![](/user_photo/_userpic.png)
Презентация №7
.pdf![](/html/65374/2022/html_4WoxDLYJ1u.TWq9/htmlconvd-_zSGKy1x1.jpg)
Mirzo Ulug‘bek nomidagi
O‘zbekiston Milliy universiteti
Ijtimoiy fanlar fakulteti
Sotsiologiya kafedrasi
Fan: Sotsiologiya tarixi
Mavzu №7:
SOTSIOLOGIYADA POZITIVISTIK-
NATURALISTIK MAKTABLAR
Sotsiologiya kafedrasi dotsenti: G.Jiyanmuratova
![](/html/65374/2022/html_4WoxDLYJ1u.TWq9/htmlconvd-_zSGKy2x1.jpg)
REJA:
}Evolyutsionizm – naturalistik maktablarning negizi sifatida
}Mexanistik maktab
}Sotsial-darvinizm
}Bioorganik maktab
}Geografik maktab
}Irqiy-antropologik maktab
![](/html/65374/2022/html_4WoxDLYJ1u.TWq9/htmlconvd-_zSGKy3x1.jpg)
Evolyutsionizm
}XIX asr o‘rtasi va ikkinchi yarmida G‘arb ilmiy tafakkuri tabiiy fanlar muvaffaqiyati va pozitivistik-naturalistik dunyoqarashning gullab-yashnashiga erishdi.
}Bu davrda vujudga kelgan evolyusionistik nazariya ko‘pgina olimlarning o‘y- hayoliga kirib o‘rnashdi.
}Bu nazariya tabiat va jamiyat qonunlarini, tabiiy va ijtimoiy fanlar metodlarini umumiyligini keng targ‘ib etgan.
![](/html/65374/2022/html_4WoxDLYJ1u.TWq9/htmlconvd-_zSGKy4x1.jpg)
Evolyutsionizm
}Evolyusionizm sotsiologiyani etnologiya bilan chambarchas bog‘lab jamiyat va madaniyat genezisi muammolari hал qила бошлади.
}Shu tufayli o‘sha davr sotsiologiyasini ibtidoiy tarixga va imlosiz xalqlarning ijtimoiy institutlarini paydo bo‘lishi va rivojining qiyosiy tadqiqotlariga qiziqishi juda baland edi.
}Biologik-evolyusion maktablarda sotsial evolyusiya biologik evolyusiyaning davomi yoki bo‘lmasa tarkibiy qismi deb talqin qilina boshlandi.
![](/html/65374/2022/html_4WoxDLYJ1u.TWq9/htmlconvd-_zSGKy5x1.jpg)
Mexanistik maktab:
}sotsial jarayonlarni va voqyealarni jismoniy jarayon va voqyealar bilan tenglashtiradi
}ko‘pgina naturalistik maktablar uchun yashirin g‘oyaviy baza vazifasini o‘tadi
}sotsial olamni tushuntirish uchun keng ma'noda mexanika, fizika, energetika va h.k. tushunchalaridan foydalanadi
}jamiyatni statistik qismlardan tashkil topgan agregat degan tushunchani keng rivojlantirdi
}jamiyatning «agregat» konsepsiyasi sotsiologiyada statistik metodni qo‘llashga asosiy omil bo‘ldi.
![](/html/65374/2022/html_4WoxDLYJ1u.TWq9/htmlconvd-_zSGKy6x1.jpg)
Mexanistik maktab vakillari:
}Genri Charlz Keri – «Sotsial fan tamoyillari», «Jismoniy, sotsial, psixik va axloqiy fanlar munosabatidagi qonun birligi»
}Vilgelm Fridrix Ostvald – «Madaniyat haqidagi fanlarning energetik asoslari»
![](/html/65374/2022/html_4WoxDLYJ1u.TWq9/htmlconvd-_zSGKy7x1.jpg)
Genri Charlz Keri
(Henry Charles Carey)
(1793 — 1879)
}XIX asr birinchi yarmi AQShning mashhur iqtisodchilaridan biri
}Avraam Linkolnning iqtisodiy masalalar bo`yicha maslahatchisi
}O‘z asarlarida Spenserning mexanistik evolyusiyasini yoqlab chiqqan
![](/html/65374/2022/html_4WoxDLYJ1u.TWq9/htmlconvd-_zSGKy8x1.jpg)
Asarlari:
}«Sotsial fan tamoyillari» (1858), «Jismoniy, sotsial, psixik va axloqiy fanlar munosabatidagi qonun birligi» (1872)
![](/html/65374/2022/html_4WoxDLYJ1u.TWq9/htmlconvd-_zSGKy9x1.jpg)
G.Ch.Keri umumlashma va analogiyalari:
}Aholining assotsiatsiya va konsentratsiyasi sotsial shakllarini fizikaning tortishish va itarilish qonunlari bilan tushuntirishga harakat qiladi.
}Inson – jamiyatning molekulasi, insonlar assotsiatsiyasi esa «buyuk molekulyar tortilish qonuni» ning bir ko‘rinishi.
}Ishlab chiqarish va iste'mol moddaning oddiy o‘zgarishi, savdo-sotiq esa – moddaning makonda almashinuvi va h.k.
![](/html/65374/2022/html_4WoxDLYJ1u.TWq9/htmlconvd-_zSGKy10x1.jpg)
Vilgelm Fridrix Ostvald
(Wilhelm Friedrich Ostwald)
(1853 — 1932)
}Rus va nemis fizik-ximik va faylasufi
}1909 yilgi ximiya bo`yicha Nobel`mukofoti laureati
}Sotsial voqyelikni miqdoriy-mexanistik ravishda tushuntirishga intilgan