Добавил:
Опубликованный материал нарушает ваши авторские права? Сообщите нам.
Вуз: Предмет: Файл:
Umumiy astronomiya / UMK_Umumiy_astronomiya_Fizika.docx
Скачиваний:
5015
Добавлен:
13.05.2020
Размер:
24.86 Mб
Скачать

Dars davomida talabalarga beriladigan masalalar.

  1. Quyosh atrofida aylanuvchi kichik sayyoraning aylanish davri 8 yilga teng bo’lsa, uning Quyoshdan o’rtacha uzoqligi qancha?

  2.  Sentavr qo’shaloq yulduzining dinamik parallaksini aniqlang. Uning komponentalari massalari yig’indisi ikkita quyosh massasiga, komponentalarining aylanish davri 78,8 yilga, orbitasi katta yarim o’qi 17//,65 ga teng deb hisoblang.

  3. Yaqinda “o’tayangi” yulduzlar bo’yicha uzoq galaktikalargacha bo’lgan masofa Habbl qonunidan topiladigan masofa qiymatidan ancha katta ekani ma’lum bo’ldi. Ushbu fakt Koinot kengayishi jarayoniga qanday tuzatmalarni kiritish zarurligiga olib keladi?

  4. Mess’e 3 sharsimon to’dasida joylashgan qisqa davrli sefeidning (o’rtacha davri 0d,54) ko’rinma fotografik yulduz kattaligi 15m,50 ga teng. “Davr-absolyut kattalik” egri chizig’idan foydalanib, shu to’dagacha bo’lgan masofani aniqlang.

  5. Rigel yulduzi parallaksining (0//,006) ehtimolli xatosi 0//,006 ni tashkil etadi. Yulduzgacha bo’lgan masofa haqida nima deyish mumkin?

  6. Oqqush 61 yulduzining parallaksi 0//,37 ga teng. Ungacha parseklarda, yorug’lik yillarida astronomik birliklarda va kilometrlarda masofa nimaga teng?

Uyga vazifa

  1. Kuzatuvchi qandaydir sayyoraning har 665,25 sutkada qarama-qarshi turish nuqtasida bo’lishini aniqlagan. Quyosh va sayyora orasidagi masofa astronomik birliklarda nimaga teng?

  2. NGC 5694 sharsimon to’dasida yulduzlarning ko’rinma yulduz kattaligi absolyut yulduz kattaligidan 18m ga katta. Bu to’dagacha bo’lgan masofa nimaga teng?

  3. Siriusning parallaksi 0, //37, Spikaning parallaksi esa 0//,02 ga teng. Bu yulduzlargacha masofani parseklarda, yorug’lik yillarda, astronomik birliklarda va kilometrlarda ifodalang.

  4. Siriusning parallaksi 0//,371 ga, ko’rinma yulduz kattaligi esa –1m,58 ga teng. Uning absolyut yulduz kattaligini toping.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Karttunen H. et. al. // Fundamental astronomy, Springer, 2007

  2. Nuritdinov S.N. Tadjibayev I.U. Ziyaxanov R.F. // Umumiy astronomiyadan masalalar to’plami, O‘zMU, Toshkent, 2013

Laboratoriya mashg’ulot materiallari

Laboratoriya ishi 1.Yulian kunlari va kalendar sana.

Birinchi darsda talabalarga laboratoriya ishining maqsadi, kerakli jihozlari, ishning nazariy qismi va taqvim sanadan Yulian sanani aniqlish tushuntiriladi.

Ishning maqsadi: Grigorian taqvim bo‘yicha berilgan sanani unga mos keluvchi Yulian sanaga, va aksincha berilgan Yulian sanadan taqvim sanaga o‘tish usullarini o‘rganish.

Nazariy qism.

Taqvimlar asosan uch turga bo’linadi: quyosh, oy va oy – quyosh taqvimlari. Quyosh taqvimlarida – tropik yil, oy taqvimlarida – sinodik oy, oy – quyosh taqvimlarida ham tropik yil, ham sinodik oy olinadi.

Turli davriy astronomik jarayon va hodisalar, xususan, yulduzlar ravshanliklari o‘zgarishlarini tadqiq etishda 1583 yilda Josef Skaliger tomonidan tarix va xronologik maqsadlarda foydalanish uchun taklif etilgan va yulian davr yoki yulian kunlar deb ataluvchi maxsus sanog‘idan foydalaniladi. Yulian kunlarning sanoq boshi shartli bo‘lib, yulian taqvimi bo‘yicha eramizdan avvalgi 4713 yil 1 yanvarning peshinidan (kunlarning astronomik sanog‘i bo‘yicha -4712 y.) yuritiladi. Yulian davr uchta kichik davrning ko‘paytmasidan iborat bo‘dib, insoniyatning deyarli barcha davrini qamrab olgan.