- •Tijorat banklari resurs bazasi barqarorligini oshirishning kompleks mexanizmlari: bozor instrumentlari, annotatsiya
- •1. Kirish
- •2. Adabiyotlar sharhi
- •3. Tadqiqot metodologiyasi
- •4. Tadqiqot natijalari
- •4.1. Emissiyaviy instrumentlar va innovatsion depozit mahsulotlari orqali resurslarni diversifikatsiya qilish
- •4.2. Depozit bazasi yetarliligi va muammoli kreditlarni o‘zaro bog‘liq boshqarish
- •4.3. Regulyativ kapital tarkibini takomillashtirish va nokumulyativ imtiyozli aksiyalar emissiyasini kengaytirish
- •5. Muhokama
- •4.4. Barqaror resurslar salmog‘ini oshirish va majburiyatlar tarkibini optimallashtirish
- •6. Xulosa
- •Foydalanilgan adabiyotlar
4.2. Depozit bazasi yetarliligi va muammoli kreditlarni o‘zaro bog‘liq boshqarish
Bank resurs bazasining barqarorligini baholashda depozitlarning umumiy hajmi bilan bir qatorda ularning tarkibi va barqarorlik darajasini ham o‘rganish zarur. Ayniqsa, talab qilib olinguncha depozitlarning yuqori salmog‘i bankning qisqa muddatli likvidlik risklarini kuchaytirishi mumkin. MKBank ma’lumotlari asosida depozitlarning kreditlarga nisbati va talab qilib olinguncha depozitlarning jami depozitlardagi ulushi 1-jadvalda keltirilgan.
1-jadval. MKBank depozit bazasining yetarliligi va depozitlarning kreditlarga nisbati
Sana |
Jami depozitlar, mlrd so‘m |
Kredit portfeli, mlrd so‘m |
Depozit/kredit, % |
De, % |
01.01.2022 |
3 153,675 |
8 541,014 |
36,92 |
13,67 |
01.01.2023 |
5 409,196 |
13 318,624 |
40,61 |
11,56 |
01.10.2025 |
9 067,660 |
20 039,603 |
45,25 |
8,09 |
01.03.2026 |
10 043,424 |
20 671,197 |
48,59 |
7,90 |
01.09.2026 |
12 969,473 |
23 236,580 |
55,81 |
4,97 |
Manba: MKBankning rasmiy moliyaviy ko‘rsatkichlari asosida muallif hisob-kitoblari. Kuzatuv sanalari bankda mavjud ochiq ma’lumotlar bilan cheklangan.
Jadval ma’lumotlari tahlili shuni ko‘rsatadiki, 2022-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-sentabrgacha bank depozitlari hajmi 3 153,675 mlrd so‘mdan 12 969,473 mlrd so‘mga yetib, qariyb 4,1 baravarga oshgan. Shu davrda depozitlarning kredit portfeliga nisbati 36,92 foizdan 55,81 foizga ko‘tarilgan. Bu bank kredit operatsiyalarini moliyalashtirishda depozit resurslarining salmog‘i oshib borayotganini ko‘rsatadi.
Talab qilib olinguncha depozitlarning jami depozitlardagi ulushi 2022-yil 1-yanvardagi 13,67 foizdan 2026-yil 1-sentabrda 4,97 foizgacha kamaygan. Demak, kuzatuv sanalari bo‘yicha MKBankda De ≤ 30 foizlik mezon bajarilgan. Biroq ushbu natija kredit portfeli sifati ham yetarli darajada ekanligini avtomatik ravishda anglatmaydi.
MKBankda 2026-yil boshida muammoli kreditlar ulushi 4,4 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2026-yil 1-avgust holatiga kelib 9,9 foizga yetgan. Muammoli kreditlar summasi esa 894 mlrd so‘mdan 2 282 mlrd so‘mga oshgan. Natijada yil boshiga nisbatan NPL ulushi 5,5 foizli punktga ko‘tarilgan. Ushbu holat depozit bazasining tarkibiy yetarliligi kredit risklarini avtomatik ravishda kamaytirmasligini ko‘rsatadi.
Shu sababli De ≤ 30 foizlik mezon bank resurslarining tarkibiy barqarorligini, NPL ≤ 5 foizlik mezon esa kredit portfelining sifatini baholashga xizmat qilishi lozim. Ushbu talablarning bir-biridan mustaqil nazorat qilinishi bank resurslarining kreditlarga transformatsiyasi sifatini oshirishga yordam beradi.
2-jadval. MKBank kredit portfeli va muammoli kreditlar dinamikasi (2026-yil)
Sana |
Kreditlar, mlrd so‘m |
NPL, mlrd so‘m |
NPL ulushi, % |
01.01.2026 |
20 278 |
894 |
4,4 |
01.03.2026 |
20 671 |
987 |
4,8 |
01.05.2026 |
21 803 |
959 |
4,4 |
01.06.2026 |
22 560 |
1 781 |
7,9 |
01.07.2026 |
22 840 |
1 796 |
7,9 |
01.08.2026 |
23 124 |
2 282 |
9,9 |
Manba: muallif tomonidan taqdim etilgan MKBank kredit portfeli va NPL statistikasi asosida.
