
- •II semestr 223
- •So’z boshi
- •Fan dasturi
- •I. Ўқув фанининг долзарблиги ва олий касбий таълимдаги ўрни
- •II. Ўқув фаннинг мақсади ва вазифалари
- •III. Асосий назарий қисм (маъруза машғулотлари) Сферик астрономия асослари
- •Амалий астрономия масалалари
- •Осмон механикаси элементлари: сайёралар ҳаракати
- •Астрофизика тушунчалари ва телескоплар
- •Қуёш ва унинг тизими физикаси
- •Юлдузлар физикаси асослари
- •Галактика астрономияси
- •Космогония ва космология
- •IV. Амалий машғулотларни ташкил этиш бўйича кўрсатма ва тавсиялар
- •V. Лаборатория ишларини ташкил этиш бўйича кўрсатмалар
- •VI. Мустақил таълимни ташкил этишнинг шакли ва мазмуни
- •Фойдаланиладиган адабиётлар рўйҳати Асосий дарсликлар ва ўқув қўлланмалар
- •Қўшимча адабиётлар
- •Ishchi o’quv dasturi
- •Тошкент – 2017
- •1. Ўкув фанини ўқитилиши бўйича услубий кўрсатмалар
- •2. Маъруза машғулотлари Сферик астрономия асослари
- •Амалий астрономия масалалари
- •Осмон механикаси элементлари: сайёралар ҳаракати
- •Астрофизика тушунчалари ва телескоплар
- •Қуёш ва унинг тизими физикаси
- •Юлдузлар физикаси асослари
- •Галактика астрономияси
- •Космогония ва космология
- •3. Амалий машғулотлар
- •4. Лаборатория ишларини ташкил этиш бўйича кўрсатмалар
- •5. Мустақил таълимни ташкил этишнинг шакли ва мазмуни
- •Мустақил таълим мавзулари
- •6. Фойдаланиладиган адабиётлар рўйҳати Асосий дарсликлар ва ўқув қўлланмалар
- •Қўшимча адабиётлар
- •Интернет сайтлари
- •Талабалар билимини баҳолаш мезонлари
- •I semestr Ma’ruza materiallari
- •§ 1. Astronomiya fani: vazifalari va amaliy ahamiyati
- •§ 2. Astronomiyaning zamonaviy bo’limlari
- •I bob. Sferik astronomiya asoslari
- •§ 1.1. Samo jismlari va yulduz turkumlari
- •§ 1.2. Yoritgichlarning ko’rinma harakati
- •§ 1.3. Osmon sferasi va uning elementlari
- •§ 1.4. Gorizontal va ekvatorial koordinatalar sistemalari
- •§ 1.5. Kuzatuvchi kenglamasi turlari va olam qutbuning gorizontdan balandligi
- •§ 1.6. Yerning sutkalik aylanish oqibatlari
- •§ 1.7. Ekliptika va unga bog’liq koordinatalar sistemasi
- •§ 1.8. Vaqtni kuzatuvdan aniqlash usullari
- •§ 1.9. Vaqt o‘lchash tizimlari
- •§ 1.10. Taqvim va uning turlari
- •§ 1.11. Yulian kunlari va sana o‘zgarish chizig‘I
- •§ 1.12. Sferik uchburchak: sferik trigonometriyaning asosiy formulalari
- •§ 1.13. Parallaktik uchburchak. Koordinatalar sistemalariaro o‘tish formulalari
- •§ 1.14. Refraksiya
- •§ 1.15. Parallaks
- •§ 1.16. Presessiya va nutatsiya
- •§ 1.17. Yoritgichlarning chiqish va botish momentlarini aniqlash
- •II bob. Astronomiyaning amaliy va astrometrik masalalari
- •§ 2.1. Yer radiusini aniqlash. Triangulyasiya usuli
- •§ 2.2. Kuzatuvchining geografik uzunlama va kenglamasini topish
- •§ 2.3. Quyosh sistemasi jismlarigacha bo‘lgan masofalarni aniqlish
- •§ 2.4. Quyosh sistemasi jismlarining o‘lchamlarini aniqlish
- •§ 2.5. Oy fazalari va tutilishi
- •§ 2.6. Quyosh tutilishi. Saros
- •§ 2.7. Fundamental va fotografik astrometriya
- •§ 2.8. Yulduzlarning xususiy harakati
- •III bob. Osmon mexanikasiga kirish
- •§ 3.1. Olamning geliotsentrik sistemasi va osmon mexanikasi masalalari
- •§ 3.2. Sayyoralarning sirtmoqsimon ko‘rinma harakati
- •§ 3.3. Sayyoralar konfiguratsiyalari va aylanish davrlari
- •§ 3.4. Sayyoralar orbita elementlari
- •§ 3.5. Kepler va Nyuton qonunlari
- •§ 3.6. Keplerning umumlashgan 3-qonuni
- •§ 3.7. Uch jism masalasi va uning chegaralangan holi
- •§ 3.8. Ko‘tarilishlar va pasayishlar
- •§ 3.9. Quyosh sistemasining barqarorlik muammosi
- •IV bob. Astrofizika tushunchalari va teleskoplar
- •§ 4.1. Elektromagnit nurlanish spektri va uning astrofizik tadqiqoti
- •§ 4.2. Yoritgichlarning ko‘rinma va absolyut kattaliklari
- •§ 4.3. Nurlanish qonunlari
- •§ 4.4. Astrofizik obyektlar nurlanishining spektral tahlili
- •§ 4.5. Spektral chiziqlarning Dopler siljishi
- •§ 4.6. Spektral qurilmalar
- •§ 4.7. Astrofizik jismning temperaturasi turlari
- •§ 4.8. Astrofizik uskunalar va teleskoplar
- •§ 4.9. Optik teleskoplar va ularning asosiy ko‘rsatgichlari
- •§ 4.10. Radioteleskoplar
- •§ 4.11. Infraqizil astronomiya
- •Amaliy mashg’ulot materiallari
- •Uyga vazifa
- •Uyga vazifa
- •Dars davomida talabalarga beriladigan masalalar.
- •Uyga vazifa
- •Dars davomida talabalarga beriladigan masalalar.
- •Uyga vazifa
- •Laboratoriya mashg’ulot materiallari
- •Nazariy qism.
- •Umumiy ko’rsatmalar
- •Yulian sanani hisoblash
- •Nazariy qism.
- •II semestr Ma’ruza materiallari
- •§ 5.1. Quyoshning umumiy xarakteristikalari va ichki tuzilishi
- •§ 5.2. Quyoshning spektri, temperaturasi, tarkibi va yadrosi
- •§ 5.3. Fotosfera va uning aktiv sohalari
- •§ 5.4. Xromosfera va uning aktiv elementlari
- •§ 5.5. Quyosh toji va uning radionurlanishi
- •§ 5.6. Quyosh aktivligining davriy o‘zgarishi
- •§ 5.7. Yer tipidagi sayyoralar
- •§ 5.8. Gigant sayyoralar
- •§ 5.9. Asteroidlar va mitti sayyoralar
- •§ 5.10. Kometalar
- •§ 5.11. Meteorlar va meteoritlar
- •VI bob. Yulduzlar fizikasi asoslari
- •§ 6.1. Normal yulduzlar
- •§ 6.2. Yulduzlarning spektral sinflari
- •§ 6.3. Spektr-yorqinlik diagrammasi
- •§ 6.4. Yulduzlar massasi
- •§ 6.5. Yulduzlar o‘lchamlarini aniqlash
- •§ 6.6. Massa-yorqinlik-radius bog‘liqligi
- •§ 6.7. Yulduzlarning ichki tuzilishi
- •§ 6.8. Qo‘shaloq yulduzlar
- •§ 6.9. O‘zgaruvchan yulduzlar
- •§ 6.10. Yangi va o‘tayangi yulduzlar
- •§ 7.1. Somon Yo‘li Galaktikasi va uning ichki tuzilishi
- •§ 7.3. Quyosh sistemasining xarakati
- •§ 7.4. Yulduzlarning tarqoqsimon va sharsimon to‘dalari
- •§ 7.6. Spiral tarmoqlar
- •VIII-bob. Galaktikadan tashqi astronomiya
- •§ 8.1. Galaktikalarning Xabbl klassifikatsiyasi
- •§ 8.2. Galaktikalarning maxalliy guruxi
- •§ 8.3. Galaktikalargacha masofalarni aniqlash usullari
- •§ 8.4. Galaktikalar to’dalari
- •§ 8.5. Yadrosi aktiv galaktikalar
- •§ 8.6. Koinot modeli va tuzilishi
- •Amaliy mashg’ulot materiallari
- •Uyga vazifa
- •Laboratoriya mashg’ulot materiallari
- •Назарий қисм
- •Ҳисобот
- •§ 1. Юлдузларнинг массаларини аниқлаш
- •§ 2. Юлдузларнинг ўлчамларини аниқлаш
- •§ 3. Зичлик
- •Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari
- •Мустақил таълим мавзулари
- •Glossariy
- •Ilovalar Tarqatma materiallar
- •Testlar Test savollari
§ 1.2. Yoritgichlarning ko’rinma harakati
Yerning shimoliy qutbiga yaqin bo‘lmagan o‘rta geografik kengliklardan turib yoritgichlarning sutkalik harakati kuzatilsa, janub tomonga qarab turgan kuzatuvchiga yoritgichlar chapdan o‘ngga, ya’ni, soat strelkasi yo‘nalishida harakatlanayotgandek ko‘rinadi. Bunda ma’lum yoritgich, sharq tomonda har doim ma’lum bir nuqtadan ko‘tarilib, g‘arbda ham aniq bir nuqtada botadi. Uning gorizontdan maksimal balandligi ham (janub yo‘nalishida) vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmaydi.
Xuddi shunday kuzatishda kuzatuvchi shimol tomonga qarasa, bir qism yulduzlar sharqdan chiqib g‘arbga botayotganini, boshqalari esa ma’lum bir qo‘zg‘almas nuqta atrofida konsentrik aylanalar chizishini ko‘rish mumkin. Bu qo‘zg‘almas nuqta – olamning shimoliy qutbi deb yuritiladi. Olamning shimoliy qutbi Kichik Ayiq yulduz turkumining eng yorug‘ yulduzi si yaqinida bo‘lib, bu yulduz qutb yulduzi deb ataladi.
Xuddi yulduzlar kabi Quyosh va Oyning sutkalik harakatlari ham sharqdan g‘arbga tomon kuzatilib, ulardan farqli o‘laroq, ularning chiqish va botish nuqtalari hamda maksimal balandliklari kun sayin o‘zgarib boradi. Xususan, Quyosh 21 mart kuni aniq sharq nuqtasidan ko‘tarilib, aniq g‘arb nuqtasida botgani holda, undan keyin uning chiqish va botish nuqtalari shimol tomonga siljib boradi. Bu hol 22 iyungacha davom etadi, so‘ngra bu nuqtalar aksincha, gorizontning janub tomoniga siljiy boshlaydi. Shuningdek, bu davrda Quyoshning tush paytdagi balandligi ham kamayib boradi, kunduz kunining davomiyligi qisqarishga, tunning davomiyligi esa uzayishni boshlaydi.
Yerning tabiiy yo‘ldoshi hisoblangan Oy ham sutkalik harakatda ishtirok qilib, sharqdan g‘arbga yulduzlar bilan birga siljib boradi. Biroq ko‘p uzoq vaqt talab etmaydigan kuzatishlardanoq, Oyni yulduzlarga nisbatan osmonning sutkalik harakatiga qarama-qarshi yo‘nalishda ham siljishini sezish mumkin. Bunday haqiqiy harakat tufayli Oy yulduzlarni oralab g‘arbdan sharqqa tomon har sutkada taxminan 13 gradusdan siljib borib, 27.32 sutkada Yer atrofida to‘la aylanib chiqadi.
Uzoq vaqtlar davomida (bir necha oy) Quyoshni kuzatilish orqali uning yulduzlarga nisbatan g‘arbdan sharqqa siljib borishini kuzatish imkonini beradi. Quyoshning bunday ko‘rinma harakati tufayli sutkalik siljishi Oynikiga nisbatan juda kichik bo‘lib, u atigi 1 gradusga yaqin yoyni tashkil qiladi va bir yilda bir marta to‘la aylanib chiqadi.
Osmondagi ikkita yorug‘ jism, ya’ni Quyosh va Oyning osmonni bir to‘la aylanib chiqadigan yo‘llari bir-biriga yaqin bo‘lib, ular kesib o‘tadigan yulduz turkumlari zodiak yulduz turkumlari (grekcha “zoo”- hayvonlar degani) deyiladi. Mazkur yulduz turkumlari quyida jadvalda keltirilgan. Quyosh o‘tayotgan yulduz turkumining yulduzlari Quyoshga juda yaqin burchakda joylashgani uchun ular ko‘rinmaydi va faqat yarim yil o‘tgach yarim kechada aynan shu yulduzlar gorizontdan janub tomonda eng katta balandlikda ko‘rinadilar.
Arabcha nomi |
O’zbekcha nomi |
Qisqartmasi |
Quyoshning turkumda bo’lish davri |
Hamal |
Qo’y |
Ari |
21 mart- 20 aprel |
Savr |
Buzoq |
Tau |
21 aprel- 20 may |
Javzo |
Egizaklar |
Gem |
21 may-21 iyun |
Saraton |
Qisqichbaqa |
Can |
22 iyun- 22 iyul |
Asad |
Arslon |
Leo |
23 iyul- 23 avgust |
Sunbula |
Parizod |
Vir |
24 avgust- 23 sentabr |
Mezon |
Tarozu |
Lib |
24 sentabr- 23 oktabr |
Aqrab |
Chayon |
Sco |
24 oktabr-22 noyabr |
Qavs |
Yoy |
Sgr |
23 noyabr-21dekabr |
Jadyi |
Tog’ echkisi |
Cap |
22 dekabr- 20 yanvar |
Dalv |
Qovg’a |
Aqr |
21 yanvar-18 fevral |
Hut |
Baliq |
Psc |
19 fevral-20 mart |
Ibtidoiy jamoa tuzumi davridayoq odamlar zodiak yulduz turkumlari sohasida tashqi ko‘rinishi jihatidan yulduzlarga o‘xshash, biroq yulduzlardan farq qiladigan, ularga nisbatan vaziyatlarini o‘zgartirib turuvchi beshta yoritkichni kuzatganlar. Yulduzlardan farqlanuvchi bunday xususiyatlari evaziga ularga adashgan yulduzlar - planetalar (sayyoralar) deb nom berishgan. Qadimgi Rimda bu sayyoralarni rim xudolarining nomi bilan: Merkuriy, Venera, Mars, Yupiter, Saturn deb ataganlar. Keyinchalik teleskop ixtiro qilingandan so‘ng, 1781 yilda oltinchi planeta Uran, 1846 yilda esa Neptun topilgan.
Zodiak yulduz turkumlari chegaralarida sayyoralarning ko‘rinma harakatlari ham kuzatilib, ular ham Quyosh va Oy kabi g‘arbdan sharqqa tomon harakatlanadilar.
3-Ma’ruza. Osmon sferasi va uning asosiy elementlari. Astronomik koordinatalar sistemalari.