- •Iqtisodiy tahlil
- •Iqtisodiy axborotlar -muqobil xarajatlar
- •Ishlab chiqarish va mahsulot turlari bo‘yicha
- •Ishlab chiqarish yozuvlari
- •Boshkaruv hisobi va ishlab
- •Chiqarish hamda axborot
- •Tizimlari mujassamlashuvi
- •1.1. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda strategik boshqaruv hisobini tashkil etish zaruriyati va ahamiyati
- •Chet el investitsiyasi ishtirokidagi “Toshkentvino kombinati” aksiyadorlik jamiyatining moliyaviy ko‘rsatkichlari dinamikasi6
- •Chet el investitsiyasi ishtirokidagi “Toshkentvino kombinati” aksiyadorlik jamiyati faoliyatining 2017-2023 yillardagi asosiy ko‘rsatkichlari dinamikasi7
- •Chet el investitsiyasi ishtirokidagi “Toshkentvino kombinati” aksiyadorlik jamiyatining daromad va xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumot9
- •Strategik boshqaruv hisobining mohiyatini yoritishga bo‘lgan ilmiy yondoshuvlar
- •Strategik boshqaruv hisobi mohiyatini belgilovchi yo‘nalishlar tahlili
- •Ish muhiti tahlili
- •Innovatsion salohiyat tahlili
- •Strategik boshqaruv hisobining metodlari
- •1.2. Strategik boshqaruv hisobini tashkil etishning nazariy va tashkiliy asoslari.
- •Boshqaruv hisobini faoliyat turlari bo‘yicha tashkil etishning qiyosiy taqqoslanishi
- •1.3. Tovar-moddiy zaxiralarning iqtisodiy talqini va uning strategik boshqaruv hisobi vazifalari.
- •Zaxiralarning tarkibiy qismlari bo‘yicha iqtisodchi olimlarning qarashlari
- •Birinchi bob bo‘yicha xulosalar
- •Xorijiy amaliyotda zaxiralarni baholash usullari1
- •2.2. Tovar-moddiy zaxiralar tannarxi va ularni moliyaviy hisobotlarda aks ettirish holati
- •Manba: Ishlab chiqarishga oid bo‘lgan asosiy vositalar amortizatsiya (depresiatsiya) xarajatlari
- •Ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot tannarxi to‘g‘risidagi hisobot (31 dekabr bilan yakunlanadigan 2025 yil uchun) (mln. So‘m)
- •“Istiqbol” korxonasida 2025 yil uchun tovar-moddiy zaxiralarning buxgalteriya balansida aks ettirilishi
- •2.3. Ishlab chiqarish xarajatlarining strategik boshqaruv hisobini tashkil qilish yo‘nalishlari
- •Xarajatlar byudjetini nazorat qilish
- •Xarajatlarni hisobga olish
- •Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda xarajatlarning strategik boshqaruv hisobini yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif etilayotgan besh bosqichli modelning mohiyati62
- •Balanslashtirilgan ko‘rsatkichlar tizimi (bkt) bloklari66
- •II bob bo‘yicha xulosalar
- •3.1. Ishlab chiqarish xarajatlarining strategik boshqaruv hisobini takomillashtirish yo‘nalishlari.
- •Xarajatlarni strategik boshqarish
- •Xarajatlarni og‘ish darajasiga qarab tasniflash (klassifikatsiya qilish)
- •Xarajatlarni hajmi (miqdori) bo‘yicha tasniflash (klassifikatsiya qilish)
- •Xarajatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish (yig‘ish)
- •Cheii “Toshkentvino kombinati” aJda xarajatlarni hajmi bo‘yicha abc tahlilini o‘tkazish uchun buxgalteriya hisobi ma’lumotlari
- •Strategik boshqaruv hisobida xarajatlarni miqdori hamda tebranish darajasi bo‘yicha tasniflash
- •Tovar-moddiy zaxiralarning strategik boshqaruv hisobini tashkil qilish va yuritish zaruriyatini asoslovchi ko‘rsatkichlar
- •3.2. Tovar-moddiy zaxiralarning strategik boshqaruv hisobini takomillashtirish yo‘nalishlari
- •Xalqaro standartlar talabalariga muvofiqlashtirilgan moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotida joriy aktivlar qismini aks ettirish69
- •Ushbu qiymatlarning eng kichigi bo‘yicha baholanadi
- •Zaxiralarni 2-son bhxSga asosan baholash
- •Xarid tannarxi (cost of purchase)
- •Zaxiralar tannarxi elementlari
- •Xarid qilingan materialning xarid tannarxini aniqlash bo‘yicha hisob-kitoblar73
- •III bob bo‘yicha xulosalar
Ishlab
chiqarish faoliyati
маълумотлар
Mahsulot
taqsimoti jarayoni
Mahsulotning
to‘liq tannarxi
Mahsulotlar
bo‘yicha hisobotlar
Boshqaruv
hisobi
hisobotlari
foyda
markazi;
xarajat
va mas’uliyat
markazlari
Moliyaviy
hisobotlar
Boshqaruv
hisobi tizimi
Iqtisodiy tahlil
Iqtisodiy axborotlar -muqobil xarajatlar
Ishlab chiqarish va mahsulot turlari bo‘yicha
Ishlab chiqarish yozuvlari
Boshkaruv hisobi va ishlab
Chiqarish hamda axborot
Tizimlari mujassamlashuvi
TOVAR-MODDIY ZAXIRALARNING STRATEGIK BOSHQARUV HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH
KIRISH
Tovar-moddiy zaxiralarni boshqarish korxonaning ishlab chiqarish uzluksizligi, sotuv jarayoni va aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Zaxiralar yetarli bo‘lmasa ishlab chiqarish yoki xaridorlarga yetkazib berish kechikishi mumkin; ortiqcha zaxira esa ombor, saqlash va moliyalashtirish xarajatlarini oshirib, mablag‘larning bir qismini aylanmadan chetlashtiradi. Shu sababli zaxiralar hajmi va tarkibini asoslangan rejalashtirish, ularning harakatini muntazam kuzatish hamda zarur boshqaruv qarorlarini qabul qilish korxonaning moliyaviy barqarorligi uchun muhimdir. S. Piletska ta’kidlagan yondashuv ham zaxiralarni boshqarish siyosati ishlab chiqarish va realizatsiya jarayonlarini muvofiqlashtirish bilan bir qatorda, saqlashga doir xarajatlarni maqbullashtirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi. Shu nuqtayi nazardan, zaxiralarning mavjud miqdori, tarkibi, foydalanilishi va qiymati haqida ishonchli axborot tayyorlash hamda uni moliyaviy hisobotda izchil aks ettirish zarur. Bu talab joriy aktivlar hisobi bo‘yicha milliy amaliyotni xalqaro tamoyillar bilan uyg‘unlashtirish masalasini ham kun tartibiga olib chiqadi.1
Tovar-moddiy zaxiralar hisobi bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarda aktivlarni tan olish mezonlari, dastlabki va keyingi baholash, tannarx tarkibi, moliyaviy hisobotda ochib berish hamda likvidlikni tahlil qilish masalalari keng o‘rganilgan. Biroq xalqaro yondashuvlarning rivojlanayotgan iqtisodiyotlarda, xususan, mahalliy korxonalarning amaliy hisob tizimida qo‘llanishi bir xil darajada shakllanmagan. Shu bois xalqaro moliyaviy hisobot standartlarini joriy etishda ularning talablarini shunchaki ko‘chirish bilan cheklanmay, milliy hisob siyosati, zaxiralar tarkibi va korxonalar faoliyatining xususiyatlari bilan bog‘liq jihatlarni ham metodik jihatdan asoslash lozim. Ayniqsa, zaxiralarni tasniflash, ularning tannarxini aniqlash va likvidlik xususiyatlariga mos ravishda hisobotda aks ettirish tartibini takomillashtirish alohida ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekistonda 2021 yildan e’tiboran aksiyadorlik jamiyatlari hamda yirik soliq to‘lovchi hisoblangan korxonalarga MHXSlar asosida moliyaviy hisobot tuzish va taqdim etishga o‘tkazish vazifasi yuklatildi. «Iqtisodiyotda moliyaviy resurslarni ko‘paytirish maqsadida, kelgusi 5 yilda fond bozori aylanmasini 200 million AQSh dollaridan 7 milliard AQSh dollariga yetkazish»2 maqsadining taraqqiyot strategiyasiga qo‘yilishi ham tashkilotlarida aylanma mablag‘lardan samarali foydalanish hamda uning hisobini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish borasida aniq vazifalarni belgilab berdi. Shu bilan birga o‘z echimini kutayotgan qator muammolar, jumladan zaxiralar, olinadigan schyotlar, sotish uchun mo‘ljallangan deb tasniflangan uzoq muddatli aktivlar, joriy soliq aktivlarini tan olish, baholash, buxgalteriya yozuvlari va ishlanmalarini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotning xalqaro standartlarga muvofiq keladigan formatini ishlab chiqish, ayniqsa tovar-moddiy zaxiralarning strategik boshqaruv hisobini tashkil qilish masalalari o‘z yechimini to‘liq topgan emas. Mazkur vazifalarning samarali bajarilishini ta’minlash xo‘jalik yurituvchi subyektlarda tovar-moddiy zaxiralarning strategik boshqaruv hisobini tashkil qilish yuzasidan ilmiy izlanishlarni olib borishni taqozo etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 yanvardagi PF-5614-son «Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va iqtisodiy siyosat samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son «2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi, 2015 yil 24 apreldagi PF-4720-son «Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonlari, Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 28 iyuldagi 207-son «Davlat ulushi bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini joriy etish to‘g‘risida»gi qarori hamda buxgalteriya hisobi faoliyatiga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosini amalga oshirishda mazkur dissertatsiya tadqiqoti natijalari muayyan darajada xizmat qiladi.
Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalarini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga mosligi. Dissertatsiya tadqiqoti respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining I. «Demokratik va huquqiy jamiyatni ma’naviy-axloqiy hamda madaniy rivojlantirish, innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish» ustuvor yo‘nalishiga muvofiq bajarilgan.
Strategik va boshqaruv hisobi bo‘yicha nazariy qarashlar xorijiy olimlar K. Drury, A. Apcherch, B. Needles, H. Anderson, D. Caldwell, G. Anthony, S. Davidson, V. Nordhaus, P. Samuelson, Ch. Horngren va J. Foster ishlarida yoritilgan. Ularning asarlari boshqaruv hisobi mazmuni, xarajatlar hisobi, tannarx kalkulyatsiyasi va boshqaruv qarorlarini axborot bilan ta’minlash masalalarini o‘rganish uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.3
MDH mamlakatlari iqtisodchi olimlaridan I. Volkov, M. Gracheva, O. Nikolayeva, O. Alekseyeva, V. Paliy, A. Sheremet, S. Polyakova, T. Shishkova, Y. Sokolov, I. Kondratova, V. Kerimov va K. Yankovskiylarning ishlari boshqaruv hisobini tashkil etish va uni korxona boshqaruvi bilan bog‘lash masalalarini yoritadi. Mazkur tadqiqotlar mavzuning uslubiy asoslarini shakllantirishga yordam beradi; shu bilan birga, zaxiralarning strategik boshqaruv hisobi alohida korxona sharoitida qanday tashkil etilishi masalasi qo‘shimcha tahlilni talab qiladi.4
O‘zbekistonlik tadqiqotchilar orasida A. Abdug‘aniyev, N. Abdusalomova, A. Avloqulov, A. Karimov, U. Kostayev, B. Masudov, D. Mamadiyarov, X. Ortiqov, M. Pardayev, A. Pardayev, N. Rizayev, O. Sobirov, B. Xasanov, I. G‘iyosov va B. Eshnayevlarning ilmiy ishlari buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil, ichki nazorat va boshqaruv hisobi rivojiga hissa qo‘shgan. Ushbu manbalar milliy amaliyotning xususiyatlarini hisobga olish uchun muhim, biroq ularning umumiy natijalarini aynan tovar-moddiy zaxiralar strategik boshqaruv hisobiga tatbiq etish mexanizmlarini alohida asoslash zarur.5
Mavjud ilmiy adabiyotlarda boshqaruv hisobining nazariy tamoyillari, metodologik yondashuvlari va ayrim tarmoqlardagi qo‘llanishi keng yoritilgan. Shunga qaramay, muayyan xo‘jalik yurituvchi subyektda zaxiralarning strategik boshqaruv hisobini amaliy tashkil etish, tannarxni shakllantiruvchi omillarni o‘zaro bog‘liq holda baholash va natijalarni uzoq muddatli boshqaruv qarorlariga aylantirish masalalari yetarlicha tizimlashtirilmagan. Aynan shu jihat tadqiqotning muammosini belgilaydi va zaxiralar hisobi bilan xarajatlarni strategik boshqarish o‘rtasidagi bog‘lanishni chuqurroq o‘rganish zaruratini yuzaga keltiradi.
Dissertatsiya mavzusining dissertatsiya bajarilayotgan oliy ta’lim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi. Mazkur dissertatsiya tadqiqoti Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasiga muvofiq «O‘zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil, audit va statistika sohalari taraqqiyotining konseptual yo‘nalishi» mavzusi doirasida bajarilgan.
Tadqiqotning maqsadi xo‘jalik yurituvchi subyektlarda tovar-moddiy zaxiralarning strategik boshqaruv hisobini tashkil qilishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari quyidagilardan iborat:
strategik boshqaruv hisobining, shuningdek tovar-moddiy zaxiralarning strategik boshqaruv hisobi mohiyati va mazmunini ochib berish, maqsad va vazifalarini aniqlashtirish, uning mazmunini belgilovchi kategoriyalari hamda ko‘rsatkichlari bo‘yicha takliflarni umumlashtirish va guruhlashtirish;
moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari talablari asosida tovar-moddiy zaxiralar hisobini tashkil qilish holatini va ular tasnifining strategik boshqaruv hisobini tashkil qilishga ta’sirini tahlil qilish;
tovar-moddiy zaxiralarning strategik boshqaruv hisobini tashkil etishga bo‘lgan mavjud yondashuvlarni tanqidiy o‘rganish, tahlil qilish va umumlashtirish;
tovar-moddiy zaxiralarning muhim moddasi bo‘lgan xarajatlarning strategik boshqaruv hisobini takomillashtirish uchun an’anaviy tarzdagi usullarini tanqidiy tahlil qilish asosida uning zamonaviy usullarini xo‘jalik yurituvchi subyektlar amaliyotida samarali tarzda qo‘llash bo‘yicha taklif-tavsiyalar ishlab chiqish;
xarajatlarning strategik boshqaruv hisobini uning zamonaviy usullari bazasida integrallashgan model asosida tashkil etish borasida ilmiy jihatdan asoslangan takliflarni ishlab chiqish;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarda tovar-moddiy zaxiralarning strategik boshqaruv hisobini tashkil qilish va uni samarali tarzda yuritish bo‘yicha amaliy takliflarni shakllantirish.
Tadqiqotning obyekti sifatida Chet el investitsiyasi ishtirokidagi “Toshkentvino kombinati” aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tanlangan.
Tadqiqotning predmeti bo‘lib xo‘jalik yurituvchi subyektlarda tovar-moddiy zaxiralarning strategik boshqaruv hisobini tashkil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy munosabatlar hisoblanadi.
Tadqiqotning usullari. Dissertatsiya ishida kuzatish, umumlashtirish, guruhlash, qiyosiy tahlil, anketa so‘rovnomalarini o‘tkazish, natijalarini ekspert baholash, iqtisodiy tahlil va iqtisodiy-statistik usullardan foydalanilgan.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
strategik boshqaruv hisobida xarajatlarni hisobga olish, byudjetini nazorat qilish va chetlanishlari tahlili kesimida tashkil qilib, uni “qiymat zanjiri” bo‘g‘inlariga integratsiya qilish taklif etilgan;
tovar-moddiy zaxiralarning strategik boshqaruv hisobini tashkil qilish va uni samarali tarzda yuritish uchun “Direct costing”, “ABC”, “Target costing” hamda “Kaizen costing” usullarini integrallashgan holda qo‘llab, uni “Qiymat zanjiri”ga transformatsiya qilish taklif etilgan;
strategik boshqaruv hisobida tannarxni hisoblashning «ABC» hamda «XYZ» tizimlarini integrallashgan holda qo‘llash matritsasi hamda uning ishlash mexanizmi taklif etilgan;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarda istiqbolga belgilangan strategik maqsadlarga erishish uchun tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlarining strategik boshqaruv hisobini 3 ta - «chiqimlar», «sarflar», «xarajatlar» kategoriyalari bo‘yicha hisobga olish taklif etilgan.
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
tovar-moddiy zaxiralarning strategik boshqaruv hisobini samarali tarzda tashkil qilish maqsadida, uni qayta sotish uchun mo‘ljallangan tovarlar, qayta ishlash uchun mo‘ljallangan xom-ashyo va materiallar, tugallanmagan ishlab chiqarish va tayyor mahsulotlar guruhlariga ajratilgan holda hisobga olish ko‘rsatib berilgan;
tovar moddiy zaxiralar hisobini xalqaro standartlarga transformatsiyasini tezlashtirish hamda strategik boshqaruv hisobini samarali tashkil qilish maqsadida asosiy vositalarni tan olishda “qiymati minimal ish haqining 50 barobaridan kam bo‘lmasligi kerak” degan mezonni olib tashlash asoslangan;
milliy standartdagi zaxiralar tarkibidan “boquvdagi va yaylovdagi yosh hayvonlar, parrandalar, asalari oilalari, sotish uchun asosiy podadan yaroqsiz qilingan katta yoshdagi qoramollar, sotish uchun chetdan qabul qilingan qoramollar”ni olib tashlash va ularni biologik aktivlar sifatida tan olish tamoyillarini qabul qilish taklif etilgan;
tovar moddiy zaxiralarning strategik boshqaruv hisobini qiymat zanjirining xarajat kategoriyasiga asoslangan «xarid tannarxi – qayta ishlash xarajatlari – ustama xarajatlar» zanjiri asosida tashkil qilish taklif etilgan.
natijalar birlamchi va rasmiy manbalardan olingan ma’lumotlar, xorijiy adabiyotlar tahlili hamda tadqiqot davomida qo‘llangan qiyosiy, iqtisodiy va moliyaviy tahlil usullariga tayangan holda shakllantirildi. Ilmiy xulosalar va tavsiyalar xalqaro hamda respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida muhokama qilingan, ularning amaliyotga tatbiq etilishi vakolatli tashkilotlarning ma’lumotnomalari bilan tasdiqlangan. Shu omillar takliflarning nazariy asoslanganligini va amaliy natijalar bilan bog‘liqligini baholash imkonini beradi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati xo‘jalik yurituvchi subyektlarda tovar-moddiy zaxiralarning strategik boshqaruv hisobini samarali tarzda tashkil qilish, takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqishda keng foydalanish imkoniyatini yaratib berishi bilan belgilanadi.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati ishlab chiqilgan tavsiyalarni turli mulkchilik shakli va faoliyat yo‘nalishiga ega korxonalarda zaxiralar hisobini tashkil etish, boshqaruv axborotini shakllantirish hamda undan foydalanish jarayonlariga tatbiq etish imkoniyati bilan belgilanadi. Takliflar zaxiralar tarkibini aniqroq guruhlash, tannarxni xarajatlar zanjiri bo‘yicha tahlil qilish va rejalashtirilgan ko‘rsatkichlardan chetlanishlarni aniqlash orqali rahbariyat qarorlarining axborot asosini yaxshilashga qaratilgan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tovar-moddiy zaxiralarning strategik boshqaruv hisobini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
Xarajatlarni hisobga olish, byudjet ijrosini nazorat qilish va chetlanishlarni tahlil qilishni “qiymat zanjiri” bo‘g‘inlari bilan bog‘lashga doir taklif Chet el investitsiyasi ishtirokidagi “Toshkentvino kombinati” aksiyadorlik jamiyatida qo‘llanilgan (jamiyatning 2026-yil 22-apreldagi 02/150-son ma’lumotnomasi). Joriy etish natijasida xarajatlarni zanjirning alohida bosqichlari va xarajat moddalari bo‘yicha kuzatish, byudjet ko‘rsatkichlarining bajarilishini nazorat qilish hamda yuzaga kelgan chetlanishlarni tahlil qilish imkoniyati yaratildi. Shu axborot asosida korxona va uning tarkibiy subyektlari mahsulot tannarxining istiqboldagi ko‘rsatkichlariga tuzatish kiritish bo‘yicha tezkor boshqaruv qarorlarini qabul qilishi mumkin bo‘ldi.
“Direct costing”, “ABC”, “Target costing” va “Kaizen costing” usullarini birgalikda qo‘llash hamda ularni “qiymat zanjiri”ga integratsiya qilish bo‘yicha tavsiya “Toshkentvino kombinati” AJ boshqaruv hisobida amaliyotga tatbiq etilgan (2026-yil 22-apreldagi 02/150-son ma’lumotnoma). Mazkur yondashuv mahsulot sifati va iste’mol xususiyatlarini saqlagan holda moddiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini baholashga xizmat qilmoqda. Bundan tashqari, u uzoq muddatli investitsion tashabbuslarni ko‘rib chiqish va korxonaning 2030-yilgacha bo‘lgan moliyaviy natijalari bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlarini shakllantirishda foydalanilmoqda.
“ABC” va “XYZ” tizimlarini integratsiyalash, xarajatlarni matritsa asosida tahlil qilish usuli “Toshkentvino kombinati” AJ tarkibidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarda qo‘llangan (2026-yil 22-apreldagi 02/150-son ma’lumotnoma). Mazkur mexanizm yordamida xarajatlar mas’uliyat markazlari va alohida segmentlar bo‘yicha tizimlashtiriladi. Tahlil natijalari maqsadga muvofiq bo‘lmagan yoki istiqbolda yetarli samara bermaydigan xarajat yo‘nalishlarini qayta ko‘rib chiqish, ularni qisqartirish yoxud to‘xtatish va faoliyatni diversifikatsiya qilish variantlarini iqtisodiy jihatdan solishtirish uchun axborot beradi.
Tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlarini “chiqimlar”, “sarflar” va “xarajatlar” kategoriyalari bo‘yicha yuritishga oid taklif “Toshkentvino kombinati” AJda joriy etilgan (2026-yil 22-apreldagi 02/150-son ma’lumotnoma). Ushbu usul xarajatlarning joriy holatini hamda 5–10 yilgacha bo‘lgan istiqboldagi dinamikasini kuzatish, byudjet bajarilishini tekshirish va chetlanishlarni tahlil qilish uchun qo‘llanmoqda. Dissertatsiyada keltirilgan ma’lumotga ko‘ra, taklifni joriy etish 2025-yil yakunida chiqimlarni 1,8 mlrd so‘mga, sarflarni esa 1,1 mlrd so‘mga qisqartirish imkonini bergan. Bu natija keyingi davrlar bo‘yicha boshqaruv qarorlarini asoslash uchun ma’lumotlar bazasini shakllantirishga ham xizmat qilgan.
Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Mazkur tadqiqot natijalari 3 ta xalqaro va 2 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida muhokamadan o‘tkazilgan.
Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha jami 8 ta ilmiy ish, jumladan, Oliy Attestatsiya Komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 3 ta ilmiy maqola, jumladan, 1 tasi xorijiy va 2 tasi respublika jurnallarda chop etilgan.
Dissertatsiyaning tuzilishi. Dissertatsiya kirish, uchta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Ishda strategik boshqaruv hisobining nazariy asoslari, korxonada tovar-moddiy zaxiralar hisobining amaldagi holati hamda uni takomillashtirishga doir takliflar izchil yoritilgan.
I-BOB. XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARDA STRATEGIK BOSHQARUV HISOBINING O‘RNI, AHAMIYATI VA USLUBIY ASOSLARI
