- •Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyalashtirishning innovasion usullarini takomillashtirish mundarija
- •Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyalashtirishning iqtisodiy mohiyati va mazmuni
- •Kichik biznes sub’ektlari va xususiy tadbirkorlikni innovatsion moliyalashtirishning asosiy omillari
- •Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda xorijiy mamlakatlar tajribasi
- •Birinchi bob bo’yicha xulosalar
- •2.1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni innovatsion moliyalashtirishning hozirgi holatining tahlili
- •O‘zbekistonda kichik biznes korxonalarida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi, mlrd. So‘mda21
- •O‘zbekistonda kichik biznes sub’ektlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tarkibi22
- •Respublikada xizmatlar sohasida kichik tadbirkorlik sub'ektlari ko'rsatkichlari bo‘yicha aniqlangan trend tenglamalar23
- •2.2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash amaliyoti taxlili
- •2024 Yilda kichik tadbirkorlik sub’ektlariga hamda aholiga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish maqsadlari uchun ajratilgan kreditlar32
- •Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida ajratilgan kreditlar34
- •2.3. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tomonidan ishlab chiqarilgan innovatsion mahsulotlar hajmiga ta’sir etuvchi omillarning ekonometrik taxlili
- •Ikkinchi bob bo’yicha xulosalar
- •3.1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni innovatsion moliyalashtirish jarayonlarini davlat tomonidan tartibga solish istiqbollari
- •3.2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining innovatsion moliyalashtirishni takomillashtirish usullari
- •Uchinchi bob bo’yicha xulosalar
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyalashtirishning innovasion usullarini takomillashtirish mundarija
Кириш |
|
|
I-BOB |
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyalashtirishning innovatsion jihatlari uning nazariy va amaliy ahamiyati... |
|
1.1. |
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyalashtirishning iqtisodiy mohiyati va mazmuni………………………………….. |
|
1.2. |
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyalashtirishning innovatsion jihatlari ......................………………………….. |
|
1.3. |
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda xorijiy mamlakatlar tajribasi…………………………………………….. |
|
|
Birinchi bob bo’yicha xulosalar…………………………………. |
|
II-BOB |
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyalashtirishning holati va tendensiyalari tahlili…………………………………. |
|
2.1. |
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni innovatsion moliyalashtirishning hozirgi holatining tahlili………………….. |
|
2.2. |
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash amaliyoti taxlili………………….. |
|
2.3. |
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni innovatsion moliyalashtirishda davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashni baholash………………………………………………………….. |
|
|
Ikkinchi bob bo’yicha xulosalar…………………………………. |
|
III-BOB |
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyalashtirishni innovatsion takomillashtirish istiqbollari…………. |
|
3.1. |
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni innovatsion moliyalashtirish jarayonlarini davlat tomonidan tartibga solish istiqbollari………………………………………………………… |
|
3.2. |
Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarining innovatsion moliyalashtirishni takomillashtirish usullari…………………….. |
|
|
Uchinchi bob bo’yicha xulosalar…………………………………. |
|
|
XULOSA…………………………………………………………. |
|
KIRISH
Xalqaro tajriba kichik biznesni moliyalashtirish faqat kredit ajratish bilan cheklanmasligini, balki xususiy kapital, innovatsion investitsiyalar va davlat rag‘batlari o‘zaro uyg‘unlashgan tizimni talab etishini ko‘rsatadi. Yirik kompaniyalarning tadqiqot va ishlanmalarga yo‘naltiradigan mablag‘lari ushbu yo‘nalishning iqtisodiy ahamiyatini ko‘rsatadigan misollardan biridir. Manbada 2024-yil uchun Amazon bo‘yicha 42,74 mlrd AQSh dollari, Huawei uchun 22,4 mlrd, Microsoft uchun 19,27 mlrd va Apple uchun 18,75 mlrd AQSh dollari miqdoridagi ko‘rsatkichlar keltiriladi 1. Mazkur raqamlarni kichik biznesga bevosita ajratilgan mablag‘lar deb talqin qilmasdan, innovatsiyalarni moliyaviy ta’minlash ko‘lami va ahamiyatini ko‘rsatuvchi kontekst sifatida baholash lozim. An’anaviy moliya manbalariga kirish cheklangan sharoitda kichik tadbirkorlik uchun moliyalashtirish kanallarini diversifikatsiya qilish alohida dolzarblik kasb etadi.
Kichik biznesning moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha xalqaro ilmiy izlanishlar yangi kapital manbalarini izlash, moliyaviy xizmatlardan foydalanishdagi to‘siqlarni kamaytirish va resurslarni samarali taqsimlash masalalariga qaratilmoqda. Xususan, moliya institutlari xizmatlar qamrovini kengaytirish, tadbirkorlikning iqtisodiy o‘sishga qo‘shadigan hissasini kuchaytirish, moliyalashtirish bilan bog‘liq tavakkalchiliklarni baholash hamda korxonalarning resurslardan foydalanish natijadorligini oshirishga e’tibor bermoqda. Raqamli iqtisodiyot sharoitida ushbu vazifalar yangi moliyaviy mahsulotlar va muqobil moliyalashtirish modellarini ishlab chiqish zarurati bilan yanada chambarchas bog‘lanmoqda.
O‘zbekiston sharoitida kichik biznes uchun moliyalashtirishning yangi usullarini rivojlantirish iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va bandlikni kengaytirish vazifalari bilan bevosita bog‘liq. Amaliyotda tadbirkorlar garov ta’minotining yetishmasligi, kredit olish qiymatining yuqoriligi, mablag‘ ajratish jarayonidagi talablar hamda muqobil moliyaviy instrumentlarning cheklanganligi kabi muammolarga duch kelishi mumkin. Shu sababli moliyalashtirish mexanizmlarini yangilash faqat mablag‘ hajmini oshirishni emas, balki korxonaning biznes modeli, pul oqimi va risk darajasiga mos usullarni tanlashni ham nazarda tutishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi PF-50-son “Kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2024-yil 2-apreldagi PQ-149-son “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini moliyalashtirishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi2, 2023-yil 14-sentyabrdagi PQ-306-son “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi3, 2023-yil 10-noyabrdagi PQ-364-son “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda mikromoliya xizmatlarining o‘rni va ulushini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi4, 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi, 2021-yil 27-oktabrdagi PQ-5268-son “Tadbirkorlik sub’ektlarining xorijiy valyutadagi kredit majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq yukini kamaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi5, 2020-yil 2-iyundagi PF-6003-son “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to‘g‘risida”gi6 hamda me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertatsiya ishi ma’lum darajada xizmat qiladi.
Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi. Mazkur tadqiqot ishi respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining “Demokratik va huquqiy jamiyatni ma’naviy va axloqiy xamda madaniy rivojlantirish, innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish” ustuvor yo‘nalishiga muvofiq bajarilgan.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Xorijiy davlatlarda amalga oshirilgan kichik biznes faoliyati va tarmoq sub’ektlarini moliyalashtirishda innovatsion usullari borasidagi nazariy fikrlar, metodologik va rivojlanish tendensiyalariga xissa qo‘shgan xorijlik olimlar qatoriga, F.Arizala, E.Cavallo, H.Becker, Ch.Hahn, N.Hicks, K.Hoff, J.Stiglitz, J.Hyeok, M.Robert7 va boshqalarning ilmiy ishlarida ko‘rilgan. Bu ishlar asosan rivojlangan mamlakatlarda innovatsiya omili muammolarini va uning investitsiyalar, iqtisodiy o‘sish bilan bog‘liqligini o‘rganishga qaratilgan.
Rossiyalik olimlar G.Azgaldov, A.Kostin, A.Barsheva, A.Dinkina, V.Ivanov, V.Kazankov, N.Kravchenko, I.Kuznesova, L.Fatkina, Yu.Shlenov8va boshqalar ilmiy ishlarida mazkur tarmoq faoliyatini moliyalashtirish bilan bog‘liq muammolariga qaratgan.
O‘zbekistonda kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarini moliyalashtirishda innovatsion jihatlari bilan bog‘liq muammolariga I.Abdiraimov, R.Muminov, A.Abduvaliev, A.Kadirov, A.Axmedieva, N.Alimova, A.Kuchkarov, Z.Djumaev, J.Muminov, O.Parpiev, N.Muxitdinova, O.Mishenkova, Ch.Murodov, A.Vaxabov, D.Suyunov, S.Chepel, J.Ataniyazov, E.Ergashev9 va boshqalarning ishlari hamda alohida tadqiqotlar bag‘ishlangan. Ammo, hozirda mamlakatimizda kichik biznes tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini moliyalashtirishning innovatsion usullaridan samarali foydalanish va takomillashtirish borasida nazariy va amaliy jihatlari to‘liq aks ettirilmagan. Bu holat mazkur yo‘nalishda ilmiy izlanishlar olib borish zarurligini belgilaydi.
Mavjud ilmiy adabiyotlarda kichik biznesni moliyalashtirish, kredit resurslariga kirish va innovatsion faollikning iqtisodiy o‘sish bilan bog‘liqligi turli jihatlardan o‘rganilgan. Biroq O‘zbekiston sharoitida moliyalashtirishning muqobil vositalarini bir-biri bilan bog‘langan holda qo‘llash, ularning kichik korxonalar moliyaviy barqarorligiga ta’sirini baholash va amaliyotga mos mexanizmlarni ishlab chiqish masalalari qo‘shimcha tizimli tahlilni talab etadi. Dissertatsiyada aynan shu ilmiy-amaliy bo‘shliqni aniqlashtirish va uni bartaraf etishga qaratilgan yondashuvlarni asoslash ko‘zda tutilgan.
Tadqiqotning dissertasiya bajarilgan oliy ta’lim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi. Ushbu dissertasiya ishi tadqiqoti Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining ilmiy tadqiqot ishlari rejasi doirasida bajarilgan.
Tadqiqotning maqsadi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini moliyalashtirishda qo‘llaniladigan innovatsion usullarni o‘rganish, ularning samaradorligini oshirish yo‘llarini asoslash hamda milliy amaliyotda joriy etish mumkin bo‘lgan ilmiy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini mamlakat iqtisodiyotida o‘rni ahamiyatini taxlili qilish va xususiyatlarini aniqlash;
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini moliyalashtirish innovatsion manbalarini aniqlash va tadqiq qilish;
Kichik biznes sub’ektlarini innovatsion moliyalashtirishda xorij tajribalarini tahlil qilish orqali respublikamizni iqtisodiy ijtimoiy rivojlantirishda foydalanish imkoniyatlarini baholash;
Kichik tadbirkorlik sub’ektlarini moliyalashtirishni amaldagi holatini baholash orqali istiqbollarini aniqlash;
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari moliyaviy ta’minotini barqarorlashtirishdagi mavjud muammolarni o‘rganish;
Kichik biznes taqmoqlari faoliyatini moliyalashtirishda subsidiyalash, kafillik amaliyotini joriy etish afzalliklarini aniqlash;
Kichik tadbirkorlik sub’ektlarini moliyalashtirishda innovatsion usullarini joriy etishdagi muammolarni aniqlash xamda ularni hal etishga qaratilgan ilmiy takliflar ishlab chiqish;
O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini moliyalashtirishda innovatsion jihatlarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqot ob’ekti. Respublikada faoliyat olib boruvchi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari xamda tadbirkorlik tarmoqlari tadqiqot ishini ob’ekti xisoblanadi
Tadqiqotning predmetini. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini moliyalashtirishda innovasion usullarini takomillashtirishda vujudga keladigan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlardan iborat.
Tadqiqot usullari. Tadqiqotda iqtisodiy, qiyosiy tahlil, ekonometrik, iqtisodiy matematik va statistik usullar foydalanilgan.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlar aylanma mablag‘larini to‘ldirishda ajratiladigan kredit summasining 50 foizigacha, biroq 10 milliard so‘mdan oshmagan miqdorda kafillik amaliyotini joriy etish maqsadga muvofiqligi asoslangan;
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlar aylanma mablag‘larini tezkor xamda garovsiz to‘ldirish va ularning moliyaviy barqarorligini ta’minlashda faktoring moliyalashtirish amaliyotini joriy etish maqsadga muvofiqligi asoslangan;
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirishda innovasion instumentlardan foydalangan holda tarmoq sub’ektlarini moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida kompensatsiya to‘lovlarini “2+3” tamoyili asosida tashkil etish maqsadga muvofiqligi asoslangan;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlash va moliyaviy qullab quvvatlash innovatsion usullaridan foydalanish asosida tarmoq sub’ektlarida maxsulotlar ishlab chiqarish hajmini istiqboldagi 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqilgan.
Tadqiqotning amaliy natijasi.
Jahon iqtisodiyotni globallashuvi sxaroitida kichik biznes sub’ektlari faoliyatini moliyalashtirishda innovasion usullardan foydalanish holati tahlil qilingan;
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini moliyalashtirishda innovasion usullardan keng foydalanish, tahlillar natijasida yoritib berilgan;
Kichik biznes sub’ektlarinining jahon standartlari talablariga mos innovasion mahsulotlar hajmi yillar kesimidagi o‘zgarishiga trendlarni mavjudligi aniqlangan hamda ularning optimal variantlari asosida istiqboldagi prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
Respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini tomonidan ishlab chiqarilgan innovasion mahsulotlar, ishlar, xizmatlar hajmiga tarmoq sub’ektlarini moliyalashtirishga ta’sir etish darajasi korrelyatsiya-regressiya usullarini qo‘llash asosida STADA dasturida aniqlangan;
Xorijiy mamlakatlar tajribalaridan foydalanishda kichikbiznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini moliyalashtirishni innovatsion jihatlarini amaliyotga keng joriy etish usullari ko‘rsatib berilgan;
Mamlakatimiz kichik biznes sub’ektlari faoliyatidagi muammolar o‘rganilgan, hamda tarmoq iqtisodiyotini rivojlantirishdagi yo‘llari aniqlangan.
I-BOB. KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI MOLIYALASHTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI VA AHAMIYATI
