Добавил:
Опубликованный материал нарушает ваши авторские права? Сообщите нам.
Вуз: Предмет: Файл:
УМК 2022-2023 ЭМТТС.docx
Скачиваний:
217
Добавлен:
02.11.2022
Размер:
2.51 Mб
Скачать

O’zgarmas tok mashinalarning uchqunsiz ishlash oralig’ini aniqlash.

Sinovdan oldin cho‘tkalar geometrik neytralga mos keladigan xolatda o‘rnatiladi. O‘rnatish reverslash usuli bilan (ishqalangan cho‘tka tegib turgan kollektorli yuklamali ishlayotgan mashina) yoki induktiv usulda (rotor qo‘zg‘almagan xolatda) amalga oshirilishi mumkin.

Reverslash usulidan foydalanilganda, cho‘tkaning xolati neytralda joylashgan deb qabul qilinadi, agar kuchlanish, yuklama toki va qo‘zg‘atish toki o‘zgarmas bo‘lgan motorning aylanish yo‘nalishini o‘zgartirish natijasida, aylanish chastotasi deyarli o‘zgarmasa (tajribani nominal tezlikda bajarish tavsiya etiladi), generatorlarda esa aylanish tezligi, yuklama toki va qo‘zg‘atish toki o‘zgarmasa kuchlanish deyarli o‘zgarmaydi (qo‘zg‘atish chulg‘ami ta’minoti mustaqil bo‘lishi kerak).

Aralash qo‘zg‘atishli mashinalarning qo‘zg‘atish chulg‘ami mos yoki teskari ulanganda aylanish tezligi o‘zgarmay qolishi kerak.

Induktiv usuldan foydalanganda, cho‘tkalarning neytral xolatda joylashishini aniqlash uchun, asosiy qutblar chulg‘amlariga boshqa o‘zgarmas tok manbasidan impulsli tok berish va xar xil qutbda joylashgan cho‘tkaga sezgir magnitoelektr asbobini ulash orqali (shkalaning o‘rtasidagi nol xolati afzaldir) amalga oshiriladi.

Cho‘tkalarning xolati neytralga mos kelganda asbob shkalasi og‘masligi yoki turli yo‘nalishga kam og‘ishi kerak. Tajriba, qutblarga nisbatan turli xolatlarda yakorni o‘rnatishda qayta o‘tkaziladi. O‘zgarmas tok kuchlanishi mavjud bo‘lmasa, asosiy qutblar chulg‘amlariga o‘zgaruvchan tok kuchlanshi berish va sezgir voltmetrdan foydalanish mumkin.

Uchqunsiz ishlash oralig‘ini aniqlash sinovlarini o‘tkazish, mashina qo‘shimcha qutblarini sozlash uchun va nominal aylanish tezligida, qo‘shimcha qutb chulg‘amlari magnit yurituvchi kuchi (MYK)ni o‘zgartirish orqali amalga oshiriladi. Uchqunsiz ishlash oralig‘ini aniqlash, nominal ish rejimiga to‘g‘ri keladigan mashinaning aktiv qismlari deyarli turg‘un temperatura xolati uchun yuklama rejimiga to‘g‘ri keladi.

500 kVt quvvatdan yuqori bo‘lgan mashinalarni sanoatli sinashda qisqa tutashuv rejimida nominal aylanish tezlikda amalga oshirish mumkin. Qo‘shimcha qutblarning MYK ni o‘zgartirish uchun quyidagi usullarning biridan foydalaniladi:

  • mashinaning umumiy zanjiriga ulangan qo‘shimcha qutb chulg‘ami tashqi o‘zgarmas tok manbasi yordamida ulanadi (yuqori kuchlanishli mashinani sinovdan o‘tkazishda tashqi kuchlanish manbasi erga ulanadi yoki imkoni boricha erdan ishonchli ravishda izolyasiyalanadi);

  • sinalayotgan mashinaning boshqa zanjirlaridan uzilgan qo‘shimcha qutblarni ta’minlovchi tashqi o‘zgarmas tok manbasi (bu holda, qo‘shimcha qutblarning qo‘shimcha manba tokini hisoblash vaqtidagi yuklama toki va qo‘shimcha qutblarning chulg‘amidagi toki o‘rtasidagi farq sifatida qaralishi kerak);

  • tashqi tok manbalaridan ta’minot oladigan, qo‘shimcha qutblarga o‘rnatilgan vaqtinchalik chulg‘am. Bunday holatda qo‘shimcha ta’minot toki vaqtinchalik chulg‘amning tokini qo‘shimcha qutblarning chulg‘am soniga keltirish yo‘li bilan olinadi (bu usul faqat birinchi ikki usuldan foydalanish imkoniyati bo‘lmagan hollarda qo‘llanilishi maqsadga muvofiq);

  • qo‘shimcha qutblarning chulg‘amlarini shuntlash (kuchli qo‘shimcha qutbli mashinalar uchun).

Shunday qilib, sinov vaqtida qo‘shimcha qutblarning chulg‘amlari qo‘shimcha tok ±ΔI bilan ta’minlanadi, u uchqun paydo bo‘lgunga qadar asta-sekin o‘zgartiriladi. Yakor tokining turli qiymatlarida sinov o‘tkazilgandan so‘ng (Ia) mashinaning uchqunsiz ishlash yuqori va pastki chegaralarini belgilaydigan ikkita nuqtalar qatori aniqlanadi. Ta’minlash tokini o‘zgartirganda uchqunsiz ishlash oralig‘ida uchqun yo‘qolishi vujudga kelish kerak. Boshqacha aytganda, ushbu oraliqda mashinaning uchqunsiz ishlash darajasi ГОСТ 1 183 – 74* ga muvofiq 1 ga teng bo‘ladi.

Uchqunsiz ishlash oralig‘i o‘rta chizig‘i absissa o‘qidan yuqoriga qarab og‘ishi (14.2, a–rasm uzuq chiziq) qo‘shimcha qutblar chulg‘amining MYK etarli emasligini bildiradi. Uchqunsiz ishlash oralig‘i o‘rta chizig‘ining pastga og‘ishi (14.2 – rasm, b) qo‘shimcha qutb chulg‘amining MYK ko‘p ekanligini ko‘rsatadi.