Добавил:
shahzodbeknormurodov27@gmail.com Опубликованный материал нарушает ваши авторские права? Сообщите нам.
Вуз: Предмет: Файл:

Urologiya

.pdf
Скачиваний:
629
Добавлен:
24.08.2022
Размер:
7.56 Mб
Скачать

O‘tkir sistitda siydikning hamma uchchala porsiyasida, o‘tkir uretritda esa ko‘proq birinchi porsiyasida leykotsituriya aniqlanadi, o‘tkir prostatitda vaholanki u siydikning uchinchi porsiyasida ko‘proq ifodalangan bo‘lib, prostata bezini paypaslagandan keyin kuchayadi.

Davolash

O‘tkir prostatit bo‘lgan bemorlarda davo yotoq rejimda olib boriladi. Parxezdan achchiq, ta’sirlovchi ovqatlar olib tashlanadi. Keng doirada ta’sir ko‘rsatadigan antibiotiklar (sefalosporinlar, aminoglikozidlar) bilan jadal davolash buyuriladi.

Og‘riqni va soxta siyish qistashini kamaytirish uchun belladonna, anestezin, natriy diklofenak bilan shamchalar tavsiya qilinadi.

Ichakning muntazam bo‘shab turishi uchun surgi dorilar buyuriladi.

Agar o‘tkir prostatit prostata bezi abssessi bilan asoratlansa, unda operativ davolashga–abssessni oraliq kesimi bilan yoki to‘g‘ri ichak orqali ochishga to‘g‘ri keladi. So‘nggi yillarda prostata abssessini elektrorezektoskop yordamida uretra orqali ochish kengroq qo‘llanila boshladi.

Prognozi

O‘tkir prostatitda prognoz, agar kerakli davolash o‘z vaqtida boshlangan bo‘lsa, odatda, yaxshi. Lekin vaqti o‘tkazib yuborilgan hollarda antibakterial davolashni kechikib boshlaganda, prostata bezining abssessi spontan yorilgandan yoki oprativ yo‘l bilan ochgandan keyin o‘tkir yallig‘lanish jarayoni surunkaliga o‘tishi mumkin.

Surunkali prostatit

Kasallik o‘tkir prostatitni yetarli davolamaslik oqibatida vujudga kelishi mumkin. Lekin ko‘proq surunkali prostatit prostata bezida dimlanish ro‘y berishi natijasida birlamchi surunkaliday rivojlanadi va surunkali yallig‘lanish jarayonining sust kechishi bilan xarakterlanadi, bu prostata bezida chandiqli– sklerotik o‘zgarishlarga olib keladi. Surunkali prostatit uchun prostata bezi yo‘llarining berkilishi va sekretining dimlanishi natijasida follikulalar tizimida kengaygan bo‘shliqlar hosil bo‘lishi xosdir. Surunkali prostatitning uzoq kechishi

301

prostata bezining o‘lchamlari kichrayishi bilan a’zoning skleroziga va infravezikal obstruksiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Tasnifi

Surunkali prostatit etiologiyasiga qarab infeksiyali, infeksiyasiz va aralash bo‘lishi mumkin. Infeksiyali prostatitning ravojlanishiga sog‘lom prostata bezida yallig‘lanishni paydo qiladigan har qanday turdagi qo‘zg‘atuvchilar sababi bo‘ladi. Infeksiyasiz prostatitda kasallikning asosiy sababi qon aylanishining va prostata bezi atsinuslari drenajlanishining buzilishidan, ya’ni kongestiyadan iborat. Infeksiyasiz prostatitga infeksiyaning qo‘shilishi natijasida, ya’ni ikkala etiologik omil ta’sir qilganda aralash prostatit paydo bo‘ladi. Prostatit kechishining xarakteriga qarab zo‘rayish va remissiya davriga bo‘linadi. Nihoyat, asoratlangan va asoratlanmagan surunkali prostatit farq qilinadi.

Simptomlari va klinik kechishi

Surunkali prostatit uchun oraliqda, dumg‘azada, to‘g‘ri ichakda simmilovchi og‘riq xos bo‘lib, tashqi jinsiy a’zolarga irradiatsiya qiladi, siyganda, ayniqsa ertalab uretrada yoqimsiz sezgi va achishish kuzatiladi. Ba’zi bemorlarda defekatsiyadan keyin yoki siyish oxirida prostata bezining tashqariga chiqaruvchi yo‘llari silliq mushaklarining tonusi pasayishi natijasida prostata sekretining ajralishi (prostatoriya) aniqlanadi. Og‘riq, odatda, uzoq vaqt o‘tirganda kuchayadi, buning natijada chanoq a’zolarida, shuningdek prostata bezida venoz serqonlik paydo bo‘ladi, yurganda esa og‘riq kamayadi. Surunkali prostatit bilan kasallangan bemorlar ko‘pincha jinsiy funksiyaning buzilishi (ereksiyaning yetarli emasligi, eyakulyatsiyaning tezlashishi)dan shikoyat qilishadi. Bundan tashqari, bemorlarda nevrasteniya, ish qobiliyatining pasayishi, uyqusizlik aniqlanadi.

Rektal tekshirganda prostata bezi bo‘lakchalarining babbaravar kattalashmaganligini, qattiqlashgan joylarni (infiltratsiya), bosganda og‘riqni aniqlash mumkin.

Tashxislash

Surunkali prostatitni tashxislash uchun barmoq bilan rektal tekshirish (bir oz og‘riqli, xamirsimon, to‘qimalarning har xil konsistensiyaligi, bo‘shligi) va

302

prostata bezining sekretini tekshirish muhim ahamiyatga ega. Unda lesitin donachalarining soni kamayib, leykotsitlar sonining oshganligi va bakteriologik tekshirishlarning ijobiy natijasi surunkali prostatitdan dalolat beradi. Uch stakanli sinamani o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Siydikni shunday tekshirish bir qancha hollarda yallig‘lanish jarayonining joylashishini (siydik chiqarish kanalida, qovuqda, buyrakda, prostata bezida) aniqlash imkonini beradi.

Prostata bezini ultratovushda tekshirish uning to‘qimasining qattiqligi har xilligini aniqlaydi, skleroz rivojlanganda esa a’zoning o‘lchamlari kichiklashganligi, ko‘pincha qovuqda qoldiq siydik aniqlanadi (infravezikal obstruksiya)

Differensial tashxislash

Ayniqsa prostata bezi adenomasi bilan birga bo‘lgan surunkali prostatitni, ko‘pincha bu a’zoning silidan yoki rakidan ajratish qiyin (klinik ko‘rinishi va paypaslash ma’lumotlari bo‘yicha). Bunday hollarda qon zardobida prostataning spesifik antigeni konsentratsiyasini aniqlash, ultratovush skanerlash, kompyuter tomografiya, prostata bezining biopsiyasi muhim yordam ko‘rsatishi mumkin.

Davolash

Surunkali prostatitda davolash kompleks, ya’ni umumsog‘aytiruvchi va antibakterial terapiyadan hamda prostata beziga mahalliy ta’sir ko‘rsatishdan iborat bo‘lishi kerak. Infeksiyaga qarshi kurashish uchun keng doirada ta’sir ko‘rsatadigan antibiotiklar (sefalosporinlar, makrolidlar, tetrasiklin qatoridagi dorilar va aminoglikozidlar) va uroantiseptiklar qo‘llaniladi.

Prostata bezida infiltrativ jarayonning so‘rilishi va unda chandiqli–sklerotik o‘zgarishlar rivojlanishining oldini olish uchun lidaza (kuniga 0,1g dan, teri ostiga), aloe ekstrakti (kuniga 1 ml dan, teri ostiga), FiBS (kuniga 1ml dan, teri ostiga) samarali vosita hisoblanadi. Bu dorilar bilan davolash kursining muddati 10–20 kun.

Dorilar bilan davolashni mahalliy fizioterapevtik muolajalar (prostata bezini massaj qilish, o‘tirgan holatda issiq vannalar, moychechak, antipirin bilan issiq mikroklizmalar, rektal diatermiya, past energiyali lazeroterapiya, balchiqli rektal

303

tamponlar va trusiklar) bilan birga qilish kerak. Balchiq bilan davolashni sanatoriy–kurortlarda davolash bilan birga o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.

So‘nggi yillarda surunkali prostatitda ultratovush bilan ta’sir qilish va refleksoterapiya (nina sanchish, lazerli akupunktura) muvaffaqiyat bilan qo‘llanilmoqda.

Bemorlarga faol rejimda bo‘lish, parhezdan spirtli ichimliklar, achchiq hamda sho‘r ovqatlarni chiqarib tashlash tavsiya qilinadi.

Prognozi

Surunkali prostatit shiddatli, qaytalanib kechishi bilan farq qiladi. Surunkali prostatit bo‘lgan bemorlarning qariyb 1/3 qismida ayniqsa infravezikal obstruksiya rivojlanganda prognozi yomon.

Prostata bezining toshlari.

Nisbatan kam uchraydigan kasallik bo‘lib, bunda toshlar shu a’zoning o‘zining to‘qimasida, tashqariga chiqadigan yo‘llarida hosil bo‘ladi. Ularning yadrosi amiloid jismlardan va ko‘chgan epiteliydan iborat. Ularga fosfatlar va ohak tuzlari qatlamlanadi. Toshlar sariq rangda, kattaligi har xil, bitta va ko‘p bo‘lishi mumkin. Toshlar bilan follikulalar va ularning yo‘llari bekilib qolsa, bezning sekreti dimlanishiga, perifokal yallig‘lanish paydo bo‘lishiga olib keladi.

Prostata bezida tosh hosil bo‘lishining sabablari hali oxirigacha aniqlanmagan, lekin eng ko‘p tarqalgan fikr, ular uzoq davom etadigan yallig‘lanish jarayoni bilan, siyishga to‘siq bo‘lganda (prostata bezi adenomasi, uretra torayishi va b.) siydik chiqarish kanalidan prostata beziga siydik refluksi bo‘lishi bilan bog‘liq. Prostata bezida tosh bo‘lgan ko‘pchilik bemorlar anamnezida surunkali prostatit borligi ma’lum bo‘ladi. Shunday qilib, ko‘pchilik hollarda prostata bezidagi toshni surunkali prostatitning asorati deb qarash mumkin.

Simptomlari va klinik kechishi

Bemorlar oraliqda, dumg‘azada doimiy to‘mtoq og‘riq, tez–tez, og‘riqli, qiynalib siyish, terminal gematuriya, gemospermiyadan shikoyat qiladilar.

Prostatit bo‘lganda jinsiy aloqa vaqtida og‘riqning kuchayishi qayd qilinadi. Jinsiy xavas va potensiya pasayadi. Prostata bezidagi tosh tufayli uzoq vaqt davom etgan

304

yallig‘lanish jarayoni abssesslar hosil bo‘lishiga olib keladi, urug‘ pufakchasidan sekret chiqishining qiyinlashishida esa vezikulit paydo bo‘ladi. Prostata bezi asta– sekin atrofiyaga uchraydi.

Tashxislash

Prostata bezida toshlarbor – yo‘qligini barmoq bilan rektal tekshirib aniqlanadi, bunda qattiqlashgan, og‘riqli, ba’zan bo‘shashgan prostata bezida g‘ichirlash (krepitatsiya) seziladi.

Umumiy rentgenogrammada simfiz proeksiyasida, ya’ni qovuq proeksiyasidan pastda, odatda, mayda va ko‘p toshlar soyasi aniqlanadi. sistogrammada toshlar soyasi qovuq konturidan pastda ko‘rinadi. Prostata bezini ultratovushda tekshirish katta yordam beradi.

Differensial tashxis

Prostata bezidagi tosh oqibatida ro‘y bergan va paypaslaganda aniqlanadigan (kattalashgan, qattiqlashgan, g‘adir–budur) o‘zgarish prostata bezi sili va rakidagi o‘zgarishga o‘xshashi mumkin. Lekin sil uchun boshqa siydik – tanosil a’zolarida spesifik yallig‘lanish jarayoni borligi, rak uchun esa xavfli o‘smaning bir qancha umumiy simptomlari xosdir. Differensial tashxis prostata bezi toshining patognomik belgilariga hamda: paypaslaganda g‘ichirlash, ultrasonogrammada exonegativ «yo‘lcha» bilan giperexogen qo‘shilishlar, rentgenogrammada prostata bezi proeksiyasidagi soyalarga asoslaniladi.

Davolash

Prostata bezida asoratlanmagan toshlar bo‘lgan bemorlar maxsus davolashga muhtoj bo‘lmaydi. Toshlar bilan birga surunkali prostatit bo‘lgan bemorlar yallig‘lanishga qarshi konservativ davolashni talab qiladi. Prostata bezining abssessini paydo qiluvchi toshlarni transuretral rezeksiya qilib olib tashlanadi. Prostata bezining adenomatoz tugunlarida toshlar bo‘lganda ham transuretral rezeksiya yoki qovuq orqali adenomektomiya qilinadi.

Prognozi

Prostata bezida asoratlanmagan toshlar bo‘lgan bemorlarni konservativ davolaganda va yuqorida keltirilgan ko‘rsatmalarga binoan operativ davolagandan

keyin prognozi batamom yaxshi bo‘ladi.

305

Vezikulit

Vezikulit (spermatotsistit) – bitta yoki ikkala urug‘ pufakchalarining yallig‘lanishi. Kasallikni gonokokk yoki nospesifik mikroorganizmlar (stafilokokk, ichak tayoqchasi, proteyalar, enterokokklar va b.) qo‘zg‘atishi mumkin. Vezikulit ko‘pincha prostatit, uretrit, epididimit asoratlari bo‘ladi. Bunday hollarda infeksiya urug‘ pufakchalariga ko‘pincha urug‘ chiqarish yo‘llaridan kiradi. Bundan tashqari, infeksiya urug‘ pufakchalariga uzoqda joylashgan yallig‘lanish o‘choqlaridan gematogen yo‘l bilan ham kiradi. Vezikulit o‘tkir va surunkali bo‘ladi.

Simptomlari va klinik kechishi

O‘tkir vezikulit tana haroratining 38–39 0S gacha ko‘tarilishi, betoblik, bosh og‘rig‘i, badan uvishishi, chov, yonbosh sohalarida, to‘g‘ri ichakda og‘riq bilan kuzatiladi, og‘riq defekatsiya vaqtida kuchayadi. Eyakulyatsiya vaqtida og‘riq va gemospermiya paydo bo‘ladi. Agar vezikulit o‘tkir prostatit bilan birga qo‘shilsa, unda o‘tkir prostatit kasallikning klinik ko‘rinishini yashirib qo‘yadi.

O‘tkir vezikulitni tashxislashda rektal tekshirganda kattalashgan, keskin og‘riqli urug‘ pufakchalarining paypaslanishi va pufakchalarni paypaslagandan keyin ular suyuqligida (uretradan ajralma holda yoki siydikda) ko‘p sonli leykotsitlar va eritrotsitlarning topilishi katta ahamiyatga ega. Unutmaslik kerakki, urug‘ pufakchalari yuqori joylashganda ularni paypaslash imkoni bo‘lmaydi, shuning uchun paypaslaganda kattalashgan va og‘riqli urug‘ pufakchalarining yo‘qligi o‘tkir vezikulit tashxisini inkor qilmaydi. O‘tkir vezikulitda piuriya kuzatilishi mumkin, uni siydikning uchta porsiyasini tekshirganda uchinchi porsiyasida ko‘proq aniqlanadi. Kattalashgan urug‘ pufakchalari ultratovush skanerida oson aniqlanadi.

Davolash

O‘tkir vezikulitni xuddi o‘tkir prostatitdagi kabi davolanadi. Keng doirada ta’sir ko‘rsatadigan antibiotiklar va uroantiseptiklar buyuriladi. Ich qotishining oldini olish uchun surgi dorilar ishlatish kerak. Og‘riqni qoldiruvchi dorilar (natriy

306

diklofinak, anestezin, belladonna va b.) ko‘pincha sham dori ko‘rinishida qo‘llaniladi.

Tana harorati pasaygandan keyin issiq vannalar ko‘rinishida issiq muolajalar: oraliqqa grelka, issiq mikroklizmalar buyuriladi. Agar o‘tkir vezikulit urug‘ pufakchalarining empiemasi bilan asoratlansa, unda shoshilinch operativ davo – yiring to‘plangan joyni punksiya qilish va drenajlash o‘tkaziladi, uni ultratovush nazoratida (punksiyali vezikulostomiya) amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.

Surunkali vezikulit ko‘pincha urug‘ pufakchalaridagi o‘tkir yallig‘lanish jarayonini to‘liq davolamaganda paydo bo‘ladi. Bemorlar oraliq, to‘g‘ri ichak, bel–dumg‘aza sohasidagi og‘riqdan, siyishning buzilishi (pollakiuriya), vaqti – vaqti bilan siydikning loyqalanishi, og‘riqli ereksiya, shaxvatda qon borligi

(gemospermiya), tungi pollyusiyadan shikoyat qiladilar.

Bemorni rektal tekshirganda prostata bezining ustida qattiqlashgan va bir oz og‘riqli urug‘ pufakchalari aniqlanadi. Kasallikni tashxislash uchun urug‘ pufakchalarining suyuqlig‘ida (massajdan keyin) ko‘p sonli leykotsitlar, eritrotsitlar va harakatsiz spermatozoidlar topilishi hamda ultratovush tekshirish ma’lumotlari muhim ahamiyatga ega.

Surunkali vezikulitda xuddi surunkali prostatitdagidek, davolash antibiotiklar va kimyoviy antibakterial dorilarbilan davolaniladi, urug‘ pufakchalarini massaj qilish, lazeroterapiya, diatermiya, oraliqqa balchiqli applikatsiyalar va balchiqli rektal tamponlar qo‘yish, moychechak bilan issiq mikroklizma qilish, faol rejim buyuriladi, spirtli ichimliklar va achchiq ovqatlar iste’mol qilish taqiqlanadi.

Surunkali vezikulit uzoq davom etganda ultratovush nazoratida punksiyali vezikulostomiya qilib, urug‘ pufakchalarini antiseptik eritmalar bilan yuviladi.

Epididimit

Epididimit urug‘don ortig‘ining yallig‘lanishi. Ko‘pincha infeksiyali kasalliklar (gripp, angina, pnevmoniya va b.) asorati sifatida gematogen yo‘l bilan urug‘don ortig‘iga infeksiyaning kirishi natijasida paydo bo‘ladi. Epididimitni har

307

xil mikroorganizmlar va viruslar qo‘zg‘atishi mumkin. Urug‘don ortig‘ining yallig‘lanishiga uning jaroxatlanishi (10% hollarda) sabab bo‘ladi. Siydik chiqarish kanalida yallig‘lanish jarayoni bo‘lganda, uni bujlaganda yoki asbob– uskunalar bilan tekshirishda shikastlaganda urug‘ chiqaruvchi yo‘lning antiperistaltik qisqarishi natijasida infeksiya ko‘pincha urug‘don ortig‘iga kiradi.

Uretrada kateter uzoq vaqt turganda ham xuddi shunday hodisa ro‘y beradi.

Epididimit har xil yoshdagi bolalarda, ayniqsa maktab yoshidagilar orasida ko‘proq kuzatiladi. Bolalarda epididimit rivojlanishining yuqorida ko‘rsatilgan sabablaridan tashqari, ba’zan u siydik yo‘llarining nuqsonli rivojlanishi bo‘lganda ham tashxislanadi.

Patologik anatomiyasi

Urug‘don ortig‘i qattiqlashgan, kattalashgan, yallig‘lanish infiltratsiyasi va qon hamda limfa tomirlarining qisilishidan paydo bo‘ladigan shish hisobiga hajmi urug‘dondan kattalashib ketadi, kesganda to‘qqizil rangda, shilimshiq yoki shilimshiq–yiringli ekssudat chiqadi. Shuningdek, urug‘don ortig‘ining kanalchalari kengaygan, ularda shilimshiq–yiringli suyuqlik bo‘ladi. Urug‘ chiqaruvchi yo‘l, odatda, yo‘g‘onlashgan, infiltratsiyalangan (deferentit), uning bo‘shlig‘i toraygan bo‘lib, urug‘don ortig‘ining kanalchalarida, xuddi shunday yallig‘lanish ekssudati saqlanadi. Ko‘pincha yallig‘lanish jarayoniga urug‘ tizimchasining pardasi ham qo‘shiladi (funikulit).

Simptomlari va klinik kechishi

Kasallik urug‘don ortig‘ining tezda kattalashib borishi, unda keskin og‘riq, tana haroratining 38–40 0S gacha ko‘tarilishi va qaltirash bilan to‘satdan boshlanadi. Yallig‘lanish va shish urug‘don pardasiga va yorg‘oqqa tarqaladi, buning natijasida yorg‘oq terisi tortiladi, burmalar yo‘qoladi, giperemiyalangan bo‘ladi, urug‘don pardalarining reaktiv istisqosi paydo bo‘lishi mumkin. Og‘riq chov, ba’zan bel sohasiga va dumg‘azaga tarqalib harakat qilganda birdan kuchayadi, shu sababli bemorlar o‘rin – ko‘rpa qilib majbur bo‘ladilar. Bolalarda epididimit ba’zan sekin–asta, klinik simptomlari yaqqol qo‘rinmagan holda

308

rivojlanadi. Urug‘don ortig‘i sal, shishgan bo‘lib, faqat urug‘ tizimchasi va urug‘don ortig‘ini paypaslaganda uning kattalashganini aniqlash mumkin.

Yaqin 2–3 sutka davomida o‘tkazilgan davolash natijasi yaxshi bo‘lganda og‘riq, to‘qimalarning taranglashishi va shishning kamayishiga, sekin–asta tana haroratining pasayishiga olib keladi. 3–4 hafta o‘tgandan keyin o‘tkir epididimit tugallanib, yallig‘lanish o‘zgarishlari butunlay so‘rilib ketadi, ular o‘rnida chandiqli biriktiruvchi to‘qima hosil bo‘ladi. Kamdan–kam hollarda alohida yiringchalarning birlashishi va urug‘don ortig‘ining abssessi hosil bo‘ladi yoki surunkali epididimit ro‘y beradi.

Tashxislash

Ko‘p hollarda o‘tkir epididimitni aniqlash qiyinchilik tug‘dirmaydi. Tashxis paypaslash ma’lumotlariga : urug‘don ortig‘ining o‘lchamlari kattalashganligi va og‘riqligiga asoslanib qo‘yiladi. Kasallikning boshlanishida qachonki gardishga o‘xshab keskin kattalashgan urug‘don ortig‘i urug‘donni salkam hamma tomondan o‘rab olib, undan qiyinlik bilan ajratiladi, bunday paytda epididimit yoki orxit yoki ularning birga qo‘shilishi (epididimoorxit) borligi to‘g‘risidagi masalani hal qilish qiyin. Urug‘don pardalarining ikkilamchi istisqosi (simptomatik) paydo bo‘lganda bunday savolga javob berish yana ham murakkabroq bo‘ladi. Bunda ultratovush skanerlash ahamiyatli yordam ko‘rsatadi. O‘tkir yallig‘lanish bosilgandan keyin yallig‘langan urug‘don ortig‘i o‘zgarmagan urug‘dondan aniqroq ajraladi. Deferentit va funikulit mavjud bo‘lganda chov sohasida kuchli og‘riq paydo bo‘ladi.

Differensial tashxislash

Nospesifik epididimitni kasallikning klinik ko‘rinishi va ob’ektiv tekshirish ma’lumotlari bo‘yicha urug‘don ortig‘ining silidan ajratish ba’zan qiyin. A’zoning kattalashishi, o‘choqli qattiqlashish, uning g‘adir–budurligi ikkala turdagi epididimitda ham kuzatilishi mumkin. Lekin urug‘ chiqaruvchi yo‘lning cho‘tkasimon o‘zgarishi, yorg‘oqda yiringli oqmaning paydo bo‘lishi va ayni

vaqtda organizmda

boshqa sil o‘chog‘i bo‘lishi, siydikning turg‘un kislotali

muhitida siydikdan

yoki yorg‘oq oqmasidagi yiringli ajralmadan sil

 

309

mikobakteriyalari topilishi zararlanish sil xarakteriga ega ekanligidan dalolat beradi. Urug‘don ortig‘ining punktatida yoki biopsiya ma’lumotlarida sil mikobakteriyalarining aniqlanishi differensial tashxis uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Davolash

O‘tkir epididimit bo‘lgan bemorlarda davo kuri yotoq rejimda olib boriladi.

Parhezdan achchiq, ta’sirlovchi ovqatlar olib tashlanadi, ko‘p suyuqlik ichish buyuriladi. Harakatsizlikni ta’minlash uchun yallig‘langan a’zoga suspenzoriy qo‘llaniladi. Kasallikning birinchi 2–3 sutkalarida mahalliy joyga sovuq (muz solingan xalta) qo‘yiladi.

Kasallikni qo‘zg‘atuvchisining turini aniqlash qiyin bo‘lganligi sababli, keng doirada ta’sir ko‘rsatadigan antibiotiklar (sefalosporinlarning 2–3 avlodi, aminoglikozidlar), ba’zan esa ularning kombinatsiyasi ham grammusbat, ham grammanfiy floraga ta’sir qilishi uchun ishlatiladi.

Yallig‘lanish jarayoni kamaygandan keyin yallig‘lanish infiltratining so‘rilishi uchun yorg‘oqqa qizdiruvchi kompress holda issiq, lazeroterapiya, diatermiya yoki ultrayuqori chastotali (UYuCh) terapiya buyuriladi. Agar urug‘don ortig‘ining abssessi paydo bo‘lsa, unda operativ davolash – abssessni ochish zarur. Uzoq davom etuvchi surunkali epididimitda, ba’zan urug‘don ortig‘ini olib tashlash – epididimektomiya qo‘llaniladi.

Prognozi

Nospesifik epididimitda prognozi yaxshi. Lekin kasallik qaytalanganda urug‘don ortig‘i va urug‘ chiqaruvchi yo‘lning to‘silib qolishi mumkin, ikki tomonlama zararlanganda esa bepushtlik kelib chiqadi.

Orxit

Orxit - urug‘donning yallig‘lanishidir.

Odatda, infeksion kasalliklar birinchi navbatda gripp, epidemik parotit, brusellez, revmatik poliartrit, terlama, pnevmoniya va boshqalar. asorati sifatida paydo bo‘ladi. Orxit urug‘don shikastlanganidan keyin ham kuzatilishi mumkin. Chaqaloqlarda orxit ko‘pincha urug‘donka infeksiyalangan kindik qon

310

Соседние файлы в предмете [НЕСОРТИРОВАННОЕ]