
- •II semestr 223
- •So’z boshi
- •Fan dasturi
- •I. Ўқув фанининг долзарблиги ва олий касбий таълимдаги ўрни
- •II. Ўқув фаннинг мақсади ва вазифалари
- •III. Асосий назарий қисм (маъруза машғулотлари) Сферик астрономия асослари
- •Амалий астрономия масалалари
- •Осмон механикаси элементлари: сайёралар ҳаракати
- •Астрофизика тушунчалари ва телескоплар
- •Қуёш ва унинг тизими физикаси
- •Юлдузлар физикаси асослари
- •Галактика астрономияси
- •Космогония ва космология
- •IV. Амалий машғулотларни ташкил этиш бўйича кўрсатма ва тавсиялар
- •V. Лаборатория ишларини ташкил этиш бўйича кўрсатмалар
- •VI. Мустақил таълимни ташкил этишнинг шакли ва мазмуни
- •Фойдаланиладиган адабиётлар рўйҳати Асосий дарсликлар ва ўқув қўлланмалар
- •Қўшимча адабиётлар
- •Ishchi o’quv dasturi
- •Тошкент – 2017
- •1. Ўкув фанини ўқитилиши бўйича услубий кўрсатмалар
- •2. Маъруза машғулотлари Сферик астрономия асослари
- •Амалий астрономия масалалари
- •Осмон механикаси элементлари: сайёралар ҳаракати
- •Астрофизика тушунчалари ва телескоплар
- •Қуёш ва унинг тизими физикаси
- •Юлдузлар физикаси асослари
- •Галактика астрономияси
- •Космогония ва космология
- •3. Амалий машғулотлар
- •4. Лаборатория ишларини ташкил этиш бўйича кўрсатмалар
- •5. Мустақил таълимни ташкил этишнинг шакли ва мазмуни
- •Мустақил таълим мавзулари
- •6. Фойдаланиладиган адабиётлар рўйҳати Асосий дарсликлар ва ўқув қўлланмалар
- •Қўшимча адабиётлар
- •Интернет сайтлари
- •Талабалар билимини баҳолаш мезонлари
- •I semestr Ma’ruza materiallari
- •§ 1. Astronomiya fani: vazifalari va amaliy ahamiyati
- •§ 2. Astronomiyaning zamonaviy bo’limlari
- •I bob. Sferik astronomiya asoslari
- •§ 1.1. Samo jismlari va yulduz turkumlari
- •§ 1.2. Yoritgichlarning ko’rinma harakati
- •§ 1.3. Osmon sferasi va uning elementlari
- •§ 1.4. Gorizontal va ekvatorial koordinatalar sistemalari
- •§ 1.5. Kuzatuvchi kenglamasi turlari va olam qutbuning gorizontdan balandligi
- •§ 1.6. Yerning sutkalik aylanish oqibatlari
- •§ 1.7. Ekliptika va unga bog’liq koordinatalar sistemasi
- •§ 1.8. Vaqtni kuzatuvdan aniqlash usullari
- •§ 1.9. Vaqt o‘lchash tizimlari
- •§ 1.10. Taqvim va uning turlari
- •§ 1.11. Yulian kunlari va sana o‘zgarish chizig‘I
- •§ 1.12. Sferik uchburchak: sferik trigonometriyaning asosiy formulalari
- •§ 1.13. Parallaktik uchburchak. Koordinatalar sistemalariaro o‘tish formulalari
- •§ 1.14. Refraksiya
- •§ 1.15. Parallaks
- •§ 1.16. Presessiya va nutatsiya
- •§ 1.17. Yoritgichlarning chiqish va botish momentlarini aniqlash
- •II bob. Astronomiyaning amaliy va astrometrik masalalari
- •§ 2.1. Yer radiusini aniqlash. Triangulyasiya usuli
- •§ 2.2. Kuzatuvchining geografik uzunlama va kenglamasini topish
- •§ 2.3. Quyosh sistemasi jismlarigacha bo‘lgan masofalarni aniqlish
- •§ 2.4. Quyosh sistemasi jismlarining o‘lchamlarini aniqlish
- •§ 2.5. Oy fazalari va tutilishi
- •§ 2.6. Quyosh tutilishi. Saros
- •§ 2.7. Fundamental va fotografik astrometriya
- •§ 2.8. Yulduzlarning xususiy harakati
- •III bob. Osmon mexanikasiga kirish
- •§ 3.1. Olamning geliotsentrik sistemasi va osmon mexanikasi masalalari
- •§ 3.2. Sayyoralarning sirtmoqsimon ko‘rinma harakati
- •§ 3.3. Sayyoralar konfiguratsiyalari va aylanish davrlari
- •§ 3.4. Sayyoralar orbita elementlari
- •§ 3.5. Kepler va Nyuton qonunlari
- •§ 3.6. Keplerning umumlashgan 3-qonuni
- •§ 3.7. Uch jism masalasi va uning chegaralangan holi
- •§ 3.8. Ko‘tarilishlar va pasayishlar
- •§ 3.9. Quyosh sistemasining barqarorlik muammosi
- •IV bob. Astrofizika tushunchalari va teleskoplar
- •§ 4.1. Elektromagnit nurlanish spektri va uning astrofizik tadqiqoti
- •§ 4.2. Yoritgichlarning ko‘rinma va absolyut kattaliklari
- •§ 4.3. Nurlanish qonunlari
- •§ 4.4. Astrofizik obyektlar nurlanishining spektral tahlili
- •§ 4.5. Spektral chiziqlarning Dopler siljishi
- •§ 4.6. Spektral qurilmalar
- •§ 4.7. Astrofizik jismning temperaturasi turlari
- •§ 4.8. Astrofizik uskunalar va teleskoplar
- •§ 4.9. Optik teleskoplar va ularning asosiy ko‘rsatgichlari
- •§ 4.10. Radioteleskoplar
- •§ 4.11. Infraqizil astronomiya
- •Amaliy mashg’ulot materiallari
- •Uyga vazifa
- •Uyga vazifa
- •Dars davomida talabalarga beriladigan masalalar.
- •Uyga vazifa
- •Dars davomida talabalarga beriladigan masalalar.
- •Uyga vazifa
- •Laboratoriya mashg’ulot materiallari
- •Nazariy qism.
- •Umumiy ko’rsatmalar
- •Yulian sanani hisoblash
- •Nazariy qism.
- •II semestr Ma’ruza materiallari
- •§ 5.1. Quyoshning umumiy xarakteristikalari va ichki tuzilishi
- •§ 5.2. Quyoshning spektri, temperaturasi, tarkibi va yadrosi
- •§ 5.3. Fotosfera va uning aktiv sohalari
- •§ 5.4. Xromosfera va uning aktiv elementlari
- •§ 5.5. Quyosh toji va uning radionurlanishi
- •§ 5.6. Quyosh aktivligining davriy o‘zgarishi
- •§ 5.7. Yer tipidagi sayyoralar
- •§ 5.8. Gigant sayyoralar
- •§ 5.9. Asteroidlar va mitti sayyoralar
- •§ 5.10. Kometalar
- •§ 5.11. Meteorlar va meteoritlar
- •VI bob. Yulduzlar fizikasi asoslari
- •§ 6.1. Normal yulduzlar
- •§ 6.2. Yulduzlarning spektral sinflari
- •§ 6.3. Spektr-yorqinlik diagrammasi
- •§ 6.4. Yulduzlar massasi
- •§ 6.5. Yulduzlar o‘lchamlarini aniqlash
- •§ 6.6. Massa-yorqinlik-radius bog‘liqligi
- •§ 6.7. Yulduzlarning ichki tuzilishi
- •§ 6.8. Qo‘shaloq yulduzlar
- •§ 6.9. O‘zgaruvchan yulduzlar
- •§ 6.10. Yangi va o‘tayangi yulduzlar
- •§ 7.1. Somon Yo‘li Galaktikasi va uning ichki tuzilishi
- •§ 7.3. Quyosh sistemasining xarakati
- •§ 7.4. Yulduzlarning tarqoqsimon va sharsimon to‘dalari
- •§ 7.6. Spiral tarmoqlar
- •VIII-bob. Galaktikadan tashqi astronomiya
- •§ 8.1. Galaktikalarning Xabbl klassifikatsiyasi
- •§ 8.2. Galaktikalarning maxalliy guruxi
- •§ 8.3. Galaktikalargacha masofalarni aniqlash usullari
- •§ 8.4. Galaktikalar to’dalari
- •§ 8.5. Yadrosi aktiv galaktikalar
- •§ 8.6. Koinot modeli va tuzilishi
- •Amaliy mashg’ulot materiallari
- •Uyga vazifa
- •Laboratoriya mashg’ulot materiallari
- •Назарий қисм
- •Ҳисобот
- •§ 1. Юлдузларнинг массаларини аниқлаш
- •§ 2. Юлдузларнинг ўлчамларини аниқлаш
- •§ 3. Зичлик
- •Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari
- •Мустақил таълим мавзулари
- •Glossariy
- •Ilovalar Tarqatma materiallar
- •Testlar Test savollari
Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari
Ушбу фанни ўрганувчи талабалар аудиторияда олган назарий билимларини мустаҳкамлаш ва астрономиядаги амалий масалаларни ечишда кўникма ҳосил қилиш учун мустақил таълим тизимига асосланиб, кафедра ўқитувчилари раҳбарлигида, мустақил иш бажарадилар. Бунда улар қўшимча адабиёиларни ўрганиб ҳамда Интернет сайтларидан фойдаланиб рефератлар ва илмий докладлар тайёрлайдилар, амалий машғулот мавзусига доир уй вазифаларни бажарадилар, кўргазмали қуроллар ва слайдлар тайёрлайдилар.
Талаба мустақил ишни тайёрлашда муайян фаннинг хусусиятларини ҳисобга олган ҳолда қуйидаги шакллардан фойдаланиш тавсия этилади:
-
амалий машғулот бўйича уй вазифаларини тайёрлаш
-
лаборатория ишларига тайёргарлик кўриш ва олинган натижаларни қайта ишлаш.
-
дарслик ва ўқув қўлланмалар бўйича фан боблари ва мавзуларини ўрганиш;
-
тарқатма материаллар бўйича маърузалар қисмини ўзлаштирш;
-
махсус адабиётлар бўйича фан бўлимлари ёки мавзулари устида ишлаш;
-
махсус адабиётлар асосида фан мавзулари бўйича реферат ва конспектлар тайёрлаш;
-
танланган мавзу бўйича ўзаро савол-жавоблар ўтказиш;
Мустақил таълим мавзулари
Осмон жисмларининг кимёвий таркиби ва зичлигини аниқлаш. |
Осмон жисмларининг параметрларини топиш бўйича усулларни ахтариш. |
Сайёралар нурланиши. Экзосайёралар. |
Сайёралар нурланишини ўрганиш ва тушунтириб бериш. Сўнгги йилларда топилаётган экзосайёралар ҳақида маълумотлар йиғиш |
Қуёш системаси келиб чиқишининг замонавий назарияси |
Қуёш системанинг келиб чиқиши бўйича ҳозирги астрофизик олимларнинг назариялари билан танишиш. |
Юлдузларнинг ички тузилиши |
Юлдузларнинг ички тузилиши ва эволюцияси бўйича ҳозирги астрофизик олимларнинг назариялари билан танишиш. |
Коинот эволюциясининг бошланғич босқичлари ҳолдати |
Коинотнинг келиб чиқиши бўйича ҳозирги астрофизик олимларнинг назариялари билан танишиш. |
Glossariy
Osmon jismlari – Koinotda (kosmosda) harakat qilayotgan barcha jismlar: chandan to galaktikalargacha
Yulduz turkumi – yulduzlar guruhini birlashtiruvchi osmos sferasining ma’lum bir qismi
Andromeda – yunonchadan Άνδρομέδη so’zidan olingan, yulduz turkumi nomi
Aldebaran – Buzoq yulduz turkumidagi eng yoruz yulduz.
Vega – Lira yulduz turkumidagi eng eng yoruz yulduz, samoda 5-o’rinda turadi
Geosentrik sistema (Ptolomey sistemasi) – markazida Yer turuvchi sistema, barcha jismlar uning atrofida aylanadi
Quyosh sistemasi – Quyosh va uning atrofida aylanuvchi barcha jismlar
Ko’rinma harakat – Yerning sutkalik aylanishi va o’z orbitasi bo’ylab harakati natijasida sodir bo’luvchi hodisa
Zodiak – yunoncha “zoo” (hayvon) so'zidan kelib chiqib, Quyosh va Oyning yillik ko'rinma harakatlari sodir bo'ladigan osmondagi sohasi.
Burj nuri - ekliptika bo'ylab cho'zilgan xira nur. Osmonning Quyosh botgan (yoki chiqqan) qismida astronomik kun botishdan so'ng (yoki oldin) ushbu nur aniq ko'rinadi. U Quyosh nurining sayyoralararo changdan o'tib sochilishi natijasida yuzaga keladi.
Ko'rinma yulduziy kattalik – (ayrim holda uni sodda qilib “yulduziy kattalik” deyishadi) kuzatuvchi bevosita kuzatgan holda, yoritkichdan undan kelayotgan yorug’lik oqimini aniqlab, qayd etuvchi kattaliqdir. Tabiiyki, yulduzning kuzatilayotgan ravshanligi uning real quvvatiga hamda ungacha bo'lgan masofaga bog’liq bo'ladi
Tutilish – uchta osmon jismi deyarli bitta to'g’ri chiziqda joylashgan hol. Bunda jismlarning birida kuzatuvchi joylashib, qolgan ikkita jism biri-biriga proektsiyalanishini, ya'ni, bittasi ikkinchisi tomonidan to'silishini yoki bittasining (Yerning ham) soyasi ikkinchisiga tushishini kuzatishi mumkin. Ulardan Quyosh va Oy tutilishlari ma'lumdir
Tropik yil – Quyosh gardishi markazini ba?orgi tengkunlik nu?tasidan ikki marotaba ketma – ket o'tishiga ketgan va?t orali?i. U 365,2422 o'rtacha ?uyosh sutkasiga sutkasiga teng
Gorizont – kuzatuvchi turgan tekislik hisoblanib, u “ko'rinma” (shu tekislikni osmon bilan kesishgan qismi) va “matematik” (osmon sferasida joylashgan, shimol – g’arb – janub – sharq nuqtalaridan o'tuvchi katta aylana) gorizont turlariga bo'linadi.
Zenit – kuzatuvchiga nisbatan tepada va vertikalning osmon meridian bilan kesishgan niqta
Zenit masofa – berilgan yoritgich va kuzatuvchi zenitiga bo'lgan yo'nalishlar orasidagi burchak.
Balandlik aylanasi – zenith va berilgan yoritgichdan o'tadigan osmon sferasidagi katta aylana
Og’ish aylanasi – olam qutbi va berilgan yoritgichdan o'tadigan osmon sferasidagi katta aylana
Kulminatsiya – Yerning sutkalik aylanishi sababli yoritkichning osmon meridianini kesib o'tish hodisasi
Nadir – kuzatuvchidan vertikal o'q bo'ylab pastda joylashgan, zenitga qarama-qarshi yo'nalishdagi osmon sferasining nuqtasi
Osmon meridiani (lot. meridianus) – kuzatuvchining zeniti va olam qutblarining janubiy va shimoliy nuqtalari orqali o'tuvchi osmon sferasining katta doirasi. U gorizont bilan shimol va janub nuqtalarda kesishadi. Uni maxsus ravishda osmon meridiani deb atashadi
Osmon ekvatori – olamning shimoliy va janubiy qutblaridan teng masofada yotuvchi, Yer ekvatori tekisligiga parallel o’tuvchi osmon sferasining katta doirasi
Olam o'qi – Yerning aylanish o'qiga parallel bo'lgan va osmon sferasining markazidan o'tuvchi to'g’ri chiziq. Olam o'qi atrofida osmon yoritkichlarining sutkalik aylanishi sodir bo'ladi
Olam qutblari (shimoliy va janubiy) – Yerning aylanish o'qiga parallel bo'lgan kuzatuvchi ko'zi orqali o'tuvchi olam o'qini osmon sferasi bilan kesishish nuqtalari
Soat doirasi – olamning shimoliy va janubiy qutblari orqali o'tuvchi osmon sferasining katta aylanasi
Yoritkichlarning chiqishi va botishi – yoritgichlarning matematik gorizontni kesib o'tish hodisasi
Gorizont – kuzatuvchi turgan tekislik hisoblanib, u “ko'rinma” (shu tekislikni osmon bilan kesishgan qismi) va “matematik” (osmon sferasida joylashgan, shimol – g'arb – janub – sharq nuqtalaridan o'tuvchi katta aylana) gorizont turlariga bo'linadi. Ko'rinma gorizont quriqlikda matematik gorizontdan goh baland goh past bo'la oladi.
Kul’minatsiya – yoritkichning osmon meridianini kesib o'tish hodisasi
Yuqori kul’minatsiya – yoritkichning osmon meridianini zenit nuqtasiga yaqin qismida kesib o'tish hodisasi
Quyi kul’minatsiya – yoritkichning osmon meridianini nadir nuqtasiga yaqin qismida kesib o'tish hodisasi
Olam o'qi – Yerning aylanish o'qiga parallel bo'lgan va osmon sferasining markazidan o'tuvchi to'g'ri chiziq. Olam o'qi atrofida yoritkichlarning sutkalik aylanishi sodir bo'ladi.
Olam qutblari (shimoliy va janubiy) – Yerning aylanish o'qiga parallel bo'lgan kuzatuvchi ko'zgu orqali o'tuvchi olam o'qini osmon sferasi bilan kesishish nuqtalari. Yerning sutkalik aylanishi tufayli barcha yoritkichlar olam qutblari atrofida aylanayotgandek tuyuladi.
Chiqish va botish nuqtalari – yoritkichlar sutkalik aylanasining matematik gorizont bilan kesishgan nuqtalari
O'rtacha quyosh – osmon ekvatori bo'ylab garbdan sharqqa tekis harakat qiluvchi, tropik yil davomida bahorgi tengkunlik nuqtasidan Quyosh bilan bir vaqtda chiqib, bir vaqtda qaytib keluvchi va Quyosh gardishida olingan harakatlanuvchi faraziy nuqta. Bir jinsli vaqt shkalasini belgilash uchun kiritilgan qo'shimcha, yordamchi tushuncha, chunki Quyosh gardishining geometrik markazi ekliptika va osmon ekvatori bo'ylab yaqqol notekis harakat qiladi.
Oqshom – Quyosh botishi bilan gorizont ostiga o'tgandagi sutkaning qismi. Bunda Yer atmosferasining yuqori qatlamlarida sochilgan Quyosh nurlari ko'rinadi. Quyosh gorizont ostiga 6° burchak balandligida tushganida fuqaro oqshomi tamom bo'ladi va 18° gacha bo'lgan oraliqda astronomik oqshom davom etadi. Atmosferasi bor har qanday sayyorada bunday hodisa kuzatiladi.
Sutka – vaqt birligi, 86 400 sekundga teng. O'tmishda sutka Quyoshning Yer osmonidagi ko'rinma harakati davri sifatida vujudga kelgan.
Yulduz sutkasi – bahorgi tengkunlik nuqtalarsining ikki marotaba ketma – ket bir xil kulminatsiyada bo'lishi orasidagi vaqt. Uning kattaligi 23h56m04s ga teng. Yulduz sutkasi yulduz soatiga, minutiga va sekundlariga bo'linadi. Yulduz soati vaqt o'lchovi sifatida kam qo'llaniladi. Asosan astronomik kuzatishlarni tashkil etishda ishlatiladi.
Haqiqiy Quyosh sutkasi – Quyosh diskining geometrik markazi, ikkita ketma – ket bir xil kulminatsiyalari orasidagi vaqt. Ularning davomiyligi yil davomida 86 399,7 s dan 86 400,4 s gacha o'zgaradi. Bu Quyoshning ekliptikadagi notekis harakati va osmon ekvatoriga ekliptikaning qiyaligi tufayli yuzaga keladi.
O'rtacha Quyosh sutkasi – o'rtacha Quyosh nuqtasining ikkita ketma – ket bir xil kulminatsiyalari orasidagi vaqt oraliqi. Ushbu sutka birligida o'lchanadigan vaqt o'rtacha Quyosh vaqti deyiladi.
Tropik yil – Quyosh gardishi markazini bahorgi tengkunlik nuqtasidan ikki marotaba ketma – ket o'tishiga ketgan vaqt oraliqi. U 365,2422 o'rtacha Quyosh sutkasiga sutkasiga teng.