
Urologiya
.pdf
Buyrakning uzunasidagi o‘qi bel mushaklarining chekkasiga parallel joylashadi, ikkala buyrak uzunasidagi o‘qlaridan xosil bo‘lgan burchak pastga qarab ochilgan va 200–300 ga teng, buning ustiga erkaklarda u, odatda, bir oz kattaroq bo‘ladi. Bunday belgini bilish juda muhim bo‘lib, rentgenogrammada u oson aniqlanadi, chunki patologik holatlarda (rivojlanish anomaliyasi, pielonefrit, nefroptoz, paranefrit va b.) buyraklar uzunasidagi o‘qining yo‘nalishi bir yoki ikki tomonda o‘zgarishi mumkin. Rentgenogrammada me’yordagi buyraklar gomogen loviyaga o‘xshash soya beradi, chekkalari tekis, kattaligi 12x7sm (erkaklarda bir oz kattaroq, ayollarda bir oz kichikroq) bo‘ladi. O‘ng buyrak chap buyrakka qaraganda 1.5–2 sm pastroqda joylashgan bo‘lib, uning soyasini, odatda, XII qovurg‘a o‘rtasidan kesib o‘tadi. 30% odamlarda ikkala buyrak bir xil darajada joylashgan, 5% odamlarda esa chap buyrak o‘ng buyrakka qaraganda pastroq joylashgan. (2.5- rasm).
2.5-rasm. Siydik tizimining umumiy rentgenogrammasi.
61

Bolalarda buyraklar kattaligi ularning yoshiga qarab har xil bo‘ladi: chaqaloqlarda 4,5x2,7sm, bu kattalik yiliga ikki baravar, 13–14 yoshda esa 7 baravar kattalashadi. Bolalarda buyraklar bir muncha katta, umurtqaning bel qismi nisbatan qisqaroq, shuning uchun rentgenogrammada buyraklarning pastki qutbi yonbosh suyagining qirrasiga yaqin joylashgan, ba’zan yonbosh suyagining qirrasi darajasida bo‘ladi.
Buyraklar kattaligini aniqlash ko‘pgina kasalliklarda (pilonefrit, o‘sma, nefrogen gipertenziya va b.) tashxislashda katta ahamiyatga ega. Buyraklar bir umurtqa gavdasi doirasida fiziologik (nafas olish) harakatga ega bo‘ladi. Katta harakatchanlik nefroptoz to‘g‘risida, siljishning yo‘qligi esa distopiya yoki buyrak yoki kletchatkasining zararlanishi (paranefrit, pedunkulit) to‘g‘risida guvohlik beradi.
2.6-rasm. Ekskretor urogrammalar.
a – buyrak tashqaridagi jom (o‘ng buyrak); b – buyrakdan ichidagi jom (chap buyrak).
Me’yorda buyrak jomining ko‘p sonli variantlari mavjud. Buyrak jomining eng ko‘p uchraydigan ikki xili: buyrakdan tashqarida va buyrak ichida joylashgan turlari klinik ahamiyatga ega. Birinchi holatda deyarli jomning hammasi buyrak sinusidan tashqariga chiqadi va parenxima bilan bir ozgina yopilgan (2.6 – rasm),
62
ikkinchisida esa jom buyrak sinusi ichida, hamma tomondan parenxima bilan yopilgan bo‘ladi.
Buyrakdan tashkarida joylashgan jom ko‘pincha sharsimon yoki noksimon shaklda, buyrak ichidagisi esa uchburchak shaklda bo‘ladi. Buyrak jomining
kosachalar bilan birga |
o‘rtacha sig‘imi 5 ml. Buni retrograd pielografiya |
qilayotgan vaqtda bilish |
kerak. |
Buyrak kosachalari katta va kichik deb ajaratilishi qabul qilingan. Ularning
kattaligi va soni har xil bo‘ladi. Katta kosachaning bo‘yni va tepasi bor, undan kichkina kosachalar boshlanib, odatda ular dorsal va ventral yo‘nalishda joylashadi. Kichkina kosachalarning bunday joylashishini faqat bir proeksiyada qilingan urogrammada ularning tasvirini hamma vaqt ham olishga imkon bo‘lmaydi. Katta kosachadan chiqqan joyida kichkina kosacha bo‘yinga ega, va gumbazning o‘zi (forniks)– tagidan konus shaklidagi so‘rg‘ichlar bilan o‘ralgan kosachaning bir qismi bu kosacha. Kichkina kosachalarning o‘rtacha soni 6–8 ta bo‘ladi.
Siydikning ajralib chiqishi va qaytadan surilish jarayonida buyrakning fornikal apparati katta ahamiyatga ega. U kichkina kosachalarning proksimal qismidan, uning gumbazi, so‘rg‘ichi va unga tutashib turadigan nerv, venoz va limfatik xosilalardan tashkil topgan. Fornikal apparatning funksional yoki organik zararlanishi fornikal jom–buyrak refluksining kelib chiqishida asosiy patologik zveno hisoblanadi. Bu siydikning surilish istimasi, o‘tkir pielonefrit, gematuriya rivojlanishining sababi bo‘lishi mumkin. Huddi shunday holat siydik yo‘llarining
yuqori qismi tosh bilan to‘silib qolganda, nefroptozda, buyrak venalarining
torayishi va h. kuzatilishi mumkin.
Siydik naylari butun uzunligi bo‘yicha 4 ta fiziologik toraygan joyga ega:
1)jomdan siydik nayiga o‘tgan joyida;
2)yonbosh qon tomirlari ustida;
3)qovuq oldi qismida (siydik nayining yukstavezikal qismi);
4)intramural qismida.
63
Siydik nayi 3 ta urchuqsimon rezervuardan – sistoidlardan tashkil topgan, ureterogrammada ular oralig‘ida odatda torayishlar ko‘rinib turadi. Katta odamlarda siydik nayining uzunligi 25–30 sm, tashqi diametri 1–1,3 sm , ichki
diametri 0,4–0,6 sm tashkil etadi.
Chaqaloqlarda siydik nayining uzunligi 5–7sm. U ortiqcha rivojlangan, bel qismida anchagina kengaygan, tizzasimon bukilgan bo‘ladi: bir yasharligida siydik nayining uzunligi 9–12 sm, ikki yoshligida 13–14 sm, 5, 7, 16, 18 yoshda shunga muvofiq 10, 15, 20, 25 smga yetadi. Siydik nayi intramural qismining uzunligi ham yoshga qarab talaygina o‘zgaradi: chaqaloqlarda u 4–6 mm atrofida bo‘ladi, 12 yashar bolalarda esa 10–13mm. ga yetadi. Keyingi yoshlarda siydik
nayining ushbu qismi kattalashmaydi.
Qovuqning tepasi, bo‘yni, tubi va gavdasi farq qilinadi. Tepasi – qovuqning o‘rta qovuq–kindik boylamiga (bitib ketgan uraxus) o‘tish joyi hisoblanadi. Tubi – qovuqning eng keng pastki orqa qismi, erkaklarda to‘g‘ri ichakka qaragan, ayollarda – bachadon va qinning oldingi devorining yuqori qismiga qaragan bo‘ladi. Bo‘yni – qovuqning toraygan qismi, siydik chiqarish kanali bilan chegaralanib turadi. Qovuqning tepa va tubi orasida joylashgan o‘rta qismi
gavdasi deb ataladi.
Qovuq to‘lib turganda oldingi, orqa, yuqori, o‘ng va chap yon devorlari
ajratiladi. Kontrast modda bilan to‘ldirilgan me’yordagi qovuq
rentgenogrammada tuxumsimon (ayollarda) yoki sharsimon (erkaklarda) shaklda va konturlari aniq va tekis bo‘ladi. Qovuqning pastki chegarasi odatda qov suyaklari simfizining yuqori chekkasi darajasida yoki bir oz pastda joylashadi.
Chaqaloqlarda qovuq simfizning ustiga chiqib turadi; yosh o‘tishi bilan asta–sekin kichik chanoqqa tushadi. Chaqaloqlarda qovuqning hajmi 50–80 ml atrofida o‘zgarib turadi, yosh kattalashishi bilan u kengayadi. Qovuqning xajmi
har bir yosh uchun quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: 146+(6,1 x yosh).
Erkaklar siydik chiqarish kanali ikkita egrilik hosil qiladi: birinchisi –
do‘ng tomoni bilan |
pastga qarab, qov simfizini (curvatura subpubica) aylanib |
|
o‘tadi, ikkinchisi esa |
do‘ng tomoni bilan |
yuqoriga, jinsiy olatning ildiziga |
|
64 |
|

qaragan (curvatura preapubica) bo‘ladi. Siydik chiqarish kanali uretrogrammada diametri bir xil bo‘lmagan, konturlari tekis, silliq bo‘lib egilgan yo‘lga o‘xshab ko‘rinadi. Qovuqning tashqi sfinkteri erkaklarning siydik chiqarish kanalini– oldingi va orqa bo‘limga bo‘ladi, bularning har biri o‘z navbatida yana ikki qismga bo‘linadi. Uretraning oldingi bo‘limida penal (jinsiy olat davomida)va bulboz (xuddi piyozga o‘xshab kengaygan, orqa bo‘limida esa membranoz (membrana urogenitalis ni teshib o‘tuvchi) va prostatik (prostatik bezi bilan o‘ralgan) qismlar ajratiladi. (2.7-rasm).
2.7 rasm. Uretrogramma. Me’yordagi erkaklar siydik chiqarish kanali.
Ayollarning siydik chiqarish kanali ancha kalta va erkaklarnikiga qaraganda birmuncha kengroq, uretrogrammada kalta, konturlari tekis bo‘lib keng yo‘l shaklida ko‘rinadi.
Urodinamik tekshirishlar
Siydik chiqarish –siydik yo‘llari yuqori va pastki bo‘limining sinxron motor faoliyati bo‘lib, bu kosachalar, buyrak jomi, siydik naylari va qovuqning nerv– mushak apparati bilan ta’minlanadi. Kichkina kosachalar devorida tolalari aylanma joylashgan ikkita mushak sfinkteri – m. sphincter fornicis va m. sphincter calycis bor. Kosachalar gumbazidan buyrak parenximasiga kosachalar forniksini uni bushagan vaqtda ko‘taradigan mushak tolalari – m. levator fornicis kiradi, kosachalar bo‘ylab esa m. longitudinalis calycis joylashadi. Bu guruh mushaklar
65
ko‘p sonli nerv oxirlari bilan |
ta’minlangan |
bo‘lib, yig‘uvchi naychalardan |
kichkina kosachalarga, ulardan katta kosachalarga siydik oqimini o‘tkazadi. |
||
Siydik yo‘llarining o‘ziga |
xos tuzilishi |
va funksiyalari uni bir nechta |
urodinamik bo‘limlarga bo‘lishga imkon beradi. Ulardan biri buyrak jomi, jom– siydik nayi segmenti xisoblanadi. Bu bo‘limda buyrak jomining mushak apparati xuddi detruzorga o‘xshab ishlaydi, jom–siydik nayi segmenti esa – xuddi sfinkterga o‘xshab, bu segmentni ochib va yopib turadi. Bu segmentda kavernoz gavdachaga o‘xshagan qon tomirlar hosilasi bo‘ladi, bu ularni qon bilan to‘ldirganda ular joylashgan joyda mushaklarning mahalliy qisqarishini ta’minlaydi. Xuddi shunday kavernoz gavdachaga o‘xshagan xosilalar siydik nayining ba’zi bir boshqa bo‘limlarida ham bo‘lib, ular jom tizimi va siydik nayining detruzor–sfinkter harakatini ta’minlaydi. Siydik nayida 2–4 ta, ko‘pincha 3 harakat seksiyalari ajratiladi. Uning yuqori, o‘rta va pastki uchdan birida joylashgan bo‘lib, bularning har biri sistoid deb ataladi.
Buyrakdan siydikning kosacha–jom tizimiga tushishi va uning bo‘shashi ikki fazada sodir bo‘ladi: diastola – siydikning kosacha yoki jomda yig‘ilishi, sistola – ularning bo‘shashi. Kosachalarda diastola 4 s davom etadi va 3s davom
etadigan sistola bilan almashadi, ular orasidagi pauza 5–9 s.ga teng bo‘ladi.
Buyrak jomi, odatda, to‘la bo‘shamaydi, bir daq.da 4–5 marta qisqaradi, ya’ni har
10–12 s sistolaning 2–3 s davomiyligi bilan kuzatiladi. Odam tik turganda, yotgan holatiga qaraganda buyrak jomi 2–2,5 marta tezroq bo‘shaydi. Siydik buyrak jomidan siydik nayining yuqori sistoidiga evakuatsiya qilinadi.
Siydik nayining sistoidlari navbatma–navbat bo‘shashadi va qisqaradi. Agar yuqori sistoid qisqarish fazasida bo‘lsa, unda o‘rta sistoid yuqori sistoiddan siydikni qabul qilib, kengayish fazasiga o‘tadi, bu vaqtda pastki sistoid qisqarib, siydikni qovuqqa xaydaydi. Natijada ekskretor urogrammada me’yordagi siydik nayining faqat shu sistoidlari ko‘rinadi, agar rentgen surati olinayotgan paytda ular diastala fazasida bo‘lsa. Siydik nayining barcha qismi rentgen kontrast modda bilan to‘lsa, uning nerv boshqarishi va mushak tonusi buzilganligi urodinamika muvofiqligining buzilganligidan dalolat beradi. Siydik nayining sistoid faoliyati
66

buyrakning fornikal apparatini buyrak jomi ichki bosimining to‘satdan ko‘tarilishidan saqlashga imkon beradi, bu holat jom–buyrak reflukslari kelib
chiqishi bilan kuzatilishi mumkin. Siydik nayining har bir sistoidining qisqarishi 20 s da bir marta sodir bo‘ladi.
Shu bilan birga oxirgi yillarda urorentgenokinematografik tekshirishlar
butun siydik nayi bo‘yicha uzluksiz peristaltik to‘lqinlar qisqarishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Siydik nayining harakati to‘g‘risidagi masala kelgusida o‘rganishni talab etadi.
Qovuqning bo‘shashi Leto uchburchagi va siydik naylari orasidagi burmaning orqasida joylashgan zonaning qisqarishidan boshlanadi. Buning orqasidan butun qovuqning qisqarishi sodir bo‘ladi. Bu vaqtda qovuqning ichki bosimi 35–40 sm suv ust.ga ko‘tariladi. Detruzor qiskarganda qovuq bo‘yinchasi (ichki sfinkter) qisqaradi va ochiladi ayni vaqtda tashqi sfinkter bo‘shashadi. Uretra orqa bo‘limining tortilishi va undan siydik o‘tishi qovuq qisqarshining
reflektor kuchayishiga olib keladi.
Siydik a’zolarining kasalliklarida urodinamika juda ko‘p buzilganda siydikning orqaga oqishi – refluks paydo bo‘ladi. Buyrak jomining ichida bosim
anchagina va birdaniga ko‘tarilganda hamda fornikal a’zoning patologik
o‘zgarishlarida jom–buyrak reflukslari, ya’ni jom ichidagi suyuqlik (siydik)ning orqaga buyrak parenximasiga oqishi, keyinchalik esa uning vena va limfa to‘riga o‘tishi kuzatiladi. (2.8-rasm, a –g).
2.8 – rasm. Jom–buyrak reflukslarining turlari (sxemasi).
a – pielotubulyar; b – pielofornikal; v – pielolimfatik; g –pielofornikal –parda osti.
67
Qovuq – siydik nayi – jom refluksining patognomik klinik belgisi siyish vaqtida buyrak sohasida og‘riq bo‘lishidir. Bolalarda, aksariyat bu klinik simptom bo‘lmaydi. Ular ko‘pincha og‘riqning joylashishini differensiatsiya qila olmaydi
va ba’zan qorinning hamma sohasi og‘riyotganligi shikoyat qiladi. |
|
|
Refluks rentgenda retrograd va miksiyali (siyish |
paytida) |
sistografiya |
qilganda siydik nayi (ba’zan buyrak jomiga qadar) rentgenkontrast |
modda bilan |
|
to‘lgan ko‘rinishida va ultratovush nazorati ostida gaz bilan |
sistografiya qilgan |
vaqtida aniqlanadi. Siygan vaqtda urorentgenokinematografiya qilganda qovuq– siydik nayi–jom refluksini yana ham ko‘proq aniqlash mumkin.
131I–gippuran bilan qilingan radioizotop sistorenografiya, qovuq–siydik nayi qo‘shilgan joyi yetishmasligining dastlabki bosqichini aniqlashga imkon beradigan eng sezgir usul hisoblanadi. Qovuqning ichki bosimi past vaqtda (siyish istagi bo‘lgunga qadar qovuqni fiziologik to‘ldirganda) aniqlanadigan qovuq– siydik nayi–jom refluksi passiv refluks, qovuqning ichki bosimi ko‘tarilgan vaqtda (kuchanganda, siygan paytda) paydo bo‘lganiga aktiv (faol) refluks deb ataladi.
Rentgenologik tekshirish usullari
Zamonaviy urologiyada rentgenologik tekshirish usullari ko‘p. Ular har xil tashxislash usullari orasida eng muhim va ba’zan ustun ahamiyatga ega. Ular nafaqat patologik jarayonning hususiyatini, siydik yullaridagi morfologik o‘zgarishlarni aniqlashga, balki ko‘pincha kasallikning dastlabki bosqichida funksiyasiining buzilishini ochib berishga imkon beradi.
Shuni unutmaslik kerakki, rentgenologik ma’lumotlar natijalarini klinik,
laboratoriya, ba’zan morfologik ma’lumotlar bilan solishtirib ko‘rilganda
to‘g‘ri interpretatsiya qilish mumkin. Shuning uchun urolog buyrak va siydik yo‘llari kasalliklarining rentgenologik simptomlari bilan yaxshi tanish bo‘lishi kerak, rentgen suratini to‘g‘ri interpretatsiya qilish va tashxisni vaxliroq qo‘yish uchun optimal tekshirish usullarini tanlash orqali qisqa yo‘l bilan maksimum ma’lumotlarni olishga intilish kerak.
Bemorni rentgenologik tekshirishlarga tayyorlashning asosiy shartlaridan biri, ichakni yaxshilab tozalashdir. Buning uchun bemorga 2–3 sutka mobaynida
68

uglevodlar cheklangan parxez taomlar tayinlanadi. Bir kun oldin kechqurun va tekshirishdan oldin ertalab tozalovchi ho‘qna qilinadi. Bu tadbirlar yetarli bo‘lmasa, bemor sutka davomida faollashtirilgan ko‘mir , bir kun oldin kechqurun
– surgi dori (30 ml kanakunjut, vazelenli yoki kungaboqar moyi) qabul qiladi.
Odatda tekshirish naxorda o‘tkaziladi. Lekin tekshirish uzoq davom etgan vaktda ichaklarda «ochlik» yeli hosil bo‘lishining oldini olish uchun bemorga oz sonda quritilgan oq non bilan achchiq choy ichishga ruxsat etiladi.
Bolalarda, ayniqsa, kichik yoshdagilarda rentgen tekshirishlarning sifati, ko‘pincha ichaklarni axlat va yeldan puxta tozalashga bog‘liq bo‘ladi. Bunday maqsadga erishish uchun har xil sxemalar qo‘llaniladi. Eng ko‘p tarqalgani quyidagicha: bolaga 3 kun davomida sut, qora non, sabzavotlar, shirinlik va boshqa yel hosil qiluvchi mahsulotlar berilmaydi. Karbolen bir kunda (0,5g dan 3– 4 marta), valerian ekstrakti tayinlanadi. Bir kun oldin kechqurun tozalovchi huqna qilinadi. Hayajonli bolani ertalab ovqatlantirmaslik maqsadga muvofiqdir va tekshirish yengil narkoz ostida o‘tkaziladi. Narkoz qo‘llashga zaruriyat bo‘lmasa, bolaga ertalab yengil nonushta beriladi. Ko‘rsatmaga binoan antigistamin dorilari tayinlanadi.
2.9-rasm. Siydik tizimining umumiy rentgenogrammasi. O‘ng buyrak jomida tosh.
69
Siydik yo‘llariga to‘g‘ridan–to‘g‘ri rentgenokontrast moddani kiritib
qilinadigan tekshirish usullarida (retrograd ureteropielografiya, antegrad pieloureterografiya, uretrotsistografiya) olinadigan tasvir yuqori darajada bo‘lganligi sababli ichakni maxsus tayyorlash talab qilinmaydi.
Siydik tizimining umumiy rentgenografiyasi, uning natijalari to‘g‘ri interpretatsiya qilinganda juda muhim ma’lumot beradigan va albatta bajarish lozim bo‘lgan tekshirish usuli bo‘lib hisoblanadi. Keyingi hamma rentgenkontrast
tekshirishlar shundan boshlanadi. Ko‘pincha umumiy rentgenogrfiya nafaqat
tashxisni (marjonsimon tosh, emfizematoz pielonefrit), suyaklardagi o‘sma
metazstazlarini aniqlash, balki maksimal ma’lumotlar olish uchun bundan keyingi
kerakli tekshirishlar hajmi va ketma–ketligini belgilaydi. Ba’zi kasalliklarda (buyrakda o‘sma bor deb gumon qilinganda) umumiy rentgenografiyadan keyin darxol angiografiya, boshqa kasalliklarda esa (nefrolitiaz) – ekskretor urografiya qilish kerak. (2.9-rasm).
Umumiy rentgenogramma (30x40sm plenka) zararlangan tomonidan qat’iy nazar siydik yo‘llarining barcha qismini, ya’ni X qovurg‘adan boshlab qov
birikmasining pastki |
qirrasi tugaguncha |
bo‘lgan joyni qamrab olishi kerak. |
Rentgen suratda XI |
va XII qovurg‘a , |
suyak skeleti, bel umurtqalarining |
ko‘ndalang o‘simtasi, bel mushaklari, buyrak konturlari, ichakdagi yel aniq ajratilishi kerak. Semiz odamlarda va mushaklari yaxshi rivojlangan odamlarda buyraklar konturi yomon aniqlanadi. Ichakdagi yel buyraklar konturini aniq ko‘rish imkoniyatidan, siydik a’zolari tizimi sohasidagi har xil soyalarni identifikatsiya qilishdan, rentgenkontrast tasvirlarni tushuntirib berishdan mahrum qiladi. Buyrak sohasidagi yel, kasallangan tomonida buyrak sanchig‘i vaqtida yig‘iladi. Zararlangan buyrakning konturlarini va bel mushaklari soyasini bekitadigan ichakdagi mahalliy yel, shikastlanganda skolioz borligi ham kasallangan tomonini ko‘rsatadi. Buyrak yonidagi kletchatkada yoki kosacha–jom tizimida gaz emfizematoz pielonefritda paydo bo‘lishi mumkin. Bunda umumiy
rentgenogramma |
pnevmopielogrammaga |
o‘xshab |
ko‘rinadi. |
Gaz |
|
70 |
|
|
|