Добавил:
shahzodbeknormurodov27@gmail.com Опубликованный материал нарушает ваши авторские права? Сообщите нам.
Вуз: Предмет: Файл:

Urologiya

.pdf
Скачиваний:
463
Добавлен:
24.08.2022
Размер:
7.56 Mб
Скачать

ko‘rsatgichlari; 4) kosacha–jom tizimining deformatsiyasi; 5) Xodson simptomi;

6) buyrak angioarxitektonikasining o‘zgarishi.

Surunkali pielonefritda umumiy rentgenogrammada buyraklardan birortasining kattaligi kichrayganligi, zararlangan buyrak zichligi soyasining ko‘rinarli oshganligi va o‘qining vertikal joylashganligi topiladi.

Har xil modifikatsiyadagi ekskretor urografiya surunkali pielonefrit rentgen tashxisining asosiy usullari hisoblanadi. Surunkali pielonefritning rentgenologik ko‘rinishi polimorfizm va asimmetrik o‘zgarishlar bo‘lishi bilan farq qilib, ular infiltrativ–yallig‘lanish va chandiqli –sklerotik jarayonlarning o‘zaro munosabatiga bog‘liq.

Surunkali pielonefrit uchun buyraklarning asimmetrik zararlanishi va ular funksiyasining pasayishi xos bo‘lib, rentgenkontrast modda yuborilgandan keyin dastlabki muddatlarida (1,3,5 daq.dan keyin) va muddati uzaytirilgan (40 daq, 1 va

1,5 s dan keyin) ekskretor urogrammalarda aniqroq ko‘rinadi. Kechiktirilgan urogrammalarda ko‘proq zararlangan buyrakdan, rentgenkontrakt moddaning uning kengaygan kanalchalarda ushlanib qolishi natijasida sekin ajralishi aniqlanadi.

Surunkali pielonefritning infiltrativ jarayonlar ustun bo‘lgan I bosqichida, rentgenogrammada kosachalarning surulganligi, ularning bo‘yinchalari va jomning spazmi topiladi. Spazmlar 20–30sek. davom etganligi sababli, ularni ko‘pincha ekskretor urografiyaga qaraganda urokinematografiya ma’lumotlari bo‘yicha aniqlanadi.

Pielonefritning chandiqli – sklerotik o‘zgarishlar rivojlangan II bosqichida, kosachalar, jom va siydik nayi yuqori uchdan bir qismining tonusi pasayishi, ularning bir oz kengayishi ko‘rinishida va bel mushaklari qirrasi simptomi (jom va siydik nayining bel mushaklari qirrasiga tegib turadigan joyida ular konturining bir tekisda yassilanishi kuzatiladi) paydo bo‘ladi.

Kosachalarning har xil deformatsiyalari kuzatiladi: ular qo‘ziqorinsimon, to‘g‘nog‘ichsimon shaklga ega bo‘ladi, siljiydi, ularning bo‘yinchasi uzayadi va torayadi, so‘rg‘ichlari tekislanadi.

261

Surunkali pielonefrit bo‘lgan bemorlarning taxminan 30% da Xodson simptomi aniqlanadi. Uning mohiyati shundan iboratki, ekskretor yoki retrograd pielogrammada, pielonefrit oqibatida o‘zgargan buyrakda so‘rg‘ichlarni tutashtiruvchi chiziq keskin egri–bugri bo‘ladi, chunki u parenximaning chandiqli o‘zgargan joylarida buyrak yuzasiga yaqinlashadi va to‘qimaning ko‘proq saqlangan joylarida undan uzoqlashadi. Sog‘lom buyrakda bu chiziq bir tekisda qavariq bo‘lib buyrakning tashqi konturiga parallel joylashadi.

Surunkali pielonefritda retrograd pielografiya buyrakning ayniqsa kasalxona (gospital) shtammli bakteriyalar bilan infeksiyalanish xavfi borligi tufayli juda kam qo‘llaniladi.

Surunkali pielonefritning o‘ziga xos rentgenologik belgilari 6.4 – rasmda sxema ravishda ko‘rsatilgan.

6.4 – rasm. Surunkali pielonefritning rentgenologik belgilari.

1– kosachalar bo‘yinchasining yallig‘lanish infiltrati bilan ikki tomonga surilishi; 2 – jom tonusining pasayishi – kontrast modda bilan to‘lish no‘qsoni; 3 – bel mushaklari qirrasi simptomi; 4 – buyrak so‘rg‘ichlarining tekislanishi; 5 – kosachalarning likopchasimon shakli; 6 – to‘g‘nag‘ichsimon o‘zgargan kosacha; 7– Xodson simptomi; 8 – so‘rg‘ichning ko‘chishi; 9 – buyrak parenximasida sklerotik jarayon tufayli kosachalar bo‘yinchasining torayishi va yaqinlashishi; 10 – so‘rg‘ichning nekrozi.

Surunkali pielonefritda buyrak parenximasining sekin–asta kichrayishi yuz beradi, buni aniqroq kosacha–jom tizimi yuzasining buyrak yuzasiga nisbatidan iborat bo‘lgan renal–kortikal indeks yordamida aniqlash mumkin. Renal–kortikal

262

indeksning ahamiyati shundan iboratki, u surunkali pielonefrit bo‘lgan bemorlarda kasallikning I–II bosqichlarida buyrak parenximasining kamayishini ko‘rsatadi, buni hisoblash usulisiz aniqlab bo‘lmaydi.

Surunkali pielonefritda buyrak arteriografiyasi buyrakning arxitektonikasi to‘g‘risidagi muhim ma’lumot olishga imkon beradi. Surunkali pielonefritda buyrak tomirlaridagi o‘zgarishlarning uchta bosqichi farq qilinadi.

I bosqich uchun mayda segmentar arteriyalar sonining, ularning batamom yo‘qolishiga qadar kamayishi xosdir. Buyrakning katta segmentar arteriyalari kalta, periferiyaga qadar konussimon toraygan va deyarli tarmoqlari bo‘lmaydi– «kuygan daraxt» simptomi deb yuritiladi (6.5 – rasm).

6.5-rasm. Selektiv arteriogramma. Surunkali pielonefrit. «Kuygan daraxt» simptomi.

Kasallikning buyrak parenximasida ko‘proq yaqqol o‘zgarishlar boshlangan II bosqichida, buyrak arterial tomirlarining hammasi torayganligi, nefrogrammada buyrak o‘lchamlarining kichrayganligi va konturining deformatsiya bo‘lganligi aniqlanadi.

III bosqich buyrakning bujmayishi bilan xarakterlanib, keskin deformatsiyasi sodir bo‘ladi, buyrak tomirlari torayadi va ular soni kamayadi.

263

Surunkali pielonefritda radioizotop tekshirish usullaridan renografiya buyraklarning funksiyasini alohida aniqlash va ko‘proq zararlangan tomonini topish usuli sifatida qo‘llaniladi. Bu usul davolash jarayonida buyrak funksiyasining tiklanganligi dinamik nazoratini ham amalga oshirish imkonini beradi.

Buyrakning faoliyat ko‘rsatuvchi parenximasining soni va sifatini aniqlash uchun dinamik ssintigrafiyani qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Buyrakning segmentar zararlanishida dinamik ssintigrafiya chandiqli–sklerotik o‘zgargan zonada gippuranning tashilishi to‘xtab qolganligini aniqlab beradi.

Pielonefrotik bujmaygan buyrakda statik va dinamik ssintigrafiya buyrakning o‘lchamlarini, unda radiaktiv preparatning to‘planishi va taqsimlanish xususiyatini aniqlash imkonini beradi. Bilvosita renoangiografiyada buyrakning qon bilan ta’minlanish holati va davolash jarayonida uning tiklanganligi aniqlanadi.

Differensial tashxislash

Surunkali pelonefritni ko‘pincha buyrak sili va glomerulonefritdan differensiatsiya qilishga to‘rg‘i keladi. Boshqa a’zolarda boshdan kechirilgan sil, dizuriya, gematuriya, yuqori siydik yo‘llarining chandiqli torayishi, proteinuriya, kam ifodalangan leykotsituriyaning eritrotsituriyadan ko‘p bo‘lishi buyrak sili borligidan dalolat beradi. Nefrosilning asosiy belgilari quyidagilar: siydikda sil mikobakteriyalarining topilishi, siydik reaksiyasining doimiy kislotali bo‘lishi, sistoskopiyada qovuqning sil oqibatida zararlanishining o‘ziga xos ko‘rinishi va kasallikka oid rentgenologik belgilar.

Surunkali glomerulonefrit siydikda eritrotsitlarning leykotsitlardan ko‘p bo‘lishi, glomerulyar tipidagi protenuriya (siydikka molekular massasi yuqori bo‘lgan oqsil o‘tishi) va silindruriya bo‘lishi bilan pielonefritdan farq qiladi.

Bir tomonlama surunkali pielonefritni skleroz davrida buyrak gipoplaziyasidan differensiatsiya qilishga to‘g‘ri keladi. Bunday hollarda rentgenologik tekshirish usullari hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi.

Konturlarining notekisligi, buyrak soyasining ko‘proq quyuqlashishi, kosachalar,

264

so‘rg‘ichlar, jomning deformatsiyasi, renal–kortikal indeksining o‘zgarishi, buyrak funksiyasining anchagina pasayishi, «kuygan daraxt» simptomining borligi pielonefrit oqibatida buyrak bujmayganligidan dalolat beradi, vaholanki buyrak gipoplaziyasining belgilari esa miniatyur jom va kosachalar bo‘lib, ularda deformatsiya alomatlari bo‘lmaydi, konturlari tekis, a’zo to‘qimasining qattiqligi me’yorda, kosacha - jom yuzasining buyrak yuzasiga nisbati o‘zgarmaydi, uning funksiyasi nisbatan qoniqarli bo‘lib, anamnezida pielonefrit to‘g‘risida ma’lumot bo‘lmaydi.

Davolash

Surunkali pielonefritni davolashda quyidagi asosiy tadbirlar ko‘rilishi

kerak:

1) siydik oqimini yoki buyrakda asosan venoz qon aylanishining buzilishiga olib keluvchi sabablarni yo‘qotish;

2). antibiogramma ma’lumotlarini hisobga olib antibakterial dorilar yoki kimyoviy preparatlar buyurish;

3) organizmning immun reaktivligini oshirish.

Siydik oqimini tiklashga biror turdagi operatsiyani (prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi, buyraklar va siydik yo‘llaridan toshlarni olib tashlash, nefroptozda nefropeksiya qilish, siydik chiqarish kanali yoki jom–siydik nayi segmentini plastika qilish va b.) qo‘llash bilan erishiladi. Ko‘pincha bunday operatsiyalardan keyin antibakterial davolashni uzoq muddat qo‘llamasdan, kasallikning turg‘un remissiyasiga nisbatan yengil erishiladi.

Antibiotiklar va kimyoviy antibakterial preparatlarni bemorning siydigidagi mikrofloralarning antibakterial preparatlarga sezuvchanligini hisobga olib buyurish kerak. Antibiogramma ma’lumotlarini olgangacha keng spektr ta’sirga ega bo‘lgan antibakterial preparatlar buyuriladi. Bunday antibiotiklarga norflaksatsin, ofloksatsin, pefloksatsin siprofloksatsin va b., kimyaviy antibakterial preparatlarga esa – furagin, nevigraman, nitroksalin, gramurin va b. kiradi.

265

Surunkali pielonefritda davolash muntazam ravishda va uzoq muddatli

(kamida 1 yil) bo‘lishi kerak. Dastlabki uzluksiz antibakterial davolash kursi 6–8 hafta. Bu muddat ichida buyrakdagi infeksiya agentini bosishga va chandiqli biriktiruvchi to‘qima hosil bo‘lishini oldini olish uchun yiringli yallig‘lanish jarayonini asoratsiz bartaraf qilishga erishish kerak. Buyrakning surunkali yetishmovchiligi bor bo‘lganda nefrotoksik antibakterial preparatlarni ularning doimiy farmakokinetikasi (qonda va siydikda konsentratsiyasi) nazorati ostida buyurish kerak. Immunitetning gumoral va hujayra tarkibiy qismlarining ko‘rsatgichlari kamayganda immunitetni oshiruvchi har xil preparatlar – dekaris, taktivin qo‘llaniladi.

Bemorda kasallikning remissiya bosqichiga erishilgandan keyin

antibakterial davolashni orada tanaffus qilish kursi bilan davom ettiriladi.

Antibakterial davolashda tanaffus muddatini buyrakning zararlanish darajasiga va kasallik qaytalanishining birinchi belgilari boshlanish vaqti, ya’ni yallig‘lanish jarayonining yashirin davri simptomlari paydo bo‘lishiga qarab belgilanadi.

Bolalarda dorilar bilan davolashning bir qancha kursi (dozasini hisoblash

bola tanasining massasidan kelib chiqib belgilanadi) 1,5–12 oy va undan ko‘p muddat davomida, qo‘llaniladigan antibakterial dorilarni har 10–12 kunda (mikrofloralarning sezgirligini hisobga olib) majburiy almashtirish bilan uzluksiz amalga oshiriladi. Makroorganizmning himoya xarakteridagi spesifik immun reaktivligini oshirish maqsadida antibakterial terapiya autovaksina, bakteriafag va

stafilokokkli anatoksin bilan birga qo‘shib o‘tkaziladi. Davolashning davom

etishi buyrak parenximasining infeksiyalanish muddatiga, yallig‘lanish jarayonining faolligiga, operativ tuzatish samarasi va buyrak funksiyasining buzilish darajasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq. Surunkali pielonefrit bo‘lgan bemorlarga antibakterial davolashning takroriy kurslari ularda kasallikning qaytalanishi belgilari paydo bo‘lishiga taxmin qilingungacha, shuning bilan birga uzoq vaqt davomida doimo remissiya davri saqlanishi uchun 3–5 kun oldin boshlash zarur.

266

Antibakterial davolashning takroriy kurslari, ularga oldin kasallikning qo‘zg‘atuvchilari sezgirligi aniqlangan preparatlar bilan 8–10 kundan o‘tkaziladi,

chunki yallig‘lanishning yashirin va remissiya fazalarida bakteriuriya bo‘lmaydi.

Antibakterial dorilarni qabul qilish o‘rtasidagi tanaffusda bir kunda 2–4 stakandan klyukvadan qilingan mors, diuretik va antiseptik xususiyatga ega bo‘lgan o‘tlardan tayyorlangan damlama, natriy benzonat (kuniga 0,5g dan 4 marta ichiladi), metionin (kuniga 1g dan 4 marta ichiladi) buyuriladi. Natriy

benzonat va klyukvadan qilingan mors metionin

bilan

birga

jigarda gippur

kislotaning sintezini oshiradi, u siydik bilan

ajralganda

pielonefritning

qo‘zg‘atuvchilariga kuchli bakteriostatik ta’sir ko‘rsatadi. Agar infeksiya antibakterial preparatlarga chidamli bo‘lsa, unda siydikning reaksiyasini kuchli kislotali qilish maqsadida davolash uchun katta dozada metionin (kuniga 1g dan 6 marta ichiladi) qo‘llaniladi.

Surunkali pielonefrit bo‘lgan bemorlarda nospesifik immunologik reaktivlikning stimulyatori sifatida metiluratsil (kuniga 1g dan 4 marta ichiladi)

yoki pentoksil (kuniga 0,3g dan 4 marta ichiladi) har oyda 10–15 kun qo‘llaniladi.

Surunkali pielonefrit bo‘lgan bemorlarni sanatoriya–kurortlarda Truskoves, Jeleznovodsk, Djermuke, Sairme va b davolash mumkin. Kuchsiz minerallangan suvlar diurezni kuchaytirib, buyraklar va siydik yo‘llaridan yallig‘lanish maxsulotlarining ajralishiga yordam beradi. Bemor umumiy ahvolining

yaxshilanishi dam olish, bolneologik omillar ta’siri,

balchiq bilan

davolash,

mineral suvlarni qabul qilish, to‘g‘ri ovqatlanish bilan

bog‘liq. Bunday sharoitda

buyraklar va siydik yo‘llari, jigar, me’da–ichak yo‘li, organizmdagi boshqa a’zolar va tizimlarning funksiyalari yaxshilanadi, bu surunkali pielonefritning kechishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuni unutmaslik kerakki, surunkali pielonefrit

bo‘lgan bemorlarni faqat qat’iy izchillik bilan ketma–ket kasalxonada,

poliklinikada va kurortlarda davolash yaxshi natija beradi. Shu sababli surunkali pielonefrit bo‘lgan bemorlar yallig‘lanishning yashirin fazasida, bemorni uzoq muddat kuzatgan davolovchi shifokor tavsiya etgan antibakterial davolashni kurort sharoitida sxema bo‘yicha davom ettirishi kerak.

267

Prognozi

 

Surunkali pielonefritda

uning prognozi kasallikning davom etishi,

yallig‘lanish jarayonining faolligiga va pielonefrit takroriy xurujining uchrashiga bevosita bog‘liq. Agar kasallik bolalik yoshida buyraklar va siydik yo‘llari rivojlanish anomaliyalari oqibatida boshlansa, prognozi ayniqsa yomonlashadi. Shuning uchun bunday anomaliyalar aniqlanganda operativ davolashni eng dastlabki muddatlarida qilish kerak. Surunkali pielonefrit Buyrakning surunkali yetishmovchiligi va nefrogen arterial gipertenziyaning eng ko‘p sabablari hisoblanadi. Bunday asoratlar birga qo‘shilganda prognozi ayniqsa yomon bo‘ladi.

Pionefroz

Bu kasallik spesifik yoki nospesifik yiringli–destruktiv pielonefritning terminal bosqichidan iborat. Pionefroz bo‘lgan buyrak yiringli erishga uchrab, alohida bo‘shliqlardan tashkil topadi; yiring, siydik va yemirilgan to‘qima mahsulotlari bilan to‘lib turadi. Jom devori qalinlashgan, infiltratsiyalangan

bo‘ladi. Pienefroz doim peri – yoki paranefrit bilan kuzatiladi. Pionefroz

ko‘pincha siydik – tosh kasalligi, siydik yo‘llarida anomaliyalar yoki tez–tez

zo‘rayish bilan kuzatiladigan, yallig‘lanishning faol fazasi uzoq muddat

kechadigan ikkilamchi surunkali pielonefrit natijasida sodir bo‘ladi. Kasallik 30 yoshdan 50 yoshgacha ko‘proq kuzatiladi.

Bolalarda pionefroz nisbatan kamroq, asosan siydik tizimi a’zolari

anomaliyalarida, yiringli pielonefrit bilan asoratlangan, uni davolash qisqa

muddatli bo‘lgan yoki yetarlicha samara bermagan siydik – tosh kasalligida uchraydi.

Simptomlari va klinik kechishi

Pionefrozda, odatda, bel sohasida kasallik zo‘raygan davrida kuchayuvchi, simillovchi, zirqiragan og‘riq kuzatiladi. Buyrakni paypaslaganda qattiqlashgan va kattalashgan yuzasi tekis, harakatchanligi cheklanganligi (paranefrit hisobiga) aniqlanadi. Pionefrozning klinik ko‘rinishi ko‘pincha siydik yo‘llarining o‘tkazuvchanligiga bog‘liq. O‘tkazuvchanligi buzilganda yiringli intoksikatsiya simptomlari tezda kuchayadi. Ikki tomonlama pionefrozda Buyrakning surunkali

268

yetishmovchiligi simptomlari tezda kuchayadi. Kasallik surunkali kechganda bel sohasida chapillatish simptomi kuchsiz musbat va kasallik zo‘rayganda musbat bo‘ladi. Pionefroz uchun intensiv xarakterdagi piuriya xosdir: siydik loyqa bo‘lib, ko‘p sonda parchalar bilan, u turganda esa idish tubida siydik hajmining 1 / 4 ni tashkil qiluvchi yiringli quyqa hosil bo‘ladi. Intoksikatsiyaning klinik simptomlari: oqarish, darmonsizlik, terlash, tez charchash yaqqol kuzatiladi.

Tashxislash

Xromotsistoskopiyada qovuqni yuvgan suvning tez loyqalanishi, siydik nayining og‘izchasi sohasida shilliq qavat tomirlarining kengayishi aniqlanadi, siydik nayi og‘izchasidan tyubik pastasiga o‘xshab, quyuq yiring chiqadi; zararlangan tomondan indigokarmin ajralmaydi. Pionefrozni tashxislash uchun rentgenologik tekshirish usullari hal qiluvchi ahamiyatga ega. Umumiy rentgenogrammada kattalashgan buyrakning zichlashgan soyasi aniqlanadi, bel mushaklarining konturi bo‘lmaydi. Ekskretor urogrammada zararlangan buyrakda rentgenkontrast modda yoki butunlay aniqlanmaydi, yoki keyingi rentgenogrammada (1,5–3 soatdan keyin) faqat uning shaklsiz xira soyasi paydo bo‘ladi. Retrogad pielogrammada har xil kattalikdagi, konturlari notekis kengaygan bo‘shliqlar ko‘rinadi, buyrakning parenxima qavati yupqalashganligi

ham aniqlanadi, bu ultratovush skaneri bilan tasdiqlanadi.

 

Differensial tashxisi

 

Pionefrozni buyrak polikistozi va o‘smasi bilan

differensiatsiya qilish

kerak. Ko‘rsatilgan kasalliklarning umumiy belgisi paypaslanadigan kattalashgan buyrak bo‘lishi mumkin. Lekin polikistozda kattalashgan ikkinchi buyrak ham paypaslanadi, chunki buyraklar polikistozi – doimo ikki tomonlama kasallikdir.

Pionefrozda kattalashgan buyrakni paypaslaganda o‘rtacha og‘riqliligi aniqlanadi, o‘sma bilan zararlangan buyrakni paypaslaganda esa, odatda, og‘riqsiz bo‘ladi. Anamnezda yallig‘lanishning faol fazasida o‘tkir pielonefritning takroriy xuruji ham pionefroz borligidan guvohlik beradi, huddi shu vaqtda og‘riqsiz total gematuriya ko‘proq o‘sma uchun xosdir.

269

Differensial tashxisida ultratovush skanerlash va kompyuter tomografiya muhim ahamiyatga ega.

Davolash

Pionefroz faqat operativ yo‘l bilan davolanadi. Ko‘pincha nefrektomiya yoki nefroureterektomiya (siydik nayida o‘zgarish bo‘lsa) qilinadi. Pionefroz bo‘lgan bemorlarda ikkinchi buyrakda chuqur morfologik va funksional o‘zgarishlar bo‘lib, ularga buyrak yetishmovchiligi qo‘shilganda, ba’zan palliativ

operatsiya – nefrostomiya bilan chegaralanishga to‘g‘ri keladi. Yiringli

intoksikatsiya bilan keskin darmonsizlangan bemorlarda ko‘pincha teri orqali punksiyali nefrostomiya qo‘llaniladi. Ahvoli yaxshilanganda nefrektomiya qilinadi.

Prognozi

Pionefroz sababli radikal operativ davolashdan keyin prognozi nisbatan yaxshi bo‘lsa ham, qolgan buyrakda surunkali yallig‘lanish jarayoni va nefrolitioz rivojlanishi mumkin. Shuning uchun bemorlar pionefroz sababli buyragi olib tashlangandan keyin, xuddi bitta buyrak bilan yashayotgan boshqa bemorlar kabi, urologning doimiy dispanser kuzatuvi ostida bo‘lishlari kerak.

Pionefroz bo‘lgan bemorlarda operativ davo qilinmaganda prognoz ancha yomon bo‘ladi, chunki buyrakda uzoq davom etgan surunkali yiringli jarayon jiddiy asoratlarga: ikkinchi buyrakning amiloidozi, gepatopatiyaga, yiringning buyrak oldi kletchatkaga yorilishi (ikkilamchi paranefrit), urosepsisga olib keladi.

Paranefrit

Paranefrit – buyrak yonidagi yog‘ kletchatkaning yallig‘lanishi bunda og‘ir yiringli pielonefritda jarayonga buyrak fibroz kapsulasining yallig‘lanishi, qo‘shiladi va perinefrit deb ataladi).

Etiologiyasi

Paranefritni stafilokokk, ichak tayoqchasi va boshqa turdagi mikroorganizmlarkeltirib chaqiradi.

Birlamchi va ikkilamchi paranefrit farq qilinadi. Birlamchi paranefrit buyrak kasalliklari bo‘lmasdan organizmdagi uzoqda joylashgan yiringli

yallig‘lanish o‘choqlaridan (panaritsiy, furunkul, osteomielit, pulpit, angina va b.)

270

Соседние файлы в предмете [НЕСОРТИРОВАННОЕ]