Добавил:
Опубликованный материал нарушает ваши авторские права? Сообщите нам.
Вуз: Предмет: Файл:
Umumiy astronomiya / UMK_Umumiy_astronomiya_Fizika.docx
Скачиваний:
4245
Добавлен:
13.05.2020
Размер:
24.86 Mб
Скачать

§ 1.10. Taqvim va uning turlari

Taqvim (kalendar) deb uzoq muddat oraliqlarni yillar, oylar, haftalar va kunlar bo‘yicha tizimga solishga aytiladi.

Hozirgi kalendar uzoq yillik tarixga ega. Uning asosiy muammosi shundan iboratki, asosiy birliklar bo'lgan kun, oy va yilning bir-biriga mos kelmasligi bilan doimo kurashib borishi kerak. Gap shundaki, yildagi kun va oylarning soni yaxlit son emas. Bu muammolar yildagi fasllarni, kun va tunni hamda oy fazalarini ham inobatga oladigan kalendarni ishlabchiqish masalasini murakkablashtiradi.

Taqvimlarni tuzishda ham osmon jismlarining davriy harakatiga asoslanadi. Taqvimni tuzishning qiyinligi shundaki, osmon jismlaridan birortasining davri ikkinchisining davri bilan aniq (ya’ni qoldiqsiz) o‘lchana olmaydi. Masalan: Yerning Quyosh atrofidagi aylanish davri-bir yilni sutkalarda ifodalasak, u taxminan 365,25 sutka chiqadi, ya’ni qoldiq-yuzdan yigirma besh sutkaga (olti soatga) teng bo‘ladi. Oy davri bilan hisoblashganda esa, bir yilning ichida 12 oy-u yana o‘rtacha o‘n bir sutka qoldiq qoladi. Oy davri uzunligini sutkalarda ifodalansa, 29 sutka-yu yana yarim kun, ya’ni 12 soatdan ko‘proq vaqt ortib qolada va hokazo.

Taqvimlar osmon jismining davrini asos qilib olinishiga ko‘ra, har xil bo‘ladi. Agar asos qilib Oyning Yer atrofida aylanish sinodik davri - 29,53 sutka olinsa, bu taqvim Oy taqvimi, agar Quyoshning Yer atrofidagi yillik ko‘rinma harakatining davri (bu harakat Yerning Quyosh atrofidagi haqiqiy harakati tufayli sodir bo‘ladi) asos qilib olingan bo‘lsa, bunday taqvim Quyosh taqvimi deb yuritilada. Ba’zi taqvimlarda har ikkala osmon jismining davrlari birgalikda asos qilib olinadi, bunday taqvim Quyosh-Oy taqvimi deb yuritiladi.

Oy taqvimi. Yeramizning 631 yilida islom dinining asoschisi Muhammad payg‘ambar, ungacha qo‘llanilib kelingan yahudiylarning Quyosh-Oy taqvimi o‘rniga musulmonlar uchun yilning uzunligi 12 sinodik oydan iborat bo‘lgan Oy taqvimini joriy qiladi. Mazkur taqvim yilining uzunligi 354 yoki 355 kundan (1229,53) iborat bo‘lib, Quyosh taqvimi yilining uzunligidan taxminan 11 sutkaga kamroq.

Oy taqvimining erasi hijriy era (“hijrat” arabcha – ko‘chib o‘tmoq) deb yuritilib, Muhammad payg‘ambarning Makkadan Madinaga ko‘chib o‘tgan yilining boshidan hisoblanadi. Bu kun grigorian taqvimi bo‘yicha 622 yilning 16 iyul, juma, “yangioy” ko‘ringan kuniga to‘g‘ri keladi. Musulmonlar taqvimida yilning oylari quyidagicha nomlanadi:

Oy nomi

Davomiyligi

Oy nomi

Davomiyligi

Muharram

30

Rajab

30

Safar

29

Sha’bon

29

Rabi al-avval

30

Ramazon

30

Rabi as-soni

29

Shavval

29

Jumada al-avval

30

Zul-qa’da

30

Jumada al-oxira

29

Zulhijja

29 (30)

Oy taqvimidagi yilning uzunligidan ma’lumki, u bo‘yicha yangi yilning boshlanishi biz ishlatayotgan taqvimnikiga mos kelmaydi.

Quyosh-Oy taqvimi. Quyosh-Oy taqvimi deb yuritiladigan yahudiylarning taqvimida bir yil ba’zan 12 ta, ba’zan esa 13 ta oydan tashkil topadi. 12 ta oy bo‘lgan yillarda uning uzunligi 354 yoki 355 kundan, 13 oylik bo‘lgan yillarda esa yilning uzunligi 383 yoki 384 kunga teng bo‘ladi. Musulmonlar taqvimidan farq qilib, Quyosh-Oy taqvimida 13 oyli yillarning bo‘lishiga sabab, Oy taqvimida eslatilgan yil uzunligi 354 kunning tropik yil uzunligi 365,25 kundan o‘rtacha 11 sutkaga kamligidandir. Shuning uchun Oy taqvimi har uch yilda qariyb bir oy oldin keladi. Bu xatolikni tuzatish maqsadida, eramizning V asrida yashab o‘tgan yunon matematigi va astronomi Meton 433 yili, ketma-ket kelayottan 12 yilni 12 oydan va keyingi 7 yilni 13 oydan bo‘lsin deb taklif kiritdi. 19 yillik bu davr Meton sikli deyilib, uning eslatilgan taklifi bilan ish ko‘rilganda, Quyosh—Oy taqvimi bo‘yicha yilning o‘rtacha uzunligi, Quyosh taqvimi bo‘yicha yilning uzunligi (365,24) bilan deyarli bir xil bo‘lib, xatolik bu davr ichida atigi 2 soatni tashkil qilgan bo‘lar edi. Yaxudiylarning bu taqvimi, eramizdan oldin 3761 yilning 7 oktyabridan ya’ni “Olam yaratilishi” deyilmish afsonaviy vaqtdan boshlanib, uning erasi “Odam ato erasi” deb yuritiladi. Yahudiylar—5753 yili 1992 yilning 28 sentyabr dushanba kuni, 5754 yili esa 1993 yilning 16 sentyabr payshanba kuni kirgan.

Quyosh taqvimi. Bugungi kunda kundalik hayotimizda foydalanayotgan melodiy taqvim tarixi haqida to‘xtaylik. Bundan qariyb ikki ming yil oldin misrlik astronom Sozigen tropik yilning uzunligini butun sutkalarda ifodalash maqsadida, ketma-ket kelayotgan uch yilning 0,25 sutkalik qoldig‘ini tashlab yuborib, uzunligini 365 kundan, to‘rtinchi yilni esa qoldiqlarni e’tiborga olgan holda 366 kundan qilib hisoblashni taklif etgan.

Ushbu taklif o‘sha yillarda Rimni boshqargan Yuliy Sezarga ma’qul tushgan va eramizdan oldin 45 yilda Sozigen taklif qilgan taqvimni joriy qilishga to‘g‘risida qaror chiqargan. Mazkur taqvim Yuliy Sezar sharafiga yulian taqvimi deb nom olgan. Islohotda tartib nomeri 4 ga qoldiqsiz bo‘linadigan yillar kabisa yillar deyilib, 366 kundan, qolgan yillar esa, oddiy yillar hisoblanib 365 sutkadan qilib olinsin deyilgan edi. Bu islohot qabul qilingunga qadar, qadimgi rimliklar, dastlab yilining uzunligi 304 kunlik (10 oylik) keyinroq borib, yil boshi mart oyining boshiga to‘g‘ri keladigan va uzunligi 365 kunli Quyosh-Oy taqvimi bilan ish ko‘rar edilar. Eramizdan oldingi 45 yilga kelib, yil boshi birinchi martdan, Rimda yangi saylangan konsullar taxtga o‘tiradigan kun 1 yanvarga ko‘chirilgan. O‘rta asrlarda astronomik kuzatishlar, yilning uzunligi, ya’ni Yerning Quyosh atrofidagi aylanish davrini aniq o‘lchash imkonini berdi. Aniqlashicha bu davr, 365 sutka-yu 6 soat emas, balki 365 sutka-yu 5 soat-u 48 minut, 46 sekund ekanligi ma’lum bo‘ldi. Boshqacha aytganda, yil uzunligi Yulian kaledarida qabul qilinganidan 11 minut-u 14 sekundga qisqa bo‘lib chiqdi. Binobarin, Yulian taqvimi bo‘yicha eski yil tutagach, kishilar yangi yilni qabul qilavermasdan yana qo‘shimcha 11 minut-u 14 sekund kutib turganlar. Yillik bu xatolik juda katta bo‘lmay, yig‘ilib 128 yilda bir sutkaga etadi, yuz yillar ichida esa xatolik bir necha sutkani tashkil etadi. XVI asrga kelib Yulian taqvimining xatoligi 10 sutkadan oshib ketdi. Natijada 21 martda kuzatiladigan bahorgi tengkunlik bu davrda 11 martga to‘g‘ri kelib, ko‘pchilikni, ayniqsa, cherkov axlini katta tashvishga solib qo‘ydi. Gap shundaki, IV asrda Nikeyda (Turkiya) imperator tomonidan yig‘ilgan soborda, xristianlar uchun eng qutlug‘ sanalgan pasxa bayrami o‘sha davrda 21 martga to‘g‘ri keladigan bahorgi tengkunlik bilan bog‘langan edi. Bahorgi tengkunlikning 21 martdan siljib ketishi, vaqt o‘tishi bilan pasxa bayramini ham baxordan yozga tomon siljishiga olib kelardi. Bundan xavotirga tushgan Rim papasi Grigoriy XIII 1582 yilda astronomlardan iborat komissiya tuzishga qaror qildi. Ushbu komissiya uzoq ishlab, oxiri Perudji universitetining o‘qituvchisi, vrach Luidji Lillioning loyixasini ma’qul topdi. Lillioning yangi loyihasi, IV asrdan buyon yig‘ilgan o‘n kunlik xatoni tashlab yuborishni va keyingi 100 yilliklarda 400 ga qoldiqsiz bo‘linmaydigan yuz yilliklarni (1700, 1800, 1900 va hakozo) oddiy yillar deb hisoblashni taklif etgan edi. Mazkur loyihani rim papasi Grigoriy XIII 1582 yilning 24 fevralida maxsus qaror bilan qabul qilgan. Grigoriy XIII ning bu islohotining birinchi qismida: “1582 yil 4 oktyabrning ertasi kuni 5 oktyabr o‘rniga 15 oktyabr deb hisoblansin" deyilib, uning ikkinchi qismida yuz yilliklar ichida faqat 400 ga qoldiqsiz bo‘linadigan yillargina kabisa yillar hisoblanib, qolganlari oddiy yillar hisoblansin deyilgan. Shundan so‘ng ko‘p o‘tmay 1600 yili kabisa yili deb qabul qilinib, 1700, 1800 va 1900 yillar esa oddiy yillar (aslida bu yillar Yulian taqvimi bo‘yicha kabisa yillar hisoblanardi) hisoblanadigan bo‘ldi. Shunday qilib, Yulian taqvimi bo‘yicha 400 yil ichida yig‘iladigan taxminan 3 kunlik xatolik, bu davr ichida keladigan 4 ta yuz yilliklarning 3 tasini oddiy yillarga aylantirish yo‘li bilan yo‘qotildi. Bu taqvim keyinchalik islohchi papa Grigoriy XIII sharafiga uning nomi bilan grigorian taqvimi deb ataladigan bo‘ldi.

Ushbu taqvimga sobiq Ittifoqda 1918 yili xalq komissarlari Sovetining dekreti bilan o‘tilgan va 1918 yil 31 yanvarning ertasi kuni 1 fevral o‘rniga 14 fevral deb yuritilgan, chunki XX asrga kelib yulian taqvimining xatoligi 13 kunga etgan edi. Grigorian taqvimi ham xatolikka ega bo‘lib, bu xato 3300 yilda 1 sutkaga etadi.

Yil hisobining boshlanish vaqti – taqvim erasi – shartli qabul qilingan tushuncha. Qadimgi Misrda yillarni fir`avnlarning taxtga chiqish paytidan boshlab hisoblaganlar. Rimliklar ko`p vaqtlargacha Rim shahrining qurilgan yili deb hisoblangan vaqtdan yil hisobini boshlaganlar. Taqvim erasini turli mamlakatlarda turlicha hisoblanishi noqulaylik tug`dirgan. Shuning uchun, rimlik ruhoniy Dionisiy "Rim asoslanishi" dan boshlab o`tgan 1284 yilni mutlaqo asossiz "Iso tug`ilishi" ning 532 yili deb hisoblashni taklif etdi. Kelgusi yillarni "Rim asoslangan" dan keyin 1285, 1286 yillar deyish o`rniga "Iso tug`ilgandan" 533, 534 – yillar deb hisoblab ketganlar. Hozir ham yillar shu hisobda olib borilmoqda. Bu taqvim erasi ko`pchilik mamlakatlarda qabul qilingan bo`lganidan qulaylik uchun bizda ham qo`llanilib kelindi.

Musulmon mamlakatlarda Oy taqvimi bo`yicha yil hisoblash Muhammad payg`ambar boshliq musulmonlarning Makkadan Madinaga ko`chishi (hijr) dan boshlanadi. Shu sababli bu taqvim sistemasi hijriy (X) deb ataladi. Boshlang`ich sana grigorian taqvimi (G) hisobida 622 yilning 16 iyuliga to`g`ri keladi.

Hijriy yil hisobdan grigorian taqvimiga o`tishda G = X + 622 – X / 33 (1.15), aksincha o`tishda X = G – 622 + (G – 622) / 32 (1.16) taxminiy formulalardan foydalanish mumkin. Bunda 34 qamariy yil 32 Quyosh yiliga teng ekanligi, Oy taqvimi hisob boshi 16 iyul 622 yil, yil davomida hijriy yil boshi siljib turishi hisobga olingan, masalan, 1976 yil 1396 yil hijriyga to`g`ri keladi:

X = 1976 – 622+(1976 – 622) / 32=1354+42=1396,

(1354 / 32 ning faqat butun qismi qo`shiladi).

Bu formulalardan foydalanganda 1 yilga xato chiqishi mumkin. Chunki hijriy taqvim yilining boshlanishi grigorian taqvimi boshiga to`g`ri kelmaydi. Aniq o`tishlar uchun maxsus jadvallardan foydalaniladi.

Umar Xayyom taqvimi. Mashhur astronom, matematik va shoir Umar Xayyom (XI asr) taklif etgan shamsiy taqvimi yanada katta aniqlikka ega. Bu taqvimda yilning davomiyligi 365 yoki 366 sutkadan iborat. Ammo kabisa yillarni hisoblash sistemasi yulian va grigorian taqvimlaridan farq qiladi. Umar Xayyom taqvimlarida har bir 33 yillik davr ichida 25 ta oddiy, 8 ta kabisa yil bo`lib, kabisa yillarning yettitasi har uch yildan keyingi yilda, sakkizinchisi to`rt yildan keyingi beshinchi yilda keladi, ya`ni 33 yillik davrdan 4, 8, 12, 16, 20, 24, 28 va 33-yillar kabisa bo`lib hisoblangan. Shu yo`l bilan yil boshi (Navro`z) bahorgi tengkunlikka to`g`rilab turilgan. Shunday qilib, Umar Xayyom taqvimiga binoan 1 yil=365.2422 sutkaga teng bo`ladi.

Bu davr tropik yil davomiyligidan (365.24220) atigi 0.00022 sutkaga farq qiladi, ya`ni 4500 yilda bir sutka xato beradi. Demak, Umar Xayyom taqvimi Grigorian taqvimidan ham aniq. Lekin bu taqvimlarning barchasida o`ziga yarasha ma`lum noqulayliklari mavjud (oylar uzunligi ketma-ket bir hil emas, ularning birinchi kuni haftaning xohlagan kuniga to`g`ri keladi, birinchi kun yildan-yilga hafta bo`ylab surilib boradi, har yili qayta nashr etilishi lozim va h.k.). Bu noqulayliklari xal etilgan dunyo kalendari loyihasi ishlab chiqilgan.

Har qanday meridianda o`rtacha sutka o`rtacha Quyoshning quyi kulminatsiya paytidan boshlanadi. Agar ma`lum meridiandan sharq tomonga yurilsa, sutka oldinroq, g`arb tomonga yurilsa, dastlabki meridiandagiga qaraganda keyinroq boshlanadi.

Sharqqa qarab 180 ga yurilsa, sutka 12 soat oldin boshlanadi va shu yo`nalishda Yerni to’liq aylanib chiqilsa, sutka 24 soat oldin boshlangan bo`ladi. Yer sharining to`la aylanishda kunlarning o`tishini uzluksiz sanashning natijasi bir kunga ortiq yoki bir kunga kam bo`lib chiqishi ana shunday sodir bo`ladi.