- •Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyalashtirishning innovasion usullarini takomillashtirish mundarija
- •Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyalashtirishning iqtisodiy mohiyati va mazmuni
- •Kichik biznes sub’ektlari va xususiy tadbirkorlikni innovatsion moliyalashtirishning asosiy omillari
- •Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda xorijiy mamlakatlar tajribasi
- •Birinchi bob bo’yicha xulosalar
- •2.1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni innovatsion moliyalashtirishning hozirgi holatining tahlili
- •O‘zbekistonda kichik biznes korxonalarida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi, mlrd. So‘mda21
- •O‘zbekistonda kichik biznes sub’ektlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tarkibi22
- •Respublikada xizmatlar sohasida kichik tadbirkorlik sub'ektlari ko'rsatkichlari bo‘yicha aniqlangan trend tenglamalar23
- •2.2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash amaliyoti taxlili
- •2024 Yilda kichik tadbirkorlik sub’ektlariga hamda aholiga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish maqsadlari uchun ajratilgan kreditlar32
- •Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida ajratilgan kreditlar34
- •2.3. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tomonidan ishlab chiqarilgan innovatsion mahsulotlar hajmiga ta’sir etuvchi omillarning ekonometrik taxlili
- •Ikkinchi bob bo’yicha xulosalar
- •3.1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni innovatsion moliyalashtirish jarayonlarini davlat tomonidan tartibga solish istiqbollari
- •3.2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining innovatsion moliyalashtirishni takomillashtirish usullari
- •Uchinchi bob bo’yicha xulosalar
Ikkinchi bob bo’yicha xulosalar
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyalashtirish sxaroiti so‘nggi yillarda sezilarli darajada yaxshilandi: bank kreditlari, mikrokreditlash, chakana investitsiya platformalari va fintex xizmatlar orqali mablag‘lar kiritildi. Bu moliyaviy resurslarga kirishni osonlashtirib, yangi loyihalarni boshlash va faoliyatini kengaytirish imkoniyatini oshirdi. Natijada kichik tadbirkorlar bozorda raqobatdoshlikni saqlar, investitsiya loyihalarini amalga oshirish darajasi yuksaldi.
Kraudfanding, venchur kapital, investitsiya platformalari hamda shaxsiy investitsiya klublari kabi innovatsion moliyaviy instrumentlar bugungi kunda kichik biznes iqtisodiyotida muhim tendensiya sifatida shakllanmoqda. Ushbu vositalar tadbirkorlarga an’anaviy bank tizimidan tashqari moliyalashtirish manbalaridan foydalanish imkonini beradi, kapitalga bo‘lgan ehtiyojni qisqa muddatda qondirishga yordam beradi hamda moliyaviy risklarni diversifikatsiya qilishni ta’minlaydi. Natijada innovatsion moliyalashtirish mexanizmlari kichik biznesning rivojlanish sur’atlarini sezilarli darajada rag‘batlantirmoqda.
Davlat tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida soliq imtiyozlari, subsidiyalar, maxsus kredit dasturlari hamda biznes-inkubatorlar tizimining joriy etilishi moliyaviy sharoitlarni sezilarli darajada yaxshiladi. Shu bilan birga, tijorat banklari tomonidan kredit shartlari, foiz stavkalari, moliyaviy axborot shaffofligi hamda kredit reytingi tizimlarining rivojlanishi tadbirkorlar uchun moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirdi. Ushbu jarayonlar kichik biznes muhitining barqarorligini oshirib, investitsiya jalb etish salohiyatini mustahkamladi.
Kichik biznes subyektlarining aylanma mablag‘larini to‘ldirish maqsadida ajratiladigan kreditlar bo‘yicha kredit summasining 50 foizigacha, biroq 10 mlrd so‘mdan oshmagan miqdorda davlat yoki vakolatli institutlar tomonidan kafillik berish mexanizmini joriy etish moliyaviy resurslarga kirish imkoniyatlarini kengaytiradi. Ushbu tizim garov ta’minoti yetarli bo‘lmagan korxonalar uchun moliyaviy to‘siqlarni kamaytiradi, banklar uchun kredit risklarini qisman kamaytiradi hamda iqtisodiyotda investitsion faollikni oshirishga xizmat qiladi. Natijada kichik biznes subyektlarining likvidligi mustahkamlanib, ularning barqaror rivojlanishi ta’minlanadi.
Kichik biznes subyektlarining aylanma mablag‘larini tezkor va garovsiz to‘ldirishda faktoring moliyalashtirish amaliyotini keng joriy etish muhim ahamiyatga ega. Ushbu instrument debitor qarzlarni tezda pul mablag‘lariga aylantirish orqali korxonalarning naqd pul oqimini tezlashtiradi, to‘lov intizomini yaxshilaydi va moliyaviy barqarorlikni mustahkamlaydi. Natijada ishlab chiqarish jarayonlarining uzluksizligi ta’minlanadi, aylanma kapital aylanishi tezlashadi hamda moliyaviy risklar darajasi kamayadi.
Kichik biznesni innovatsion moliyalashtirish instrumentlaridan foydalanish va tarmoq sub’ektlarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida kompensatsiya to‘lovlarini “2+3” tamoyili asosida tashkil etish tizimi samarali mexanizmlar bo‘lib, ushbu yondashuv banklarning moliyaviy nobarqarorligini bosqichma-bosqich kamaytirish, foiz xarajatlarini qisman qoplash va investitsiya loyihalarining o‘zini-o‘zi qoplash davrini qisqartirish imkonini beradi. Bu esa tadbirkorlarning innovatsion faolligini rag‘batlantirib, uzoq muddatli moliyaviy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
3-BOB. KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI MOLIYALASHTIRISHNI INNOVATSION USULLARINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI
