Добавил:
shahzodbeknormurodov27@gmail.com Опубликованный материал нарушает ваши авторские права? Сообщите нам.
Вуз: Предмет: Файл:

Urologiya

.pdf
Скачиваний:
458
Добавлен:
24.08.2022
Размер:
7.56 Mб
Скачать

b.), yallig‘lanish jarayonining joylashishi va tarqalishiga (o‘choqli, diffuziyali, bo‘yinchasidagi (trigonit – qovuq uchburchagining yallig‘lanishi), morfologik o‘zgarishlarning xarakteriga qarab (kataral, gemorragik, yarali, gangrenali, interstitsial va b.) tasniflanadi. Birlamchi va ikkilamchi sistitni bir–biridan farq qilish juda zarur, chunki ularni davolashning bir–biridan muhim farqi bor.

Qizlarda ko‘pchilik hollarda sistitlar birlamchi, o‘g‘il bolalarda esa – ikkilamchi (qovuq–uretral segmenti anomaliyalari natijasida, neyrogen qovuq, qovuq divertikuli fonida) bo‘ladi. Qizlarda ba’zi hollarda surunkali sistit rivojlanishining birlamchi sababini aniqlash imkoni bo‘lmaydi: surunkali pielonefrit keyinchalik sistit rivojlanishi bilan yoki birlamchi surunkali sistit siydik naylari og‘izchasining funksiyasi buzilishi, qovuq–siydik nayi refluksi va surunkali pielonefrit rivojlanishi bilan kuzatiladi.

Patologik anatomiyasi

Yallig‘lanish jarayonining har xil shakllari – shilliq qavatning yuzaki o‘choqli o‘zgarishidan qovuq devori hamma qavatlarining zararlanishi, ba’zan qovuq devori biror qismining ko‘chishi bilan kuzatiladi.

O‘tkir kataral sistitda qovuqning shilliq qavati shishib turadi, giperemiyalanadi, unda hujayrali leykotsitar infiltratlar aniqlanadi, lekin epitelial qoplam hali o‘zgarmaydi. Agar yallig‘lanish cho‘zilsa, unda jarayon shilliq osti qavatiga tarqaladi, u yerda yiringli infiltratsiya shish va shilliq ostining qalinlashishi epiteliyning ko‘chishi bilan paydo bo‘ladi. sistitning og‘ir turida yiringli–yallig‘lanish jarayoni mushak qavatini egallab olib, qovuqning shilliq qavatida nekrotik fibroz parda bilan qoplangan yaralanish joylari vujudga keladi. sistitning og‘ir, cho‘zilgan turlarida ba’zi hollarda qovuqning devori nekrozga uchrab, bir qismi ko‘chib tushadi. Surunkali sistit uchun qovuq devorining chuqur zararlanishi xos bo‘lib, biriktiruvchi to‘qima o‘sishi bilan kuzatiladi. Shilliq qavati yumshaydi, yengil qonaydigan granulyatsiya, ba’zan esa kistozli hosila paydo bo‘ladi. Ko‘pgina hollarda nekroz bo‘lgan joylar, polipoz o‘sib ketishlar bilan namoyon bo‘ladi. Interstitsial sistitda uning hamma qavatlarida fibroz bo‘lishi sababli qovuq bujmayib qoladi.

281

O‘tkir sistit

Simptomlari va klinik kechishi

O‘tkir sistit, odatda, sovqatish yoki boshqa provokatsiya qiluvchi omil ta’siridan bir necha soat keyin birdan paydo bo‘ladi. O‘tkir sistitga xos simptomlar tez–tez va og‘riqli siyish (dizuriya), qovuq sohasida og‘riq, piuriya va terminal gematuriyadir. Qovuqda yallig‘lanish jarayoni qanchalik kuchli ifodalansa, siyishga istak shunchalik ko‘p va og‘riq kuchliroq bo‘ladi. sistitning og‘ir turida bemorlar har 20–30 daqiqada siyishga majbur bo‘lib, bunda sanchiqli og‘riq kuzatilib, siyishning oxirida bir necha tomchi qon keladi. Og‘riq kunduzi ham, kechasi ham to‘xtamaganligi sababli bemorni holdan toydirib qo‘yadi. O‘tkir sistitda qov usti sohasidagi og‘riq siymagan vaqtda ham bo‘lib, paypaslaganda esa qovuq sohasi keskin og‘riqli bo‘ladi. Doimiy og‘riq impulslari qovuqning yallig‘langan shilliq qavati bilan birga detruzorning qisqarishi va qovuq ichki bosimining ko‘tarilishiga olib keladi, shuning uchun qovuqda hatto ozgina sonda siydik yig‘ilishi siyishga imperativ istakning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

O‘g‘il bolalarda o‘tkir sistitning klinik ko‘rinishi tez–tez va og‘riqli siyish paydo bo‘lishi bilan xarakterlanadi, qizlarda bu antibakterial terapiya fonida 2–3 sutka davomida tezda yo‘qoladi. O‘g‘il bolalarda siydik yallig‘langan qovuq bo‘yinchasi orqali o‘tganda sanchiqli og‘riq bo‘lishi sababli ba’zan o‘tkir siydik tutilishi kuzatiladi. Modimiki o‘tkir sistitda jarayonga qovuq bo‘yinchasi jalb qilinishi sababli, og‘riq oraliqga, orqa chiqaruv yo‘liga va jinsiy olat boshchasiga uzatiladi. Ayniqsa 7–12 yoshdagi bolalarda siyishga imperativ istak bo‘lganligi sababli ko‘pincha siydikni soxta tuta olmaslik paydo bo‘ladi (bolalar xojatxonagacha yugurib borishga ulgurmaydi va siydikni haqiqiy tuta olmaslik to‘g‘risida taassurot tug‘iladi). O‘tkir sistitda qovuqning yumshagan va yallig‘lanib qonab turgan shilliq qavatidan u qisqarganda qon ajralishi sababli gematuriya terminal bo‘ladi. Terminal gematuriya ayniqsa qovuq bo‘yinchasi va qovuq uchburchagi ko‘proq zararlanganda paydo bo‘ladi.

Bemorlarda siydikning xira bo‘lishiga unda ko‘p sonda leykotsitlar, bakteriyalar, qovuqning ko‘chgan epiteliylari va eritrotsitlar borligi sabab bo‘ladi.

282

O‘tkir sistit kamdan kam bemorlarda tana haroratining ko‘tarilishi bilan kuzatiladi, chunki qovuqdan so‘rilish kam bo‘ladi. sistitda tana haroratining yuqori bo‘lishi va ayniqsa qaltirash kuzatilishi yallig‘lanish jarayoni buyraklarga ham o‘tganligidan (pielonefrit) dalolat beradi. sistitda tana haroratining ko‘tarilishi faqat kichik yoshdagi bolalarda aniqlanadi, bunda o‘tkir pielonefritni inkor qilish qiyin bo‘ladi. Bola qanchalik kichik bo‘lsa, o‘tkir sistitning klinik ko‘rinishida umumiy simptomlar shu qadar ko‘proq bo‘ladi va kasallikning mahalliy ma’lum bir joyda namoyon bo‘lishi kamroq ifodalanadi.

O‘tkir sistitning kechishi, odatda, yaxshi. 7–10 kun davomida kasallikning simptomlari pasayadi, bemorning ahvoli yaxshilanadi. Lekin agar bemor 2–3 hafta davomida tuzalmasa, unda kasallikning kechishini uzaytirayotgan sababni qidirish kerak.

Surunkali sistit

Surunkali sistit kamdan–kam hollarda mustaqil kasallik sifatida kechadi va ko‘p hollarda ikkilamchi bo‘lib, ya’ni qovuq, siydik chiqarish kanali, buyraklar, jinsiy a’zolarda mavjud bo‘lgan kasalliklar (tosh, divertikul, qovuq o‘smasi, prostata bezi adenomasi, uretra strikturasi, fimoz, qovuq bo‘yinchasi sklerozi, qovuqning neyrogen disfunksiyasi, surunkali pielonefrit) asorati bo‘ladi. Shuning uchun qovuqda yallig‘lanish jarayonining kechishi uzoq davom etganda yuqorida aytilgan sabablardan bittasini izlash hamda spesifik xususiyatga ega bo‘lgan yallig‘lanish jarayonini (sil, trixomonada invaziyasi, shistosomoz va b.) inkor qilish kerak.

Surunkali sistitda kasallikning hamma klinik belgilari xuddi o‘tkir sistitdagidek, lekin keskin kam ifodalangan bo‘ladi.

Bolalarda qovuqdagi yallig‘lanish jarayonining uzoq cho‘zilib ketishi, qaytalanishi natijasida ko‘pincha uretritning ham qaytalanishi kuzatiladi, zararlangan joylarda fibroz va elastik tolalarning destruksiyasi bilan to‘qimalarning sklerozi paydo bo‘ladi, bu uretra devorining elastikligi buzilishiga olib keladi. Vaqti o‘tkazib yuborilgan hollarda uretraning distal qismida devorning

283

qalinlashishi ro‘y beradi. Bu qovuqda infeksiyali–yallig‘lanish jarayonining og‘irlashishini kuchaytiradi.

Uretraning distal qismida siydik passaji buzilganda turbulent siydik oqimining vujudga kelishi uretraning distal qismidan mikroorganizmlarning qovuqqa retrograd uloqtirilishi uchun sharoit yaratadi, bu esa qovuqda surunkali yallig‘lanish jarayonini tez–tez qaytalanishiga olib keladi. Qizlarda uretra distal qismining torayishi tug‘ma bo‘lishi ham mumkin.

Qovuq uchburchagi sohasida va qovuq bo‘yinchasining o‘zidagi shilliq qavatda, shilliq osti va mushak pardalarida surunkali yallig‘lanish infiltratsiyasi va shish borligi patologik jarayonga siydik naylarining og‘izchalari va ularning intramural qismlari ham qo‘shiladi. Bunda qovuqning ichki bosimi ko‘tarilib qovuq–siydik nayi segmentini tutashtiruvchi apparati funksiyasi buziladi va oqibatda qovuq–siydik nayi refluksi rivojlanishi uchun sharoit yaratiladi. Bu sistit bilan og‘rigan har to‘rt bolaning bittasida aniqlanadi.

Klinik–laborator, endoskopik, rentgenologik va radioizotop tekshirish usullariga asoslanib, bemor bolalarni ikkita guruhga bo‘lish mumkin:

1)asoratlarsiz surunkali sistit;

2)surunkali sistit asoratlari bilan (qovuq–siydik nayi refluksi, pielonefrit, uretraning distal qismi torayishi va b.).

Birinchi guruh bolalar uchun anamnezida angina, o‘tkir respirator kasallik, pnevmoniya va boshqa kasalliklarni boshdan kechirgangandan keyin, qisqa muddatli dizuriya va piuriyaning paydo bo‘lishini ko‘rsatib berishi xosdir. Antibakterial davolash o‘tkazilgandan va leykotsituriya tugatilgandan so‘ng keyingi oylarda bunday bolalarda (asosan, qizlarda) kunduzi siydikni tuta olmaslik va enurez qayd qilinadi. Ko‘pincha bolalar siygan vaqtida qorni og‘rishidan shikoyat qilishadi.

Ikkinchi guruh bolalar uchun birdan tez–tez og‘riqli siyish ro‘y berishi, qorin va bel sohasida og‘riq bo‘lishi, tana haroratining ko‘tarilishi xosdir. Kasallik boshlanganidan keyin 1 yildan 6 yilgacha har xil muddatlarda klinik ko‘rinishining asosiy simptomlari tana haroratining ko‘tarilishi bilan qorinda va

284

bel sohasida, kuzatiladigan tez–tez qaytalanuvchi og‘riq bo‘lishidir. Interkurrent kasalliklar bilan kasallangan davrda piuriya kuchayadi.

Tashxislash

O‘tkir sistitni tashxislash unchalik qiyin emas. Bunda yuqorida keltirilgan simptomlarga: og‘riq, dizuriya, piuriya, terminal gematuriyaga asoslaniladi.

Qovuqni paypaslaganda qov usti sohasida og‘riq aniqlanadi. Tashxis laborator ma’lumotlar bilan (siydikning o‘rta porsiyasida ko‘p sonda leykotsitlar) tasdiqlanadi. O‘tkir sistitda qovuqqa har xil asbobni kiritib sistoskopiya o‘tkazish ham mumkin emas, chunki bu muolaja haddan tashqari og‘riqli va yallig‘lanish asoratlari kuchayishi bilan xavflidir.

Surunkali sistitni aniqlashda sistoskopiya zarur bo‘ladi. U qovuqning shilliq qavatidagi o‘zgarishlarni, ayrim hollarda esa infeksiyani saqlab turuvchi sabablarni aniqlashga imkon beradi. Surunkali sistitda, albatda, buyraklar va yuqori siydik yo‘llarini rentgenologik tekshirish shart.

Differensial tashxisi

Bolalarda o‘tkir sistitga shubha bo‘lganda ko‘pincha o‘tkir appenditsit bilan, ayniqsa chuvalchangsimon o‘simta chanoqda joylashganda differensial tashxis o‘tkazish kerak. Unutmaslik kerakki, ko‘p hollarda o‘tkir appenditsit ko‘ngil aynishi yoki qusish, tana haroratining ko‘tarilishi, taxikardiya bilan

kuzatiladi, rektal tekshirganda keskin og‘riq aniqlanadi, qon tahlillari

leykotsitozni aniqlamaydi.

O‘tkir sistit bo‘lgan o‘g‘il bolalarda o‘tkir siydik tutilishini qovuq va siydik

chiqarish kanalidagi tosh bilan differensiatsiya qilish maqsadga muvafiqdir.

Anamnez ma’lumotlari, ultratovush va rentgenologik tekshirishlar ko‘p hollarda to‘g‘ri tashxis qo‘yish imkonini beradi.

Antibakterial davolashda bemor ahvolining tezda yaxshilanishi va o‘ziga xos klinik ko‘rinishi o‘tkir sistit tashxisini oson qo‘yishga imkon beradi. Qovuqdagi yallig‘lanish jarayonini davolash yaxshi samara bermasa va kasallik uzoq cho‘zilsa, surunkali xarakterga ega bo‘lsa, har doim buning sababini aniqlash yoki surunkali sistitni boshqa kasalliklardan: sil, oddiy yara, shistosomoz, qovuq

285

raki, prostata bezi rakidan differensatsiya qilish kerak. Qovuqda surunkali yallig‘lanish rivojlanishiga moyillik yaratuvchi omillar prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi (adenoma), qovuqdagi tosh, qovuq divertikuli, uning neyrogen disfunksiyasi, uretra strikturasi va boshqalar bo‘lishi mumkin.

Qovuq silining o‘ziga xos sistoskopik ko‘rinishini (sil bo‘rtmachalari, yarasi, chandiqlari) siydikning turg‘un kislotali muhitida sil mikobakteriyalarining topilishi, buyraklar va siydik yo‘llaridagi o‘ziga xos rentgenologik o‘zgarishlarga qarab aniqlash mumkin. Qovuq o‘smasini sistoskopiyada hamma vaqt ham yallig‘lanish jarayonidan differensatsiya qilib bo‘lmaydi. Bunday hollarda perifokal yallig‘lanishni yo‘qotish uchun qovuqda dibunol bilan instillyatsiya kursini (10% li emulsiyasini 10–12 kun davomida har kuni 10 ml dan) o‘tkazish kerak, shundan keyin sistoskopiyada qovuq o‘smasini aniqlash yengillashadi. Surunkali sistit (ayniqsa granulematoz) va qovuq o‘smasini differensiatsiya qilishda endovezikal biopsiya muhim rol o‘ynaydi. Qovuqda tosh bo‘lganligi uchun unda yallig‘lanish rivojlansa, harakatlanganda og‘riq va dizuriya kuchayadi, tinchlanganda ular kamayadi. Prostata bezining xavfsiz giperplaziyasida (adenoma) siyishning qiyinlashishi tunda ko‘proq bilinadi.

Qovuqning neyrogen disfunksiyasi yoki yaqqol infravezikal obstruksiyada surunkali sistit qoldiq siydik bo‘lishi bilan kuzatiladi, bu siyishgacha va siygandan keyin qovuqni ultratovushda tekshirganda oson aniqlanadi.

Davolash

Diurezni oshirish uchun qovuqdan yallig‘lanish mahsulotlarini tezroq chiqarish maqsadida ko‘p suyuqlik (ishqorli suvlar va soklar sutkada 2 litrgacha) ichish kerak. Siydik haydovchi o‘simliklar: dala qirqbug‘ini, buyrak choyi, archagul, sporыsh, brusnika bargi va boshqalar yaxshi samara beradi. Bemorlar qovuq sohasiga grelka qo‘yishdan va issiq vanna qabul qilishdan yengillik oladi.

O‘tkir sistitda antibakterial davolash bemorning ahvolini 3–4 kunda ichida anchagina yaxshilashga olib keladi. Odatda, nitrofuran unumlari va ftorxinolon guruxiga kiruvchi dori vositalari buyuriladi. Homilador ayollarda fosfomitsin dori vositasini qo‘llash mumkin.

286

O‘tkir sistitda qovuqqa davolash dorilarini instillyatsiya qilish mumkin

emas.

Surunkali sistitda ko‘p hollarda ikkilamchi davolashda qovuqdagi yallig‘lanish jarayonini davom ettiruvchi, shuningdek, qovuqdagi tosh, divertikul, prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi (adenoma), siydik chiqarish kanalining torayishi va boshqa sabablarni bartaraf qilish hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Agar surunkali sistit qovuq–siydik nayi refluksi, qovuq bo‘yinchasi sklerozi, siydik chiqarish kanali distal qismining torayishi, interstitsial sistit qovuqning bujmayishi bilan asoratlansa, konservativ davodan keyin operativ davoni qo‘llagan maqsadga muvofiqdir.

Prognozi

O‘tkir sistitda prognozi, uning og‘ir turlaridan (gangrenozli va nekrotik sistit)boshqasi yaxshi. Ko‘pincha bemorlarda boshdan kechirgan kasalligining epizodlari bir umr yodida qoladi. Agar o‘tkir sistit siydik oqimining har xil buzilishlari (qin devorining pastga tushishi, prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi (adenoma), qovuq divertikuli, qovuqning neyrogen disfunksiyasi va b.) bo‘lgan odamlarda paydo bo‘lganda, ayniqsa interstitsial sistit qovuq bujmayishi bilan rivojlanganda kasallik ko‘pincha surunkali shakliga o‘tadi va prognozi yomon bo‘ladi.

Qovuqning oddiy yarasi Simptomlari va klinik kechishi

Kasallik surunkali sistit tipida kechib, qovuq sohasida, qov ustida og‘riq, tez–tez va og‘riqli siyish, siydikda vaqti–vaqti bilan qon aralashmasi bo‘lishi bilan kuzatiladi. Kasallikning kechishi, odatda, uzoq cho‘ziladi, vaqti–vaqti bilan qaytalanadi, bunda siyish tezroq (sutkada bir necha o‘n martagacha) va ayniqsa og‘riqli bo‘ladi. Ayollarda kasallikning qaytalanishi hayz ko‘rish oldidagi davrda ko‘proq boshlanadi.

Tashxislash

Qovuqning oddiy yarasini tashxislash bemorning anamnezida uzoq cho‘zilgan siyishning buzilishlari (tez–tez va og‘riqli), vaqti–vaqti bilan terminal

gematuriya borligiga, lekin, asosan, ob’ektiv ma’lumotlarga, ya’ni sistoskopiyada

287

qovuqda yara topilishiga asoslaniladi. Yara, odatda, qovuqning tepa qismida joylashadi, ko‘pincha bitta yara uchraydi, yumaloq shaklga ega va chekka atrofiga yaqqol chiziq tortilgan bo‘ladi. Yaraning tubi och qizil rangda, ba’zan fibroz– yiringli fasad bilan qoplangan bo‘lib, yara atrofida shish va shilliq qavatning yallig‘langanligi aniqlanadi. Agar yaraga asbob bilan teginsa, u oson qonaydi. Kasallik zo‘rayganda siydikda ko‘p sonda leykotsitlar va eritrotsitlar bo‘ladi, zo‘raymaganda siydikda o‘zgarishlar ozgina yoki yo‘q bo‘lishi mumkin.

Differensial tashxisi

Qovuqning oddiy yarasini boshqa kasalliklardan (silli, o‘smali, radiatsiyadan keyingi) kelib chiqqan yarali o‘zgarishlardan differensiatsiya qilish kerak. Bunday hollarda endovezikal biopsiya differensial tashxislashda yetakchi usul hisoblanadi.

Davolash

Konservativ davolash usullaridan antibakterial preparatlar, kumush nitrat eritmasi, sintomitsin linimenti yoki dibunol, chakanda moyi va boshqalar bilan qovuqni instillyatsiya qilish qo‘llaniladi. Konservativ davolashdan samara bo‘lmaganda transuretal elektrorezeksiya yoki qovuqning ochiq rezeksiyasi, yara bilan katta qismi zararlanganda uni ichakdan plastika qilish (ichak segmentidan ko‘shimcha rezervuar hosil qilish) ga kirishiladi.

Prognozi

Kasallikning oqibati ko‘pincha yomon bo‘ladi. Jiddiy konservativ davolashga qaramasdan, interstitsial sistit zo‘rayadi va natijada qovuq bujmayishiga olib keladi.

Operativ davolagandan keyin (qovuq rezeksiyasi) prognozi yaxshi, lekin u qaytalanishdan va kasallikning keyinchalik zo‘rayishiga kafolat bera olmaydi.

Qovuq leykoplakiyasi

Kam uchraydigan kasallik bo‘lib, bunga qovuqdagi surunkali yallig‘lanish jarayoni sabab bo‘ladi. Simptomlari sistitning belgilari bilan o‘xshash. sistoskopiyada noto‘g‘ri shakldagi, oq yassi, chekkalari aniq pilikchalar topiladi, ular qovuqning shilliq qavati ustidan bir oz ko‘tarilib turadi, ba’zi joylari tagidan

kovlangan, giperemiya zonasi bilan aniq o‘ralgan bo‘ladi.

288

Davolash

Qovuq leykoplakiyasini davolash surunkali sistitni davolash kabidir. Ba’zi hollarda kasallik shiddatli kechganda va cheklangan qismida zararlanish bo‘lganda qovuq rezeksiyasi (ochiq yoki transuretral) qilinadi.

Paratsistit

Paratsistit qovuq yonidagi yog‘ kletchatkaning yallig‘lanishiga aytiladi. Qovuq oldi va qovuq orqasi paratsistitlari farq qilinadi. Yallig‘lanish jarayoni paravezikal kletchatkaning hammasiga tarqalganda yalpi paratsistit deb qarash kerak.

Etiologiyasi

Paravezikal kletchatkaga infeksiya chanoq suyaklari jarohatlanganda, osteomielit bilan asoratlanganda tashqaridan, og‘ir yiringli – yallig‘lanish jarayoni bo‘lganda (shu jumladan silli) qovuqdan, churrani yo‘qotish amaliyoti vaqtida va ginekologik operatsiyalarda (siydik oqmasi) qovuq shikastlanganda, qo‘shni a’zolardan yallig‘lanish jarayonining o‘tishi yo‘li bilan (yiringli prostatitda, vezikulitda, appenditsitda, adneksitda, parametritda va b.), organizmdagi boshqa a’zolarda yiring o‘choqi bo‘lganda gematogen yo‘l bilan yoki qovuqdan va ichakdan limfogen yo‘l bilan tushishi mumkin. So‘nggi yillarda sistitni ko‘proq zamonaviy va samarali davolanganligi tufayli paratsistit nisbatan kam uchramoqda.

Paravezikal kletchatkadagi patologik o‘zgarishlarga qarab paratsistitning o‘tkir, infiltrativ, o‘tkir yiringli, surunkali yiringli, surunkali fibroz–lipomatozli shakllari farq qilinadi.

Simptomlari va klinik kechishi

O‘tkir paratsistit tana haroratining 39 – 400 S gacha ko‘tarilishi va yiringli intoksikatsiya belgilari bilan kechadi. Bemorlar qov usti sohasida shish paydo bo‘lganligiga shikoyat qilishadi, uni paypaslaganda kuchli og‘riq bo‘ladi. Agar yallig‘lanish infiltratining yiringli erishi kelib chiqsa va abssess hosil bo‘lsa, unda flyuktuatsiya joyi aniqlanadi. Qovuq orqasidagi kletchatkada abssess hosil bo‘lsa, uni to‘g‘ri ichak orqali yoki qin orqali tekshirganda aniqlash mumkin. Defekatsiya

akti og‘riqli, siyish tez–tez va og‘riqli bo‘ladi. Agar o‘tkir paratsistit ilgari bo‘lgan

289

sistit natijasida paydo bo‘lsa yoki abssess qovuq yonidagi kletchatkadan qovuq bo‘shlig‘iga yorilsa, siydik yiringli bo‘ladi. Agarda paravezikal kletchatkadagi abssess qorin bo‘shlig‘iga yorilsa, peritonit rivojlanadi.

Tashxislash

Sistoskopiya qovuq devorining paravezikal kletchatkasida yallig‘lanish infiltrati yoki abssess hisobiga, uning bo‘shlig‘iga bosib kirganligi, qovuqqa yorilgan paravezikal abssessda ba’zan oqma yo‘li topiladi, bu undan yiring ajralayotganini aniqlash imkon beradi. Qovuqdan abssess sohasida shilliq qavatning giperemiyasi va bullez shish aniqlanadi. sistografiyada qovuq deformatsiyasi, uning, odatda, yon tomonidan qisilishi kuzatiladi. Peritsistografiyada qovuqning biror bir devori harakatchanligining keskin cheklanganligi aniqlanadi. Qovuqni va atrofidagi paravezikal kletchatkani ultratovushda tekshirish paratsistitni aniqlashga yordam beradi. Ayollarda infiltrativ paratsistitni bachadon o‘smasidan differensiatsiya qilish qiyin.

Davolash

O‘tkir paratsistitni dastlabki infiltrativ bosqichida keng doirada ta’sir ko‘rsatadigan antibiotiklar va kimyoviy antibakterial dorilar bilan davolaniladi. Bundan tashqari, lazer bilan davolash, induktotermiya, ultra yuqori chastotali tok

(UYuCh), juda yuqori chastotali tok (JYuCh) bilan davolash, so‘riltiruvchi dorilar

(lidaza, Fibs, aloe, kortikosteroidlar) buyuriladi. Bemorga o‘rin – ko‘rpa qilib yotish infiltrat sohasiga muz qo‘yish, ko‘p suyuqlik ichish tavsiya etiladi. Yallig‘lanishga qarshi jiddiy davolash infiltratning so‘rilishiga olib kelishi mumkin. Paratsistitning yiringli turi paydo bo‘lganda abssessni yorish va drenajlash kerak. Agar abssess qovuqning oldida joylashsa, qov usti sohasi kesimlari, qovuq orqasida joylashsa oraliq orqali ochish qo‘llaniladi. Bir qancha hollarda abssessni yaxshi drenajlash Buyalskiy–Makuorter (bekitish teshigi orqali) kirishi bo‘yicha amalga oshirish imkoni bo‘ladi.

Surunkali paratsistit ko‘pincha o‘tkir paratsistitni boshidan kechirgan bemorlarda paydo bo‘lib, ularda antibiotiklar ta’sirida kasallikning klinik belgilari shu qadar sust bo‘ladiki, u hatto aniqlanmasdan qoladi, paravezikal kletchatkadagi

290

Соседние файлы в предмете [НЕСОРТИРОВАННОЕ]