
Urologiya
.pdfmikroorganizmlarning (proteyalar, ko‘k yiring tayoqchasi) hayot faoliyati natijasida hosil bo‘ladi, ular glyukozani gazga va kislotaga parchalaydi.
Bolalarda, ayniqsa, kichik yoshdagilarda ichaklarni tekshirishga tayyorlashda ma’lum bir qiyinchiliklar kelib chiqadi. Ko‘p klinitsistlar tekshirishdan ikki kun oldin bolalarni go‘shtli shurva, baliq va mevali sharbatlar bilan ovqatlantirishni tavsiya etadilar. Bir kun oldin surgi dorilar tayinlanadi. Kechqurun uxlash oldidan tozalovchi huqna qilinadi, bola 5% li 40 ml glyukoza eritmasida suyultirilgan natriy fosfat qabul qiladi. Tekshirish kuni ertalab bemorga
qovurilgan oq non va go‘sht beriladi va yana huqna qilinadi.
Bir yoshgacha bo‘lgan bolalarni tekshirishdan bir kun oldin 1 ch/qoshiq kanakunjut moyi buyuriladi. Moyni qabul qilgandan 2 soat keyin va tekshirishdan 2 soat oldin ikki marta tozalovchi xuqna tayinlansa yaxshi natijaga erishiladi. Bir yoshdan katta bolalarga tarkibida kletchatkalar va uglevodlar cheklangan parhez taom, karbolen 0,5g dan sutkada 3 marta tayinlash tavsiya etiladi. Keyingi sutkalarda xuddi bir yoshgacha bo‘lgan bolalarni tayyorlagan sxemada tayyorlash o‘tkaziladi. Shuningdek, 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar 3 kun mobaynida sut, qora non, sabzavotlar, shirinlik va gaz hosil qiluvchi boshqa mahsulotlar iste’mol qilmasligi kerak. Karbolen (0,5g dan sutkasiga 3–4 marta) va valerian ekstrakti tayinlanadi. Bir kun oldin kechqurin va ertalab tekshirishdan 2 soat oldin
tozalovchi xuqna qilinadi.
Ma’lumki, siydik ajratish a’zolari tizimini rentgenologik tekshirishlarga tayyorlashning sifati faqat biror usulni qo‘llashga emas, balki ichaklarning funksional holatiga va bolaning yoshiga ham bog‘liq. Kichik yoshdagi guruh bolalarni tayyorlash ayniqsa qiyin. Parhez taomlarni cheklash, tez–tez qioinadigan tozalovchi huqna va boshqalar bolaning qat’iy qarshilik ko‘rsatishiga, yig‘lashi,
baqirishiga sabab bo‘ladi, bular ko‘p sonda ichiga xavoni yutishi bilan
kuzatiladi.
Ayrim hollarda juda hayajonli bolalarda tekshirishni yuzaki narkoz ostida o‘tkazish maqsadga muvofiqdir (bolalarga ertalab ovqat berilmaydi, tekshirishdan
45daq. oldin unga pantopon va atropin eritmasi yuboriladi).
71
Narkoz berish mumkin bo‘lmaganda, tekshirish kuni ertalab “ochlik” gazi hosil bo‘lishidan qutulish uchun yengil nonushta beriladi. Tekshirishdan 1soat oldin yoshidan qat’iy nazar “antigistaminli tayyorlash” o‘tkaziladi (suprastin yoki pipolfen mushak orasiga yuboriladi). Bu ko‘pincha vena ichiga kontrast moddalar kiritilayotgan vaqtda kelib chiqadigan asoratlarni oldini olishda juda muhim.
Umumiy rentgen suratini o‘rganishda buyraklarning joylashishi, ular soyasining zichligi, egilish burchagi, kattaligi, shakli, konturlari, bel mushaklari soyasining saqlanganligiga e’tibor berish zarur.
Me’yordagi buyrak umurtqa o‘qiga nisbatan bir oz egilish burchagi bilan joylashadi va ularning medial qirrasi bel mushaklariga parallel proeksiyada bo‘ladi. Buyrakda uzoq davom etgan sklerotik o‘zgarishlarda u vertikal holatni oladi.
5 yoshdan katta bolalar uchun buyraklarning yoshga qarab me’yoriy uzunligi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
X=0,379 V+0,65 sm
Bunda X– buyrakning uzunligi; V – bolaning yoshi. Me’yorda qarama– qarshi buyraklarning uzunligi 0,7–1sm ga farq qiladi.
Buyrakning o‘tkir yetishmovchiligida uning kattaligi va yuzasining oshishi gipergidratatsiya belgisi hisobladi. Buyrakni biror bir segmenti (ko‘pincha pastki) soyasining kattalashishiga uning sagittal o‘qi atrofidagi rotatsiyasi sabab bo‘lishi mumkin; chunki buyrak segmenti oldinga qaragan bo‘lib, u holda uning rentgen stoli yuzasidan uzoqlashishi kuzatiladi. Shuning uchun rentgenogrammada segment proeksiyasi boshqa segment bilan taqqoslanganda kattalashadi. O‘ng buyrakning, chap buyrakka qaraganda rotatsiyaga ko‘proq moyilligi bor, bu jigar, bel mushaklari va qon tomir oyoqchalari tayanch nuqtasi bilan chegaralangan erkin bo‘shliq borligi bilan bog‘liqdir.
Bolalarda, ayniqsa kichik yoshdagilarda katta yoshdagilardan farqli o‘laroq buyraklar unchalik katta emas, shuning uchun rentgenogrammada ularning pastki qutblari yonbosh suyagining qirrasiga yaqin joylashgan va ko‘pincha ular darajasida joylashadi.
72
Buyraklarning nafas olish vaqtida fiziologik harakatchanligining cheklanganligi yoki yo‘qligi paranefral yog‘ kletchatkada yallig‘lanish yoki slerotik jarayon borligini ko‘rsatadi. Bemorni yotgan holatidan tik turgan holatga o‘zgartirganda, buyraklar o‘rtacha 1–1,5 bel umurtqaga, bolalarda 1,5–2 umurtqaga pastga siljiydi.
Umumiy rentgen surati buyicha nafaqat buyrakning anatomik tuzilishi to‘g‘risida fikr yuritish, balki undagi va atrofidagi kletchatkada patologik jarayonning hususiyatini taxmin qilish mumkin. Shuningdek, buyrak shikastlanganda, uning sohasidagi gomogen soya va bel mushaklarining soyasi yo‘qligi qorin parda ortida gematoma borligini ko‘rsatadi. Agar buyraklardan bittasi boshqasiga nisbatan aniqroq kontrastlansa, bu patologik jarayon borligini ko‘rsatishi mumkin. Shuningdek, yuqori siydik yo‘llarining o‘tkir berkilishi
(okklyuziyasi) buyrakning birdan interstitsial shishiga olib keladi. Interstitsial suyuqlik buyrak sinusi kletchatkasidan paranefriyaga migratsiya qiladi va buyrak atrofida paranefral yog‘ kletchatkasining shishi sababli yorug‘lik gardishi paydo bo‘ladi. Bir vaqtning o‘zida bel mushaklari soyasi yo‘qoladi yoki ularning konturlari o‘zgaradi. Buyrakning quyuq soyasi va uning tik vertikal holati pielonefrit oqibatida buyrak bujmaygan deb taxmin qilishga imkon beradi. Ba’zan umumiy rentgenogrammada bukrisimon buyrak deb ataladigan chap buyrakning ko‘pincha o‘rta uchdan bir qismida tuxumsimon yoki uchburchak shakldagi lateral konturning do‘ppayib chiqqanligi ko‘rinadi. Bu ko‘pincha buyrakda o‘sma yoki kistaning yo‘qligini inkor qilish uchun angiografik yoki ultratovush tekshirishlarni o‘tkazishga majbur qiladi.
Tashxislashdagi hatolarning tahlili shuni ko‘rsatdiki, 30% xollarda shifokorlar nefrilitiaz tashxisini qo‘shimcha tekshiruvlarsiz faqat umumiy rentgen suratiga asoslanib qo‘yadilar.
Buyrak sohasida yoki siydik nayi proeksiyasida soyalar borligi nefrolitiaz tashxisini qo‘yishga asos bo‘lolmaydi. Faqat marjonsimon toshning soyasi kosacha–jom tizimi shaklini takrorlashi tashxis qo‘yishda shubxa tug‘dirmaydi. Siydik yo‘llarida haqiqiy toshlardan tashqari yolg‘on soyalar ham joylashishi
73
mumkin. Tashxislash xatolari shu zaylida ortib boradi, chunki ba’zi kasalliklar siydik–tosh kasalligiga o‘xshash simptomlar kompleksini beradi.
O‘t pufagi va me’da osti bezidagi toshlarni; axlat toshlarini, ichak
tutqichidagi ohaklangan limfa tugunlarini; qorin parda orti bo‘shlig‘idagi kalsifikatsiyalangan limfa tugunlarini; buyrak silidagi kasifikatsiyalangan kavernalarni va kistali hosilani (exinokokkoz, kistalar); inkirustatsiyalangan buyrak o‘smasini; kalsifikatsiyalangan qon tomirlar va anevrizmalarni; kovakli buyrakni; umurtqalar ko‘ndalang o‘simtasining sinig‘ini; qovurg‘alar tog‘ayining suyaklanishini; ichakdagi va qorin parda orti bo‘shlig‘idagi yot jismlarni buyrakda
tosh bor deb xato tashxis qo‘yish mumkin.
Siydik nayidagi toshlarni ichak tutqichidagi oxaklangan limfa tugunlaridan;
tuxumdonlarning kalsifikatsiyalanishidan va ayollar jinsiy a’zolaridagi
o‘smalardan; yonbosh va dumg‘aza suyaklarining ekzostozidan; flebolitlardan; ahlat toshlaridan, teri o‘smalari dog‘idan (xol, fibromalar va b.) differensatsiya qilish kerak.
Toshlari bilan cho‘zilgan o‘t pufagi, buyrak sohasida proeksiya qilinsa,
buyrakda toshlar bor deb, xato o‘ylanadi. Rentgen suratiga qarab o‘t pufagi soyasini va buyrak soyasini differensatsiya qilish qiyin emas. O‘t pufagidagi toshlarning soyasi, odatda, ko‘p, intensivligi past va markazida yorug‘lanish bor.
Qiyin hollarda, ko‘p pozitsiyali urografiya (yonbosh proeksiyali
rentgenogrammada o‘t pufagidagi toshning soyasi qorinning old devoriga yaqin joylashadi), tomografiya yoki ultratovush tekshirishlarni o‘tkazish zarur.
Ichak tutqichidagi ohaklangan limfa tugunlari, odatda, ko‘p, noto‘g‘ri shaklga va nogomogen tuzilishga ega. Bu soyalar ko‘p pozitsiyali tekshirishlarda har xil rentgenogrammada ancha siljiydi.
Siydik nayidagi ko‘pgina soxta toshlarni haqiqiylaridan siydik nayiga kateter kiritish bilan har xil proeksiyada o‘tkazilgan ekskretor urografiya yoki rentgenografiya differensiya qilishga imkon beradi.
Ko‘pincha, kichik chanoqda kichikroq yumaloq yoki tuxumsimon shakldagi, flebolitlar deb ataladigan soyalar ko‘rinadi, ularni siydik nayining distal
74
qismidagi toshlardan differensiatsiya qilishga to‘g‘ri keladi. Soyalarning siydik nayiga ta’alluqligini ekskretor urografiya yoki retrograd ureterografiya yordamida
aniqlanadi. Qovuq siydik bilan to‘lgan vaqtda va siygandan keyin olingan
rentgenogrammalarni solishtirganda, toshning soyasi joyini o‘zgartiradi, flebolit esa oldingi joyida qoladi.
Siydik nayidagi toshlar ko‘pincha uning yonbosh qon tomirlari bilan kesishadigan sohasida joylashadi, unda ular dumg‘aza– yonbosh sinxondrozining yuqori qismi fonida proeksiyalanadi va umumiy rentgenogrammada yomon farqlanadi. Bunday holda bemorni tekshirilayotgan tomonga yonboshlab yotqiziladi, shunda siydik nayi yonbosh suyagi qirrasining ingichka qismida
proeksiyalanadi va toshning soyasi ko‘rinadigan bo‘ladi.
Siydik nayidagi toshning soyasini chanoq suyaklari, umurtqalar, ularning o‘simtalaridagi qattiq to‘qima joyi simulyatsiya qilishi mumkin, ularning har biri noto‘g‘ri yoki tuhumsimon shaklga ega, rentgenogrammada esa bir biriga yaqin suyak to‘qimaga o‘tuvchi suyak to‘sinlari ko‘rinadi. Xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun, rentgenografiyani rentgen nurlarining qiyshiq borishida (3– va 4–qiyshiq proeksiyada) o‘tkazish kerak. Shunda toshning soyasi skeletga nisbatan o‘z
holatini o‘zgartiradi, qattiq joyi esa suyakda o‘sha holatda saqlanadi.
|
Axlat toshlari kovakli, uyasimon ko‘rinishda va ko‘pincha havo sharchalari |
bilan |
o‘ralgan bo‘ladi. Unutmaslik kerakki, axlat toshlari ba’zan |
chuvalchangsimon o‘simtada joylashadi, bunda, uning soyasi keyingi rentgen suratlarida takrorlanadi, bu esa tashxisni xato qo‘yishga olib kelishi mumkin.
O‘zgarmagan siydik nayi umumiy rentgen suratida ko‘rinmaydi. Siydik bilan to‘lgan qovuqning soyasi ellips shaklida bo‘ladi.
Qo‘shimcha, ya’ni patologik soyalar juda xilma–xil va turli a’zolarga hamda va to‘qimalarga tegishli bo‘lishi mumkin. Har qanday soya, u yoki bu darajadagi qattiqlikka ega va siydik yo‘llari joylashgan zonada bo‘lsa, tosh bo‘lishi mumkin deb talqin etilishi kerak. Ko‘pincha, chanoq proeksiyasidagi soyalarga flebolitlar, ya’ni vena toshlari, bachadondagi ohaklangan fibromatoz tugunlar yoki ohaklangan tomirlar sabab bo‘ladi. Topilgan soyalarning siydik
75
yo‘llariga aloqadorligini rentgenkontrast tekshirish usullari yordamida hal qilinadi.
Ekskretor urografiya
Bu usul buyraklarning organizmga kiritilgan ma’lum bir rentgenkontrast moddalarni ajratish (ekskresiya qilish) qobiliyatiga asoslangan bo‘lib, buning natijasida rentgenogrammada buyraklar va siydik yo‘llarining tasviri ko‘rinadi. Ekskretor urogramma eng oddiy va arzon tekshirish usuli bo‘lib, buyraklar va yuqori siydik yo‘llarining holati to‘g‘risida eng ko‘p ma’lumot beradi.
«Ekskretor urografiya» atamasi buyraklarning ekskretor faoliyatini ifodalaydi: rentgenkontrast moddani qonga yuborganda uni tashiydigan enzimalar ishtirokida buyraklarning yig‘uvchi tizimiga o‘tkazadi va siydik yo‘llaridan chiqarib yuboradi. Ekskretor urografiya ajratish funksiyasidan tashqari, kontrast modda soyasining zichligiga qarab (siydik passaji buzilganda) buyraklarning konsentratsiyalash qobiliyati to‘g‘risida bevosita fikrlashga imkon beradi.
Buyraklar, buyrak jomi, siydik naylari, qovuq va uretraning anatomik hamda funksional holatini aniqlashga zarurat tug‘ilganda ekskretor urografiya qilinadi.
Hozirgi vaqtda tekshirish uchun odatda quyidagi rentgenkontrast moddalar: konsentratsiyasi 60–70% bo‘lgan ultravist, urografin, xaypek va b., sistogramma qilish uchun esa triombrast ishlatiladi.
Bolalarda yoshidan qat’iy nazar, shu jumladan chaqaloqlarda kontrast moddani vena ichiga yuborishni afzal ko‘rish kerak va faqat juda kam hollarda, bunday usulni qo‘llash mumkin bo‘lmaganda, kontrast moddani mushak orasiga yoki to‘g‘ri ichakka kiritiladi.
Rentgenkontrast moddaning ajralish darajasi va urogrammada uning soyasi kosacha–jom tizimining me’yoriy tuzilishi bilan mos kelgan hollarda faqat ekskretor urografiyaga qarab buyraklarning funksional holatini baholash mumkin (2.10-rasm, a-v).
Ko‘pgina klinitsistlar bolalarda kontrast moddaning sonini 1 kg gavda massasiga 1–1,5ml, lekin 60 ml/kg dan ko‘p bo‘lmagan hisobdan kelib chiqib
76

aniqlaydilar. Faqat siydikning nisbiy zichligi past bo‘lganda, dozasi 2 ml/kg gacha ko‘paytiriladi. Bir yoshgacha bo‘lgan bolalarga 1 kg gavda massasiga 3–4ml, 1 yoshdan 3 yoshgacha esa 2–3ml/kg rentgenkontrast modda yuborish tavsiya etiladi. Buyraklarning funksional holati ko‘pincha yuqori siydik yo‘llarining faoliyatiga, ya’ni ularning tonik va kinetik qobiliyati buyraklarning rentgenkontrast moddani ajratib chiqarishiga bog‘liq.
2.10 – |
– |
rasm. Rentgenkontrast moddani |
vena ichiga yuborgandan |
keyingi |
ekskretor |
urogrammalar. a – |
5 daq. dan keyin; b – 20 daq. dan keyin; v – 60 daq. dan keyin. |
|
|
||
Klinik |
va eksperimental tekshirishlar |
buyrak parenximasi |
bilan |
yuqori |
siydik yo‘llari o‘rtasida yaqindan innervatsiyali va tomirlar aloqasi borligidan dalolat beradi. Buyrakdagi har qanday buzilishlar o‘sha zahoti yuqori siydik
yo‘llarida anchagina gemodinamik buzilishlar tarzida namoyon bo‘ladi. Bu
yuqori siydik yo‘llarida ko‘p sonda tomirlar to‘qima retseptorlari borligi tufaylidir. Ular buyrak parenximasining innervatsion to‘rlari bilan, ularning
tomirlari va kosacha–jom tizimi bilan yaqindan bog‘langan. Gemodinamik
buzilishlar buyrak venalari tonusining keskin pasayishi va a’zo ichidagi, ayniqsa
po‘stloq arteriyalarining spazmi bilan namoyon bo‘ladi. Venalar tonusining
bunday pasayishi buyrak venalarining qotishiga (induratsiya) olib keladi, bu
arteriyalar spazmi bilan |
birga buyrak gipoksiyasi uchun sharoit yaratadi. Chunki |
kosacha–jom tizimi va |
siydik nayi yuqori uchdan bir qismining qon bilan |
|
77 |
ta’minlanishi asosan a. va v. ranalis tizimidan amalga oshirilar ekan, paydo
bo‘lgan buyrak gipoksiyasi o‘zi bilan yuqori siydik yo‘llarini ham gipoksiyaga uchratadi. Bu urodinamikaning buzilishi bilan namoyon bo‘ladi, uning har xil
turdagi buzilishlari (kosacha–jom tizimi va siydik nayi innervatsion apparatlarining umumiyligi ko‘zda tutilmoqda) esa buyrak va uning tomirlarida gemodinamikaning buzilishini kuchaytirib, javob reaksiyasini ko‘rsatadi. Natijada noto‘g‘ri aylana xosil bo‘ladi. Bu shuni ko‘rsatadiki, bir necha hollarda yuqori siydik yo‘llaridagi urodinamikaning buzilishida buyrakdagi gemodinamik buzilishlar birinchi darajali rol uynaydi, bularni hisobga olmasdan urodinamik buzilishlarning sababini aniqlab va yuqori siydik yo‘llarining me’yordagi faoliyatini ba’zan tiklab bo‘lmaydi.
Shu sababli, odatdagi ekskretor urografiyada kosacha–jom tizimi hamma
vaqt ham aniq ko‘rinmaydi, bunday paytda uni rentgenkontrast modda bilan
«zich to‘ldirib», sun’iy kuchaytirishga harakat qilinadi (infuziyali, kompressiyali
urografiya). Biroq kontrast moddani ko‘p sonda ishlatish yoki siydik nayini
bosish yo‘li bilan siydik passajini buzish, ekskretor urografiyani funksional tekshirish usuli sifatida ahamiyatini pasaytiradi. Ko‘pincha kosacha–jom tizimi va siydik nayining kuchsiz kontrastlanishi urografiyaning kamchiligi bo‘lmaydi, chunki xuddi shunday ko‘rinish ba’zan buyraklar va yuqori siydik yo‘llari faoliyatining ko‘p aspektlarini ob’ektiv baholash imkonini beradi. Kontrastlashni sun’iy kuchaytirishga harakat qilinsa, buyraklarning funksional qobiliyatini to‘g‘ri baxolab bo‘lmaydi, chunki infuziyali urografiya, hatto azotemiya vaqtida ham kosacha-jom tizimining tasvirini aniq olishga imkon beradi.
Buyrakdan rentgenkontrast moddaning qoniqarli ajralishi, uning funksiyasi pasayganini hali inkor qilmaydi va uning nuqsonsiz funksional to‘laligi to‘g‘risida ham dalolat bermaydi. Bundan tashqari, rentgen suratda kontrast moddaning soyasi yo‘qligi hamma vaqt ham buyrak funksiyasi yo‘qolganini ko‘rsatmaydi.
Urogrammalarda tasvirning kontrastlanish darajasi buyraklarning funksional holatiga, yuqori siydik yo‘llarining urodinamikasiga, kosacha–jom
78
tizimining hajmiga, buyrakning gemodinamikasi va arterial bosimga, qovuqning funksional faoliyatiga, rentgenkontrast moddaning sifati va kimyoviy tuzilishiga, rentgenografiyaning texnik sharoitiga bog‘liq.
Har xil rentgenkontrast moddalarning kimyoviy tuzilishi ularning ajralish tezligi va yo‘lini aniqlaydi. Uch yodli rentgenkontrast moddalarni kichik dozada kiritganda, ularning 65% kalavalarda filtrlanadi va 35% kanalchalar bilan ekskresiya qilinadi. Ekskretor urografiyada ishlatiladigan dozada preparatning 85% kalavalar bilan filtrlanadi va 15% kanal chalar bilan ekskresiya qilinadi.
Dozani ikki marta va undan ko‘proq oshirganda preparatning klirensi kreatinin klirensiga teng bo‘ladi va kalavalar bilan deyarli 100 % filtrlanadi. Ikki atomli
rentgenkontrast moddalarni kiritganda 70% kanalchalar apparati bilan ajraladi
va 30 % kalavalar bilan filtrlanadi. Ikki atomli rentgenkontrast moddalarni katta dozada ishlatganda, kanalchalar ekskresiyasi maksimumga yetib borib stabillashadi va kalavalar filtratsiyasi ko‘paya boshlaydi. Chunki, ikki yoki uch
atomli yodli rentgenkontrast moddalar har hil enzim guruhlari bilan tashilar ekan,
ba’zi nefron elementlarini o‘zgarishlariga qarab, urogrammada kontrastlanish tasviri har xil bo‘ladi. Shuning uchun ikki atomli rentgenkontrast moddalar bilan qilingan odatdagi ekskretor urografiya buyraklarning ajratish funksiyalarini aniqroq ko‘rsatadi, shu bilan birga buyraklarning funksional qobiliyati pasayganda bir atomli va ayniqsa uch atomli preparatlar qo‘llanganda soxta yaxshi ko‘rinish kuzatilishi mumkin. Radioizotop rentgenografiya va ekskretor urografiya natijalarini solishtirganda, faqat 33 % mos kelishi aniqlanadi. Buyraklarning funksional qobiliyati anchagina pasayganda (siydikning nisbiy zichligi 1,006– 1,010, qon zardobida mochevina soni 11,6–13,3mmol/l dan yuqori) odatdagi ekskretor urografiyada kontrast modda yetarli konsentratsiyada ajralmaydi va shuning uchun kosacha–jom tizimining soyasi yomon aniqlanadi yoki mutlaqo aniqlanmaydi. Lekin xuddi shu bemorda buyraklarning konsentratsiyalash qobiliyati anchagina buzilishiga qaramay, infuziyali urogrammada buyraklardan rentgenkontrast moddaning ajralishi yaxshi aniqlanishi mumkin.
Infuziyali urografiya
79
Rentgenkontrast moddaning sonini oshirish bilan |
(120 ml fiziologik |
|
eritma yoki 5% li glyukoza eritmasida suyultirilgan 65% 60 ml |
urotrast eritma |
|
yoki uch atomli boshqa moddalar) bajariladigan infuziyali |
urografiyaning |
ustunligi va kamchiliklari mavjud. Modifikatsiya qilingan infuziyali ekskretor urografiya buyrak yetishmovchiligining boshlang‘ich bosqichlarida bajariladi va bunday xollarda kosacha–jom tizimining tasvirini odatdagi ekskretor urografiyaga qaraganda aniqroq olishga imkoniyat tug‘iladi. Lekin infuziyali urografiya natijalariga qarab buyraklarning funksional qobiliyati to‘g‘risida nisbatan fikrlash mumkin. Bundan tashqari, u yuqori siydik yo‘llarining tonik va kinetik faoliyatini ob’ektiv baxolashga imkon bermaydi, chunki poliuriya natijasida ko‘p sondagi uch atomli rentgenkontrast modda kosacha–jom tizimi hajmining oshishiga va siydik naylarining gipotoniyasiga olib keladi.
Yuqori siydik yo‘llarining o‘tkir okklyuziyasida ekskretor urogrammada kosacha–jom tizimining tasviri yo‘qligi hamma vaqt ham buyrak funksiyasining tiklanmaydigan yo‘qolishi to‘grisida dalolat bermaydi; bunday buyrakni ishlamaydi deb atash mumkin emas, «buyrak blokadasi» atamasini qo‘llash ko‘proq o‘rinli. Agar buyrak sanchig‘igacha buyrak funksiyasi yaxshi bo‘lgan bo‘lsa, unda o‘tkir yuzaga kelgan okklyuziya vaqtida ishlamaydigan deb atalgan buyrak o‘z funksiyasini saqlaydi. Rentgenkontrast moddaning ajralmasligi ijobiy omil bo‘lib, buyrakni ko‘pgina shikastlanishlardan asraydigan himoya reaksiyasidir. Bunda buyrakdan vena qonining oqib chiqishi buziladi va oraliq
to‘qimaning shishi kuchayadi.
Buyrak jomi ichki bosimining birdan ko‘tarilishi natijasida rentgenkontrast
modda qondan buyrakka kelib tushadi, undan po‘stloq moddasidagi kalavalarga kirmasdan yukstamedulyar zonaning kengaygan qon tomirlaridan va arterio– venoz anastomozlar bilan tezda olib ketiladi. Shuning uchun kosacha–jom tizimi kontrastlanmaydi. Odatda, buyrak sanchig‘i kuchayganda hamma bemorlarda nefrogramma bo‘ladi. Buyrak soyasi zichligi kuchayganligini aniqlash uchun umumiy rentgen suratini keyingi urogrammalar bilan solishtirish kerak. Buyrak
80