- •1.Sotsiologik tadqiqotlarda o’lchash va uning mohiyati
- •2.O’lchashga qo’yiladigan talablar
- •3.O’lchashda shkalalar va ularning turlari
- •1.Sotsiologik tadqiqotlarda o’lchash va uning mohiyati
- •Rasm 1.1. Nomzodlarnin birinchi guruh respondentlari raqamli kontinuumidagi joylashuvi
- •Rasm 1.2. Nomzodlarnin ikkinchi guruh respondentlari raqamli kontinuumidagi joylashuvi
- •2. O’lchashga qo’yiladigan talablar
- •3.O’lchashda shkalalar va ularning turlari
- •Adabiyotlar ro’yxati
Rasm 1.1. Nomzodlarnin birinchi guruh respondentlari raqamli kontinuumidagi joylashuvi
Boshqa guruh respondentlar esa nomzod Z yutib chiqishi tarafdorlari va boshqalarini bunga noloyiq bilishadi. Ular ham garchi qiyin bo’lsada, brcha nomzodlarni baholashga majburdirlar.
Rasm 1.2. Nomzodlarnin ikkinchi guruh respondentlari raqamli kontinuumidagi joylashuvi
Birinchi guruh uchun Ya va J 2 va 3, ikkinchisi uchun esa 3 va 2 raqami bo’lishini aniqlash qiyin emas. Ammo bu ma’lumotlar haqiqatdan ancha yiroq. Chunki tadqiqot davomida xatolikka yo’l qo’yildi. Nomzodlarni raqam bilan baholash to’-ri emas edi. Bu bilan biz respondentni xato javob berishga majbur qildik.
2. O’lchashga qo’yiladigan talablar
Bir o’lchamli shkalalash usuli haqida gap borar ekan asosan bir o’lchamli latent o’zgaruvchilarning o’zgarishi nazarda tutiladi.
Bir o’lchamli shkalalash maqsadi
1) Latent o’zgaruvchi ko’rsatkichlarini respondent fikri adekvatligi va ko’p sonli respondentlar javob bera olishi uchun shkalalash usulining qiyin bo’lmasligi talabini qodirgan holda olish.
2) Yetarlicha yuqori darajadagi o’lchashni amalga oshirishni ta’minlash. Natijada shkala ko’rsatkichlariga odatiy «sonli» usullarni qo’llash mumkin bo’ladi. Bu esa statistik bo-liqliklarni aniqlab beradi (odatda intervalli shkaladan foydalanishadi).
Terstoun nomi bilan bir o’lchamli shkalalashning ikki usuli bog’liq. Uning usullaridagi modellarni qabul qilish jihatiga e’tibor berish kerak.
Psixofizik o’zgarishlar sotsiologik shkalalash turtkisi sifatida
Terstoun subyektiv shkalalar yaratish uchun psixofizik izlanishlar olib borgan va aynan shu shaxslar maqsadiva ko’nikmalarini aniqlashga qaratilshgan shkalani yaratishida ko’maklashgan. Uning shkalasiga ko’ra, respondent keltirilgan fikr va mulohazalarga qo’shilgan yoki ularni rad etgan. Baholovchi shkala tuzishga mo’ljallangan juftli taqqoslash usulida respondent juf qilib berilgan obyektlardan qaysi birini afzal ko’rsa, belgilaydi.
Terstounning ma’lum obyektlarga respondentning munosabatini o’lchash shkalasi (izmereniya ustanovki)
Shkalani tuzish bosqichlari
Fikr va mulohazalarni hosil qilish
Shkalani tuzish ko’plab fikr va mulohazalarni hosil qilishdan boshlanadi. Ularga respondentning qo’shilishi yoki rad etishi uning ustanovkasini belgilaydi. Shuning uchun bahoovchi shkala tuzilib, keltirilgan fikrlar baholash obyekti hisoblanadi. Fikrlar tadqiqotchining hayotiy tajribasi va orttirgan bilimlari, potensial respondentlar bilan suhbati natijasidir. Ularning soni yuztadan ortishi mumkin. Keltiriladigan fikrlar orasida o’rganilayotgan muammoga tegishli bo’lmaganlari bo’lmasligi kerak. Shuningdek, ular aniq va barchaga tushunarli tarzda bayon etilishi lozim. Fikrlar xilma-xil bo’lib, har bir respondent ular orasidan o’zi qo’shiladiganini topa olishi kerak. Ular salbiy, neytral va ijobiy tusda bo’lishi darkor. Fikrlarni joylashtirish ketma-ketligi ham muhim ahamiyatga ega. Bunda adekvat yondashuv talab etiladi. Albatta psixologik faktor e’tiborga olinishi kerak.
Birinchidan, tadqiqotchi va respondent fikri bir-biriga doim ham muvofiq kelmaydi. Bizga esa eng avvalo respondentlarning fikri muhim.
Talabalarning o’qishga bo’lgan munosabatini aniqlash maqsadida mazkur shkala ishlatilgan. Fikrlar orasida «Men bitta ham ma’ruzani qoldirmay darsga kelaman» degani bor edi. Tadqiqotchilar mazkur fikr ijobiy tusga ega bo’lib, talabaning o’qishga yuqori ishtiyohini bildirishiga ishonishgan. Ammo ko’pchilik talabalar uga qo’shilishmagan. Bunga asosiy sabab talabalar ba’zi domlalarini yetarli darajada bilimli debbilishmagan va ularning darsiga borgandan ko’ra kutubxonada vaqtni o’tkazish samaraliroq bo’lgan.
Ikkinchidan, bitta vaziyatni xatto chuqur o’rgangan insonning fikri ham doim tugal bo’lolmaydi.
Mazkur holatlarni e’tiborga olgan holda Terstoun talab e’tiladigan baholashni mahsus ekspert so’rovi o’tkazilgach amalga oshirishni taklif qilgan.
Ekspert so’rovi. Ekspertlar guruhi o’rganilishi kerak bo’lgan respondentlarni yaxshi bilishi kerak. Ular berilgan ko’plab fikrlar orasidan haqiqatga yaqini va tanlanishi mumkin bo’lganlarini aniqlashadi. Misol uchun talabalarni o’rganish talab etilsa, ekspertlar sifatida yoshlar bilan ishlovchi markaz xodimlarini tanlash mumkin.
Tadqiqotchi ekspertlarning har biriga turli fikrlar bitilgan qo-oz kartochkalar beradi. Ekspertlar ularni 11 yacheykaga joylashtirishi kerak. Birinchi yacheykaga tanlanish ehtimoli yuqori bo’lgan fikrlar solinadi. O’n birinchisiga esa eng kam ovoz oladiganlari qo’yiladi. Oltinchi yacheykadagi fikrlar neytral xaraktergaega bo’ladi.
Respondetlar so’rovi va shkala ko’rsatkichlarini yozish. Ekspert so’rovi natijasida fikrlarni son o’qida joylashtirib olinadi. Bu har bir respondentga keltirilgan fikrlar orasidan o’ziga mosini tanlash imkonini yaratadi. Ajratib olingan fikrlar asosiy respondentlar guruhidan so’rov o’tkazish uchun mo’ljallangan anketaga kiritiladi. Ular so’rovnomada baholanish tartibi aralashtirilgan holatda beriladi. Chunki respondent qaysi fikr boshqalar tomonidan muhim deb topilganini bilmasligi kerak. Aks holda javoblar xolisona berilmaydi. So’rov o’tkaziladi.
So’nggi bosqich odatda EHM vositasida amalga oshiriladi. har bir respondent uchun o’rtacha ko’rsatkich (mediana) topiladi. Bu uning o’rganilayotgan masalaga bo’lgan munosabatini ko’rsatuvchi natija bo’ladi.
Oddiy nominal shkala: Nominal shkala barcha shkala amaliyotlari (tajribalari) uchun vositachi bo’lib xizmat qiladi. U bir sinfga mansub bo’lgan hodisalar o’rtasidagi tenglik munosabatini o’rganadi. Shkala punktlari esa – xususiyatlar tasnifining sifat darajalaridir. Masalan, (A) maxsus tayyorgarlikni talab qilmaydigan qo’l mehnati bilan shug’ullanuvchi ishchilar; (V) yuqori kvalifikasiyali qo’l mehnati bilan shug’ullanuvchi ishchilar; (S) o’rta kvalifikasiyali mexanizasiyalashgan uskunalar bilan ishlovchi ishchilar; (D) yuqori kvalifikasiyali mexanizasiyalashgan mehnat ishchilari; (Ye) sozlash mahoratiga (ko’nikmasiga) ega bo’lmagan avtomatchiklar; (F) pultchi – ustalar. Bu shkalada har bir punktda mayda empirik integrasiya (sharh) beriladi. Ba’zi tartiblar intuitiv (sezgi bilan) aniqlanadi: ishchilar guruhi mehnat mexanizasiyasining ko’tarilib borishi va kvalifikasiyaning o’sish o’lchami bilan sanaladi. Lekin intuisiya – bu isbot degani emas. Bunday holatlarda shkala tartiblangan hisoblanmaydi.
Bunga yanada aniqroq misol keltiramiz: Ishdan bo’shatish motivi bilan guruhlashtirish: (a) ish haqidan qoniqmaslik; (v) noqulay navbatchilik sharoiti; (s) yomon gigiyenik mehnat sharoiti; (d) qiziq bo’lmagan ish (yoki shu ishga qiziqmaslik) va hokazo. Ushbu punktlarni tartiblash mumkin emas: ular kontinuumda joylashmaydi. Nominal tartiblanmagan shkalaning simvolik (ramziy) ifodasi quyidagicha bo’ladi: (A)^(V)^(S)^...^(K), ^ belgisi diz’yunksiya (yoki u – yoki bu) ni anglatadi. Nominal shkala uchun raqamlar operasiyasi quyidagilardan iborat:
Prosentlash yoki tabiiy birliklar yordamida shkala punktlari bo’yicha chastotalar qismlarini o’rnatish. Har bir guruh raqamlarini va bu raqamlarning umumiy kategoriyadagi bo’limlari (chastotalari) ni hisoblab chiqish qiyin emas.
Modal chastota bo’yicha o’rtacha tendensiyani izlash. Modal chastota (Mo) deb katta bo’lmagan raqamli guruh nomlanadi.
Ushbu (1) va (2) operasiyalar miqdor ko’rsatkichlarining ijtimoiy xarakteristikasini taqsimlash imkonini beradi. Uning o’sish darajasi diagrammalarda ifodalanadi (6-rasm, A-modal guruh). Har uchchala holatda ham tadqiqotning umumiy raqamlari uchun 100% qabul qilingan.
3. Miqdoriy tahlilning eng kuchli usuli tartibsiz bog’liqlikni o’rnatishdir. To’qnash jadvallar xuddi mana shu maqsadda tuziladi (8-sxema).
Oddiy foizlashtirishdagi to’qnash tasniflash jadvallarida, Pirsona fikriga asosan, belgilarning tutashish kriteriyalarini hisoblab chiqish mumkin: x-kvadrat – qiyosiy xarakteristikalar o’rtasida o’zaro bog’liqlik bor yoki yo’qligi, ya’ni miqdoriy tasnif haqidagi xulosaning oddiy ko’rsatkichi.
Agar x-kvadrat tartibsiz nominal shkala bilan ishlashda turli xil koeffisentlardan foydalanishda o’z o’rniga egaligini ko’rsatsa, Chuprov koeffisenti (T-koeffisent) bu jadvalda bog’liqlik kuchini aniqlash imkonini beradi. S.V.Chesnokov tomonidan taklif qilingan nominal shkalada ifodalangan ma’lumotni natijaning “tabiiy” tilidan foydalangan holda tahlil qilish metodi ham birmuncha qiziqarli metodlardan hisoblanadi.
Qisman tartiblangan shkala: Ushbu shkala har bir sinfdagi hodisalararo tenglik munosabatlari va bir necha, lekin barcha sinflarda bo’lmagan “>” yoki “<” terminlari munosabatlarini aniqlashtirishga hizmat qiladi. Undan, odatda, to’liq tartiblangan shkalalarni qayta ishlashda oraliq bosqich sifatida foydalaniladi. Lekin ba’zida qatorni to’liq tartiblab bo’lmaydi.
Yuqorida keltirilgan mehnatning funksional tarkibi bo’yicha guruhlaridan (A), (D), (Ye) va (F) pozisiyalarini olamiz. Bunda tasdiqlashimiz mumkinki, ikkala parametr (mexanizasiya va kvalifikasiya parametrlari) o’lchanganda (A) pozisiyasi (F) pozisiyasidan past. Birinchi holatda ikkala parametr past darajaga ega, ikkinchisida esa yuqori. (K) pozisiyasi (A) pozisiyasiga qaraganda aniq yuqori, (F) pozisiyasida esa past. (Ye) pozisiyasi (A) va (F) lar bilan bir xil munosabatda. Lekin (D) va (Ye) pozisiyalari o’rtasidagi munosabatni aniqlash qiyin. Chunki buning uchun mexanizasiya darajasini kvalifikasiya darajasi bilan kerak bo’lib, buni maxsus tadqiqotlarsiz amalga oshirish mumkin emas. Bunday bog’liqlik figuralarda tasvirlanadi.
Bu yerda birlashtiruvchi chiziqlar darajalar qiyosini anglatadi va ularning o’zaro aloqalarini ko’rsatadi, (D) ... (Ye) o’rtasida bog’liqlikning yo’qligi pozisiyalar qiyoslanmaganligidan darak beradi. Ushbu shkaladagi raqamlar opnrasiyasi quyidagicha bo’ladi: 1. Barcha operasiyalar tartibsiz nominal shkala uchun yo’naltiriladi. 2. Qatordagi to’liq tartiblangan chiziqlarning har biriga nomlarning to’liq tartiblangan shkalasi deb qarash mumkin. Ushbu chiziqlardan olingan ma’lumotlar modal guruhlar yoki darajalar korrelyasiyasi bo’yicha bir turdagi ko’rsatkichlarda qiyoslanadi.
Qisman tartibli shkaladagi buzilishlar kontinual tasnifdagi belgilar qat’iy ifodalanmagan yoki ikkala kontinuumda baravar ishlatilganligidan dalolat beradi. Biz keltirgan misoldagi mehnat tarkibi guruhlarini to’liq tartibli shkalaga o’tkazish mumkin. Lekin amalda shkalaning bunday ko’rinishi kam ishlatiladi.
