Скачиваний:
74
Добавлен:
17.12.2022
Размер:
46.29 Кб
Скачать

8-mavzu: Sotsiologik ma’lumotlarni o’lchashning metodologik muammolari

Reja:

1.Sotsiologik tadqiqotlarda o’lchash va uning mohiyati

2.O’lchashga qo’yiladigan talablar

3.O’lchashda shkalalar va ularning turlari

Tayanch iboralar: O’lchash, kvantifikasiya, shkala, juftli taqqoslash, nominal shkala, tartibli shkala, intervalli shkalla, metrik shkala, Gipotezani ilgari surish va uning rivojlanish bosqichlari, tasviriy gipotezalar, tushuntiruvchi gipotezalar, sotsial eksperiment.

1.Sotsiologik tadqiqotlarda o’lchash va uning mohiyati

Sotsiologik tafqiqotning qanchalik muvaffaqiyatli bo’lishi olingan ma’lumotlarni o’lchash muammosi qay darajada xal qilinganiga bog’liq. Mazkur masalaga yetarlicha e’tibor qaratmaslik bir qator yangi muammolarni keltirib chiqaradi.

Tadqiqotchini qiziqtiruvchi real empirik obyektlar va ular o’rtasida kuzatilgan munosabatlarni empirik tizim (ET) yoki munosabatli empirik tizim (MET) deya nomlanadi.

Matematik obyektlar birligi va ular o’rtasidagi munosabat matematik tizim (MT) yoki munosabatli matematik tizim (MMT) deya nomlanadi.

O’lchash har doim modellashtirishni taqazo etadi. U ikki bosqichda o’tadi. birinchi, empirik tizim tuzib chiqiladi, so’ng esa mazkur tizimning matematik modeli hosil qilinadi. Ushbu modellashtirishdan ko’zlangan asosiy maqsad sotsiologik masalalarni matematik yo’l bilan xal qilish.

Shkala o’rganilayotgan obyektning har biriga o’lchash jarayonida mos keladigan son yoki matematik konstrukt qo’yish qonunidir. Shunday konstrukt obyektni o’lchash natijasi yoki uning shkala ko’rsatkichi deya nomlanadi. Ba’zan shkala deb, empirik tizimda o’rganilayotgan obyektlar shkala ko’rsatkichlari nazarda tutiladi. Shkala ko’rsatkichlarini olish jarayoni esa shkalalash deb nomlanadi.

Sotsiologik tadqiqotlarda ko’p holda nominal, tartibli va intervalli shkalalar ishlatiladi.

Misol uchun respondent kasbini biror raqam bilan belgilaymiz. Ikki respondentning bir xil raqamni belgilashi ularning bir kasb vakili ekanidan dalolat beradi. Aks holatda turli xil bo’ladi. Bu yerda 3 < 5 kabi amal ahamiyatga ega emas va ma’nosiz. Chunki ular hyech qanday reallikni ifodalamaydi. Mazkur shkala nominal shkaladir.

Agarda respondentga 1 dan 5 gacha raqam tanlash imkoni berilib, «Siz o’z ishingizdan qoniqasizmi?» qabilidagi savol qo’yilsa, (javoblar «to’liq qoniqmayman» dan «butkul qoniqaman» gacha 1 dan 5 raqamigacha kodlangan bo’ladi) biz javoblarni taqqoslab, tenglik va tengsizlik borasida ma’lumot olamiz. Bir respondent 3, ikkinchisi 5 raqamlarini tanlashsa, birinchisi ikkinchisiga qaraganda ishidan kamroq qoniqishi aniqlanadi. Bu tartibli shkalaga misol bo’ladi. Mazkur holatda u tenglik va tartib munosabatlarini qamrab oladi.

Intervalli shkala beradigan ma’lumot ko’lami boyroq bo’ladi. U shklalanayotgan obyektlar o’rtasidagi masofa tartibini ham ifodalab beradi.

Misol uchun talabalarning o’qishga bo’lgan munosabatini o’lchash natijasida A, B, V va G respondentlarga 1, 2, 3 va 8 raqami mos tushdi. Agar tartibli shkala qo’llanganida respondent A ning o’qishga munosabati eng yomonligini aniqlardik. Interval shkala vositasida esa qo’shimcha va to’liqroq ma’lumot olish mumkin. Misol uchun A va B respndentlarining o’qishga bo’lgan munosabatidagi farq V va G respondentlariga qaraganda kamroq. Bu kabi ma’lumotlar o’ta muhim.

Interval shkalalar odatda yosh va oylik maosh kabi masalalarga oydinlik kiritishda ishlatiladi. 5-4h2-1 yoki 8 - 3 > 3 – 2 kabi ifodalar mazkur shkalaga xos. Munosabatli empirik tizim bu holatda obyekt va ular o’rtasidagi masofaning tenglik va tartib munosabatini ifodalaydi.

Interval shkalalar yuqori turdagi, miqdoriy yoki sonli shkala nomi bilan yuritiladi. Nominal va tartibli shkalalar esa past turdagi, sifatiy yoki sonsiz shkala nomini olgan.

Alomat (priznak) tushunchasi respondentning jinsi, yoshi, ishdan qoniqishi kabilarni o’z ichiga olsa, uning mohiyati erkak, 25 yoshli, ishidan butkul qoniqmaydi tarzida namoyon bo’ladi.

Anketada aniq bir savol orqali aniqlab bo’lmaydigan o’zgaruvchini yashirin deya nomlashadi. Aks holatda kuzatilayotgan va oshkor o’zgaruvchi nazarda tutiladi. Kuzatilayotgan o’zgaruvchi haqida ma’lumot olish jarayoni bevosita (to’g’ridan-to’g’ri) o’lchash deyiladi.

Latent o’zgaruvchilarni o’lchash esa bilvosita (chetdan) amalga oshiriladi. Misol uchun ma’lumotlarni adekvat tushuntirishga moyil bo’lgan kuzatilayotganlar vositasida.

Latent o’zgaruvchi deganda mazkur qo’llanishda qay usulda o’lchash va mohiyati anglanmagan holatlar tushuniladi. Tadqiqotchi respondent berayotgan javoblar bir yoki bir nechta o’zgaruvchi ta’sirida amalga oshayotganini faqat taxmin qilishi mumkin. Lekin ularni aniq nomlay olmaydi. Uning latentligi esa o’lchanishi ma’lumotlarni yi-ish jarayonida emas, balki ma’lum birlamchi ma’lumotlar tahlili paytida amalga oshirilishidadir.

Bizni faqatgina tenglik va tengsizlikning empirik munosabati qiziqtirsa, misol uchun kasblarni belgilashda qaysi kasbga qanday raqam qo’yilishi ahamiyatsiz. Asosiysi bir xil qasb vakillariga bir xil raqam mos tushishi. Mobodo raqamlar orqali ma’lum tartibning empirik munosabatini ifodalamoqchi bo’lsak, bu yerda ikkinchi qatordagi raqamlar to’plami birinchisidagi 1, 2, 3, 4, 5 ga muvofiq kelmaydi. Chunki ular turli to’plamlarni anglatadi.

Maqsadli (ustanovochnыye) va baholovchi (osenochnыye) shkalalar

Maqsadli shkalalarda raqamlar bilan respondentlar baholovchi obyektlar emas, balki ularning o’zi belgilanadi. Misol uchun respondentning yoshini aniqlash maqsad qilib olingan bo’lishi mumkin.

javoblardagi 3 < 5 kabi munosabat respondentlarning ishga bo’lgan munosabatidagi emosional holatini aniqlab bermaydi. Javoblar ishchining milliy, madaniy o’ziga xosligi va anketa savollarini qabul qilishi bilan izohlanishi mumkin.

Baholovchi shkalalarda esa raqamlar respondentlarga emas, ma’lum obyektlarga qo’yiladi. Misol uchun fikrlar, qadriyatlar, muammolar va shu kabilar. Baholovchi shkalalarni ham doim korrekt usulda hosil qilinmaydi. Misol uchun respondentlarni tashvishlantiruvchi iqtisodiy muammoni aniqlash uchun mazkur savolni turli shaklda anketada bir necha bor berib, bir-biriga qarama-qarshi javoblar olishgan.

Baholovchi shkalaga yana bir misol. Saylanishga da’vogar to’rt shaxsning reytingini anqlash kerak. Ularni shartli ravishda Ye, J, 3, Ya harflari bilan belgilaymiz. Nomod Ye ga respondentlar 4, 3, 1, ..., 4 rqamlarini qo’yishgan. Mazkur nomodning reyting ko’rsatkichi VE , ya’ni umumiy javoblarning o’racha arifmetik qiymatiga teng:

Mos ravishda,

Va shu kabi.

Mazkur yondashuv nokorrekt hisoblanadi. Misol uchun bir guruh respondentlar nomod Ye saylanmasligi kerak deb o’ylashadi. J, 3, Ya, nomodlarini esa bir xil munosib ko’rishadi. Bu vaziyatda ular o’ta qiyinchilik bilan javob berib, javoblari u qadar to’-ri hisoblanmaydi.

Соседние файлы в папке 8-mavzu