Добавил:
Опубликованный материал нарушает ваши авторские права? Сообщите нам.
Вуз: Предмет: Файл:

Презентация №2

.pdf
Скачиваний:
89
Добавлен:
05.01.2021
Размер:
353.66 Кб
Скачать

O‘zbekistonda sotsiologiya fanining shakllanishi va taraqqiy etishi tarixi

}O‘zbekistonda 1960-1990- yillarida sotsiologiya fanining bir qancha sohalari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borildi.

}Masalan, 1971 yilda O‘zSSR FA ning Kibernetika Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi qoshida “Sotsiologik jarayonlarni modellashtirish”, keyinchalik esa “Sotsial-iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish” laboratoriyalari ochildi.

}Demak, sotsiologiyaning rivojlanishi O‘zbekistonda 1960-yillar oxiri 1970-yillar boshlariga to‘g‘ri keladi, deyishga asos bor. O‘zbekistonda bu davr sotsiologiyasi o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘lib, asosan iqtisod va siyosat fanlari kesimida shakllangan, deyish mumkin. Bunda akademik V.Q.Qobulov, R.A.Ubaydullaeva, professor N.S.Aliqoriyevlar tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar muhim o‘rin tutgan.

}Shuningdek, O‘z SSR FA Falsafa va huquq institutida ham sotsiologiya sektori faoliyat yuritgan. Bu sektorga uzoq yillar davomida T.R.Abdushukurov rahbarlik qilgan.

O‘zbekistonda sotsiologiya fanining shakllanishi va taraqqiy etishi tarixi

}1989 yilda Moskvada tashkil qilingan jamoatchilik fikrini o‘rganish butunittifoq markazining (VSIOM) O‘zbekiston bo‘limi ish boshladi.

}O‘zbekistonda sotsiologiya fanining institutsionallashuvini dastlab 1989 yilda Toshkent Davlat Universiteti (hozirgi O‘zMU) Falsafa fakulteti tarkibida sotsiologiya bo‘limi va kafedrasi tashkil etilishi bilan bog‘lab tushuntirish lozim bo‘ladi.

}Sotsiolog-mutaxassislar tayyorlana boshlandi va 1994 yili 40 mutaxassis bitirib chiqdi, 1995 yilda 30 ta, 1996 yilda 21 talaba, 1997 yilda 12 ta talaba sotsiolog mutaxassisligiga ega bo‘ldilar.

O‘zbekistonda sotsiologiya fanining shakllanishi va taraqqiy etishi tarixi

}Keyinchalik Samarqand, Farg‘ona va Buxoro universitetlarida ham sotsologlarni yetishtirib chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

}Masalan, Farg‘ona Davlat Universitetida dastlab 1990 yilda sotsiologiya kafedrasi tashkil etildi.

}O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 18 iyul 1994 yil 87-01-242 sonli buyrug‘i bilan 1995-1996 o‘quv yilidan boshlab respublikaning barcha oliy o‘quv yurtlarida 1-blok fanlari qatorida sotsiologiya fani o‘qitilishi joriy qilindi.

}1992 yilda Mehnat Vazirligi qoshida sotsiologik tadqiqotlar markazi tashkil qilindi.

«Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi

Mamlakatimizda 1997 yildan boshlab

«Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini

o‘rganish markazi faoliyat

ko‘rsatmoqda

O‘zbekistonda sotsiologlar yetishtirib chiqarilishi

}2020-2021 o‘quv yiliga qabul kvotalari*:

}O‘zMU – 50 nafar

}SamDU – 50 nafar

}QDU – 30 nafar

}FarDU – 25 nafar

}NamDU – 25 nafar

* 2020/2021 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning Davlat buyurtmasi parametrlari

E'tiboringiz uchun rahmat!

Соседние файлы в предмете История социологии