Добавил:
Опубликованный материал нарушает ваши авторские права? Сообщите нам.
Вуз: Предмет: Файл:
Umumiy astronomiya / UMK_Umumiy_astronomiya_Fizika.docx
Скачиваний:
5015
Добавлен:
13.05.2020
Размер:
24.86 Mб
Скачать

Uyga vazifa

  1. Yulduzning soat burchagi 18h52m5s ga va yulduz vaqti 104°41'05" ga teng bo’lgan yulduzning to’g’ri chiqishini toping.

  2. Sferik uchburchakning ikkita tomoni 51º24´04´´, 78º44´54´´ va ular orasidagi burchak 93º05´24´´ ga teng bo‘lsa, uning qolgan tomoni va burchaklarini toping.

  3. Ajdar yulduz turkumi α yulduzi (α=14h1m57s, δ=64°48'48") ning Leningrad (φ=59°56'36") da 16h24m33s yulduz vaqti momentidagi zinit masofasi va azimutini toping.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Karttunen H. et. al. // Fundamental astronomy, Springer, 2007

  2. Nuritdinov S.N. Tadjibayev I.U. Ziyaxanov R.F. // Umumiy astronomiyadan masalalar to’plami, O‘zMU, Toshkent, 2013

Amaliy mashg’ulot 2.

2 – mavzu. Osmon mexanikasi elementlari: sayyoralar harakati.

1 – namuna. Quyosh atrofida aylanuvchi kichik sayyoraning aylanish davri 8 yilga teng bo’lsa, uning Quyoshdan o’rtacha uzoqligi qancha?

= 8 yil

Yechimi:

Kichik sayyoraning harakatini Yerniki bilan solishtirib, formulani qo’llagan holda quyidagini topamiz:

Yerning aylanish davrini 1 yil, katta yarim o’qini 1 a.b. deb olamiz. U holda

Bundan . a.b. = 4 a.b.

Javob: 4 a.b.

ak.s.=?

2 – namuna. Quyosh atrofida 370 sutka yulduziy davr bilan aylanuvchi sayyoraning sinodik davri nimaga teng bo’lardi?

T=370 sutka

Yechimi:

S=?

Quyidagi formulani qo’llaymiz: ,

bu yerda Yerning aylanish davrini TYer= 365 sutka deb qabul qilamiz. U holda S = 266770 sutka = 73,8 yil

Javob: taxminan 74 yil.

3 – namuna. Quyoshdan Yupitergacha masofa 5,2 a.b. Yupiterdan ertalabki va kechqurungi yoritqich sifatida kuzatilayotgan Yerning elongasiyasi x (graduslarda) qanday?

aYu=5,2 a.b.

Yechimi:

Rasm chizamiz. Burchak YuYQ=900. |QY|=a=1 a.b., |YuQ|=aYu = 5 a.b.

sinx=a/ aYu =0,192307

x=110,08.

Javob: x=110,08

x=?

4 – namuna. Kometa orbitasi quyidagi elementlarga ega: katta yarim o’qi a=4 a.b., ekssentrisiteti e=0,66144. Kometaning perigeliydan o’tganidan so’ng bir yildan keyin haqiqiy anomaliyasi va radius-vektori nimaga tengligini aniqlang.

a=4 a.b.

e=0,66144

t=1 yil

Yechimi:

(4) va (5) formulalardan foydalanamiz.

t-t0=1 yil bo’lgani va bo’lganidan M=450 bo’ladi. Ketma-ket yaqinlashishdan ekssentrik anomaliyani aniqlaymiz E=82034/,8. Keyin =125035/,6 va r= 3,6483 a.b. ekanligini topamiz.

Javob: =125035/,6; r= 3,6483 a.b.

Eslatma: sinE – radianlarda bo’lganidan, graduslarda ifodalash uchun 570,2958 ga ko’paytirish kerak (radiandagi graduslar soni).

=?

r=?

Dars davomida talabalarga beriladigan masalalar.

  1. Uzbekistaniya asteroidining katta yarim o’qi 3,20 a.b., ekssentrisiteti 0,063. Uning perigeliy, afeliy masofalari hamda aylanish davri topilsin.

  2. Kuzatuvchi qandaydir sayyoraning har 665,25 sutkada qarama-qarshi turish nuqtasida bo’lishini aniqlagan. Quyosh va sayyora orasidagi masofa astronomik birliklarda nimaga teng?

  3. Quyoshdan qaraganda bir sutkada Yer Marsdan qancha burchak uzoqlikka uzoqlashib ketadi (bu sayyoralarning yulduziy aylanish davrlari mos holda 365,25 va 687 sutkaga teng)?

  4. Yupiterning birinchi yo‘ldoshi – Io uning atrofida 42h28m da, o‘rtacha 421800 km uzoqlikdagi masofada bir marta aylanib chiqadi. Katta yarim o‘qi 671100 km bo‘lgan yo‘ldoshi – Evropa, Yupiterning atrofini ikki marta aylanib chiqish uchun qancha vaqt sarflaydi?

  5. Kometa orbitasining katta yarim o‘qi a=2,7 a. b. ga , ekssentrisiteti e=0,66144 ga teng uning aylanish davrini va Quyoshdan eng uzoq va eng yaqin masofasini toping.

  6. Veneraning Quyosh atrofida aylanish davri 222 kunga teng bo‘lsa va uning eng yaxshi tungi ko‘rinish momenti 5 fevralga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, ushbu planetaning xuddi shu vaziyatini egallashi uchun qancha vaqt ketadi hamda u yilning qaysi kuniga to‘g‘ri keladi.