
Urologiya
.pdftomirlaridan infeksiyaning kirishi sabab bo‘ladi. Kattaroq yoshdagi bolalarda urug‘don to‘qimasining yallig‘lanishi ko‘p hollarda epidemik parotitning asorati natijasida bo‘lib, kamroq esa uretrada uzoq muddat kateter turganda, urug‘don shikastlangandan keyin, infeksiyaning gematogen yo‘l bilan tarqalishida paydo bo‘ladi.
Simptomlari va klinik kechishi
Bemorlar urug‘donda to‘satdan og‘riq paydo bo‘lishi, qaltirash, tana haroratining 38–39 0S gacha ko‘tarilishi, urug‘donning kattalashishidan shikoyat qilishdi. Odatda, 2–4 hafta orasida orxitning ko‘rinishi pasayadi, lekin bir qancha hollarda urug‘donda yiringli jarayon paydo bo‘ladi. Bunda bemorning ahvoli intoksikatsiya sababli ancha yomonlashadi, urug‘donda og‘riq kuchayadi, tana harorati turg‘un yuqori turadi, yorg‘oq terisida shish va qizarish paydo bo‘ladi, u tegishli bo‘lgan to‘qimalar bilan birlashib qoladi. Keyinchalik ko‘pincha urug‘don abssessi yoki atrofiyasi vujudga kelishi mumkin. Epidemik parotitda orxit kasallik boshlanganidan 3–12 kun orasida yoki bola sog‘aygandan keyin birinchi haftasida rivojlanadi. 30% bemorlarda jarayon ikki tomonlama kuzatiladi. Ko‘pincha parotitli orxit urug‘donning atrofiyasi bilan tugallanadi.
Tashxislash
Orxitni aniqlashda urug‘don shikastlanishini va yuqorida tilga olingan infeksion kasalliklardan tashqari, ob’ektiv tekshirish ma’lumotlari muhim ahamiyatga ega. Orxitda yorg‘oq terisi taranglashgan, lekin xuddi o‘tkir epididimitdagiday shishgan bo‘lmaydi. Urug‘don ortig‘i kattalashmaydi. Urug‘ tizimchasi shishgan, qalinlashgan bo‘ladi, lekin o‘tkir epididimitdan farqi urug‘ chiqaruvchi yo‘l aniq paypaslanadi, unda infiltrativ o‘zgarishlar aniqlanmaydi. Paydo bo‘ladigan periorxit va urug‘donning reaktiv istisqosi kasallikning tashxisini qiyinlashtiradi. Urug‘don abssessining tashxisiga uni punksiya qilganda yiring olinishi va ultratovush skanerlashda urug‘don to‘qimasining exogenligi pasayishi suyuqlik bilan aniqlanishi yordam beradi.
Differensial tashxislash
311
Nospesifik orxitni urug‘don sili va o‘smasi differensiatsiya qilish kerak. Urug‘don sili ko‘pincha urug‘don ortig‘i silidan boshlanadi va u bilan birga kuzatiladi. Urug‘don o‘smasi urug‘donning sekin–asta og‘riqsiz kattalashishi va tana haroratining ko‘tarilmasdan boshlanishi bilan orxitdan farqi qiladi. O‘sma bilan zararlangan urug‘donni paypaslaganda og‘riqsiz bo‘ladi. Differensial tashxislashning qiyin hollarida ultratovush tekshirish va urug‘don biopsiyasi hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Davolash
Bemor o‘rin ko‘rpa qilib yotishga va yallig‘langan a’zo uchun maksimal harakatsizlanishga (suspenzoriyga) majbur bo‘ladi.
Ovqatlanish ratsionidan achchiq ovqatlar olib tashlanadi.
Asosiy jarayonning asorati bo‘lgan o‘tkir orxitda antibakterial davolash o‘tkaziladi. Keng doirada ta’sir ko‘rsatadigan antibiotiklar (sefalosporinlarning 2–
3 avlodi, aminoglikozidlar va b.) qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
Urug‘don abssessi paydo bo‘lganda yiring bo‘shlig‘ini ochishga to‘g‘ri keladi. Keksa odamlarda yiringli orxitda orxidektomiya qilish maqsadga muvofiqdir.
Prognozi
Nospesifik orxitda prognoz yaxshi. Kam hollarda urug‘don parenximasidagi tarqalgan septik tromboz a’zoning infarktiga yoki gangrenasiga olib keladi. Bolalik, o‘spirin yoshida ikki tomonlama orxit bepushtlik bilan asoratlanishi mumkin.
Balanit, balanopostit
Jinsiy olat boshchasining yallig‘lanishi (balanit), odatda, chekka kertmak yallig‘lanishi (postit) bilan kuzatiladi, ularning birga qo‘shilishi balanopostit, deyiladi.
Bu kasallik odatda olat boshchasidagi teri xalta ichidagi narsaning yig‘ilishi bilan va olat boshchasi ham chekka kertmak tualetiga yetarlicha e’tibor bermaydigan odamlarda, uning infeksiyalanishi yoki chekka kertmakning torayishi (fimoz) borligi bilan bog‘liq. Balanapostitga qandli diabet, yiringli
312
uretrit, yumshoq va qattiq shankr, jinsiy olatning yemiriluvchi o‘smasi ham sababi bo‘lishi mumkin. Kasallikning klinik simptomlari: jinsiy olat boshchasi va chekka kertmakning shishishi va qizarishi, olat boshchasidagi teri xaltachadan yiring ajralishi, ba’zi bemorlarda esa yuzaki yaralanish (yarali balanopastit)dan iborat. Bemorlar jinsiy olat boshchasi sohasida qichishish va achishishdan shikoyat qilishadi.
Kasallikning boshlang‘ich bosqichlarida balanopostit yaxshi davolanadi va yallig‘lanish jarayoni tezda bosiladi. Agar bemor mutaxassis o‘z vaqtida shifokorga murojaat qilmasa, unda yallig‘lanish jarayoni zo‘rayishi mumkin, bunday hollarda jinsiy olat boshchasi hamda chekka kertmakdagi shish va qizarish ko‘payadi, yiringli ajralma kuchayadi, chekka kertmakdagi yallig‘lanish cho‘zilganda parafimoz boshlanishi mumkin. Kasallikning etiologiyasini aniqlash uchun yiringni bakterialogik tekshirish kerak. Ko‘pincha qaytalovchi balanopostit fimoz rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Davolash
Olat boshchasi va chekka kertmakni sovunli issiq suv yoki vodorod peroksid bilan avaylab, sinchiklab yuvish, kaliy permanganat eritmasi yoki furatsillinning 1:5000 eritmasi, dioksidinning 0,5–1% li eritmasi bilan vannochka qilish va olat boshchasidagi teri xaltachaga sintomitsin linimentini qo‘yish buyuriladi. Ayni vaqtda antibakterial dorilar va ko‘p suyuqlik ichish tavsiya qilinadi. O‘tkir paydo bo‘lgan yallig‘lanish va parafimozda chekka kertmakni qisib qo‘ygan xalqani to‘g‘rilashga harakat qilinadi, uning natijasi bo‘lmaganda esa mahalliy og‘riqsizlantirish ostida dorsal yuzasidan kesiladi. Yallig‘lanish bartaraf qilingandan keyin bemordagi fimozni operativ yoki konservativ usullar bilan davolaniladi.
Kavernit
Kavernit - jinsiy olat g‘ovaksimon gavdachalarining yallig‘lanishidir. U g‘ovaksimon gavdachaga gripp, angina, osteomielit, karbunkulda, odontogen va boshqa infeksiyaning kirishi hamda o‘tkir uretritning asorati sifatida, g‘ovaksimon gavdachalarning shikastlanishi natijasida paydo bo‘ladi. Kasallik tana haroratining
313
38–39 0S gacha ko‘tarilishi, qaltirash, behollik, jinsiy olatda og‘riq bilan o‘tkir boshlanadi. Paypaslaganda jinsiy olatning g‘ovaksimon gavdachasida qattiq og‘riqli infiltrat aniqlanadi. O‘z vaqtida, odatda, yallig‘lanish infiltrati o‘rnida g‘ovaksimon gavdachada tezda abssess hosil bo‘ladi, u keyinchalik g‘ovaksimon gavdachaning bo‘shab qolishiga, sklerotik to‘qimaning rivojlanib ereksiya vaqtida jinsiy olatning deformatsiya bo‘lishiga olib keladi. G‘ovaksimon gavdachaning abssessi siydik chiqarish kanalining bo‘shlig‘iga yorilishi mumkin. Yiring bilan birga g‘ovaksimon gavdachaning nekrozga uchragan biriktiruvchi to‘siqlari ko‘chadi. Shu paytdan boshlab erektil disfunksiya rivojlanishi mumkinligi sababli prognozi yomon bo‘ladi.
Davolash
Kasallikning qo‘zg‘atuvchilari ko‘pincha yiringli kokkli flora bo‘lganligi sababli, asosan aminoglikozidlar, makrolid antibiotiklar bilan davolaniladi. Bemor albatta kasalxonaga yotqizilishi kerak, chunki abssesslanish belgilari paydo bo‘lganda g‘ovaksimon gavdachaning anchagina yemirilishini oldini olish uchun yiringlagan joyni o‘z vaqtida ertaroq operativ ochish kerak.
Nazorat savollari
1.Siydik yo‘llari infeksiyasining klassifikatsiyasi.
2.Siydik yo‘llari infeksiyasining klinik simptomlari.
3.Siydik yo‘llari infeksiyasini tashxislash.
Testlar:
1. Siydik yo‘llari infeksiyasi qaytalanishining (residivning) eng ko‘p sabablarini ta’kidlang.
A. Antibakterial dorilarga bakteriyalarning rezistent (chidamli) bo‘lishi.
V.Reinfeksiya.
S.Siydik yo‘llaridagi bartaraf etilmagan to‘siqlar (obstruksiya).
D.Immunitetning pasayishi.
2."Siydik yo‘llari infeksiyasining" moxiyati nimadan iborat?
A. Buyraklar jalb qilinmasdan, siydik yo‘llarining alohida infeksion yallig‘lanishi.
314
V. Buyrak va siydik yo‘llarining yalpi (total) infeksion yallig‘lanishi.
C. Klinik belgilari o‘xshash bo‘lgan infeksion etiologiyali siydik yo‘llari kasalliklari (bakteriuriya, leykotsituriya va boshqalar).
D. Ko‘rsatilgan barcha fikrlar to‘g‘ri.
Vaziyatli masala:
Ayol 45 yoshda. O‘ng bel soxasida og‘riq, qaltiroq shikoyati bilan murojat qildi. Tana harorati 38°S. Leykotsitoz – 13000. Ultrasonografiyada o‘ng tomonlama ureterogidronefroz. Obzor urogrammada o‘ng siydik nayi bel qismida 0,9x1,0 sm lik soya ko‘rinadi.
-Taxminiy tashxis?
-Davolash usuli?
7– BOB. SIYDIK – TOSH KASALLIGI.
Siydik – tosh kasalligi – moddalar almashinuvi kasalligi. Irsiy xarakter bilan birga har xil endogen va/yoki ekzogen sabablar oqibatida paydo bo‘lib, buyraklar va siydik yo‘llarida toshlar borligi bilan xarakterlanadi.
Ko‘pgina olimlarning ma’lumoti bo‘yicha ovqatlanish xarakteri, ijtimoiy yashash sharoitining o‘zgarishi va odam organizmiga to‘g‘ridan–to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatuvchi noqulay ekologik omillarning ko‘payishi natijasida siydik– tosh kasalligining uchrashi keyinchalik o‘sib borish tendensiyasiga ega. Siydik– tosh kasalligining tibbiy–ijtimoiy ahamiyati sababi shundan iboratki, u barcha yoshdagi guruhlarda uchraydi, 65–70 % mehnatga layoqatli 20–60 yoshdagilarda tashxislanadi.
Toshlar siydik ajratish tizimlarining barcha qismida kosachalarda, jomda, siydik naylarida, qovuqda va siydik chiqarish kanalida joylashadi. Ko‘p hollarda toshlar buyraklarning birortasida hosil bo‘ladi, lekin 9–17 % hollarda siydik –tosh kasalligi ikki tomonlama xarakterga ega.
315
Buyrakda toshlar bitta va ko‘p bo‘ladi (ko‘p toshlar ko‘pincha g‘ovaksimon buyrakda kuzatiladi. Kuzatuvlardan ma’lumki, ba’zan buyrakda 5000 ta gacha tosh topilgan. Toshlar har xil kattalikda 1 mm dan –10 sm dan katta, massasi
1000 g gacha bo‘ladi (7.1–rasm).
25–32% hollarda siydik – tosh kasalligi qaytalanadi, bunda murakkabroq klinik ko‘rinishni oladi. Toshlarning o‘sish tezligi nihoyatda individual bo‘ladi. Ba’zi toshlar bir necha yil davomida o‘smay turaveradi va bemorni bezovta qilmaydi, marjonsimon toshlar 6–12 oy ichida jomning va buyrak kosachalarining barcha qismini to‘ldirishi mumkin.
Etiologiyasi va patogenezi.
Hozirgi vaqtda siydik – tosh kasalligi patogenezining yagona nazariyasi mavjud emas. Jarayonning ikkita turi bor. Ular tosh hosil bo‘lishining formal va kauzal genezining omillarini aniqlaydi.
Formal genezi
Kristallanish nazariyasiga binoan, toshlarning hosil bo‘lish jarayoni kristallanish prinsipiga bo‘ysunadi. Bu jarayonda matritsa muhim ahamiyatga ega bo‘lmaydi va tasodifiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Kallsid nazariyasi nuqtai nazaridan, toshlar paydo bo‘lishida birinchi va muhim qadam toshning organik matritsalari hosil bo‘lishidir, siydik tuzlarining unga kristallanishi esa ikkilamchi jarayon hisoblanadi. Kristallanishning boshlanishi uchun deyarli barcha hollarda siydikda tosh hosil qiluvchi moddalarning konsentratsiyasi yuqori bo‘lishi kerak.
316

7.1 – rasm. Obzor rentgenogramma. Buyrakda toshlar: o‘ngda marjonsimon tosh; chapda tosh jomda.
Pirovardida toshlar hosil bo‘lishining sababi siydikdagi tuzlar va ularning
himoya kolloidlari o‘rtasidagi son va sifat nisbatining buzilishi deb qaraladi va
ular tuzlarni erigan holatda ushlab turadi.
Shu bilan birga ma’lumki, hatto me’yorda ham siydik ko‘pincha tosh hosil
qiluvchi moddalar bilan o‘ta |
to‘yingan bo‘ladi (ko‘p ovqatlanganda, og‘ir |
jismoniy mehnat qilganda va b.), |
lekin tosh hosil bo‘lmaydi. |
Hozirgi vaqtda kolloidning stabilligiga ta’sir qiluvchi va tuzlarni erigan holatda ushlab turuvchi bir qancha moddalar aniqlangan va aksincha, ularning yo‘qligi tuzlarning kristallanishiga yordam beradi. Me’yordagi siydikda bunday moddalar mochevina, kreatinin, gippuron kislota, natriy xlorid, sitratlar, magniy, noorganik pirofosfat va b. bo‘ladi. To‘yingan eritmada tuzlarning metastabil holati yengil yemirilishi mumkin. Ba’zi hollarda bunday rolni mukoproteinlar, sulfanilamidlar, pirovinograd kislota, kollagen, elastin o‘ynaydi.
Siydik muhiti (rN) ham toshlar hosil bo‘lishida muhim omillardan biri hisoblanadi. Isbotlanganki, tosh hosil qiluvchi moddalar siydik kislota, kalsiy, noorganik fosfat, oksalatlar konsentratsiyasi va ekskresiyasining oshishi toshlar
hosil bo‘lishiga yordam qiluvchi sharoitdir.
317
Kauzal genez
Kauzal genez asosida formal genezga qulaylik tug‘diruvchi organik va funksional holatlarga olib keluvchi bir qator ekzogen va endogen xavfli omillar yotadi. Demak, ko‘proq bir xil o‘simlik yoki sutli ovqatlar bilan siydikning ishqorlanishiga, go‘shtli ovqatlar esa oksidlanishiga yordam beradi.
Ekzogen etiologik omillar
1. Iqlim, tuproqning biogeokimyoviy tuzilishi, suv va floraning fizik– kimyoviy xususiyati, aholining ovqatlanish va suyuqlik ichish tartibi.
2. Ishlash sharoiti (zararli ishlab chiqarish, issiq sex, og‘ir jismoniy mehnat va b.) va turmush tarzi (bir xil, kam harakatli hayot va dam olish tarzi).
3.Tosh hosil bo‘lishida protektorlar konsentratsiyasiga, rN, diurez va shunga o‘xshashlarga ta’sir qiluvchi, tosh hosil qiluvchi moddalarni ovqat bilan haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish.
4.A va V guruh vitaminlarning yetishmasligi.
5.Endogen etiologik xavfli omillar juda har xil tabiatli bo‘lishi mumkin.
Bularga ham mahalliy urologik xavfli omillar, ham umumiy xavfli omillar hamda bemorning interkurrent kasalliklari kiradi.
Endogen etiologik omillar Urologik omillar
1.Siydik yo‘llarining mahalliy tug‘ma va orttirilgan o‘zgarishlari (siydik oqimining buzilishiga va gidronefrozga olib keluvchi torayishlar, qo‘shimcha tomirlar).
2. Yagona (yolg‘iz funksiya qiluvchi) buyrak.
3.Qovuq–siydik nayi (buyrak) refluksi.
4.Siydik yo‘llari anomaliyalari – kovaksimon, taqasimon buyrak, ureterotsele, bog‘langan kosacha.
5. Siydik yo‘llari infeksiyasi.
Umumiy omillar
1.Defitsit holat, bir qancha fermentlarning yo‘qligi yoki
giperproduksiyasi – giperparatireoz, podagra.
318
2.Uzoq muddatli yoki to‘liq immobilizatsiya (umurtqa
pog‘anasining, chanoq suyaklarining va sinishi b.).
3.Me’da–ichak trakti, jigar va o‘t yo‘llari kasalliklari.
4.Ichak rezeksiyasi, ingichka–yo‘g‘on ichak anastomozlari.
5.Krona, Pejeta, Beka kasalligi.
6.A,S vitaminlar, sulfanilamidlarni ortiqcha buyurish.
7.Sarkoidoz, leykemiya va suyaklarning metastatik zararlanishi.
Yuqorida sanalgan omillar buyraklarda toshlar hosil bo‘lishiga olib keladi, hozirgi kunda ular kimyoviy tasnifga binaon quyidagilarga bo‘linadi: siydik kislotali toshlar (uratlar) – sariq–jigar rangda, konsistensiyasi qattiq, yuzasi tekis yoki mayda donachali bo‘ladi; oksalat toshlar – qoramtir–kulrang, deyarli qora rangda, juda qattiq, yuzasi g‘adir–budur «tikanak» bilan qoplangan bo‘ladi; fosfat toshlar (infeksiyalangan) oq–kulrang bo‘lib, yumshoq, yengil maydalanadi, ularning yuzasi g‘adir–budur; aralash toshlar–yadrosi bir xil tuzlardan, po‘stlog‘i esa boshqa tuzlardan hosil bo‘ladi; sistin toshlar – och–jigar rangda, juda qattiq, yuzasi tekis bo‘ladi.
Toshlarning tuzilishi organizmda sodir bo‘layotgan moddalar almashinuvi buzilishini baxolash uchun ahamiyatga ega bo‘lib, bu siydik – tosh kasalligi metafilaktika taktikasini ishlab chiqishga imkon beradi. Hozirgi vaqtda siydik – toshlarining fizik–kimyaviy xususiyatlarini bilish distansiyali litotripsiya va kontaktli endoskopik litotripsiya usullariga ko‘rsatmani to‘g‘ri ishlab chiqish imkonini beradi.
Simptomlari va klinik kechishi
Siydik – tosh kasalligi ma’lum bir vaqt davomida simptomlarsiz kechishi mumkin va tosh rentgenologik yoki ultratovush tekshiruvlarda tasodifan aniqlanadi. Bu siydik – tosh kasalligining surunkali fazasi kechishining latent shakli deb atalib, toshning kattaligiga bog‘liq emas, asosan uning joylashishi, siydik oqimi buzilganligi va siydik yo‘llarida infeksiyaning yo‘qligi bilan aniqlanadi. Masalan, siydik oqimini buzmaydigan, buyrak funksiyasini
319
pasaytirmaydigan va infeksiyalanmagan katta marjonsimon tosh bemorni uzoq vaqt hech qanday bezovta qilmaydi.
Shu bilan bir vaqtda 98% hollarda buyrak va siydik nayidagi tosh bel sohasida yoki qovurg‘a ostida siydik nayi bo‘ylab tarqaluvchi o‘tkir og‘riq bilan (buyrak sanchig‘i) namoyon bo‘ladi. Yonbosh sohasidagi chovga, moyakka, jinsiy lablarga yoki jinsiy olat boshchasiga tarqaluvchi og‘riq, siydik nayining qovuq oldi bo‘limidagi toshlar uchun xosdir.
Buyrak sanchig‘i uchun quyidagi belgilar eng xarakterli: kunning har qanday vaqtida to‘satdan og‘riq paydo bo‘lishi, tinchlanganda va harakatlanganda og‘riq paydo bo‘lishi, gavda holatining o‘zgarishi sanchiqning kuchini kamaytirmaydi.
Buyrak sanchig‘ida bemor o‘zini qo‘yarga joy topolmay qoladi, bezovtalanadi, gavda holatini o‘zgartiraveradi. Bunday simptomlar kompleksi buyrak sanchig‘ini appenditsitdagi, xolesistitdagi og‘riqlar xurujidan ajratib, olishga imkon beradi, chunki ularda bemor qulay holatni topganda, og‘riq kamayadi.
Buyrak sanchig‘i ko‘ngil aynishi, qusush, meteorizm bilan kuzatilishi mumkin. Buyrak sanchig‘ida me’da–ichak traktidagi buzilishlarga buyrakning oldingi yuzasiga va jomga yondosh bo‘lgan orqa parietal qorin pardaning reflektor ta’sirlanishi sabab bo‘ladi. Ko‘ngil aynishi va qusish paydo bo‘lganda bemorlar suyuqlik ichishni kamaytiradi, bu qusish bilan birga qo‘shilganda oliguriya sababi bo‘lishi mumkin.
Siyishning buzilishi – siydik sonining kamayishi yoki uning butunlay yo‘q bo‘lishi (anuriya) – funksiya qiluvchi yagona buyragi bo‘lgan bemorlarda kuzatiladi.
Siydik yo‘llarining tosh bilan bekilib qolishi tufayli buyrakdan siydik oqimining buzilishi, jom ichki bosimining keskin ko‘tarilishi, fibroz kapsula va buyrak darvozasidagi sezuvchan nerv oxirlaridagi retseptorlarning ta’sirlanishi, venoz dimlanish sababli buyrak mikrosirkulyatsiyasining buzilishi buyrak sanchig‘i paydo bo‘lishining sabablari hisoblanadi.
320