiqbol” korxonasida 2025 yil uchun tovar-moddiy zaxiralarning buxgalteriya balansida aks ettirilishi
- •2.3. Ishlab chiqarish xarajatlarining strategik boshqaruv hisobini tashkil qilish yo‘nalishlari
- •Xarajatlar byudjetini nazorat qilish
- •Xarajatlarni hisobga olish
- •Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda xarajatlarning strategik boshqaruv hisobini yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif etilayotgan besh bosqichli modelning mohiyati62
- •Balanslashtirilgan ko‘rsatkichlar tizimi (bkt) bloklari66
- •II bob bo‘yicha xulosalar
- •3.1. Ishlab chiqarish xarajatlarining strategik boshqaruv hisobini takomillashtirish yo‘nalishlari.
- •Xarajatlarni strategik boshqarish
- •Xarajatlarni og‘ish darajasiga qarab tasniflash (klassifikatsiya qilish)
- •Xarajatlarni hajmi (miqdori) bo‘yicha tasniflash (klassifikatsiya qilish)
- •Xarajatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish (yig‘ish)
- •Cheii “Toshkentvino kombinati” aJda xarajatlarni hajmi bo‘yicha abc tahlilini o‘tkazish uchun buxgalteriya hisobi ma’lumotlari
- •Strategik boshqaruv hisobida xarajatlarni miqdori hamda tebranish darajasi bo‘yicha tasniflash
- •Tovar-moddiy zaxiralarning strategik boshqaruv hisobini tashkil qilish va yuritish zaruriyatini asoslovchi ko‘rsatkichlar
- •3.2. Tovar-moddiy zaxiralarning strategik boshqaruv hisobini takomillashtirish yo‘nalishlari
- •Xalqaro standartlar talabalariga muvofiqlashtirilgan moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotida joriy aktivlar qismini aks ettirish69
- •Ushbu qiymatlarning eng kichigi bo‘yicha baholanadi
- •Zaxiralarni 2-son bhxSga asosan baholash
- •Xarid tannarxi (cost of purchase)
- •Zaxiralar tannarxi elementlari
- •Xarid qilingan materialning xarid tannarxini aniqlash bo‘yicha hisob-kitoblar73
- •III bob bo‘yicha xulosalar
Strategik boshqaruv hisobining mohiyatini yoritishga bo‘lgan ilmiy yondoshuvlar
T.r. |
Mualliflar va manba nomi |
Strategik boshqaruv hisobi mohiyatiga yondoshuvi mazmuni |
1 |
Atrill P., Makleyni E.
(Aтрилл П. Упрaвлeнчeский учeт для нeфинaнсовых мeнeджeров /пeр.с aнгл. под рeд. С.Л.Кaныгинa. Днeпропeтровск, 2003.) |
Strategik boshqaruv hisobi – strategik o‘zgarishlarni baholash va tashqi omillarni hisobga olishga qaratilgan hisob tizimi.
|
2 |
K.Simonds
(Pardayev A.X., Pardayeva Z.A. Boshqaruv hisobi: Darslik /A.X. Pardayev, Z.A. Pardayeva. - T.: “Iqtisod-Moliya”, 2019. -556 b.; Николaeвa О.E., Aлeксeeвa О.В. Стрaтeгичeский упрaвлeнчeский учeт. - M.: ЛКИ, 2008., 304 с) |
Birinchi bo‘lib “strategik boshqaruv hisobi” terminini taklif etgan olim. Asosiy raqobatchilarining xarajat, baho, sotuv hajmi, bozordagi ulushi, naqd pul oqimi va resurs imkoniyatlari kabi ma’lumotlarini to‘plash orqali kompaniyaning raqobat muhitidagi holatini baholash vositasi sifatida qaragan. |
3 |
SIMA (Chartered institute of management accounts) (Pardayeva SH. Xo‘jalik subyektlarida moliyaviy natijalarning strategik boshqaruv hisobini takomillashtirish. /Monografiya – T.: “Lesson Press” nashriyoti, 2022., 124 b.) |
Strategik boshqaruv hisobini – boshqaruv hisobining kompaniya faoliyatiga ta’sir etuvchi asosan tashqi omillar ta’sirini hisobga olishga qaratilgan alohida shakli deb e’tirof etilgan. |
4 |
M.Bromvich
(Николaeвa О.E., Aлeксeeвa О.В. Стрaтeгичeский упрaвлeнчeский учeт. - М.: ЛКИ, 2008., 304 с) |
Bir qator davr mobaynida korxonaning strategik raqobatchilari to‘g‘isidagi xarajatlar tarkibi va miqdori, bozordagi holati va ulushi miqdori kabi moliyaviy ma’lumotlarni tahlil qilish va taqdim etish tizimidir, deb e’tirof etgan. |
5 |
Uord K.
(Стрaтeгичeский упрaвлeнчeский учeт: пeр. с aнгл. М., 2002.) |
Strategik boshqaruv hisobi – tashkilotda qo‘llanilayotgan yoki qo‘llanishi rejalashtirilayotgan biznes-strategiyani amalga oshirishni ta’minlaydigan hisob turi. |
6 |
I.N. Bogataya
(Богaтaя И.Н. Стрaтeгичeский учeт собствeнности прeдприятия. Ростов нa-Дону: Фeникс, 2001. 320 с) |
Korxona faoliyatini baholash hamda samarali tarzdagi boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun kerak bo‘ladigan, shuningdek investorlarni zarur ma’lumotlar bilan ta’minlash borasida boshqaruv va moliyaviy hisobni yagona tizimga birlashtirgan axborot texnologiyasining global modeli. |
7 |
A.X.Pardayev, U.U.Kostayev
(Kostayev U.U. Strategik boshqaruv hisobini tashkil qilishning nazariy va amaliy asoslari: Monografiya/ U.U.Kostayev; - T.: “Iqtisod-Moliya”., 2020. – 180 b.)
|
Strategik boshqaruv hisobi xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun uning moliyaviy ahvoli ichki va tashqi omillar ta’sirida kelgusi istiqbolda qanday o‘zgarishi, bozordagi raqobat darajasini baholash, strategik o‘zgarishlarni hisobga olish imkoniyatini yaratishga xizmat qiladigan axborot tizimi. |
8 |
Alekseyeva O.V, Nikolayeva O.E.
(Николaeвa О.E., Aлeксeeвa О.В. Стрaтeгичeский упрaвлeнчeский учeт. М., 2003.) |
Strategik boshqaruv hisobi – korxona o‘z faoliyatini olib borayotgan tashqi biznes-muhitni mukammal tarzada tahlil qilish orqali uzoq muddatli boshqaruv qarorlarini qabul qilishga mo‘ljallangan boshqaruv hisibining majmuaviy (kompleks) yo‘nalishi. |
9 |
Suvorova S.P.
(Суворовa С.П. Формировaния стрaтeгичeского упрaвлeнчeского учeтa нa промышлeнных прeдприятиях: тeория и мeтодология: aвторeф. дис.д-рa экон. нaук. - Орeл, 2007.) |
Strategik boshqaruv hisobi – ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyatining nazorat, tahlil, rejalashtirish, prognozlashtirish, rahbarlik va boshqarish tizimlari orqali aks etadigan natijalari sifati va samarasini oshirishni ta’minlaydigan boshqaruv qarorlarini qabul qilishni ma’lumotlar bilan ta’minlovchi hisob. |
Taqqoslangan qarashlarning umumiy jihati shundaki, strategik boshqaruv hisobi rahbariyatning uzoq muddatli qarorlarini axborot bilan ta’minlaydi. Mualliflik yondashuviga ko‘ra, uni korxonaning ichki hisob ma’lumotlarini tashqi bozor omillari, xarajatlarni yuzaga keltiruvchi sabablar va strategik maqsadlar bilan bog‘laydigan uzluksiz axborot-tahlil tizimi sifatida talqin qilish maqsadga muvofiq. Bunday ta’rif uning oddiy hisobga olishdan farqini, ya’ni ma’lumotni kelgusidagi qarorlar uchun qayta ishlash vazifasini belgilaydi.
Olimlarning yondashuvlarini umumlashtirish strategik boshqaruv hisobi mohiyatini ochib beruvchi asosiy yo‘nalishlarni ajratish imkonini berdi. Ular 1.1.5-jadvalda tizimlashtirilgan; jadvaldagi guruhlash keyingi xulosalarda taklif qilinayotgan mualliflik ta’rifining nazariy asosini tashkil etadi.12
1.1.5-jadval
