Добавил:
shahzodbeknormurodov27@gmail.com Опубликованный материал нарушает ваши авторские права? Сообщите нам.
Вуз: Предмет: Файл:

Urologiya

.pdf
Скачиваний:
629
Добавлен:
24.08.2022
Размер:
7.56 Mб
Скачать

kuzatiladi. Bu belgilar quyoshsimon chigal va qorin pardaning ta’sirlanishi sababli buyrak atrofi va quyosh nerv chigalining yaqindan aloqada bo‘lganligi natijasida kelib chiqadi.

Bemorning haddan tashqari notinch xatti–harakat qilishi buyrak sanchig‘i uchun xos bo‘lib, u talvasaga tushadi, biror bir holatda o‘ziga yengillik topa olmaydi. Qon bosimi, tomir urishi, gavda harorati, qon ko‘rsatgichlari o‘zgarishi mumkin, lekin bu o‘zgarishlar doimiy bo‘lmaydi.

Ko‘pchilik bolalarda siydik nayi to‘silib qolganda og‘riq xuruji 10–15 daqiqadan ko‘p davom etmaydi, kamdan – kam 1–2 soat bo‘ladi (asosan, katta yoshdagi bolalar guruhida), ko‘pincha tez–tez siygisi qistaydi. Bolalarning 30% da og‘riq xuruji issiq vanna qabul qilgandan keyin tezda to‘xtaydi.

Siydikdagi o‘zgarishlar ko‘proq doimiy bo‘ladi, ammo buyrak sanchig‘ining yuqori bosqichida ular bo‘lmasligi mumkin, chunki, bu davrda buyrakdan ajralgan siydik to‘siq (blok) tufayli siydik nayidan qovuqqa tushmaydi.

Siydik nayining spazmi pasayganda va zararlangan buyrakdan qovuqqa siydik tushganda, siydik tahlilida ko‘p sonda yangi eritrotsitlar, leykotsitlar, oqsil sonining oshishi, tuzlar borligi aniqlanadi. Shunday qilib, siydik tahlilining me’yordaligi buyrak sanchig‘i borligini inkor qilmaydi va keyinchalik tashxis qo‘yish tadbirlarini – siydik tizimining umumiy rentgenografiyasi va ekskretor urografiya o‘tkazishni talab qiladi. Og‘riq bo‘lgan tomonda buyrak funksiyasining yo‘qligi buyrak sanchig‘i borligidan dalolat beradi.

Og‘riqlarning joylashishi o‘xshash bo‘lganligi sababli buyrak sanchig‘ini o‘tkir appenditsit, o‘tkir xolesistit va pankreatit, me’da yarasining teshilishi, ichak tutilishi, jigar sanchig‘i, charvi tomirlari trombozi, bachadon ortig‘ining o‘tkir yallig‘lanishi, bachadondan tashqari homiladorlik, tuxumdon kistalari buralishi, o‘tkir radikulitdan farq qilish kerak. Urug‘don va uning ortig‘ida sanchiqli og‘riq bo‘lganda buyrak sanchig‘ini o‘tkir epididimit, o‘tkir orxit va urug‘ tizimchasining buralib qolishidan ajratish kerak.

Buyrak sohasidagi simillagan og‘riq uning surunkali kasalliklarida paydo bo‘ladi. Bunday og‘riqlarning proeksiyasini ko‘rsatish uchun, bemor qo‘lining

21

bosh barmog‘ini bel sohasiga bevosita XII qovurg‘a ostiga, shu qo‘lining boshqa barmoqlarini qorin devorining oldi yonbosh tomoniga qo‘yiladi.

Siyish paytida bel sohasida og‘riq paydo bo‘lishi, siydikni qovuqdan buyrak jomiga (qovuq–jom refluksi) qaytarish belgisi bo‘ladi. Bu simptom ko‘pincha bolalarda kuzatiladi: bola siyish paytida yig‘laydi, siyishi erkin bo‘lishiga

qaramasdan, qo‘li bilan belini ushlab oladi. Siyib bo‘lgandan keyin bola

tinchlanadi. Ko‘p o‘tmay uning siygisi qistaydi, bunda ozgina og‘riqsiz siydik ajraladi.

Yosh bolalar amaliyotida urologik kasalliklar vaqtida og‘riqlarni izohlab berish ko‘pincha murakkab, chunki bolalar, ayniqsa yosh go‘daklar buyrak va siydik naylari kasalliklarida qaeri og‘riyotganligini ko‘rsatab bera olmaydi va odatda, kindik sohasini ko‘rsatadi. Bolalarda buyrak sanchig‘i ba’zan peritonizm simptomlari bilan kechadi va bunda ularni noto‘g‘ri operatsiya qilib qo‘yish mumkin.

Siydik nayi sohasidagi har qanday intensiv og‘riqlar uchun ularning yuqoridan pastga: bel sohasidan qorinning o‘ng yoki chap yarmidan qovuq sohasiga va jinsiy a’zolarga tarqalishi xarakterlidir.

Qovuq sohasidagi og‘riq shu a’zo kasalligining namoyon bo‘lishi bilan yoki buyrak, siydik nayi, prostata bezi, siydik chiqarish kanali, ayollar jinsiy a’zolari va dumg‘aza kasalliklari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shuning uchun, qovuq sohasidagi og‘riqni uning kasalliklari bilan izohlab bo‘lmasa, uning sabablarini yuqorida ko‘rsatilgan a’zolar zararlanishidan izlamoq zarur. Surunkali kasalliklar vaqtida qovuqning zararlanish darajasiga qarab og‘riq doimiy, ba’zan siyishga azob beradigan holatda bo‘ladi: og‘riq qov sohasida yoki kichik chanoq ichida kuzatiladi. Og‘riq siyish jarayoni bilan paydo bo‘lishi yoki kuchayishi mumkin. U qovuq devori cho‘zilishi sababli yoki siyishni boshlash oldidan yoki siyish vaqtida, biroq ko‘pincha uning oxirida paydo bo‘ladi. Siyishning oxirida og‘riq paydo bo‘lishi qovuqning o‘tkir yallig‘lanishida kuzatiladi. Qovuq sohasidagi og‘riqning harakat qilayotgan vaqtda sodir bo‘lishi va tinchlanganda pasayishiga,

22

ko‘pincha qovuqdagi tosh sabab bo‘ladi va uning turgan joyining o‘zgarishi bilan

tushuntiriladi.

 

Qovuq sohasidagi og‘riq siydik tutilishi bilan

ham bog‘liq bo‘lishi

mumkin. Siydikning surunkali tutilishida qorinning pastida og‘irlik sezgisi paydo bo‘ladi. Siydikning o‘tkir tutilishida, og‘riq juda qattiq, chidab bo‘lmaydigan darajada bo‘ladi.

Ayollarda qovuqdagi og‘riq siyish jarayonining buzilishi, jinsiy a’zolarda

yallig‘lanish kasalliklari kelib chiqishi bilan kuzatilishi mumkin.

Bolalarda qovuqdagi og‘riqqa ko‘pincha a’zoning o‘zini zararlanishi sabab bo‘ladi. Kuchli og‘riq ko‘p hollarda o‘tkir sistit va qovuqda tosh bo‘lganda

kuzatiladi. Og‘riq siyish oxirida kuchayadi.

Qovug‘ida tosh bo‘lgan bolalar jinsiy olat boshchasi og‘riyotganligidan shikoyat qiladi va og‘riqni kamaytirish uchun siyish oldidan olat boshchasini

barmog‘i bilan qisib oladi.

Siydik chiqarish kanalidagi og‘riq yallig‘lanish jarayonida, kanaldan tosh yoki tuzlar o‘tganda kuzatiladi. Og‘riq siyish oldidan, yoki uning oxirida, yoki butun siyish jarayoni davomida paydo bo‘ladi. O‘tkir uretrit vaqtida og‘riq kuchli va azob beruvchi bo‘ladi, surunkali vaqtida esa u kamroq bo‘lib, bunda bemor

huddi qichishish sezgisini xis qiladi. Og‘riq siyish jarayoni bilan bog‘liq

bo‘lmasligi ham mumkin va kollikulit (urug‘ do‘mboqchasining yallig‘lanishi) vaqtida doimiy xarakterga ega bo‘ladi.

Siydik chiqarish kanalining bu bo‘limidagi kasalliklarda og‘riq oraliqda kuzatiladi. Urug‘ do‘mboqchasi kasalliklarida og‘riq jinsiy aloqa oxirida paydo bo‘lishi yoki kuchayishi mumkin.

Prostata bezi sohasidagi og‘riq o‘tkir va surunkali prostatitda, unda tosh bo‘lganda, prostata bezi rakida, to‘g‘ri ichak kasalliklarida paydo bo‘ladi. Prostata bezi va urug‘ pufakchalarining surunkali yallig‘lanish kasalliklarida (spesifik va nospesifik), oraliqda va orqa chiqaruv teshigida simillovchi doimiy og‘riq ro‘y beradi. Bu og‘riq urug‘donlarga, prostata bezini paypaslaganda esa jinsiy olat boshchasiga va qov usti sohasiga tarqalishi mumkin. O‘tkir prostatitda oraliqdagi

23

og‘riq sanchuvchan bo‘lib, ahlat chiqarish paytida kuchayadi. Prostata bezi rakida og‘riq dumg‘azaga, belga va songa tarqalishi mumkin. Prostata bezi rakining

suyaklarga bergan metastazida shunga o‘xshash og‘riq bo‘lishi mumkin. Oraliqda, to‘g‘ri ichakda va orqa chiqaruv teshigida og‘riq bo‘lganda

to‘g‘ri ichakni barmoq bilan tekshirish muhim tashxislash usuli hisoblanadi, u prostata bezini va urug‘ pufakchalarini paypaslab ko‘rganda og‘riq borligini aniqlashga imkon beradi. Bunday tekshirishlarda oraliqdagi og‘riqning sabablarini aniqlash ham mumkin, bunda ular Kuper (bulbouretral) bezchalari yallig‘lanishi,

dumg‘aza kasalliklari, to‘g‘ri ichak poliplari, paraproktit bilan bog‘liq bo‘ladi.

Anal teshigini ko‘zdan kechirish va rektoromanoskopiya orqa chiqaruv teshigi va to‘g‘ri ichak kasalliklarini inkor qilishga imkon beradi.

Erkaklar tashqi jinsiy a’zolari sohasidagi og‘riq yorg‘oqda seziladi, urug‘ tizimchasi bo‘ylab chovga va bel sohasiga tarqaladi. Urug‘don va uning

ortig‘idagi o‘tkir yallig‘lanish jarayoni juda qattiq og‘riq bilan kuzatiladi, u

harakat vaqtida kuchayadi. Shu singari og‘riq urug‘don va urug‘ tizimchasi

buralib qolganda ham paydo bo‘ladi. Tashqi jinsiy a’zolarning surunkali

kasalliklarida og‘riq ancha kuchsiz bo‘lib, ba’zan yorg‘oqda og‘irlik borligi seziladi. Agar bemor tashqi jinsiy a’zolarida og‘riq borligiga shikoyat qilsa, ularda ob’ektiv o‘zgarishlar aniqlanmasa, u holda bu og‘riqni prostata bezidan, urug‘ pufakchalaridan, qovuq va buyraklardan tarqalishini inkor qilmoq kerak. Jinsiy olatdagi o‘tkir og‘riq jinsiy olat “singanda” (uning oqchil pardasi yirtilganda), kavernoz gavdachalar va olat boshchasida yallig‘lanish jarayoni bo‘lganda, jinsiy olatning og‘riqli taranglashishida (priapizm) paydo bo‘lishi mumkin. Zirqiragan og‘riq va jinsiy olatning qiyshayishi jinsiy olatning fibroz qotishida (Peyroni kasalligi) qayd qilinadi.

Siyish aktining buzilishi

Sog‘lom odam bir sutka davomida o‘rtacha 1500 ml siydik ajratadi, bu bir sutka mobaynida qabul qilingan suyuqlikning qariyb 75% ni (qolgan 25% o‘pkalar, teri, ichaklar orqali ajraladi) tashkil etadi. Bir sutkada siyish me’yorda

24

4 yoki 7 marttagacha o‘zgarib turadi. Qovuq peshob qilgandan so‘ng butunlay bo‘shaydi. Siyish akti davomiyligi katta yoshli sog‘lom odamda 40 sekundgacha davom etadi, siyishning maksimal hajmiy tezligi me’yorda ayollar uchun 20–25 ml/s ga va erkaklar uchun 15–25 ml/s ga teng. Erkaklarda siydik oqimi parabola hosil qilib ancha masofaga chiqariladi.

Odamda siydik chiqarish – bu ixtiyoriy holat. U markaziy nerv tizimsidan impulslar kelishi bilan boshlanadi. Siyishga bo‘lgan istakni hatto qovuq to‘lib turganda ham to‘xtatib turish mumkin. Siyish boshlanganda uni tegishli impulslar

bilan to‘xtatib qo‘yish ham mumkin.

Qovuqning fiziologik hajmi 250–300 ml ni tashkil etadi, lekin bir qancha

omillar (harorat va atrof muhitning namligi, odamning ta’sirchanlik holati)ga qarab u o‘zgarib turishi mumkin.

Siyish jarayonining buzilishlaridan (dizuriya) birinchi navbatda uning tezlashishi, ya’ni pollakiuriyani aytish mumkin. Bu belgi pastki siydik yo‘llari va prostata bezining kasalliklariga xos. Har bir siyishda kam hajmda siydik chiqadi; bir sutkada chiqqan siydik soni me’yordagidan ko‘p bo‘lmaydi. Agar tez–tez

siyish ko‘p sonda siydik chiqarish bilan kuzatilsa, sutkalik siydik soni

me’yordagidan ancha ko‘p bo‘lsa, unda bu siydik ajratish (diabet, buyrakning surunkali yetishmovchiligi va b.) mexanizmining zararlanganligi belgisi bo‘ladi.

Tez–tez siyish bir sutkada 15–20 martta va undan ko‘proq bo‘lishi mumkin. Pollakiuriya ba’zan siyishga imperativ (buyruq) istak bilan kuzatiladi. Qovuqda tosh bo‘lganda, odatda, tez–tez siyish faqat kunduzi va harakat vaqtida paydo bo‘lib, kechasi va harakatsiz holatda yo‘qoladi. Prostata bezida o‘sma bo‘lganda, ko‘pincha, tungi pollakiuriya ro‘y beradi. Qovuqning surunkali kasalliklarida doimiy pollakiuriya kuzatilib, u ba’zi dorilarni (masalan, siydik haydovchi) qabul qilganda ham paydo bo‘lishi mumkin. Pollakiuriya ko‘pincha og‘riq bilan kuzatiladi.

Oligakiuriya, ya’ni g‘ayritabiiy kam siyish, odatda, orqa miyaning shikastlanishi yoki kasalliklari oqibatida qovuq innervatsiyasining buzilishi bilan bog‘liq bo‘ladi.

25

Nikturiya yoki, to‘g‘rirog‘i – tungi pollakiuriya, tez–tez siyish hisobiga tungi siydik miqdorining kunduzgidan ortiq bo‘lishi. Normada tungi va kunduzgi diurez nisbati 1/3 va 1/4 oralig‘ida bo‘ladi. Nikturiyada bu nisba buziladi, tungi diurez miqdori nisbaban ortadi. Bunga, odatda, yurak–tomir yetishmovchiligi sabab bo‘ladi, ya’ni kunduz kuni yurganda va jismoniy ish qilganda yashirin shishlar paydo bo‘ladi va qachon yurak faoliyati uchun sharoit yaxshilanganda,

asosan, tunda ularning kamayishi kuzatiladi, bu diabet

va prostata

bezi

kasalliklarida ham bo‘lishi mumkin.

 

 

Stranguriya – siyishda qiynalish, uning tezlashishi va

og‘riq bilan

birga

kelishidir. Stranguriyada bemor qovug‘ining tortishib qisqarishini sezadi, ba’zan behuda yoki bir oz sonda siydik chiqishi bilan kuzatiladi. Odatda, stranguriya siyishga imperativ qistash bilan kuzatiladi. Qovuqda patologik jarayon bo‘lganda stranguriya ayniqsa bilinadi.

Siydik tutaolmaslik – siyishga qistash bo‘lmasdan siydikning ixtiyorsiz chiqishi (oqishi). Siydikning chiqib ketishi uretradan yoki undan tashqarida kelib chiqishi mumkin. Uretradan siydik tutaolmaslikning quyidagi turlari farq qilinadi:

1.stressli – kuchanganda siydik tutaolmaslik;

2.urgentli (imperativ) – siyish aktining yaqqol, to‘xtatib bo‘lmaydigan qistashi oqibatida bo‘lishi;

3.siydikning surunkali tutilishi natijasida qovuq to‘lib ketganda, siyishga qistash bo‘lmasa ham siydikni tuta olmaslik.

Stressli siydik tutaolmaslikda qovuq sfinkterlarining yetishmovchiligi

oqibatida bemor siydikni tutaolmaydi, lekin siydik yo‘llarining anatomik butunlinligi buzilmagan bo‘ladi. Haqiqiy siydik tutaolmaslik doimiy yoki gavdaning faqat ma’lum bir holatida (masalan, tik turgan holatga o‘tganda), ko‘proq jismoniy zo‘riqqanda yoki yo‘talganda, aksa urganda, kulganda sodir bo‘ladi. Ayollarda odatda bu holat chanoq tubi mushaklarining tonusi pasayganda, qovuq sfinkterlari bo‘shashganda kuzatiladi, ular qin oldi devori va bachadon tushishi ham sabab bo‘lishi mumkin.

26

Ayollarda klimakteriya davrida stressli siydik tutaolmaslik ba’zi hollarda detruzor faoliyatining buzilishi va gormonal disfunksiyalar oqibatida sfinkterlar

ishlash kordinatsiyasining buzilishi ham sabab bo‘ladi.

Siydikni uretradan tashqarida (“soxta”) tutaolmaslikda siydik nayi, qovuq

yoki siydik chiqarish kanalining tug‘ma yoki orttirilgan nuqsonlari sababli siydik ixtiyorsiz tashqariga chiqadi.

Qovuq ekstrofiyasi, epispadiya, uretrorektal oqmalarda siydik nayi og‘izchasining uretrada yoki qinda joylashishi tug‘ma nuqsonlarga kiradi. Bunday sabablar ko‘proq bolalar uchun xosdir. Siydikni uretradan tashqarida

tutaolmaslikka olib keluvchi orttirilgan nuqsonlar hamma vaqt shikastlanish

bilan bog‘liq bo‘ladi. Bunda siydik yo‘llarining butunligi buziladi va qo‘shni a’zolarga, ko‘pincha qinga, kamroq to‘g‘ri ichakka (siydik nayi– qin, qovuq–

qin, qovuq–to‘g‘ri ichak, uretra–to‘g‘ri ichak oqmalari) ochiladigan oqmalar paydo bo‘ladi.

Urgentli (imperativ) siydik tutaolmaslik – to‘xtatib bo‘lmaydigan, to‘satdan paydo bo‘ladigan kuchli (imperativ) qistash vaqtida qovuqda siydikni tutib tura

olmaslik.

Qisqa vaqt oralig‘ida tez–tez siyish, siyishga to‘xtatib bo‘lmaydigan

(buyruq bilan) qistash bo‘lishi, birdan paydo bo‘lgan qistash sababli qistalangan siydik tutaolmaslik, ko‘pincha tungi pollakiuriya urgentli siydik tuta olmaslikning belgilari hisoblanadi. Bu o‘tkir sistitda, qovuq bo‘yinchasi o‘sma bilan zararlanganda, ba’zan prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi (adenomasi)da kuzatilishi mumkin. Bog‘cha va maktabgacha yoshdagi bolalarda siydikni tutaolmaslik uzoq muddatli qiziqarli o‘yinlarda qovuqning to‘lib ketishi oqibatida kelib chiqadi.

Enurez tunda uyquda siydikni tutaolmaslik. Bola hayotining 5 yoshigacha tunda siyib qo‘ysa, buni fiziologik holat, deb hisoblanadi.

Agar enurez davom etaversa, bu uretrovezikal segmentning neyromushak tuzilmasi rivojlanishining sekinlashishi yoki organik kasalliklar (pastki siydik yo‘llari infeksiyasi, o‘g‘il bolalarda uretra orqa qismining qopqoqlari, qiz

27

bolalarda uretraning distal torayishida, neyrogen qovuqda) oqibatida bo‘lishi mumkin.

Bir qancha urologik kasalliklar qiynalib siyish bilan kuzatiladi. Bunda siydik oqimi sust, ingichka, tik pastga qarab yoki faqat tomchilab, oqimsiz chiqadi. Uretraning torayishida siydik oqimi ikkiga bo‘linib, uning girdoblanib va sachrab chiqishi kuzatiladi. Prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi (adenoma) va rakida siydik oqimi ingichka, sust bo‘lib, odatdagi yoy hosil qilmay pastga yo‘naladi, siyish muddati cho‘ziladi.

Siydik tutilishi (ishuriya) o‘tkir va surunkali bo‘ladi. Siydikning o‘tkir tutilishi to‘satdan boshlanadi va qovuq to‘lib turadi, siyishga istak bo‘lishiga qaramasdan siydik chiqmaydi, qorinning pastki qismida og‘riq paydo bo‘ladi.

Ba’zi hollarda siydikni o‘tkir tutilishi siyishga istak bo‘lmaganda ham bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha bunday tutilish nerv–reflektor bo‘lib, har xil operatsiyalardan keyin, bemor to‘shakda chalqancha yotganida, kuchli hayajonlanish hissi paydo bo‘lganda kuzatiladi. Bunday holda siydik tutilib qolishini anuriyadan (qovuqda siydik yo‘qligi) ajratish kerak, bunda ham siyishga istak bo‘lmaydi.

Siydikning o‘tkir tutilishi, odatda, siydik oqimiga surunkali to‘siq borligi natijasida paydo bo‘ladi. Prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi (adenomasi) va raki, uretra torayishi, siydik chiqarish kanalining ichidagi yoki qovuq bo‘yinchasidagi tosh va o‘smalar uning eng ko‘p sabablari hisoblanadi. Qovuqni kateterlash siyish jarayoni bo‘lmaganda tashxislash (siydik o‘tkir tutilishini anuriyadan ajratishga imkon beradi) va davolash uchun katta ahamiyatga ega. Siydik passajini infravezikal soxada buzuvchi har–xil obstruksiyalar (qovuq bo‘yinchasi sklerozi, uretra qopqog‘i va torayishi, qovuq va siydik chiqarish kanali toshi, katta o‘lchamdagi ureterotsele) bolalarda siydikning qisman tutilib qolishiga sabab bo‘ladi.

Qovuq bo‘yinchasi sohasida yoki siydik chiqarish kanalida yoki detruzorning gipotoniyasida siydik oqimiga qisman to‘siq bo‘lganda siydikning bir qismi qovuqda qolsa (qoldiq siydik), siydikning surunkali tutilishi paydo bo‘ladi. Detruzorning kuchsizlanishiga qarab qoldiq siydik ortib boradi.

28

Siydikning surunkali tutilishi prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi (adenomasi) va raki, qovuq bo‘yinchasi sklerozi, uretraning torayishi va boshqalarda kuzatiladi. Agar me’yorda siyib bo‘lgandan keyin qovuqda bor–yo‘g‘i 15–20 ml siydik qolsa, siydikning surunkali tutilishida esa uning soni 100–200 ml gacha

(ba’zan 1 litrgacha va ko‘proq) bo‘ladi.

Qoldiq siydik miqdorining ko‘payishi va qovuqning borgan sari cho‘zilib borishi nafaqat detruzorni, balki sfinkterning ham nimfalajini keltirib chiqaradi. Bunday hollarda bemor bemalol siya olmaydi yoki siyishga qistash bo‘lganda

faqat oz miqdorda siydik ajraladi. Shuning bilan birga qovuqdan noixtiyoriy

ravishda, doimo, siydik tomchilab chiqib turadi. Shunday qilib, bemorda siydik

tutilib qolishi bilan birga siydik tutaolmaslik ham bo‘ladi. Bunday holat

paradoksal ishuriya, deb ataladi. Bu prostata bezi xavfsiz giperplaziyasining (adenoma) III bosqichida, orqa miyaning shikastlanishi va kasalliklarida kuzatiladi.

Siydik miqdorining o‘zgarishi

Sog‘lom odamda issiq va quruq ob–havo paytlari ajraladigan siydik soni kamayishi mumkin. Siydik ajralishining ko‘payishi ko‘p suyuqlik ichishiga ham bog‘liq bo‘lib, bu fiziologik holatdir.

Poliuriya – ajraladigan siydik sonining patologik ko‘payishi. Bunda bemor, odatda, nisbiy zichligi past (1002–1012) bo‘lgan 2000 ml dan ko‘p siydik chiqaradi. Faqat qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda poliuriya vaqtida siydikning nisbiy zichligi glyukozaning borligi hisobiga yuqoriligigacha (1030 gacha) qoladi. Poliuriya, odatda, pollakiuriya bilan birga kuzatilib, har siyishda ko‘p sonda siydik ajralib chiqadi. Urologik kasalliklarda poliuriya buyrak konsentratsiyalash qobiliyatining pastligini ko‘rsatadi va buyrakning surunkali yetishmovchiligi belgisi hisoblanadi. Buyrakning surunkali yetishmovchiligi surunkali pielonefritda, buyraklar polikistozi, prostata bezi xavfsiz giperplaziyasi (adenoma)da bo‘lishi mumkin.

29

Poliuriya buyrak o‘tkir yetishmovchiligining II (diuretik) bosqichi uchun ham xarakterli bo‘lib, bunday holda u yaxshi prognoz belgisi hisoblanadi.

Poliuriyaga diuretik (siydik haydovchi) dori vositasi ham sabab bo‘lishi mumkin.

Opsouriya – ko‘p suyuqlik ichganda bir sutka va undan ko‘proq vaqtdan keyin ko‘p miqdorda siydik ajralishi. Ko‘pincha yurak yetishmovchiligida kuzatiladi, jigar va oshqozon osti bezi kasalliklarining simptomi ham bo‘lishi

mumkin.

Oliguriya – ajralgan siydik miqdorining kamayishi. Sog‘lom odamlarda kam suyuqlik ichganda sutkalik siydik miqdori kamayishi (bir sutkada 500 ml dan kam bo‘lmasligi) mumkin. Bunday vaqtda siydikning konsentratsiyasi ko‘proq, nisbiy zichligi esa yuqori bo‘ladi. Bir sutkada ajraladigan siydik miqdorining 100 ml dan 500 ml gacha o‘zgarib turishi ham oliguriyadan dalolat beradi. Oliguriya o‘tkir va Buyrakning surunkali yetishmovchiligining simptomlaridan biri bo‘lib, ularning juda yomon prognoz belgisi hisoblanadi. Oliguriya paytida siydikning

nisbiy zichligi past bo‘ladi.

Urologik kasalliklardan tashqari, oliguriya ko‘p miqdorda suyuqlik

yo‘qotish (ich ketishi, qusish, qon ketishi, ko‘p terlash, isitma) bilan

bog‘liq

hamma patologik holatlarda hamda yurak yetishmovchiligi oqibatida

shishlar

rivojlanganda kuzatilishi mumkin. O‘tkir nefritda oliguriya buyrak kalavalari membranasi filtrlash qobiliyatining buzilishi bilan bog‘liq.

Anuriya – qovuqqa siydik tushishining to‘xtab qolishi. Bu holat buyrak parenximasidan siydik ajralmasligi yoki yuqori siydik yo‘llarida to‘siq bo‘lishi sababli siydikning qovuqqa yetib bormasligi bilan bog‘liq bo‘ladi. Anuriya vaqtida siyishga qistash bo‘lmaydi, qovuqdan kateterlash yo‘li bilan faqat bir oz sonda (20–30 ml dan ko‘p emas) siydik olish mumkin.

Qovuqda siydik bo‘lmasligi uch turdagi omillar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, ular anuriyaning uchta asosiy shakliga:

1.prerenal,

2.renal (sekretor)

3.postrenal (ekskretor) shakliga sabab bo‘ladi.

30

Соседние файлы в предмете [НЕСОРТИРОВАННОЕ]