Добавил:
Опубликованный материал нарушает ваши авторские права? Сообщите нам.
Вуз: Предмет: Файл:
УМК 2022-2023 ЭМТТС.docx
Скачиваний:
217
Добавлен:
02.11.2022
Размер:
2.51 Mб
Скачать

4. Amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar

Amaliy mashg‘ulotlarini tashkil etish yuzasidan kafedra tomonidan ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Unda talabalar asosiy ma’ruza mavzulari bo‘yicha olgan bilim va ko‘nikmalarini amaliy masalalar, keyslar orqali yanada boyitadilar. Shuningdek, darslik va o‘quv qo‘llanmalar asosida talabalar bilimlarini mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan foydalanish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop etish orqali talabalar bilimini oshirish, masalalar yechish, mavzular bo‘yicha taqdimotlar va ko‘rgazmali qurollar tayyorlash, normativ-huquqiy hujjatlardan foydalanish va boshqalar tavsiya etiladi.

Amaliy mashg‘ulotlarning tavsiya etiladigan mavzulari

  1. Chulg‘amlari ta’mirlangan va pasport ma’lumotlari noma’lum bo‘lgan motorni hisoblash.

  2. Elektr motorni boshqa aylanish chastotasiga qayta hisoblash.

  3. Elektr motorni boshqa kuchlanishda qayta hisoblash.

  4. Umumiy maqsadli faza rotorli asinxron motorni parametrlarini aniqlash.

  5. Parallel qo‘zg‘otishli o‘zgarmas tok generatorining parametrlarini aniqlash.

  6. Nominal kuchlanishda va uning qiymati o‘zgarganda parametrlarini aniqlash.

  7. Transformatorlar tanlash.

  8. Transformatorlarni parallel ishlatish.

  9. Haroratni o‘lchash usullari.

  10. Tavsiflari tekshirish.

  11. Izolyasiya qarshiligini hisoblash.

  12. Sirpanishni o‘lchash usullari.

5. Laboratoriya ishlari bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar

Laboratoriya ishlarida talabalar sinxron mashinalarni parametrlarini aniqlash; o‘zgarmas tok mashinasining kommutasiyasini sozlash; uch fazali ikki chulg‘amli transformatorni nazorat sinovlari va tadqiqot qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikma va malaka hosil qiladilar.

Labaratoriya ishlarinig taxminiy ro‘yxati

1. Uch fazali ikki chulg‘amli transformatorning sinovi.

2. Chulg‘am ulanish guruhini tekshirish va aniqlash.

3. Uch fazali uch chulg‘amli transformatorning sinovi.

4. Qisqa tutashgan rotorli asinxron motorni nazorat sinovlari.

5. Faza rotorli asinxron motorni nazorat sinovi.

6. Sirpanishni o‘lchash usullari.

7. Sinxron mashinaning parametrlarini aniqlash.

8. O‘zgarmas tok mashinalarini sinash.

9. Korpusga nisbatan chulg‘am izolyasiyasini sinash.

10. Sovuq xoldagi chulg‘amning o‘zgarmas tokda sinash.

11. Elektr mashinalarni qismlarga ajratish.

12. Chulg‘am toki, aktiv qarshiligi va elektr quvvatini o‘lchash.

6. Kurs loyihasi (ishi) bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar

Fan bo‘yicha kurs loyihasi o‘quv rejada ko‘zda tutilmagan.

7. Mustaqil ishlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar

Mustaqil ta’lim quyidagi shakllarda tashkil etiladi:

  • mavzularni normativ-huquqiy hujjatlar va o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish;

  • mavzular bo‘yicha referat tayyorlash;

  • seminar va amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish;

  • ilmiy maqola va tezislarni tayyorlash;

  • fanning dolzarb muammolarini qamrab oluvchi loyihalar tayyorlash;

  • nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash;

  • amaliyotdagi mavjud muammolarning yechimini topish;

  • o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha asosiy ilmiy adabiyotlarga annotasiya yozish va boshqalar.

Ta’lim jarayonida innovasion texnologiyalarni, o‘qitishning interfaol usullarini qo‘llash talaba tomondan mustaqil tanlanadi. Talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etish tizimli tarzda, ya’ni uzluksiz va uzviy ravishda amalga oshiriladi. Talaba olgan nazariy bilimini mustahkamlash, shu bilan birga navbatdagi yangi mavzuni puxta o‘zlashtirishi uchun mustaqil ravishda tayyorgarlik ko‘rishi kerak.