- •4-BOB. TO‘LOV BALANSINING IQTISODIY TAHLILI
- •1. To‘lov balansining tarkibiy tuzilishi
- ••1. To‘lov balansi – bu mamlakatning xorijiy sheriklari bilan xalqaro iqtisodiy munosabatlarini aks
- •• To‘lov balansini tuzishda amal qilinadigan asosiy qoida – ikki marta yozish tizimini
- •Real va moliyaviy operatsiyalar. To‘lov balansi real va moliyaviy oqimlardan tarkib topgan. Real
- •2. Importni tahlil qilish
- •Import hajmi haqiqiy daromad yoki haqiqiy ichki xarajatlar oshganda o‘sishi mumkin. Narxlarning raqobatbardoshlik
- •Importga bo‘lgan talabga daromad va nisbiy narxlardan tashqari boshqa omillar ham ta’sir ko‘rsatishi
- •• Miqdoriy chegarali va import takliflarining yuqori bo‘lishi importga bo‘lgan talabni cheklaydi. Prognozlashtirishda
- •3. Eksportning tahlil qilish
- •Eksport taklifining empirik formulasi quyidagi soddalashtirilgan tenglamaga asoslangan bo‘lishi mumkin;
- •Nisbiy narxning o‘zgarish almashish kurslari, eksport soliqlari yoki subsidiyalar va ichki zararlarga ta’sir
- •Eksportga bo‘lgan talab funksiyasini quyidagicha yozish mumkin:
- •YUqorida keltirilgan tenglamada shu narsa ko‘rinib turibdiki, eksportga bo‘lgan talab qisman o‘sha davlat
- •E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
3. Eksportning tahlil qilish
1.
U yoki bu davlatning eksport hajmi o‘sha davlatda ishlab chiqariladigan tovarlarning chet elga etkazib berish qobiliyati, ya’ni eksportni taklif qilishga, shuningdek, chet elliklarning shu tovarni sotib olishga bo‘lgan ishtiyoqi, eksportga bo‘lgan talabiga bog‘liq.
Umuman, olganda tahlilni 2 bosqichga bo‘lish mumkin:
1.Davlat ichida ishlab chiqarishni aniqlovchi omillar tahlili;
2.Ishlab chiqarishning umumiy hajmi eksportga ketishini aniqlash.
Eksport taklifining empirik formulasi quyidagi soddalashtirilgan tenglamaga asoslangan bo‘lishi mumkin;
X |
f Px |
, Yp , GAP |
|
|
|
|
|
|
Py |
|
|
Px |
|
|
(4.5.1)
(+) (+) (-)
Bu erda:
X – eksportning milliy valyutadagi qiymati; Rx – eksportning milliy valyutadagi narxi; Py – milliy valyutadagi ichki narxlar;
Yp – eksport sektorining ishlab chiqarish quvvati; GAP – qondirilgan ichki talab.
Nisbiy narxning o‘zgarish almashish kurslari, eksport soliqlari yoki subsidiyalar va ichki zararlarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Almashish kursining pasayishi eksport narxining milliy valyutadagi qiymatlari o‘sishiga olib keladi va buning natijasida mahsulotni davlat ichkarisida sotilgan qiymatga nisbatan eksport foydaliligi o‘sadi. SHuningdek, eksport subsidiyalari ham ayni ta’sirini ko‘rsatadi.
Eksportga bo‘lgan talab funksiyasini quyidagicha yozish mumkin:
x |
WD |
, |
Px |
||
|
f |
|
|
||
Px |
Pw |
||||
|
|
Pn |
,
(4.5.2)
Bu erda:
X – eksportning milliy valyutadagi narxi;
WD – milliy valyutada ifodalangan jahon talabi; Rx – eksportning milliy valyutadagi narxi;
Pw – milliy valyutadagi jahon narxlari;
Pn – milliy valyutada ifodalangan eksport raqobatlari va import o‘rnini bosuvchi talablar narxi.
YUqorida keltirilgan tenglamada shu narsa ko‘rinib turibdiki, eksportga bo‘lgan talab qisman o‘sha davlat mahsulotiga bo‘lgan jahon talabi bilan aniqlanadi. SHuningdek, bu o‘sha davlat eksport mahsulotining qay darajada sotilishi va o‘sha bozordagi raqobatchilarning eksport narxining o‘rtacha tortilganligi o‘rtasidagi nisbatga ham bog‘liq.