Добавил:
Опубликованный материал нарушает ваши авторские права? Сообщите нам.
Вуз: Предмет: Файл:

Презентация №1

.pdf
Скачиваний:
102
Добавлен:
05.01.2021
Размер:
794.68 Кб
Скачать

Mirzo Ulug‘bek nomidagi

O‘zbekiston Milliy universiteti

Ijtimoiy fanlar fakulteti

Sotsiologiya kafedrasi

Fan: Sotsiologiya tarixi

Mavzu №1:

G‘ARB SOTSIOLOGIYASI VUJUDGA KELISHINING G‘OYAVIY-NAZARIY VA IJTIMOIYIQTISODIY ZAMINLARI

Sotsiologiya kafedrasi dotsenti: G.Jiyanmuratova

REJA:

1.Sotsiologiya tarixi fani predmeti tushunchasi

2.Sotsiologiya fani shakllanishi tarixi

3.Sotsiologiya fanining rivojlanishi omillari

Sotsiologiyaning tarixi qanday?

}Sotsiologiya tarixi – sotsiologiya fanining tarkibiy qismlaridan biri

}U sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi, shakllanishi, funksionallashuvi, rivojlanishini o‘rganadi

}Sotsiologiya tarixi – bu uning yo‘nalishlari, oqim va maktablari, soha va tarmoqlari, paradigma va modellari shakllanishi va rivojlanishinidir

Sotsiologiya tarixi fani

}ushbu fanning paydo bo‘lishi, shakllanishi, unda turli oqimlar, maktablar, yo‘nalishlar paydo bo‘lishi, o‘zgarishi, rivojlanishi va bugungi kungacha yetib kelgan mavjud nazariyalar haqida tizimli bilim berishga mo‘ljallangan

Sotsiologiya fanining bahs-munozarali mavzusi –

}uning tarixini bosqichlarga bo‘lish, davrlar chegaralarini aniqlash bilan bog‘liq masala

}Yuqori chegarasini har bir olim oxirgi davrni o‘z davri bilan hozirgi kungacha olib qaraydi

}Quyi chegarasini aniqlashda muammo mavjud

Antik davr yoki XIX asr?

}Ayrim olimlar sotsiologiyaning tarixini antik davrga, ilk jamiyat to‘g‘risidagi qarashlar shakllanishi davriga borib taqasa, boshqalar “sotsiologiya” terminini ilmiy muomalaga kiritilishi bilan bog‘laydi

E.A.Kapitonov

}Fanning tarixini antik davr bilan bog‘lab, shuningdek, O‘rta asrlar mutafakkirlarining qarashlarini sotsiologiyaning fan sifatida shakllanishiga ta'sir ko‘rsatgan manbalar sifatida qayd etilishi lozim

} Капитонов Э.А. История и теория социологии. – М., 2000. – С. 19-136.

R.Aron

}O‘zining “Sotsiologik fikrning rivojlanish bosqichlari” nomli monografiyasida Sh.L.Monteskyeni sotsiologiya fani asoschisi sifatida tan olgan.

}Арон Р. Этапы развития социологической мысли. – М., 1993. – С. 33-85.

Sotsiologiya tarixi bo‘yicha ilk ruscha darslik muallifi N.I.Kareev (1850-1931)

}Sh.L.Monteskyega «sotsiologiya xali mavjud bo‘lmagan davrdagi sotsiolog nomiga da'vogarlik huquqi»ni beradi.

}Bunga u aynan Monteske o‘zining «Qonunlar ruhi haqida» asarida (1748) tarixni qonuniyatga asoslangan jarayon sifatida olib qarash va bir qarashda tasodifiy deb hisoblangan voqyeahodisalarda umumiy sababiy bog‘liqliklarni topish g‘oyasini berganligini ta'kidlaydi.

}Shuningdek, sotsiologiyadagi «geografik determinizm» yo‘nalishining shakllanishi ham uning nomi bilan bog‘liqligini qayd etadi.

}Demak, Monteske kelajakda jamiyat to‘g‘risidagi fanni oldindan ko‘ra bilgan, lekin uning zarurligini anglab yetmagan, deyish mumkin

} Кареев Н. Введение в изучение социологии. – СПб., 1992. – С. 7.

G.D.Mitchel va K.Kalxoun

}G.D.Mitchelning hamda K.Kalxoun boshchiligidagi bir qator mualliflar jamoasining sotsiologiya tarixiga oid kitoblarida sotsiologik nazariyalar tarixi A. de Tokvillning sotsiologik qarashlari tahlili bilan boshlanadi

}Mitchell G.D. A hundred years of sociology. – New Jersey, 2009; Classical sociological theory / edited by Craig Calhoun. Wiley Blackwell, 2012.

Соседние файлы в предмете История социологии