Добавил:
mkk-1978@mail.ru Доктор экономических наук, профессор кафедры Экономической теории национального университета Республики Узбекистан им. М.Улугбека Опубликованный материал нарушает ваши авторские права? Сообщите нам.
Вуз: Предмет: Файл:
3-mavzu.ppt
Скачиваний:
627
Добавлен:
01.01.2021
Размер:
4.92 Mб
Скачать

3-BOB. REAL SEKTORNING MAKROIQTISODIY TAHLILI

Re`ja

1. Real sektorning tarkibiy tuzilishi va ularning o‘zaro bog‘liqliklari

2. Real sektorning makroiqtisodiy tahlili

3. Mamlakatlarda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni

hisoblashning o‘ziga xos muammolari.

3.1. Real sektorning tarkibiy tuzilishi va ularning o‘zaro bog‘liqliklari

Milliy daromadni hisoblash tamoyillari makroiqtisodiy tahlilda asosiy rolni o‘ynovchi va shuning uchun alohida e’tiborga loyiq bo‘lgan muhim o‘zaro bog‘liqliklarning ikkita turini aniqlash imkonini beradi.

Bu fundamental o‘zaro bog‘liqliklar YAIMning

umumiy xarajatlar darajasi bilan o‘zaro nisbatini aks ettiruvchi ayniyatdan kelib chiqadi.

O‘zaro bog‘liqliklarning birinchi turi umumiy daromadlar va xarajatlar bilan joriy operatsiyalar tashqi hisobvarag‘i saldosi o‘rtasidagi nisbatni, ikkinchi turi esa jamg‘armalar va investitsiyalarning umumiy hajmi bilan joriy operatsiyalar tashqi hisobvarag‘i saldosi o‘rtasidagi nisbatni aks ettiradi.

 

 

 

va

Ushbu

kattalik

tovarlar

xizmatlar eksportining hajmi –

tovarlar

va

xizmatlar

importining hajmi + chet eldan sof faktoriy daromad + chet eldan sof joriy transfertlar sifatida aniqlanadi.

Milliy hisobvaraqlar bilan to‘lov balansi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklarning birinchi majmuini YAIM, YAMD va TYAMD (GDP, GNI va GNDI)ni aniqlovchi bazaviy ayniyatlardan chiqarish mumkin. Quyida umumiy daromad va talab bilan joriy operatsiyalar hisobvarag‘i saldosi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ko‘rib chiqamiz.

Daromadlar va xarajatlarning asosiy umumiy ko‘rsatkichlari.

3.2.Real sektorning makroiqtisodiy tahlili

Mamlakat iqtisodiyotining holati va rivojlanishini iqtisodiyotni hamda uning eng muhim sektorlari va sohalarini

tavsiflovchi ko‘rsatkichlar muayyan doirasidan foydalangan holda baholash va tahlil qilish mumkin. Bu, birinchi galda, MHT makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari - YAIM, YAMD, MD, TYAMD, shuningdek, umumlashtiruvchi xususiyatga ega bo‘lgan, asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar deb nomlanuvchi boshqa muhim indikatorlardir.

Bunday ko‘rsatkichlar jumlasiga quyidagilar kiradi:

YAIMning joriy narxlar bo‘yicha milliy valyutadagi hajmlari va hajmlarining indekslari;

• asosiy xarajatlar bo‘yicha YAIM tarkibi;

• YAIMning muayyan yil narxlaridagi hajmlari va hajmlarining indekslari;

• real YAIM miqdori va dinamikasi;

• iqtisodiyot asosiy tarmoqlari va sektorlarining agregatga doir etakchi ko‘rsatkichlari, xususan sanoat ishlab chiqarishi yoki ishlov beruvchi sanoat mahsuloti sotuvlarining hajmlari va hajmlarining indekslari;

• ishsizlik darajasining standart ko‘rsatkichlari;