- •1.Sotsiologik tadqiqotlarda o’lchash va uning mohiyati
- •2.O’lchashga qo’yiladigan talablar
- •3.O’lchashda shkalalar va ularning turlari
- •1.Sotsiologik tadqiqotlarda o’lchash va uning mohiyati
- •Rasm 1.1. Nomzodlarnin birinchi guruh respondentlari raqamli kontinuumidagi joylashuvi
- •Rasm 1.2. Nomzodlarnin ikkinchi guruh respondentlari raqamli kontinuumidagi joylashuvi
- •2. O’lchashga qo’yiladigan talablar
- •3.O’lchashda shkalalar va ularning turlari
- •Adabiyotlar ro’yxati
3.O’lchashda shkalalar va ularning turlari
To’liq tartiblangan shkala har bir sinfda hodisalararo tenglik munosabatlarini va “>” yoki “<” tushunchalaridagi izchillik munosabatini o’rnatadi. Tartibli nominal shkalalar ijtimoiy qarashlar bo’yicha so’rovlarda umumqo’llanishdagi shkala hisoblanadi. Ularning yordami bilan biror bir xususiyat, muammo, holat, keltirilgan xulosalar bo’yicha rozilik yoki norozilik darajasi kabilarning intensiv baholari o’lchanadi.
Shkalalardagi bunday punktlar, odatda, quyidagicha nomlanadi: “to’liq qo’shilaman”, “aytaylik roziman”, “javob berishga qiynalyapman”, “aytaylik rozimasman”, “umuman rozimasman”, “o’ylaymanki shunday”, “aytishga qiynalyapman”, “o’ylashimcha unday emas”, “aminmanki unday emas”, yoki “to’liq tasdiqlayman”, “asosan tasdiqlamayman”, “umuman tasdiqlamayman”; yoki “har doim bo’lib turadi”, “odatda bunday bo’lmaydi”, “umuman bunda bo’lmaydi”; yoki “to’liq qoniqaman”, “qoniqaman”, “qoniqmayman”, “umuman qoniqmayman”, “aniq qoniqmayman”; yoki “juda muhim”, “bu muhim”, “muhim yoki yo’qligini aytish qiyin”, “bu muhim emas”, “hyech qanday ahamiyatga ega emas” va hokazo.
Tartiblangan nominal shkalalar birmuncha murakkab konstruksiyaga ham ega (masalan, Guttman shkalasi), oddiy variantda esa ko’p o’lcham operasiyalari elementlari tarkibiga kiradi. Ushbu tipdagi shkalaning eng ko’p qo’llaniladigan ko’rinishi darajali shkaladir. Ular biror-bir obyektni kshp ahamiyatlidan boshlab kam ahamiyatliga qarab to’liq tartiblashni talab qiladi. Masalan, ijtimoiy muammolarni yechishda u yoki bu metodlarning ahamiyatini darajalash, maqsadlarning o’sib borishi uchun qo’llaniladigan u yoki bu faoliyat darajalari, qandaydir qiymatga ega muammolar darajalari va boshqalar. Respondent (yoki ekspert) ga darajalash uchun qo’yiladigan vazifalar , odatda, quyidagicha bo’ladi: “quyida sanalgan muammolar (ba’zi muammolar yechimi bo’lishi ham mumkin) ichidan O’zingiz uchun ahamiyatlisini tanlab oling, undan keyin sal ahamiyatlirog’ini tanlang, qolganlarini esa birinchidan oxiriga qadar joylashtiring”. Keyin darajalash uchun obyektlar taklif qilinadi va kerakli darajalanish tartibi ifodalanadigan o’rni ko’rsatiladi. Chap tomonda qavs ichida ko’rsatiladigan daraja – so’rov ishlari natijasi hisoblanadi. So’rov qog’ozida faqat har bir obyekt darajalarini ifodalash uchungina o’rin ajratiladi. Shuni ham hisobga olish kerakki, ma’lumotlar shkalasini ishlab chiqishda raqamlar ifodasi “teskari tartib” ga o’girilishi ham mumkin, bunda oxirgi kamroq miqdoriy ahamiyatga ega past daraja – 1 da ifodalanadi. Shunda 1, 2 ... izchillik obyekt ahamiyatini o’sib borishi bilan mutanosiblashadi.
Bundan tashqari, darajalanish uchun obyektlar soni unchalik katta bo’lishi kerak emas, aytaylik – 15 ta. Aks holda ma’lumotlar darajalanishi mustahkam bo’lmaydi. Undan tashqari, istalgan variantda birinchi va oxirgi darajalar ko’proq qat’iylikka ega, o’rtadagi zona esa qoida bo’yicha kamroq ahamiyatlidir. Shuning uchun ham ma’lumotlarni darajalashda ishonchlilikning ortib borishi uchun tajriba guruhlaridan bir qismini qayta so’roq qilishga urinish, ulardan ahamiyati kamroqlarini bitta darajaga birlashtirish lozim bo’ladi. Ikkinchi o’lchovdan keyin darajalarda siljish ro’y beradi: 1-2, 3-5, 6-10, 11-13 va 14-15. Boshqacha qilib aytganda ularning ko’pchiligi, masalan, ushbu obyektda dastlab 6-daraja deb berilgani ikkinchi o’lchovda 7-, 8-, 9- yoki hatto 10-daraja deb ifodalangan. Ma’lumotlar tahlili jarayonida darajalash instruksiyasini o’zgartirmagan holda 15 darajali shkalani 5 darajali shkalaga aylantirish ishonchlilik va qat’iylikni ta’minlaydi.
Darajalash natijalaridagi qat’iylik bosqichini baholash bu – shkala ishonchliligini oshirish usulidir. So’roq qilinayotganlar amin bo’lmagan obyektlar bizningcha, ular uchun past subyektiv ahamiyatga ega. Ba’zida soni 15 dan ortiq bo’lgan obyektlarni darajalash hollari ham uchraydi. Bunday hollarda ham darajalarni birlashtirish qat’iylikni oshirishga yordam beradi, lekin shu bilan birga shkalalar ta’sirchanligini keskin kamaytiradi.
Faraz qiling, bizda psixologik jihatdan deyarli ochilmagan vazifani darajalashda qatnashish uchun 25 nomzod bor. Unda ommaviy so’rovda (saylovchi oddiygina “ha-yo’q” tarzida ovoz beradi) saylash jarayonida quyidagi vazifalar beriladi: “Sanalgan nomzodlardan Sizni ko’proq qoniqtirganini tanlang. Hyech bir qatorni tushirib qoldirmang. Sizni qoniqtirgan nomzodni doiraga oling” (10-sxema). A va Ye obyektlari bir xil ovozga ega bo’lgan bo’lsa, ular bitta darajada ifodalanadi. Bunday darajalash natijalari nisbatan qat’iyroq ekani isbotlangan.
Raqamlar operasiyasi. Shkalalardagi intervallar teng bo’lmaydi, shuning uchun ham raqamlar faqatgina belgalar davomiyligini anglatadi. Raqamlar operasiyasi har bir punktdagi xususiyatlarning miqdoriy ifodasi operasiyasi emas, balki darajalar opersiyasidir. 1. Raqam monoton ko’rinishga ega – uni avvalgi tartibni saqlagan holda boshqasi bilan almashtirish mumkin (aynan shuning uchun ham ushbu shkala tipi tartibli shkala deb nomlangan). 1 dan 5 gacha bo’lgan darajalashni 2 da 10 gacha yoki (-1) dan (+1) gacha qatorda tartiblash mumkin. Darajalararo munosabat esa o’zgarmasdan qolaveradi. 2. Tartiblangan nominal shkala qatori bo’yicha umumiy baholash – u yoki bu xususiyatni turli indikatorlar to’plami bo’yicha o’lchashning yaxshi usulidir. Laykert tomonidan taklif qilingan bunday umumlashtirish “kafeteriy” (“kafeteriy” bu – xuddi umumiy tushlik hisobiga kiruvchi menyudagi taomlar majmui) deb nom olgan. 3. Tartibli shkaladan olingan material bilan ishlashda modal ko’rsatkichlardan foydalanish mumkin, unda mediana (Me) yordami bilan o’rta tendensiyalar izlanadi, u darajalash qatorini teng ikkiga bo’ladi. 4. Bu tipdagi shkalalar uchun kuchli ko’rsatkich – darajalar korrelyasiyasidir. Darajalar korrelyasiyasi tartibli nominal shkalada o’lchangan ikkita belgilar qatorida funksional aloqalar bor yoki yo’qligini ko’rsatadi.
