Urologiya
.pdfSiyishning buzilishi natijasida qovuqning doimo to‘la bo‘lishi sababli qorin oldi devorining qov usti sohasi bo‘rtib turishi mumkin.
Erkaklarning tashqi jinsiy a’zolarini bemorni yotgan va tik turgan holatlarida tekshirib ko‘rish zarur. Gidrotsele va varikotsele kasalligiga chalingan bemorlarda, odatda turgan holatda yorg‘oqning o‘lchamlari o‘zgarganligini aniqlash imkoni bo‘ladi. Jinsiy olat ko‘zdan kechirilayotganda uning boshchasini yopib turuvchi teri qoplamini orqaga surib olat boshchasini batamom ochiladi va chekka kertmakning ichki yuzasi to‘la tekshiriladi. Fimoz– olat kertmagi teshigining torayishi sababli olat boshchasini ochishning imkoni bo‘lmaydi.
Paypaslash umumklinik tekshiruvlarning asosiy usuli hisoblanadi. Bemorning terisiga tegish uning namligini, haroratini va shishganligini aniqlashga imkon beradi. Qorinning oldingi devori paypaslanganda mushaklarining taranglashish darajasi va og‘riq bor yoki yo‘qligi aniqlanadi. Buyraklar bemorni chalqancha, yonboshi bilan yotqizib va tik turg‘izib paypaslanadi. Shifokorning qo‘li issiq bo‘lishi kerak. Astenik gavda tuzilishi bo‘lganda yoki kasallik tufayli ular kattalashganda, nefroptoz yoki shu a’zoning anomaliyalarida buyraklarni paypaslash qulay.
Buyraklarni paypaslash chog‘ida shifokor bemor yotgan to‘shakning o‘ng tomonida o‘tirib, yuzi unga qarab turadi. O‘ng buyrakni paypaslaganda chap qo‘lini bemorning orqa tarafiga, ya’ni o‘ng qovurg‘a – umurtqa burchagiga qo‘yadi. O‘ng qo‘lning barmoqlarini oldidan qovurg‘a yoyining ostiga joylashtiradi.
Bemor chuqur nafas olayotganda o‘ng va chap qo‘l barmoqlarini yaqinlashtirib buyrakning pastki qutbini aniqlash mumkin. Chap buyrakni paypaslaganda o‘ng qo‘lni chap qovurg‘a ostiga chuqurroq kiritish uchun u bemorning chap qovurg‘a–umurtqa burchagi ostida bo‘lishi kerak. Semiz bemorlarda ularni yonboshi bilan yotqizganda buyrakni paypaslash oson kechadi. Bemor tik turganida buyrakni paypaslaganda uning patologik siljiganini aniqlash imkoni bo‘ladi.
11
Siydik tutilganda qovuqni paypaslab uning chegaralari aniqlanadi. Qinni kuchanganda tekshirib ko‘rish orqali, uning oldingi devorida ko‘pincha sistotselening kelib chiqishiga sabab bo‘ladigan o‘sma borligini aniqlash mumkin.
Jinsiy olatni paypaslaganda kavernoz gavdachalar va uretra konsistensiyasiga hamda olat boshchasining ochilishi mumkinligiga e’tiborni qaratish kerak. Yorg‘oqni paypaslaganda urug‘ tizimchasini, ikki tomondagi urug‘don va urug‘don ortig‘ining holatini baholash mumkin.
Prostata bezi kasalliklarini tashxislashda to‘g‘ri ichak orqali barmoq bilan tekshirish muhim rol o‘ynaydi. Bunday tekshiruv asosan bemorning quyidagi 4 holatlarida o‘tkazilishi mumkin (1.2-rasm):
I.Bemor tik turgan holatida oldinga 90 gradusga engashgan holatda.
II.Bemor tizza – tirsak holatida turadi.
III.Bemorning chalqancha yotgan holatida, bunda bemor oyoqlari chanoq va
tizza bo‘g‘imlaridan bukilgan holatida bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
IV. Bemor yonboshiga yotgan bo‘lib (odatda, o‘ng tomonga), oyoqlarini qorniga yaqinlashtirgan holatida.
Shifokor ko‘rsatkich barmog‘ini bemor to‘g‘ri ichagiga kirgizib, prostata bezining palpator xarakteristikalarini paypaslab aniqlaydi:
o‘lchamlarini (odatda, ko‘ndalaniga 2–3 sm va uzunasiga 3–4 sm);
bo‘lakchalari simmetrikligi;
o‘rta egatcha aniqlanishi;
yuzasi silliqligi;
konturlari tekisligi;
konsistensiyasi;
tugunchalar bor-yo‘qligi.
og‘riqliligi.
12
Prostata bezi kasalliklarida uning konturlari silliqlanishi mumkinligi kuzatiladi. Shuningdek, prostata bezini tekshirish natijasida qattiqlashgan yoki yumshagan o‘choqlar, flyuktuatsiya yoki krepitatsiya alomatlari aniqlanadi.
Arterial gipertenziyaning hamma turlarida bemor perkussiya (tukullatish) qilinishi shart. Qorinning o‘ng va chap yuqori kvadrantida kuchsiz eshitiladigan sistolik shovqin buyrak arteriyasida torayish bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi.
Arteriya–venoz oqma va qorin aortasining ateromatoz zararlanishida sistolik shovqin nisbatan kuchli, qo‘pol va davomli bo‘ladi.
1.2-rasm. Prostatani rektal palpatsiyasi uchun zarur bo‘lgan bemor vaziyatlari.
Erkaklarning jinsiy a’zolari anatomik jihatdan tashqi va ichkiga bo‘linadi. Tashqi jinsiy a’zolarga jinsiy olat va yorg‘oq, ichkilariga esa urug‘donlar, uning ortig‘i, urug‘ chiquvchi yo‘llar, bulbouretral bezlar, prostata bezi va urug‘ pufakchalari kiradi.
Urologik kasalliklar simptomlarini olti guruhga bo‘lib tasvirlash
mumkin:
1.erkaklar tashqi jinsiy a’zolaridagi o‘zgarishlar;
2.umumiy namoyon bo‘lgan simptomlar;
3.og‘riq;
13
4.siyish aktining buzilishi;
5.siydikning o‘zgarishi;
6.siydik chiqarish kanalidan patologik ajralma ajralishi va shaxvatning o‘zgarishi.
Erkaklarda tashqi jinsiy a’zolardagi o‘zgarishlar
Jinsiy olat (penis) – toq a’zo bo‘lib, jinsiy aloqa qilish, maniy (eyakulyat) o‘tkazish hamda siydikni chiqarish uchun xizmat qiladi. Olatning tuzilishi tavsiflanganda uning boshchasi, gavdasi va asosi tafovut qilinadi. Jinsiy olat ikkita
serteshikli va gubkasimon (spongioz) tanachalardan iboratdir.
Yorg‘oq (scrotum) – urug‘donlar, ularning ortig‘i va urug‘ tizimchalarining distal qismida joylashgan teri–mushak xaltadan tashkil topgan toq a’zo. Yorg‘oqning teri qoplami olat terisiga, oraliq va songa o‘tadi. Yorg‘oqning terisi pigmentlangan bo‘lib, unda ko‘p sonda ter va yog‘ bezlari bor. Yorg‘oqning
yupqa terisi keyingi qavat – go‘sht parda (tunica dartos) bilan mahkam
bog‘langan. Bu qavatda ko‘p sonda silliq mushak va elastik tolalar mavjud bo‘lib, bu chov sohasi va oraliq teri osti biriktiruvchi to‘qimasining davomi hisoblanadi. Go‘sht parda qisqarganda yorg‘oq bo‘shlig‘i torayadi va terisi ko‘ndalang burma hosil qiladi. Go‘sht pardaning ichki yuzasi urug‘donning parietal va visseral
varag‘i bo‘lgan umumiy qin qavati bilan qoplangan. Me’yorda shu varaqlar oralig‘ida oz sonda suyuqlik bo‘ladi. Urug‘ tizimchasi va urug‘donni qoplab turadigan go‘sht parda va urug‘donni ko‘taruvchi mushak(m. cremaster) orlig‘ida, jinsiy olatga o‘tadigan g‘ovak kletchatka qavati joylashgan. Bu kletchatka orqali yallig‘lanish infiltratsiyasi bir sohadan boshqa sohaga oson o‘tadi. Yorg‘oq qon
bilan yaxshi ta’minlangan bo‘lib, bu tashqi hamda ichki jinsiy arteriyalar tizimi va pastki qorin usti arteriyalari orqali amalga oshiriladi. Qorin aortasidan
chiquvchi arteriyalar va urug‘don arteriyalari bilan ko‘plab anastomozlar
mavjud. Yorg‘oq venalari urug‘ tizimchasining venoz tuguniga, tashqi jinsiy va pastki to‘g‘ri ichak venalariga quyiladi. Limfa chov limfa tugunlari tomonga qarab oqadi. Yorg‘oq dumg‘aza tugunlaridan jinsiy nerv orqali, bel tugunlaridan
14
yonbosh–chov nervi orqali va dumg‘aza tugunlaridan chiqadigan nerv bilan
innervatsiyalanadi. Yorg‘oqning qon bilan ta’minlanishi va innervatsiyasining
o‘ziga xosligi, shuningdek uning yuqori elastiklik darajada ekanligi jinsiy olat va siydik chiqarish kanalining plastik jarrohligida undan plastik material sifatida samarali foydalanishga imkon beradi.
Urug‘donlar erkaklar organizmida ikkita, ya’ni germinativ va ichki sekresiya bezi funksiyasini bajarib, uning asosiy vazifasi erkaklik jinsiy gormonlarini ishlab chiqarishdir. Jinsiy gormonlar orasida asosiysi testosteron
hisoblanadi. Urug‘donlarning anatomik |
jihatdan yorg‘oqda |
joylashishi va |
urug‘donlarning venoz tugunlari bilan |
ta’minlanadigan issiqlik tartibining |
|
o‘zgarish mexanizmi hisobiga me’yordagi spermatogenez uchun zarur bo‘lgan harorat ta’minlanadi.
Yorg‘oqni tekshirib ko‘rish jarayonida uning o‘lchamlari, osilish darajasi, burmalari va pigmentatsiyalanishining rivojlanganligi yoki aksincha yo‘qligiga e’tibor qaratib (yorg‘oq atoniyasi), organizmda androgenlar yetishmasligini ko‘rsatuvchi belgilarni aniqlash mumkin bo‘ladi. Urug‘donlar va urug‘don ortiqlarining holati, o‘lchamlari va konsistensiyasi ham shunday tekshirish natijasida aniqlanadi. Me’yorda urug‘donlar elastik konsistensiyaga ega. Urug‘donlar testometr va orxidometrlar bilan o‘lchanadi. Urug‘donlarning me’yoriy kattaligi 18 dan 55 yoshgacha: uzunligi 4–5sm, qalinligi 2,5–3sm, o‘rtacha hajm 18 ml. Odatda, urug‘donlarning me’yoriy hajmi 12 ml dan 30 ml gacha o‘zgarib turadi. Urug‘donlar hajmi spermatozoidlar ishlab chiqarilishi bilan korrelyatsiya qilinadi. Urug‘donlar me’yordagi hajmining azoospermiya b ilan birga qo‘shilib kelishi bepushtlikning obstruktiv turi borligidan dalolat berishi
mumkin. Urug‘donlar kattaligi uzunasiga 2,5sm dan kam bo‘lsa, gipotrofiyalangan yoki gipoplaziyalangan deb hisoblash zarur.
Jinsiy olatning me’yordagi ereksiyasidan tashqari kattalashishi o‘tkir va surunkali bo‘lishi mumkin. Jinsiy olatning taranglashishi, kattalashishi,
paypaslaganda og‘riq bo‘lmasligi priapizm simptomi hisoblanadi. Bunda jinsiy olat terisi o‘zgarmagan va boshchasi taranglashmagan bo‘ladi. Jinsiy olat
15
shikastlanganda esa bundan farqli o‘laroq uning o‘lchamlari kattalashgan, shishgan va to‘q ko‘kimtir rangda bo‘lib, paypaslaganda og‘rishi kuzatiladi. Jinsiy olatdagi biror bir kavernoz tanachaning oqchil pardasi yirtilganda yirtilgan sohaga qon to‘planib gematoma hosil bo‘lishi natijasida olat qarama–qarshi tomonga qiyshayadi. Jinsiy olatning kattalashishi surunkali bo‘lganda buni izchil o‘zgaruvchan priapizm yoki fil oyoq (beso‘naqayligi) kasalligining alomatlari deb taxmin qilish mumkin. Jinsiy olatning qiyshayishi ko‘pincha kavernoz tanachalardan birortasining rivojlanmasligi sababli tug‘ma ham bo‘ladi. Bunda ereksiya paytida ham, tinch turgan holatida ham olatning og‘riqsiz qiyshayishi kuzatiladi. Ereksiya bo‘lmaganda og‘riq bo‘lishi yoki og‘riqning ereksiya vaqtida
kuchayishi Peyroni (jinsiy olatning fibroplastik induratsiyasi) kasalligi bor deb
tashxis qo‘yishga imkon beradi. Ereksiya bo‘lmagan vaqtda kavernoz tanachalarda uzunasiga qattiqlashgan joylar mavjudligi Peyroni kasalligi uchun
xosdir. |
|
|
Jinsiy olatning kattaligi. |
Jinsiy olatning tug‘ma kichkina |
bo‘lishi |
(mikropenis), ya’ni mikropenis – testosteron gormonining tug‘ma yetishmasligi oqibatida kelib chiqadi. Olatning katta bo‘lishi (megalopenis) esa – buyrak usti bezi po‘stloq qavati faolligining oshishi simptomi urug‘donning interstitsial
hujayralari o‘smasi bilan birga kelishidan dalolat beradi.
Yorg‘oqning kattalashishi bir yoki ikki tomonlama bo‘lishi mumkin. Og‘riq yoki yorg‘oqni paypaslaganda, ayniqsa tana harorati ko‘tarilganda uning og‘riqli bo‘lishi urug‘donlarda yoki urug‘don ortiqlarida yallig‘lanish jarayoni borligini ko‘rsatadi. Agar og‘riq aniqlanmasa bemorda ikki tomanlama gidrotsele yoki fil oyoq kasalligi borligiga taxmin qilish kerak. Yorg‘oqning kattalashishi ko‘pincha yurak–qon tomirlari yetishmovchiligining dekompensatsiya bosqichida kuzatiladi.
Yorg‘oq biror yarmining og‘riqli kattalashishi yallig‘langan gidrotsele, o‘tkir epididimit, o‘tkir orxit kasalligi borligi extimolligini ko‘rsatadi. Yorg‘oqning biror yarmi og‘riqsiz kattalashganda gidrotsele yoki surunkali orxoepididimit (nospesifik yoki silli) yoki urug‘donda o‘sma borligi to‘g‘risida
16
(o‘sma bo‘lganda yorg‘oqning ikki tomoni kattalashishi kam kuzatiladi) o‘ylash mumkin. Jinsiy olat va yorg‘oqning qattiqlashishi va shish bilan umumiy kattalashishi jinsiy a’zolarning fil oyoq kasalligida kuzatiladi.
Yorg‘oq terisini ko‘zdan kechirganda va paypaslaganda ko‘pincha chapda, asosan o‘spirin yoshda, tik turganda shingilsimon bo‘lib bo‘rtib chiqqanligining
aniqlanishi, yotgan holatda yo‘qolishi yoki kamayishi urug‘ tizimchasi
venalarining varikoz kengayishidan dalolat beradi.
Ikkala urug‘donning yorg‘oqda bo‘lmasligi ikki tomonlama kriptorizm yoki
urug‘donlarning tug‘ma bo‘lmaganligidan guvohlik beradi. Yorg‘oqda faqat bitta urug‘donning aniqlanishi – bir tomonlama kriptorxizm belgisi hisoblanadi.
Shu narsaga e’tiborni qaratish zarurki, ko‘pincha bemorlar, ayniqsa yoshlar tashqi jinsiy a’zolaridagi o‘zgarishlarga shikoyat qilmaydi, shuning uchun yosh
bolalarning ota–onalari va bemorlar bilan suhbat vaqtida diqqat bilan anamnez
yig‘ish zarur va tashqi jinsiy a’zolarni tekshirib ko‘rish shart.
Fimoz – chekka kertmakning torayishi bo‘lib, olat boshchasini uni yopib
turuvchi teri qoplamidan ochilishiga xalaqit beradi. Fimozda ko‘pincha
balonopostit kelib chiqadi. Chekka kertmak teshigining keskin ravishda yaqqol torayishida siydik tutilishi va ureterogidronefroz paydo bo‘lishi mumkin. Fimoz jinsiy olatda o‘sma rivojlanishiga moyillik omili bo‘lib hisoblanadi.
Tug‘ma va orttirilgan fimoz farq qilinadi. Tug‘ma fimoz bola hayotining birinchi yilida aniqlanadi, bu fiziologik holat ham hisoblanadi. Balonopostit, qandli diabet oqibatida rivojlanadiganlar orttirilgan fimozga kiradi. Fimozning atrofik va gipertrofik turlarga ham bo‘linadi.
Kasallikka bemorning shikoyatlari va fizikal tekshiruvlarga asoslanib tashxis qo‘yiladi. Fimozi bor bo‘lgan bemorlar asosan jarroxlik yo‘li bilan davolanadi.
Agar bemor oraliq sohasidagi va jinsiy olat boshchasidagi, urug‘don va uning ortig‘i sohasidagi og‘riqlarga shikoyat qilsa va bunday shikoyatlar paydo bo‘lishi sabablarini shifokor topa olmasa, bunday og‘riqlar prostata bezi yoki urug‘ pufakchalaridagi yallig‘lanish jarayonining tarqalishi oqibatida ro‘y bergan
17
bo‘lishi mumkinligini unutmaslik kerak. Bunday paytda rektal tekshiruv o‘tkazish zarur. Bundan tashqari, bunday simptomlar ko‘pincha umurtqa pog‘onasi yoki orqa miya kasalliklarida ham bo‘ladi.
Umumiy namoyon bo‘lgan simptomlar
Bular qatoriga isitma – tana haroratining ko‘tarilishi, tana massasini yo‘qotish va erkaklardagi ginekomastiya kiradi. Odatda, tana haroratining yuqori ko‘tarilishi (38–40oS gacha) o‘tkir pielonefrit yoki o‘tkir prostatit bo‘lgan bemorlarda kuzatiladi, bu ko‘pincha kuchli qaltirash deb ataladigan o‘zgarish bilan kechadi.
Katta yoshdagi bemorlarda bunday simptomlar kasallikning boshqa belgilari bilan birga qo‘shilib kelishi mumkin, jumladan, mahalliy og‘riq tez–tez siyish bilan, chaqaloqlar va kattaroq yoshdagi bolalarda esa o‘tkir pielonefrit mahalliy simtomlarsiz kechadi. Ko‘pincha, bolaning katta yoshga to‘lgan davrigacha ko‘p yillar davomidagi rivojlanishida “tushunib bo‘lmaydigan” isitma kuzatiladi. Aksariyat buni umumiy amaliyot shifokori e’tiborga olishi zarur, ko‘pincha, buni urologik kasallik emas, o‘tkir respirator infeksiya yoki boshqa biror–bir kasallik belgisi deb ham qarashadi. Urug‘don yoki ortig‘ining o‘tkir yallig‘lanishida ham shu singari isitma bo‘lishi mumkin.
Tana massasini yo‘qotish (ozish) buyrakning zo‘rayib boruvchi surunkali yetishmovchiligida kuzatilishi mumkin, lekin bolalarda gavda massasining kamayishi yoki uning yoshiga to‘g‘ri kelmasligi shifokorni siydik yo‘llarida surunkali infeksiya va/yoki obstruktiv uropatiya borligiga shubha qilishga olib kelishi zarur.
Ginekomastiya – prostata bezi raki bilan og‘rigan bemorlarda estrogenoterapiya oqibatida paydo bo‘lishi mumkin, shuningdek, bu ayniqsa prostata spesifik antigenni aniqlash bilan birga olib borilsa, bu davolashning o‘ziga xos nazorati bo‘ladi. Ginekomastiya urug‘don Sertoli hujayrasining o‘smasi simptomi yoki Klaynfeltera sindromi yuzaga chiqishida ham bo‘lishi mumkin.
Og‘riq
18
Urologik kasalliklarda og‘riq o‘tkir yoki simillovchi bo‘lishi mumkin. Bel sohasida og‘riq ko‘pincha buyrak kasalliklarida kuzatiladi, uning chov sohasiga tarqalishi siydik nayi kasalliklariga, qov usti sohasidagi og‘riq qovuq kasalliklari
uchun, oraliqdagi og‘riq esa prostata bezi, urug‘ pufakchalari uchun xosdir. Og‘riqni sezish xarakteri, uning joylashishi va tarqalishi, ularning kelib
chiqish sharoiti to‘g‘ri tashxis qo‘yish uchun muhim ahamiyatga ega.
Kattaroq yoshdagi bolalar bel, siydik nayi sohasidagi va jinsiy a’zolardagi og‘riqning joylashishini yetarli darajada aniq ko‘rsatib beradi. Kichik yoshdagi ko‘pchilik bolalar og‘riqning kelib chiqishini tasvirlab bera olmaydi, bu ularning
yig‘isi, injiqligi bilan |
namoyon bo‘ladi. Ular ko‘pincha qorin sohasidagi og‘riqni |
ko‘rsatadi. |
|
Buyrakdagi og‘riq impulslarini qabul qilib oladigan retseptorlar arterial qon |
|
tomirlarning ichki |
qavatida, buyrakning fibroz pardasida va jomida bo‘ladi. |
Qabul qilingan ta’sirlanishlar simpatik nervdan aorta–buyrak gangliyalar, qorin tuguni va ko‘proq kichkina qorin nervi (Thx–LI segmentar innervatsiyasi) orqali o‘tkaziladi. Siydik nayidagi ta’sirlanishlar simpatik tizimdan va faqat uning distal qismidan–parasimpatik tizim bo‘ylab aorta–buyrak gangliyalariga, ovarial (spermatik) qorin osti va chanoq nervi chigaliga (LI–LII segmentar innervatsiya) uzatiladi. Siydik nayining yuqori uchdan biridagi og‘riq qorin (mezogastriya)
sohasida va yonbosh sohada, siydik nayining o‘rta uchdan biridagi og‘riq chov
sohasida, pastki uchdan biridagi og‘riq jinsiy a’zolarda bo‘ladi. Siydik nayi bo‘ylab og‘riqning tarqalishi toshning joylashishini taxmin qilishga imkon beradi.
Masalan, agar og‘riq jinsiy olat boshchasiga tarqalsa, tosh siydik nayining intramural qismida, ya’ni qovuqqa «kirish» oldida bo‘lishi mumkin.
Qovuqdan og‘riq impulslari asosan qovuq uchburchagi, ya’ni Leto
uchburchagidan (siydik naylari og‘izchalari va siydik chiqarish kanalining ichki teshigini tutashtirganda hosil bo‘ladi) qorin devoridagi somatik nervidan (Thx1–L1 segmentar innervatsiyasi), ya’ni simfiz ustidan kelib tushadi. Prostata bezi va siydik chiqarish kanalining orqa tomonidan ta’sirlanishlar sakral nervlar bo‘ylab
(parasimpatik innervatsiya, L4 –S4 segmentlar) uzatiladi, ya’ni og‘riq oraliqda,
19
to‘g‘ri ichakda bo‘ladi. Urug‘dondan og‘riq sakral nervlardan S1–S4 segmentlarga, genitofemoral nervlardan S1–S2 segmentiga, testikulyar chigalidan T10 ga uzatiladi. Urologik a’zolarning shunday keng innervatsiyasi ta’sirlanishning boshqa a’zolarga o‘tishiga imkoniyat yaratadi, bu tarqaluvchi og‘riq va vegetativ
buzilishlarni keltirib chiqaradi.
Urologik kasalliklarning eng xarakterli simptomi buyrak sanchig‘i
hisoblanadi. Unga yuqori siydik yo‘llarining keskin to‘silishi natijasida siydik oqimining birdaniga buzilishi sabab bo‘ladi. Bu vaqtda buyrak jomida bosimning birdan ko‘tarilishi ro‘y beradi, ularni jomdagi baroretseptorlar qabul qilib, orqa miyaning tegishli segmentlariga, keyin esa bosh miyaning po‘stlog‘iga uzatadi, u
yerda og‘riq sifatida transformatsiya qilinadi. Masalan, toshni siljitish uchun
yo‘naltirilgan, buyrak kosachalari, jomi va siydik nayi mushaklarining qisqarishi siydik yo‘llaridagi to‘siqning ustki qismida bosimni yanada ko‘proq oshiradi. Buyrak jomi yoki kosachalari ichki bosimining birdan ko‘tarilishi oqibatida buyrak qon tomirlari (birinchi navbatda arteriyalar) reflektor toraya boshlalaydi.
Bular orqa miyada ta’sirlanishni oshiradi va og‘riqni kuchaytiradi. Buyrak parenximasida shishning boshlanishi uning kattalashishiga va ko‘plab retseptorlarga ega fibroz pardaning taranglashishiga olib keladi. Bu yana og‘riq impulslari oqimini kuchaytiradi.
Buyrak sanchig‘iga ko‘pincha quyidagilar: buyrak va yuqori siydik yo‘lidagi toshlar, toshni maydalagandan keyin «qumlar» (mikrolitlar) yig‘ilishi, siydik bilan chiquvchi tuzlar aralashmasi, siydik nayining birdan bukilishi, qon ivindisi, shilimshiq yig‘ilishi, yiring bo‘tqasi, siydik nayining allergik shishi sabab
bo‘ladi.
Og‘riq bel va qovurg‘a osti sohasida qo‘qqisdan boshlanadi, siydik nayi bo‘ylab qov usti va chov sohasiga, tashqi jinsiy a’zolarga, sonlarning ichki yuzasiga tarqaladi, ko‘pincha siyishning tezlashishi yoki uretrada og‘riq kuzatiladi. Bunday belgilar buyrak sanchig‘i uchun patognomonik bo‘lib, bu siydik nayining pastki qismi bekilib qolganligidan berishi mumkin. Buyrak sanchig‘i odatda, ko‘ngil aynishi, qusish, ichak nimfalaji, ich kelishga istak bilan
20
