Презентация №5
.pdfMirzo Ulug‘bek nomidagi
O‘zbekiston Milliy universiteti
Ijtimoiy fanlar fakulteti
Sotsiologiya kafedrasi
Fan: Sotsiologiya tarixi
Mavzu №5:
G.SPENSER VA UNING TARIXIY EVOLYUTSION
SOTSIOLOGIK SISTEMASI
Sotsiologiya kafedrasi dotsenti: G.Jiyanmuratova
REJA:
1.Gerbert Spenserning hayoti va ijodi
2.Spenser va Kont sotsiologik qarashlari qiyosiy tahlili
3.Jamiyat sotsial organizm sifatida
Hayoti va ijodi:
}1820 yil 27 aprel Angliyaning Derbi shahrida o‘qituvchi oilasida tug‘ilgan.
}Bolalikdan nimjon va kasalmand bo‘lgani uchun 13 yoshgacha maktabga bormagan.
}1833 yilda esa Kembrij universitetida o‘qishni boshlaydi. Ammo uch yildan so‘ng uyiga qaytib ketadi va o‘z ustida ishlashni boshlagan.
}Keyingi faoliyati davomida u hech qanday ilmiy daraja olmagan va akademik lavozimlarda ishlamagan.
Hayoti va ijodi:
}Yoshligida Spenser ko‘proq matematika va tabiiy fanlarga qiziqqan.
}1837 yildan u temir yo‘lda muhandis bo‘lib ishlaydi. Shu kezlardayoq Spenserning qobiliyati namoyon bo‘ladi. U lokomotivlar tezligini o‘lchaydigan asbob ixtiro qiladi.
}1841 yildan boshlab ikki yil davomida o‘z ustida ishlashni boshlab, 1843 yil muhandislik byurosi boshlig‘i bo‘ladi.
Hayoti va ijodi:
}1846 yil Spenser o‘zi yaratgan asbob uchun patent oladi.
}Ammo muhandislik karyerasini to‘xtatib, ilmiy jurnalistikaga kirib ketadi.
}1848 yil Spenser «Iqtisod» jurnali muharriri yordamchisi lavozimiga ko‘tariladi.
Hayoti va ijodi:
}1850 yilda esa o‘zining asosiy asari «Sotsial statika»ni tugatadi. Bu asar olimga qimmatga tushadi.
}Unda uyqusizlik muammosi paydo bo‘ladi. Salomatligi bilan bog‘liq muammolar ko‘payaverib, u asab kasalligiga chalinadi.
}1853 yil unga amakisidan mo‘maygina meros qoladi. Bu Spenserga ishlamay, ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish imkonini beradi. Endi u faqat asarlarini chop etish va yangilari ustida ishlardi.
Hayoti va ijodi:
}Olimning asosiy maqsadi ko‘p jildlik «Sintetik falsafa», ya'ni barcha ilmiy bilimlar tizimini yaratish va uni kitob qilib chop etish edi.
}Olim maqsadiga yetadi. Ammo nashrni to‘xtatishga to‘g‘ri keldi. Bunga Spenserning haddan tashqari toliqishi va asarga kitobxonlarning qiziqishi yo‘qligi sabab bo‘ldi.
}Olim deyarli qashshoqlik darajasiga tushib qolgan edi.
Hayoti va ijodi:
}Amerikalik noshir bilan tanishuvi va asarlarining AQShda nashrdan chiqa boshlashi unga kulib boqqan omad bo‘ldi.
}AQShda Spenserning ishlari Angliyadan avvalroq mashhurlikka erishdi.
} Gerbert Spenser 1903 |
yil |
8 dekabrda Braytonda |
vafot |
etgan. |
|
Asosiy asarlari:
}«Davlat hokimiyatining lozim chegaralari» (1843)
}«Sotsial statika» (1851)
}«Psixologiya asoslari» (1855, 1870-1872)
}«Ta`lim: aqliy, axloqiy va jismoniy» (1861)
}«Sintetik falsafa tizimi» (10 jildlik, 1862-96)
}«Asosiy boshlang‘ichlar» (1962)
}«Biologiya prinsiplari» (1864-1867)
}«Sotsiologik tadqiqotlar» (1872)
}«Qayd etuvchi sotsiologiya» (1873-1881)
}«Sotsiologiya asoslari» (1876-1896)
}«Inson va davlat» (1884)
}«Esselar: ilmiy, siyosiy va falsafiy» (1891)
}«Adolat» (1891)
}«Faktlar va izohlar» (1902)
Asosiy asarlari: