Добавил:
Опубликованный материал нарушает ваши авторские права? Сообщите нам.
Вуз: Предмет: Файл:
Магистрская дисс.docx
Скачиваний:
0
Добавлен:
08.11.2026
Размер:
668 Кб
Скачать
☆

Balanslashtirilgan ko‘rsatkichlar tizimi (bkt) bloklari66

T.r

BKT bloklari

Strategik maqsad

Asosiy ko‘rsatkichlar

1

Iqtisodiy-moliyaviy holatni baholovchi

1.1.Faoliyatning foydaliligi (rentabellik) darajasi

Ishlab chiqarish hajmi, sotuv hajmi, daromad, mahsulot tannarxi, xarajatlar miqdori, yalpi foyda, sof foyda, kapital rentabelligi

1.2.Faoliyatning iqtisodiy qiymati o‘sishi

Iqtisodiy o‘sish darajasi, qo‘shilgan qiymat miqdori, asosiy kapital hajmining o‘sishi

1.3. Moliyaviy barqarorlik va to‘lov qobiliyati dinamikasi

Likvidlilik, to‘lov qobiliyati, moliyaviy barqarorlik koeffitsentlari miqdori

1.4. Pul oqimi hajmining o‘sishi

Naqd pul oqimi miqdori, o‘sish dinamikasi, diskontlashgan me’yori

2

Bozor faolligini baholovchi

2.1.Bozordagi ulushining o‘sishi

Sotuvga taklif etilayotgan mahsulot tarkibi, mahsulotning sotuv dinamikasi, raqobatbordoshlik darajasi

2.2.Xaridorlar talabini qondirishi

Buyurtmalarning bajarilish muddatlari, mahsulotning sifat darajasi, iste’mol qiymati, yangi va zamonaviy mahsulot turlari hamda ularning ulushi o‘zgarishi, sotuvdan keyingi xizmat darajasi

2.3. Yangi xaridorlarning jalb qilinish darajasi

Jalb qilingan yangi xaridorlar soni, qo‘shimcha mahsulot va xizmatlar ulushi

3

Ichki biznes jarayoni samaradorligini baholovchi

    1. Innovatsiyalarni jalb qilish darajasi

Yangi mahsulotlarni ishlab chiqish va taklif qilish davri, sotuv hajmida yangi va zamonaviy mahsulotlar hajmi

    1. Xarajatlar miqdori va dinamikasi

Ishlab chiqarish va sotuv hajmi, ishlab chiqarish va to‘liq tannarx miqdorlari, yaroqsiz mahsulotlar hajmi, chiqindilar miqdori, xarajatlar hajmi dinamikasi, ishlab chiqarish rentabelligi

    1. Sotuvdan keyingi xizmatlar darajasi

Ta’mirlash va xizmat qilish xarajatlari, reklama xarajatlari, mahsulotlarni almashtirish miqdori

    1. Moddiy-texnik ta’minot darajasi

Mahsulotlarni saqlash imkoniyati, ombor xo‘jaliklarini saqlash xarajatlari, omborlardagi kamomad va yo‘qotishlar miqdori

4

Xodim va mutaxassis kadrlar darajasini baholovchi

4.1. Informatsion texnologiyalarning holati

Kommunikatsiya tizimi sifati, foydalanilayotgan operatsion tizimlar va dasturiy ta’minot darajasi, zamonaviy dasturiy ta’minot darajasi

4.2.Mutaxassis kadrlarning kasbiy hamda professionallik darajasi

Ishchi-xodimlar va mutaxasislarning bilim darajasi, informatsion texnologiyalarni, chet tillarini zamonaviy internet paketlardan foydalanishni bilish darajalari

4.3. Kadrlar bilan ta’minlanganlik darajasi

Davrlar kesimida xodimlarning o‘rtacha soni, o‘rtacha yosh darajasi, kadrlar qo‘nimsizligi koeffitsienti darajasi

4.4. Moddiy rag‘batlantirish darajasi

Umumiy ish xaqi fondiga nisbatan rag‘batlantiruvchi to‘lovlar ulushi, rag‘batlantiruvchi to‘lovlar va uning personalni qamrash miqdori, to‘lovlar soni, miqdori

Tadqiqot doirasida “Direct costing”, “ABC”, “Target costing” va “Kaizen costing” yondashuvlarini integratsiyalash hamda ularni “qiymat zanjiri” bilan bog‘lash taklif etiladi (2.3.3-rasm). Bunda har bir usul mustaqil vazifani bajaradi, ammo ularning natijalari yagona xarajatlarni boshqarish tizimida o‘zaro to‘ldiradi.

Taklif qilinayotgan mexanizm bir necha izchil bosqichdan iborat. Dastlab xarajatlar faoliyat va mas’uliyat markazlari bo‘yicha “ABC” usulida aniqlanadi. Keyin boshqaruv qarorlari uchun o‘zgaruvchan xarajatlar “Direct costing” doirasida ajratiladi; mahsulot rejalashtirish bosqichida maqsadli tannarx belgilanadi; ishlab chiqarish davomida aniqlangan og‘ishlar “Kaizen costing” tamoyillari asosida muntazam ko‘rib chiqiladi. Yakunda bu ma’lumotlar qiymat zanjirining tegishli bo‘g‘inlariga biriktiriladi va tannarxga ta’sir qiluvchi omillar bo‘yicha umumiy tasavvur shakllantiriladi.

2.3.3-rasm. TMZ tannarxi strategik boshqaruv hisobining integrallashgan modeli67.

Modelning muhim jihati — boshqaruv hisobida xarajatlarni, avvalo, o‘zgaruvchan va boshqaruv qarorlariga bevosita ta’sir qiladigan qismlar kesimida ko‘rib chiqishdir. Bu tannarx va ishlab chiqarish hajmi o‘rtasidagi munosabatni tahlil qilishga hamda keyingi bosqichlarda xarajatlarning boshqa toifalarini qo‘shib ko‘rib chiqishga asos yaratadi.

Umuman olganda, integrallashgan model korxonaning strategik maqsadlariga ta’sir qiluvchi ichki va tashqi omillarni boshqaruv hisobida o‘z vaqtida aks ettirishga mo‘ljallangan. Raqobat kuchaygan sharoitda ushbu ma’lumotlar mahsulot tannarxi, resurslardan foydalanish va kelgusidagi faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha ustunliklarni izlashga xizmat qiladi.