
- •II semestr 223
- •So’z boshi
- •Fan dasturi
- •I. Ўқув фанининг долзарблиги ва олий касбий таълимдаги ўрни
- •II. Ўқув фаннинг мақсади ва вазифалари
- •III. Асосий назарий қисм (маъруза машғулотлари) Сферик астрономия асослари
- •Амалий астрономия масалалари
- •Осмон механикаси элементлари: сайёралар ҳаракати
- •Астрофизика тушунчалари ва телескоплар
- •Қуёш ва унинг тизими физикаси
- •Юлдузлар физикаси асослари
- •Галактика астрономияси
- •Космогония ва космология
- •IV. Амалий машғулотларни ташкил этиш бўйича кўрсатма ва тавсиялар
- •V. Лаборатория ишларини ташкил этиш бўйича кўрсатмалар
- •VI. Мустақил таълимни ташкил этишнинг шакли ва мазмуни
- •Фойдаланиладиган адабиётлар рўйҳати Асосий дарсликлар ва ўқув қўлланмалар
- •Қўшимча адабиётлар
- •Ishchi o’quv dasturi
- •Тошкент – 2017
- •1. Ўкув фанини ўқитилиши бўйича услубий кўрсатмалар
- •2. Маъруза машғулотлари Сферик астрономия асослари
- •Амалий астрономия масалалари
- •Осмон механикаси элементлари: сайёралар ҳаракати
- •Астрофизика тушунчалари ва телескоплар
- •Қуёш ва унинг тизими физикаси
- •Юлдузлар физикаси асослари
- •Галактика астрономияси
- •Космогония ва космология
- •3. Амалий машғулотлар
- •4. Лаборатория ишларини ташкил этиш бўйича кўрсатмалар
- •5. Мустақил таълимни ташкил этишнинг шакли ва мазмуни
- •Мустақил таълим мавзулари
- •6. Фойдаланиладиган адабиётлар рўйҳати Асосий дарсликлар ва ўқув қўлланмалар
- •Қўшимча адабиётлар
- •Интернет сайтлари
- •Талабалар билимини баҳолаш мезонлари
- •I semestr Ma’ruza materiallari
- •§ 1. Astronomiya fani: vazifalari va amaliy ahamiyati
- •§ 2. Astronomiyaning zamonaviy bo’limlari
- •I bob. Sferik astronomiya asoslari
- •§ 1.1. Samo jismlari va yulduz turkumlari
- •§ 1.2. Yoritgichlarning ko’rinma harakati
- •§ 1.3. Osmon sferasi va uning elementlari
- •§ 1.4. Gorizontal va ekvatorial koordinatalar sistemalari
- •§ 1.5. Kuzatuvchi kenglamasi turlari va olam qutbuning gorizontdan balandligi
- •§ 1.6. Yerning sutkalik aylanish oqibatlari
- •§ 1.7. Ekliptika va unga bog’liq koordinatalar sistemasi
- •§ 1.8. Vaqtni kuzatuvdan aniqlash usullari
- •§ 1.9. Vaqt o‘lchash tizimlari
- •§ 1.10. Taqvim va uning turlari
- •§ 1.11. Yulian kunlari va sana o‘zgarish chizig‘I
- •§ 1.12. Sferik uchburchak: sferik trigonometriyaning asosiy formulalari
- •§ 1.13. Parallaktik uchburchak. Koordinatalar sistemalariaro o‘tish formulalari
- •§ 1.14. Refraksiya
- •§ 1.15. Parallaks
- •§ 1.16. Presessiya va nutatsiya
- •§ 1.17. Yoritgichlarning chiqish va botish momentlarini aniqlash
- •II bob. Astronomiyaning amaliy va astrometrik masalalari
- •§ 2.1. Yer radiusini aniqlash. Triangulyasiya usuli
- •§ 2.2. Kuzatuvchining geografik uzunlama va kenglamasini topish
- •§ 2.3. Quyosh sistemasi jismlarigacha bo‘lgan masofalarni aniqlish
- •§ 2.4. Quyosh sistemasi jismlarining o‘lchamlarini aniqlish
- •§ 2.5. Oy fazalari va tutilishi
- •§ 2.6. Quyosh tutilishi. Saros
- •§ 2.7. Fundamental va fotografik astrometriya
- •§ 2.8. Yulduzlarning xususiy harakati
- •III bob. Osmon mexanikasiga kirish
- •§ 3.1. Olamning geliotsentrik sistemasi va osmon mexanikasi masalalari
- •§ 3.2. Sayyoralarning sirtmoqsimon ko‘rinma harakati
- •§ 3.3. Sayyoralar konfiguratsiyalari va aylanish davrlari
- •§ 3.4. Sayyoralar orbita elementlari
- •§ 3.5. Kepler va Nyuton qonunlari
- •§ 3.6. Keplerning umumlashgan 3-qonuni
- •§ 3.7. Uch jism masalasi va uning chegaralangan holi
- •§ 3.8. Ko‘tarilishlar va pasayishlar
- •§ 3.9. Quyosh sistemasining barqarorlik muammosi
- •IV bob. Astrofizika tushunchalari va teleskoplar
- •§ 4.1. Elektromagnit nurlanish spektri va uning astrofizik tadqiqoti
- •§ 4.2. Yoritgichlarning ko‘rinma va absolyut kattaliklari
- •§ 4.3. Nurlanish qonunlari
- •§ 4.4. Astrofizik obyektlar nurlanishining spektral tahlili
- •§ 4.5. Spektral chiziqlarning Dopler siljishi
- •§ 4.6. Spektral qurilmalar
- •§ 4.7. Astrofizik jismning temperaturasi turlari
- •§ 4.8. Astrofizik uskunalar va teleskoplar
- •§ 4.9. Optik teleskoplar va ularning asosiy ko‘rsatgichlari
- •§ 4.10. Radioteleskoplar
- •§ 4.11. Infraqizil astronomiya
- •Amaliy mashg’ulot materiallari
- •Uyga vazifa
- •Uyga vazifa
- •Dars davomida talabalarga beriladigan masalalar.
- •Uyga vazifa
- •Dars davomida talabalarga beriladigan masalalar.
- •Uyga vazifa
- •Laboratoriya mashg’ulot materiallari
- •Nazariy qism.
- •Umumiy ko’rsatmalar
- •Yulian sanani hisoblash
- •Nazariy qism.
- •II semestr Ma’ruza materiallari
- •§ 5.1. Quyoshning umumiy xarakteristikalari va ichki tuzilishi
- •§ 5.2. Quyoshning spektri, temperaturasi, tarkibi va yadrosi
- •§ 5.3. Fotosfera va uning aktiv sohalari
- •§ 5.4. Xromosfera va uning aktiv elementlari
- •§ 5.5. Quyosh toji va uning radionurlanishi
- •§ 5.6. Quyosh aktivligining davriy o‘zgarishi
- •§ 5.7. Yer tipidagi sayyoralar
- •§ 5.8. Gigant sayyoralar
- •§ 5.9. Asteroidlar va mitti sayyoralar
- •§ 5.10. Kometalar
- •§ 5.11. Meteorlar va meteoritlar
- •VI bob. Yulduzlar fizikasi asoslari
- •§ 6.1. Normal yulduzlar
- •§ 6.2. Yulduzlarning spektral sinflari
- •§ 6.3. Spektr-yorqinlik diagrammasi
- •§ 6.4. Yulduzlar massasi
- •§ 6.5. Yulduzlar o‘lchamlarini aniqlash
- •§ 6.6. Massa-yorqinlik-radius bog‘liqligi
- •§ 6.7. Yulduzlarning ichki tuzilishi
- •§ 6.8. Qo‘shaloq yulduzlar
- •§ 6.9. O‘zgaruvchan yulduzlar
- •§ 6.10. Yangi va o‘tayangi yulduzlar
- •§ 7.1. Somon Yo‘li Galaktikasi va uning ichki tuzilishi
- •§ 7.3. Quyosh sistemasining xarakati
- •§ 7.4. Yulduzlarning tarqoqsimon va sharsimon to‘dalari
- •§ 7.6. Spiral tarmoqlar
- •VIII-bob. Galaktikadan tashqi astronomiya
- •§ 8.1. Galaktikalarning Xabbl klassifikatsiyasi
- •§ 8.2. Galaktikalarning maxalliy guruxi
- •§ 8.3. Galaktikalargacha masofalarni aniqlash usullari
- •§ 8.4. Galaktikalar to’dalari
- •§ 8.5. Yadrosi aktiv galaktikalar
- •§ 8.6. Koinot modeli va tuzilishi
- •Amaliy mashg’ulot materiallari
- •Uyga vazifa
- •Laboratoriya mashg’ulot materiallari
- •Назарий қисм
- •Ҳисобот
- •§ 1. Юлдузларнинг массаларини аниқлаш
- •§ 2. Юлдузларнинг ўлчамларини аниқлаш
- •§ 3. Зичлик
- •Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari
- •Мустақил таълим мавзулари
- •Glossariy
- •Ilovalar Tarqatma materiallar
- •Testlar Test savollari
§ 5.10. Kometalar
«Kometa»-yunoncha so‘z bo‘lib, «sochli» degan ma’noni anglatadi. Kometalarga «sochli» yoki «dumli yulduzlar» degan nom, ularning Quyosh yaqinida o‘tayotgandagi ko‘rinishlari asosida berilgan bo‘lib, aslida harakatlari davomida ularning ko‘rinishlari keskin o‘zgarib boradi. Xususan kometa, Quyoshdan juda uzoq masofada bo‘lganda (u paytda kometa planetamizdan ham uzoq masofada turadi), uning asosiy massasi mujassamlashgan yadro deb ataluvchi qismi xira yulduzcha shaklida ko‘zga tashlanadi. U Quyoshga yaqinlashgan sayin yadro atrofini koma deyiluvchi siyrak gaz buluti o‘raydi. Shuningdek, bu davrda komadan Quyoshga qarama-qarshi tomonga qarab ravshan «dum» cho‘ziladi ( -rasm.)
|
5.27-rasm. Kometaning tashqi ko’rinishi |
Kometa Quyoshga yaqinlashgan sayin kometaning diametri va «dumi»ning uzunligi orta boradi. Qizig‘i shundaki, diametri million kilometrgacha tartibdagi koma ham va uzunligi bir necha yuz million kilometrgacha etadigan «dum» ham kattaligi atigi bir necha kilometr keladigan yadrodan, u Quyosh haroratidan «bahramand» bo‘lgach ajraladi.
Kometaning yadrosi koma bilan birgalikda uning boshi deyiladi. «Bosh» va «dum»dan tashkil topgan bu antiqa «yulduz» o‘zini fanga hozirgidagidek tanishtirgunga qadar o‘z ko‘rinishi bilan odamlarni ko‘p tashvishga solgan osmon jismlaridan hisoblanadi.
|
5.28-rasm. Kometaning harakati |
Hatto XVII asrda G‘arbda tarqalgan «Mo‘‘jizalar tarixi» to‘plamida ham «dumli yulduzlar» xudo g‘azabining elchilari deb talqin qilingan. Xususan, eslatilgan «tarix»da shunday so‘zlar bitilgan edi. «Kometa baxtsiz hodisalarning aniq belgisi bo‘lib xizmat qiladi. Har doim kishilar Oy tutilishini, kometani ko‘rishgach, Erni qimirlashi, suvni qonga aylanishi va shunga o‘xshash baxtsizliklar ro‘y berib, shundan so‘ng ko‘p o‘tmay esa dahshatli voqealar - qon to‘kishlar, odam o‘ldirishlar, buyuk monarxlarning o‘limi, sotqinliklar, imperiya va qirolliklarning barbod bo‘lishi, ochlik, qimmatchilik, xullas bir so‘z bilan aytganda, insoniyatni baxtsizlik o‘z iskanjasiga oladi. Shuning uchun ham hech kim qiyomat va dahshatli suron yaqinlashayotganligidan, aniqrog‘i, ostonada turib eshik qoqayotgandan darak beruvchi samoning bu elchilari va mo‘‘jizalariga shubhalanmasligi kerak».
Yaqin-yaqin yillargacha ham kometa baxtsizlik elchisi deydiganlar topilib turardi. Fanda esa salkam XVI asrning oxirlariga qadar, kometalar Yer atmosferasining yashil yoki qutb yog‘dusi kabi hodisalardan biri deb qaralar edi. 1577 yili mashhur daniyalik amaliy tadqiqotchi, astronom Tixo Brage kometalar-planetalar orasida harakatlanuvchi osmon jismlari ekanligini astronomik kuzatishlar asosida tasdiqladi. Shundan so‘ng ko‘p o‘tmay, XVII asrning boshlarida I.Kepler va G.Galiley «dumli yulduzlar» Quyosh sistemasini to‘g‘ri chiziq bo‘ylab kesib o‘tadi va keyin unga butunlay qaytmaydi deb taxmin qildilar.
Kometa ko‘rinishlarining o‘zgarishida uning harakat traektoriyasini o‘rganish muhim rol o‘ynaydi. Bu borada Tixo Brage va Keplerdan so‘ng taniqli polyak astronomi Geveliyning xizmati katta bo‘ldi. Kometalar haqidagi tadqiqotlari asosida Geveliy kometalarning traektoriyasi egri chiziqdan iboratligini aniqladi. 1681 yili Georg Derffel kometalarning orbitalari parabola ko‘rinishida bo‘lib, uning fokusida Quyosh turishini aniqladi. Biroq kometalar harakatining parabolik orbitalar bo‘ylab kuzatilishini buyuk ingliz fizigi Nyuton isbot qildi.
Kuzatilgan barcha kometalarning orbitalarini boshqa bir angliyalik olim-Nyutonning shogirdi Edmund Galley hisobladi. U 1337 yildan 1698 yilgacha davrda kuzatilgan 24 kometa haqida ma’lumot yig‘ib, ularning orbita elementlari aks etgan katologni 1705 yilda nashr qildirdi.
Qizig‘i shunda ediki, bu kometalardan uchtasining, aniqrog‘i 1531, 1607, 1682 yillarda kuzatilganlarining orbita elementlari deyarli bir xil bo‘lib chiqdi. Bu hol tasodifiy emasligiga qattiq ishongan E.Galley 1705 yilda shunday yozadi: «1531 yili Apian tomonidan kuzatilgan kometa, 1607 yilda Kepler va Longomontan tomonidan va 1682 yili men o‘zim kuzatgan kometaning o‘zi bo‘lishi kerak degan fikr menga tinchlik bermaydi. Bu uchala kometaning elementlari aniq mos keladi, to‘g‘ri, ularning davrlarida ozroq farq bor, biroq uni fizik sabablar deb bo‘lmaydi. Shuning uchun ham men bu kometaning 1758 yili qaytib kelishini ishonch bilan ayta olaman. Agar u qaytib kelsa, u holda boshqa kometalarning ham Quyosh yaqiniga qaytib kelishlariga shubha qolmaydi».
Olim ko‘p yanglishmagan edi. Galley bashorat qilgan «dumli yulduz» 1759 yilning 12 martida perigeliydan o‘tdi. Kometani hammadan oldin-1758 yilning 25 dekabrida Drezden atrofida yashovchi dehqon-astronimiya ishqibozi G.Palich ko‘rdi. Fransiyada birinchi bo‘lib kometani Parijdagi Dengiz observatoriyasining xodimi Messe 1759 yilning 21 yanvarida kuzatdi.
Shunday qilib, Galleyning bashorati qoyilmaqom bo‘lib tasdiqlandi. Bu esa, o‘z navbatida, Nyutonning tortishish qonunini haqligini isbotladi. Natijada, Quyosh sistemasining a’zosi ekanligi tasdiqlangan kometa, uning kashfiyotchisi sharafiga Galley deb ataladigan bo‘ladi.
Hozirgi zamon kometa astronomiyasining asoschisi, ulug‘ rus tadqiqotchisi F.A.Bredixin XIX asrning ikkinchi yarmida, barcha asosiy kometa hodisalarini tushuntira oladigan ixcham mexanik nazariyani yaratdi. Bredixin «dumli yulduzlar» bulutli massalarining harakatiga tegishli itariluvchi tezlanishlarni bevosita aniqlashga imkon beruvchi metodlarni birinchi bo‘lib ishlab chiqdi. Natijada Quyoshning kometaga ta’sir etuvchi tortishish kuchidan bir necha marta ortiq kattalikka ega bo‘lgan itarish kuchi ham borligi topildi. Dastlab taniqli olim Sellner bunday kuchni quvvatli zaryadlangan Quyosh ta’siridan deb tushuntirdi. Bu fikrni keyinchalik Bredixin ham quvvatladi. Biroq hisoblashlar, Quyosh bu qadar quvvatli zaryadlangan osmon jismi bo‘la olishini inkor etgach, nurlarning moddiy jismlarga ta’siri asosida kometa dumlarining yo‘nalishini boshqacha tushuntirishga imkon tug‘ildi. XIX asrning o‘rtalaridayoq Maksvell, nurning oqimi uning yo‘liga qo‘yilgan to‘siqqa bosim bilan ta’sir qilishini ko‘rsatdi. Biroq bu bosimning miqdori nihoyatda kichik bo‘lib, uni tajribada ko‘rsatish juda katta san’at talab qilar edi. 1900 yili rus olimi N.N.Lebedev tomonidan bunday nozik tajriba qoyilmaqom qilib bajarildi. Ma’lum bo‘lishicha, nurning bosimi haqiqatdan ham mavjud bo‘lib, faqat massiv jismlarga uning ta’siri deyarli bilinmas ekan. Biroq siyrak gaz molekulalari yoki mayda chang zarrachalariga bo‘lgan uning bosimi sezilarli darajada katta ekanligi aniqlandi.
Nurning bunday bosimiga tayanib, siyrak kometa dumidagi bug‘larning Bredixin bashorat qilgan itaruvchi kuchlar to‘g‘risida Quyoshdan teskari tomonga cho‘zilishini tushuntirish qiyin emas. O‘tgan asrlarga tegishli o‘nlab va XIX asrning hamma yorug‘ kometalarini tadqiq qilib, Bredixin ajoyib natijalarga erishdi. Ma’lum bo‘lishicha, kometalarning dumlari Quyosh nurlari bosim kuchining o‘rtacha miqdoriga ko‘ra to‘rt tipga bo‘linar ekan. Uning hisoblashiga ko‘ra, 1 tipga kiruvchi dumlar ingichka to‘g‘ri chiziq bo‘yicha cho‘zilib, nurning bosimi tufayli maydonga kelgan itarish kuchlari, Quyoshning tortishish kuchlaridan qariyb 20 martacha ortiqlik qiladi. II tipdagilarda esa dum yorug‘, keng va bir oz egilgan ko‘rinishda bo‘lib, tortishish kuchi teng yoki undan atigi bir necha martagina kuchli bo‘lgan itarish kuchlari ta’sirida vujudga keladi. III tipga kiruvchi kometa dumlarida zarrachalar nisbatan kam tortishish kuchlari ta’sirida Quyoshga tomon harakatlanadi. Bunday dumlar odatda juda kalta bo‘lib, Quyoshga nisbatan qarama-qarshi yo‘nalishga kattagina burchak ostida yo‘naladi. Anomal dumlar deyiluvchi IV tipga Quyoshdan emas, aksincha Quyoshga qarab yo‘nalgan dumlar kiradi. Anomal dumlar Quyosh nurlari ta’sirida bo‘lmaydigan zarralardan tashkil topgan bo‘lishi yoki ba’zan kometa dumining kuzatuvchiga nisbatan ma’lum sharoitda proeksiyalanishi asosida shunday ko‘rinishi mumkin.
1950 yilga qadar 1000 ga yaqin kometa qayd qilindi, shulardan 400 ga yaqini teleskoplar ixtiro qilingunga qadar, qolganlari esa teleskoplar yordamida ochildi.
1972 yil nashrdan chiqqan amerikalik Brian Marodenning kometalar orbitalarining to‘la katalogida 2058 yil ichida (eramizdan oldin 86 yildan 1972 yilgacha) kuzatilgan 924 kometa haqida ma’lumot beriladi. Boshqa bir astronom Boldenning «Kometa do nachala 1948 goda» kitobida esa 1619 ta kuzatilgan «dumli yulduzlar» haqida ma’lumot keltirilgan. Agar 1948 yildan to 1072 yilgacha kuzatilgan kometalar bu songa qo‘shilsa, kuzatilgan kometalarning soni 1834 taga etadi. Albatta bularning ichida qurollanmagan ko‘z bilan kuzatilganlari juda kam miqdorni tashkil qiladi.
Quyosh sistemasida harakatlanuvchi «dumli yulduz»lar, kattaliklari va massalariga ko‘ra unda qanday o‘rin tutadi? Bu o‘rinda fransuz olimi Babinening kometalar haqida «ko‘rinadigan hech narsa» deb bergan bahosidan aniqroq bir narsa deyish qiyin. Darhaqiqat, kometalargacha masofa aniq bo‘lganda hisoblangan. Ularning bosh qismining diametri 50 mingdan 250 ming kilometrgacha etadi. 1811 yilda topilgan kometaning boshi, kattaligi jihatidan Quyoshdan o‘zib ketdi. 1892 yilda kuzatilgan tumanli Xolms kometasi «boshi»ning diametri esa, Quyoshnikidan ikki baravar katta chiqdi. 1941 yilda topilgan boshqa bir kometaning boshi, B.A.Voronsov-Velyaminovning o‘lchashicha 2 million kilometrga, ya’ni bir yarim Quyosh diametriga teng ekanligi aniqlandi. Odatda kometa uning yadrosida yuqorida keltirilgan molekulalar birikmalaridan tashqari bu xildagi metallar ham borligidan darak beradi.
Kometaning dum qismiga tegishli spektr esa, bu qismda ionlashgan karbonat angidrid (SO2), is gazi (SO) va azot molekulalari (N2) borligini ma’lum qiladi.
Kometalar qaerda tug‘iladi? Bu savol kometalar masalasida hali to‘la echilmagan, jumboqlarga boy savollardan hisoblanadi. Birinchi bo‘lib bunday savolga javob berishga Laplas harakat qildi. U o‘zining «Olam sistemasining bayoni» asarida kometalar, «...tumanliklarning tashkil etgan moddalaridan vujudga kelib, Quyosh sistemasiga tashqaridan keladi» deb yozgan edi.
1929-30 yillarda rus olimi S.K.Vsexsvyatskiy qisqa davrli kometalarning har navbatdagi ko‘rinishlarida ravshanliklarining o‘zgarishi asosida ularning yoshi bir necha o‘nlab yildan bir necha yuzlab yilgacha bo‘lishi mumkinligini aniqladi. Bu dalillar esa o‘z navbatida, qisqa davrli kometalar Yupiter sistemasining chegarasida tug‘ilishidan darak beradi. Natijada o‘z tadqiqotlari asosida S.Vsexsvyatskiy qisqa davrli kometalar, Yupiter yoki uning yo‘ldoshlaridan uloqtirilgan materiyadan tashkil topadi degan gipotezani o‘rtaga tashladi. Xuddi shu xildagi nazariya, o‘tgan asrning 80-yillarida ingliz astronomi R.Proktor, asrimizning boshlarida esa boshqa bir ingliz olimi A.Krommelin tomonidan ilgari surilgani bilan qiziq. Biroq, deyarli parabolik orbitaga ega bo‘lgan uzun davrli kometalarning paydo bo‘lishini bunday gipoteza asosida tushuntirib bo‘lmasligi, ular Quyosh sistemasiga tashqaridan kelganligi haqidagi gipotezani qabul qilishni taqozo qiladi.
Golland astronomi Y.Oort yaqinda o‘tkazilgan o‘z tadqiqotlari asosida kometalarning manbai Quyosh sistemasini o‘rovchi va chegarasi Quyoshdan qariyb 20 ming astronomik birlikka qadar yotuvchi ulkan hajmli kometa bulutlaridir, degan xulosaga keldi. Ko‘pchilik «dumli yulduzlar»ning orbitalari perigeliylarining Quyoshdan va Erdan juda uzoqdaliklari tufayli ko‘rib bo‘lmaydi. Bunday o‘ta uzun davrli kometalar doimo muzlagan holatda bo‘lganliklaridan o‘z gazlarini planetalararo bo‘shliqqa deyarli sarflamaydilar va shuning uchun ham milliardlab yillar yashashlari mumkin. Biroq, yaqin joylashgan yulduzlar va Quyosh sistemasi planetalarining ta’sirida bunday kometalar, perigeliyi kichik masofali orbitalarda harakatlanadigan bo‘lib qolishlari mumkin. «Dumli yulduz»larning ayrimlari esa, bunday ta’sir oqibatida, Quyosh sistemasini butunlay tashlab ketadigan boshqa-parabolik orbitalarga o‘tib ketishlari ham mumkinligini hisoblashlar ko‘rsatadi.