- •Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyalashtirishning innovasion usullarini takomillashtirish mundarija
- •Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyalashtirishning iqtisodiy mohiyati va mazmuni
- •Kichik biznes sub’ektlari va xususiy tadbirkorlikni innovatsion moliyalashtirishning asosiy omillari
- •Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda xorijiy mamlakatlar tajribasi
- •Birinchi bob bo’yicha xulosalar
- •2.1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni innovatsion moliyalashtirishning hozirgi holatining tahlili
- •O‘zbekistonda kichik biznes korxonalarida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi, mlrd. So‘mda21
- •O‘zbekistonda kichik biznes sub’ektlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tarkibi22
- •Respublikada xizmatlar sohasida kichik tadbirkorlik sub'ektlari ko'rsatkichlari bo‘yicha aniqlangan trend tenglamalar23
- •2.2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash amaliyoti taxlili
- •2024 Yilda kichik tadbirkorlik sub’ektlariga hamda aholiga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish maqsadlari uchun ajratilgan kreditlar32
- •Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida ajratilgan kreditlar34
- •2.3. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tomonidan ishlab chiqarilgan innovatsion mahsulotlar hajmiga ta’sir etuvchi omillarning ekonometrik taxlili
- •Ikkinchi bob bo’yicha xulosalar
- •3.1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni innovatsion moliyalashtirish jarayonlarini davlat tomonidan tartibga solish istiqbollari
- •3.2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining innovatsion moliyalashtirishni takomillashtirish usullari
- •Uchinchi bob bo’yicha xulosalar
2.2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash amaliyoti taxlili
Jahonning rivojlangan mamlakatlari tajribasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiy o‘sish hamda barqaror rivojlanishni ta’minlovchi muhim omillardan biri ekanligini ko‘rsatadi. Ushbu sektor iqtisodiyotda bandlikni kengaytirish, raqobat muhitini kuchaytirish va innovatsion jarayonlarni tezlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu sababli xalqaro amaliyotda kichik biznes subyektlariga ko‘rsatiladigan bank xizmatlari sifatini oshirish, ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hamda kredit resurslari hajmini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunday yondashuv tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy barqarorligini mustahkamlash va ularning iqtisodiyotdagi ulushini yanada oshirishga xizmat qiladi. Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) hisobotlariga ko’ra “Jahondagi 65 million kichik biznes sub’ektlarining 40 foizi xar yili 5,2 trillion AQSh dollari miqdorida moliyalashtirilmagan ehtiyojga egaligi, global darajada kichik va o’rta biznesni kreditlash darajasidan 1,4 barobar ko’pdir. Global moliyaviy tafovutning eng katta ulushi, Sxarqiy Osiyo va Tinch okeani mintaqasida jami 46 foizni tashkil etsa, Lotin Amerikasi va Karib havzasi mintaqasida 23 foizni, Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida nisbatan pastroq 15 foizni tashkil etadi”29.
Kichik biznesning barqaror ishlashi uchun tijorat banklari kreditlari muhim moliyaviy manba bo‘lib qolmoqda. Bank resurslari ishlab chiqarishni kengaytirish, uskunalarni yangilash va aylanma mablag‘larni to‘ldirishga yo‘naltirilishi mumkin. Biroq kreditning amaliy foydasi foiz stavkasi, muddat, garov talablari va korxonaning pul oqimi bilan o‘zaro mosligiga bog‘liq.
Mamlakatimizda kichik biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish maqsadida bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-iyundagi PF–150-son Farmoni bilan Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi faoliyati yanada takomillashtirildi. Ushbu farmonga muvofiq, 2022-yil 1-iyuldan boshlab jamg‘arma tomonidan kichik biznes loyihalariga ajratilgan kredit va lizinglar bo‘yicha asosiy stavkadan oshgan, biroq uning 30 foizidan ortmagan qismini uch yilgacha qoplash mexanizmi joriy etildi. Bunda qo‘llab-quvvatlanadigan loyihalar hajmi 5 milliard so‘mgacha bo‘lib, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 barobaridan oshmasligi belgilandi. Shuningdek, mazkur jamg‘arma tomonidan tijorat banklari kreditlari bo‘yicha kafolat berish amaliyoti ham kengaytirildi. Unga ko‘ra, 2,5 milliard so‘mgacha bo‘lgan loyihalar uchun kreditlarning 50 foizigacha qismi, ayrim ustuvor yo‘nalishlar va hududlarda esa 75 foizgacha kafolatlanishi nazarda tutilgan. Bu esa ayniqsa olis hududlarda, mehnat resurslari ortiqcha bo‘lgan joylarda hamda kasanachilik va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega30:
“- umumiy miqdori 2,5 milliard so’mdan oshmaydigan kichik biznes sub’ektlarining loyihalariga ajratiladigan kreditlarning 50 foizgacha bo’lgan miqdorida;
- 2025-yil 1-yanvarga qadar yetakchi kichik biznes sub’ektlariga ajratilgan kreditlarning 75 foizigacha bo’lgan miqdorda (shu jumladan) olis va borish qiyin bo’lgan kooperatsiya asosida kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga ko’maklashish maqsadida mahallalarga biriktirilishi;
- mehnat resurslari ortiqcha bo’lgan hududlar, bundan tashqari, kasanachilikni rivojlantirish bo’yicha umumiy summasi 2,5 milliard so’mdan oshmaydigan loyihalarga alohida e’tibor berildi”31.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2020-yilda kichik biznes subyektlarining 281 mingdan ortiq loyihalarini moliyalashtirish uchun jami 48,4 trillion so‘m kredit mablag‘lari yo‘naltirilgan. Ushbu mablag‘lar aholi bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda xotin-qizlar va yoshlarning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilgan.
2.6-jadval
