Добавил:
Опубликованный материал нарушает ваши авторские права? Сообщите нам.
Вуз: Предмет: Файл:
УМК 2022-2023 ЭМТТС.docx
Скачиваний:
217
Добавлен:
02.11.2022
Размер:
2.51 Mб
Скачать

To’satdan qisqa tutashuv sharoitida transformatorlarning chidamliligini sinash

Transformatorni to‘satdan qisqa tutashuv bo‘lganda sinash, chulg‘amlarning mexanik birikkanligini, chiqish simlari va transformatorning boshqa qismlari ishonchliligini, shuningdek to‘satdan qisqa tutashuv toklari ta’sirida chulg‘am izolyasiyasi issiqlikka chidamliligini tekshirish uchun o‘tkaziladi. ГОСТ 11677-85*ga muvofiq 4–ilovada berilgan, transformator qisqa tutashuv tokining karralilik miqdori Iq0 va davomiylik vaqti tqda tashqi qisqa tutashuvga shikastlanmasdan chiday olishi shart. Sinov dasturini tuzish uchun transformator hisobini, shu jumladan, mexanik kuchlanish hisobi; aktiv qismning chizmalari, chulg‘amlar va butun transformatorning montaji; prinspial elektr sxemasi; qisqa tutashuv chidamliligiga talablar; chulg‘amlarni texnologik qayta ishlash to‘g‘risidagi ma’lumotlar; transformatorlarni tashish jarayonida turg‘unligini va mustahkamlikni hisoblash, shuningdek, yuksiz ishlash toki va isroflari, qisqa tutashuv toki, isrofi va qarshiligi xamda izolyasiya qarshiligi kerak bo‘ladi.

Sinov dasturi quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi: hisoblangan ma’lumotlarning tahlili va qurilmaning mustahkamligi bo‘yicha dastlabki xulosa (ishlab chiquvchi tomonidan amalga oshiriladi); sinovlar amalga oshiriladigan qisqa tutushuv rejimlarni tanlab olishni asoslash va rejimlarning asosiy parametrlari (ushbu transformatorning texnik shartlariga va 4–ilovaga muvofiq aniqlanadi); sinovning barcha rejimida qisqa tutashuv parametrlarni hisoblash (eng yuqori barqaror vaziyatli qisqa tutashuv toki, barcha chulg‘amlardagi zarbali qisqa tutashuv tokining eng yuqori qiymati, transformator ta’minlanish tomonidagi qisqa tutashuv to‘liq qarshiligi) sinov stendida sinash sxemasini tanlash; kuch va o‘lchash sinov sxemalari; nazorat o‘lchovlari va yordamchi sinovlar ro‘yxati; sinov o‘tkazish ketma-ketligi (bir fazali sinovda sinov rejimlari va fazasi navbati).

Ta’minot sxemasining tokini kamaytirish uchun sinalayotgan 4 transformatorga (14.1, a–rasm), yuqori kuchlanish (YK) chulg‘ami tomonidan ta’minot beriladi. Past kuchlanish (PK) chulg‘ami sinov boshlanishidan oldin qisqa tutashtiriladi. O‘zgaruvchan tok generatori 1, o‘chirgich 2 uzilgan xol uchun oraliq kuchlanish 3 transformatorining transformatsiyalash koeffitsienti xisobga olinib berilgan kuchlanishgacha qo‘zg‘atiladi. SHundan so‘ng o‘chirgich 2 tutashtiriladi va sinov kuchlanishi sinalayotgan transformator 4ga beriladi. Kuchlanish va tok qiymatlari (14.1, a–rasmda ko‘rsatilmagan) ossillografga ulangan tok 6 va kuchlanish 5 transformatorlari yordamida o‘lchanadi. Ta’minot manbayi kuchlanish pasayishini kamaytirish uchun shinao‘tkazgichlar maksimal faza shinalari bir-biriga yaqin qilib to‘g‘ri bajariladi va sxema elementlari esa iloji boricha bir-biriga yaqin o‘rnatiladi.

ГОСТ 20243– 74* ga muvofiq chidamlilik sinovi "Kuch transformatorlari. Qisqa tutashuv xolatida chidamlilik sinovi usullari"0,5÷1,0 s davomiylikdagi to‘rtda va beshinchisi qisqa tutashuv davomiyligi tq issiqlikka chidamlilik sinovidan tashkil topgan beshta qisqa tutashuv tajribasidan iborat. Agar besh tajribadan keyin ijobiy sinov natijalari bo‘yicha savol tug‘iladigan bo‘lsa, unda 0,5÷1,0 s davomiylikda oltinchi tajribaga ruxsat beriladi. Transformator beshinchi tajribaning oxirida chulg‘amlarning harorati maksimal ruxsat etilgan qiymatgacha qizishini xisobga olib oldindan qizdirilgandan so‘ng sinovdan o‘tkaziladi.

Sinov rejimlarining soni (transformatorning har bir chulg‘ami uchun), odatda, bu sinovlar ortiqcha talabchanlik bo‘lmasligi uchun bittadan oshmasligi kerak. Sinov dasturi ikki yoki undan ko‘p sinov rejimini ko‘zda tutgan bo‘lsa, chulg‘am sinovi, faqat bitta rejimda chulg‘amning xar qanday qismidagi tok shu qism uchun maksimal qisqa tutashuv tokiga teng, boshqa rejimlarda esa bu tokning 80% dan oshmasligi kerak bo‘lgan shartlar bajarilsa, bir nechta rejimga ruxsat beriladi. Sinov rejimlarining ketma-ketligi hisoblarning kutilayotgan o‘sishiga muvofiq tanlanadi.

Ikkita yoki undan ko‘p sinov rejimiga ega bo‘lgan uch fazali transformatorlar va shuningdek, quvvvati 1600 kVA dan ortiq transformatorlarning konstruksiya mustaxkamligi xaqida ko‘proq ma’lumot olish uchun bir fazali qisqa tutashuv sinovi etarlidir (7.1-rasmda, sinalayotgan faza ikki strelka bilan belgilangan). Bir fazali sinovlar, boshqa ikki fazadan foydalanmasdan amalga oshirishga ruxsat beriladi, ya’ni har bir faza alohida transformator sifatida qaraladi. Bu holda qo‘shni fazalarning chulg‘amlari qisqa tutashgan va uchburchak usulda ulangan chulg‘amlar uchlari ochiq bo‘lishi kerak.

30-mavzu. Ishonchlilikka sinashning umumiy xaraktеristikasi

Sinash turlari: Ishonchlilikka sinashning ikki turi mavjud – nazorat va aniqlovchi.Ushbu sinovlar seriyali ishlab chiqarilgan elektr mashinalari va transformatorlardan tanlab olingan namunalarni sinashda va aloxida ishlab chiqarilganda – korxonaning namunali texnologiyasidan foydalangan xolda qo‘llaniladi.

Nazorat sinovlari ishonchlilik ko‘rsatkichlari normativ xujjatlar talablariga, texnik shartlar va talablarga mosligini aniqlash uchun o‘tkaziladi. Ularni o‘tkazish davomiyligi berilgan maxsulotning texnik standartlarida ko‘rsatib o‘tilgan. Nazorat sinovlari tanlov asosida o‘tkazilganligi uchun unda birinchi darajali xatolik, qachonki yaxshi partiya yaroqsizga va yomon partiya yaroqli deb qabul qilinsa ikkinchi darajali xatolik yuzaga keladi. Birinchi darajali xatolik extimolligi ishlab chiqaruvchining α tavakkalchiligi deyiladi, ikkinchi darajali xatolik buyurmachining (iste’molchining) β tavakkalchiligi deyiladi.

Aniqlovchi sinovlar qayta ishlab chiqarilgan maxsulotlar va ularni modernizatsiyasidan keyin o‘tkaziladi. Ular ishochlilikning amaldagi miqdoriy ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun o‘tkaziladi. Bundan tashqari aniqlovchi sinovlarda belgilangan maxsulotlarning qabul qilingan ishonchlilikning matematik modelini baxolash imkoniyati mavjud. Aniqlovchi sinov natijalari amaldagi ishonchlilik ko‘rsatkichlarining texnik shartlarga mosligini baxolashga xizmat qiladi.

Elektr mashinlarining resursi 20÷50 ming soatgacha bo‘ladi, shuning uchun ishonchlilikka sinash 5÷10 yilga cho‘zilishi mumkin. Sinov davrini qisqartirish uchun, jadallashtirish usullari qo‘llaniladi, ammo odatdagi sharoitlarda va majburiy (tezlatilgan) holatlarda sinovlar o‘rtasidagi muvofiqlikni aniqlash kerak (tezlashtirish koeffitsientlari aniqlanadi).

Shu maqsadda, tezlashtirish koeffitsientini aniqlash uchun, ya’ni, odatdagi sharoitda sinov vaqtini (tN) jadallashtirilgan usulda sinash (tj)ga nisbati bilan aniqlanadi. Bunda, ikkala holatda ham to‘xtamay ishlash ehtimoli tengligini ta’minlash kerak (14.5–rasm), ya’ni k= tN / tj.

Tezlashtirilgan sinovlarni o‘tkazishning asosiy sharti odatdagi sharoitlarga qaraganda eskirish va shikastlanish jarayonlarining o‘xshashligi bo‘lib, bu o‘z navbatida taqsimlash qonunlarining o‘xshashligini anglatadi. Buning uchun kj tezlashtirish koeffitsientining funksional bog‘liqligi va jadallashtiruvchi amaldagi omillarni ziva maksimal mumkin bo‘lgan (jismoniy eskirish jarayonlarining etarliligini saqlab qolish nuqtai nazaridan) tezlashtirish koeffitsientlarini bilish kerak.

Nazorat sinovlari. Nazorat sinovlarini o‘tkazishning uchta asosiy usuli mavjud ( jadallashtirish darajasiga bog‘liq bo‘lmagan): bir va ikki karrali tanlov va ketma-ket tahlil.

Ba’zi hollarda tezlashtirilgan nazorat sinovlari normal sharoitlarda amalga oshiriladi. Ushbu sinovlar jarayoni ma’lum matematik modellashtirishga asoslangan. Nazorat sinovlari usullari ГОСТ 27.410 – 87** "Texnologiyalardagi ishonchlilik. Muqobil xususiyatlar ishonchliligi ko‘rsatkichlarining statistik monitoringini o‘tkazish usullari va rejalari" va ГОСТ 27.411 – 81 " Texnikadagi ishonchlilik. Veybull qonuniga muvofiq to‘xtamasdan ishlash vaqtini taqsimlashda muqobillik xususiyati bo‘yicha bir bosqichli nazorat rejalari".

Bir karrali namunani tanlash usuli eng oson rejalashtiriladigan nazorat sinovi xsoblanadi, ammo sinov uchun zarur bo‘lgan mahsulot namunasi hajmi jihatidan bu usul eng kam iqtisodiy hisoblanadi. Ikki karrali namuna olish usuli bilan nazorat sinovini o‘tkazish yanada tejamkor bo‘ladi, lekin bu afzallik juda past yoki juda yuqori ishonchliligi bilan katta partiyalarni nazorat qilganda namoyon bo‘ladi. Biroq, bu holda, natijalarni qayta ishlash bitta nazoratdan ko‘ra ko‘p ishni talab qiladi, shuning uchun ikki karra namuna olish usuli kam qo‘llaniladi. Eng tejamli, ratsional analitik usul ketma–ket taxlil bo‘lib, unda o‘rtacha namunaviy tanlash hajmi bir karrali namuna olishning 50 dan 70% ni tashkil etadi, lekin biroz ko‘proq sinov muddatini talab qiladi (bu xolatni oqilona tashkil etish bilan bartaraf etish mumkin).

Eng umumiy holatda ishonchlilik uchun tekshirish sinovlarining mazmuni nazorat qilinadigan ishonchlilik ko‘rsatkichlarining ro‘yxatini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, ishonchlilikning har bir o‘ziga xos ko‘rsatkichini aniqlash uchun quyidagilar kerak: qabul qilish Pα va rad etish Pβ muammosiz ishlash ehtimoli darajasi, buyurtmachi β va ishlab chiqaruvchining α xavfi, sinov uslubi, sinov rejasi, mahsulot holatini xarakterlovchi parametrlar ro‘yxati, sinov shartlari (ta’sir qiluvchi omillar, ularning ketma-ketligi, davomiyligi va boshqalar) va xal qiluvchi qoidalar. Nazorat sinovlarini rejalashtirish uchun asos bo‘lib, buzilmasdan ishlashning tasdiqlangan ehtimollik darajasi namuna xajmiga va qabul soni darajasiga bog‘liq jadval xisoblanadi. Ushbu jadvallar gipergeometrik taqsimot qonuni asosida tuziladi (14.1÷14.3 jadvallar).

Soddalashtirilgan sinov rejasi. Bu holda, ruxsat etilgan rad etishlar c soni dastlabki ma’lumotlar xisoblanadi (sinov t vaqtida qabul raqami); buyurtmachining β tavakkalchiligi va t vaqt ichida muammosiz ishlash extimolligi Rβ. Sinovdan oldin mashinalar qo‘shimcha ishlatilinadi (odatda 100 soat ichida), ishdan chiqqan mashinalar yangisiga almashtiriladi. Ba’zida tanlash xajmini kamaytirish uchun sinov davomiyligi ko‘paytiriladi. 14.1÷14.3 jadvallarga binoan aniqlanadigan tanlash xajmi n ko‘payib ketmasligi uchun s soni kichik tanlanadi.

Sinovlar natijasida d rad etishlar soni, qabul sonidan ya’ni d<s (belgilangan qoidadan) katta bo‘lmasligi kerak. Belgilangan qoidalar bajarilmasa (d> c), sinov natijalari salbiy hisoblanadi, ya’ni mashinalarning bu partiyasi ko‘rsatilgan ishonchlilik ko‘rsatkichlariga mos kelmaydi.