Добавил:
Опубликованный материал нарушает ваши авторские права? Сообщите нам.
Вуз: Предмет: Файл:
УМК электр машиналари ЭТ 2022 (3).doc
Скачиваний:
3596
Добавлен:
02.11.2022
Размер:
19.19 Mб
Скачать

G.N.Mustafakulova «Elektr mashinalari» fanidan o‘quv-uslubiy majmua. – Toshkent: ToshDTU. – 2022 y. - _____bet.

Tuzuvchilar: dotsent – G.N.Mustafakulova,

Taqrizchilar: ______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

O‘quv-uslubiy majmuada «Elektr mashinalari» fanidan namunaviy dastur, o‘quv ish dasturi, ma’ruza matni, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari uchun uslubiy ko‘rsatmalar, nazorat turlari uchun tayyorlangan topshiriqlar variantlari, test savollari, glossariy (izohli lug‘at) jamlangan.

Ushbu o‘quv-uslubiy majmua texnika oliy o‘quv muassasalari ta’lim yo‘nalishlari pedagog-o‘qituvchilari uchun tavsiya etiladi. Shu bilan birga o‘quv-uslubiy majmuadan ilmiy xodimlar, tadqiqotchilar hamda «Elektr mashinalari» faniga qiziquvchilar foydalanishlari mumkin.

O‘quv-uslubiy majmua «Elektr mashinalari» kafedrasi majlisida (2022 yil “___” _________ №___-son bayonnoma) muhokama etildi va fakultetning o‘quv-uslubiy kengashiga tavsiya etildi.

Kafedra mudiri: ____________ prof. Toirov O.Z.

O‘quv-uslubiy majmua Energetika fakultetining o‘quv-uslubiy kengashida ko‘rib chiqildi (2022 yil “___” __________ №___-son bayonnoma) va universitetning ilmiy-uslubiy kengashiga tasdiqlashga topshirildi.

O‘quv-uslubiy kengash raisi __________________prof. Pirmatov N.B.

O‘quv-uslubiy majmua Toshkent davlat texnika universiteti ilmiy-uslubiy kengashining 2022 yil “___” _________dagi №___-sonli qaroriga muvofiq o‘quv jarayoniga tatbiq etish uchun tavsiya etildi.

Ilmiy-uslubiy kengash kotibi _______________ Mambetov N.

Tarkib mazmuni

Bet

1

O‘quv materiallar

2

Glossariy

3

Fan dasturi

4

Ishchi fan dasturi

5

Testlar

6

Baholash mezoni

7

Foydalanilgan adabiyotlar


Sillabus

Sillabus - bu o'quv-uslubiy ob'ektning bir ta'rifi bo'lib, shu jumladan intizom dasturi, maqsad va vazifalari, qisqacha har bir boblarning mavzusi va davomiyligi, mustaqil ish, maslahatlar, o'qituvchi talablari, baholash mezonlarining vazifasi, hamda asosiy va qo'shimcha bir ro'yhat jamlamasidir.

Darsning maqsadi. Darsning maqsadi, talabalar foydalanadigan materiallar, muhim bo'lgan muhandislik hususiyatlari va turi haqida asosiy bilim berishdir. Bu, shuningdek, materiallar tuzilishi va hususiyatlari o'rtasidagi munosabatlar muhimligini ta'kidlab, taxlil qilishda nazariy bilim bilan ta'minlash uchun mo'ljallangan.

Davomat. Har bir talaba baholanishi uchun ma'ruza va amaliy mashg‟ulotlarga to'liq qatnashgan bo'lishi kerak. Talaba fanga doir topshiriqlarni auditoriyada bajarib – topshirishiga mas'uldir. Har bir qoldirilgan amaliy mashg‟ulot nol ball sifatida baholanadi. Agar talaba qoldirilgan darsini mustaqil o'zlashtirmagan bo'lsa, imtihonga qatnashishi mumkin emas, bu to'g‟risida biriktirilgan professor-o'qituvchi oldindan ogohlantirilgan bo'lishi kerak. Barcha rejalashtirib yoki rejalashtirilmasdan (kasallik yoki oilaviy sharoit tufayli) qoldirilgan mashg‟ulotlar uchun javobgarlik talabaning o'z zimmasida yuklanadi.

Tayyorgarlik ko'rish. Albatta har bir talaba yetarli bilim olishi uchun, rejalashtirilgan mavzuni muhokama qilish maqsadida auditoriyaga tayyorlanib keladi, deb tahmin qilamiz. Bu oldindan mustaqil ravishda fanga oid darslik va amaliy materiallarni o'qib, auditoriyada muhokama qilishi kerak bo'lgan mavzu bo'yicha savollar bilan murojjat qilishni o'z ichiga oladi. Auditoriyada har bir talabani asosiy mavzu bo'yicha o'zini ko'rsata bilishini ijobiy baholanadi.

O'quv- uslubiy majmuaning maqsadi. «Eelektr mashinalari» fani bo'yicha tuzilgan ushbu o'quv-uslubiy majmua DTS talablari asosida tuzilgan. Respublikamizda malakali mutahassislarni tayyorlashga zaruriyat katta. Shuning uchun, ushbu fanni o'qitishdan maqsad - yo'nalishning mahsus fanlarning o'rganish va chuqur egallash uchun zarur bo'lgan umumkasbiy bilimlarni va ta'lim standartida talab qilingan ko'nikmalarni ta'minlashdir.

O'quv-uslubiy majmuaning vazifalari. O'quv fanini o'rganishning asosiy vazifalari: energetikaning rivojlanish tarixi, energetikaning asosiy qonunlari va tushunchalari, energetika resurslarini, energiyani uzatish usullari, issiqlik energetika qurilmalari kabi ma'lumotlarni talabalarga yetkazishdir. O'quv-uslubiy majmuaning tuzilishi va hajmi. “Eelektr mashinalari” fani bo'yicha tayyorlangan o'quv-uslubiy majmua ___ betdan iborat bo'lib, sillabus, kirish qismi, ma'ruza matni, ma'ruzalar matni bo'yicha taqdimot va tarqatma materiallar, amaliy mashg‟ulotlar materiallari, glossariydan iborat.

1-mavzu. «Elektr mashinalari» faniga kirish. Transformatorlarda bo‘ladigan fizik jarayonlar. Transformatorlarning tuzilishi