
Urologiya
.pdfBu anomaliya juda kam uchraydi. Qo‘shimcha buyrak qon bilan alohida
ta’minlanadi va alohida siydik nayiga ega bo‘lib, u asosiy buyrakni drenajlovchi siydik nayiga qo‘shiladi yoki qovuqqa mustaqil og‘izcha bilan ochiladi. Ba’zan, u
ektopiyalangan bo‘lishi mumkin va doimiy siydik oqishi bilan kuzatiladi.
Qo‘shimcha buyrak odatdagidan pastroqda va pastki bel umurtqalari sohasida yoki yonbosh sohada, kamdan – kam chanoqda joylashadi. Uning kattaligi o‘zgaruvchan, ammo ko‘pincha anchagina kichkina bo‘ladi. Bu anomaliya ekskretor urografiya, buyraklarni skanerlash, buyrak angiografiyasi (aortografiya), radioizotop renografiya, kompyuter tomografiya, magnit–yadroli rezonans tomografiya ma’lumotlariga asoslanib tashxislanadi.
Gidronefroz, qovuq – siydik nayi refluksi, nefrolitioz, pielonefrit, o‘sma nefrektomiya qilishga ko‘rsatma bo‘ladi. Lekin, bolalarda davolash taktikasini tanlash qo‘shimcha buyrakning funksiyasini yo‘qotish darajasiga va klinik simptomlariga qarab aniqlanadi. Og‘riq, arterial bosim ko‘tarilmaganda, buyrakning funksiyasi 30–40% gacha saqlansa, a’zoni saqlab qoluvchi operatsiya qilinadi. Agar bolalarda yuqorida ko‘rsatilgan asoratlar bo‘lmasa, ularni doimiy nazorat qilib dori – darmonlar bilan davolaniladi.
Hajm anomaliyalari
Hajm anomaliyalariga buyrak o‘lchamining kichrayishi – buyrak
gipoplaziyasi kiradi.
Buyrak gipoplaziyasi
Gistologik tuzilishi me’yordaligi va buyrakning funksiyasi buzilishi belgilari yo‘qligi bilan xarakterlanadi. Gipoplaziya, ko‘pincha bir tomonda bo‘ladi, ammo ikki tomonda ham bo‘lishi mumkin.
Gipoplaziya ekskretor urografiya, buyraklarni radioizotop va ultratovush skanerlash ma’lumotlariga asoslanib tashxislanadi. Rentgenogrammada buyrakning o‘lchamlari kichrayganligi ko‘rinadi. Jom kichkina, uchburchak yoki ampulyar shaklda, jomdan kichkina kosachalar ajraladi (3.6- rasm).
Tashxis qo‘yishga va gipoplaziyani patologik jarayon (nefroskleroz) sababli buyrakning o‘lchami kichrayganligidan ajratishga buyrak angiografiyasi yordam
111

beradi. Gipoplaziyada ham buyrak oyoqchasidagi, ham buyrak ichidagi tomirlar bo‘shlig‘i bir tekisda kichraygan bo‘ladi, buyrakning ikkilamchi atrofiyasida esa buyrakning oyoqchasidagi tomirlar kalibri me’yorda bo‘lib, buyrak ichidagi tomirlar bo‘shlig‘i keskin ravishda kichraygan, buyrakda ular noto‘g‘ri bo‘lingan, ular soni ayniqsa, buyrakning po‘stloq qavatida ancha kamaygan bo‘ladi.
Bemorlar bir tomonlama buyrak gipoplaziyasi kuzatilganda, faqat shu buyrakda patologik jarayon bo‘lganda davolanishga muhtoj bo‘ladilar. Odatda, bu pielonefrit, ko‘pincha buyrak bujmayishi va arterial gipertenziya bilan asoratlanadi. Bunday hollarda, odatda, nefrektomiya qilinadi.
3.6-rasm. O‘ng buyrak gipoplaziyasi.
Bolalarda konservativ davolash samara bermaganda faqat operativ davolashga murojat qilinadi. Gipoplaziyalangan buyrakda qovuq–siydik nayi refluksi bo‘lganda (uning funksiyasining kamayishi 70% dan kam bo‘lmaganda) antirefluks operatsiyalar tavsiya etiladi, og‘irroq zararlanishlarda nefrogen arterial gipertenziya bilan kuzatilganda, odatda, nefrektomiya qilinadi.
Joylashish anomaliyalari
Joylashish anomaliyalari (distopiya) birlamchi buyrakning chanoqdan bel sohasiga me’yoriy siljishining buzilishi natijasida kelib chiqadi. Buyrakning yuqoriga siljishi, qaysi bosqichlarda to‘xtashi sodir bo‘lganligiga qarab, chanoq,
bel, yonbosh distopiyalari farq qilinadi. Buyrakning geterolateral va torakal
112

distopiyalari kamroq uchraydi. Ular uchun buyrak arteriyalari va venalarining ko‘pligi xos bo‘lib, distopiyalangan buyrak qancha past joylashsa, qon tomirlari shuncha ko‘p va uning rotatsiya jarayoni shuncha ko‘p buzilgan bo‘ladi.
Buyrak distopiyasi bir yoki ikki tomonlama bo‘lishi mumkin. U buyrak anomaliyalari orasida eng ko‘p bo‘lib, 800–1000 ta chaqaloqdan bittasida uchraydi (3.7-rasm).
Bolalarda 15,5% hollarda bunday turdagi anomaliyalar klinik namoyon bo‘lmaydi. Qorin bo‘shlig‘ini paypaslaganda, tasodifan o‘sma aniqlanishi shifokorni ehtiyotkorlikka chaqirishi kerak. Bunday hollarda ultratovush tekshiruvi, ekskretor urografiya, radioizotop va angiografik tekshirishlarni o‘tkazish zarur. Distopiyalangan buyrakdagi og‘riq sindromi ba’zan jarroxlik va ginekologik kasallik deb, hato qabul qilinadi.
3.7- rasm. Buyrak distopiyasining variantlari (sxemasi): 1-torakal distopiya; 2-bel distopiyasi; 3- yonbosh-dumg‘aza distopiyasi; 4- chanoq distopiyasi; 5- normal joylashgan buyrak.
Buyrakning bel distopiyasi. Distopiyalangan buyrakning arteriyasi odatda
aortadan ancha pastroq, II–III bel umurtqalari sohasidan ajralib, jom oldinga qarab
turadi.
113
Buyrakning bel distopiyasi, ba’zan og‘riq bilan namoyon bo‘ladi, buyrak qovurg‘a osti sohasida paypaslanadi va o‘sma yoki nefroptoz deb qabul qilinishi
mumkin.
Buyrakning yonbosh distopiyasi. Bunday anomaliya nisbatan ko‘proq uchraydi. Bunday holda buyrak yonbosh chuqurchada joylashadi. Buyrak arteriyalari odatda ko‘p va umumiy yonbosh arteriyadan ajraladi. Yonbosh distopiyaning eng ko‘p simptomi qorinda og‘riq bo‘lib, bunga distopiyalangan buyrakning qo‘shni a’zolarni va nerv chigalini bosishi hamda urodinamikaning buzilishi belgilari sabab bo‘ladi. Ayollarda bu og‘riq ba’zan hayz ko‘rish davrlari bilan mos keladi. Me’da – ichak yo‘li harakatining buzilishi bilan bog‘lik og‘riq nafaqat mexanik paydo bo‘ladi (buyrakni ichakning yonbosh bo‘limlariga bosishi
natijasida), balki |
reflektor xarakterga ega bo‘lib, ko‘ngil aynishi, qusish va |
aerokoliya bilan |
kuzatiladi. Odatda bu gidronefroz, yallig‘lanish kasalliklarida |
yoki distopiyalangan buyrakda tosh bo‘lganda kuzatiladi.
Yonbosh distopiyada buyrak qorinda xuddi o‘smaga o‘xshab paypaslanadi, shu sababli, ko‘pincha uni kista deb yoki tuxumdon yoki boshqa a’zoning o‘smasi deb qabul qilinadi. Bunday buyrakni (hatto yagona buyrakni) o‘sma deb qabul
qilib yanglishib olib tashlangan hollar ham bo‘lgan.
Buyrakning chanoq distopiyasi |
Bu |
anomaliya kamroq uchraydi va |
buyrakni chanoqda chuqur joylashganligi bilan |
xarakterlanadi. Buyrak erkaklarda |
to‘g‘ri ichak va qovuq orasida, ayollarda to‘g‘ri ichak va bachadon orasida joylashadi (3.8-rasm).
114

3.8-rasm. O‘ng buyrak chanoq distopiyasi.
Bunday anomaliyaning klinik namoyon bo‘lishi chegara a’zolarining siljishi
bilan |
bog‘liq bo‘lib, |
bunda ularning funksiyasi buziladiva og‘riq beradi. |
Bimanual paypaslash |
erkaklarda to‘g‘ri ichak bilan, ayollarda qinning orqa |
gumbazi bilan yonma–yon joylashgan qattiq konsistensiyali, kam harakatlanuvchi gavdani aniqlashga imkon beradi.
Buyrakning ko‘krak distopiyasi. Bu odatdan tashqari turdagi distopiya bo‘lib, ko‘pincha chap tomonda uchraydi. Bunday anomaliya orqa diafragmaning birikishi tugallangangacha Bogdaleka teshigi orqali, ko‘krak qafasiga plevradan tashqarida o‘tuvchi buyrakning kranial siljishi jarayoni tezlashishi natijasida kelib chiqadi. Diafragmaning orqa yonbosh sohasidagi teshik orqali buyrakning qon tomirlari va siydik nayi o‘tadi. Bu anomaliya juda kam uchraydi va tasodifiy topilma bo‘lishi mumkin. Bemorlarda ba’zan ovqat ist’mol qilgandan keyin ko‘pincha to‘sh orqasida noaniq og‘riq paydo bo‘ladi. Odatda, ko‘krak qafasini rentgenoskopiya, flyurografiya qilganda, ko‘krak qafasida diafragma ustida kutilmaganda soya aniqlanadi.
Ko‘pincha diafragma churrasi yoki o‘pka o‘smasi deb tashxis qo‘yiladi, shu sababli operatsiya ham qilinadi. Lekin ekskretor urografiya va buyraklarni
115

skanerlash yordamida to‘g‘ri tashxis qo‘yish mumkin. Bu anomaliya ba’zan diafragma relaksatsiyasi bilan birga kuzatiladi. Buyrakning ko‘krak distopiyasida siydik nayi odatdagiga qaraganda uzunroq, buyrak qon tomirlarining yuqoridan chiqishi aniqlanadi.
Buyrakning kesishgan anomaliyalari
Bu anomaliya kam uchraydi va bitta buyrakning o‘rta chiziqdan narigi tomonga siljishi bilan xarakterlanadi, shu sababli ikkala buyrak ham bir tomonda joylashgan bo‘ladi. Ko‘p hollarda, kesishgan distopiya ikkala buyrakning birikishi bilan kuzatiladi (3.9-rasm).
Bunday turdagi buyrak distopiyasiga asosan ekskretor urografiya, radioizotop skanerlash yoki ssintigrafiya usullari bilan tashxis qo‘yiladi.
Buyrak distopiyasida nefroptoz va qorin bo‘shlig‘idagi o‘sma bilan differensial tashxislash qilinadi. Buyrak angiografiyasi asosiy differensial– tashxislash ahamiyatiga ega. Tekshirish bemorni yotgan va turgan holatlarida o‘tqaziladi.
3.9-rasm. Buyraklarning kesishgan distopiyasi.
Buyrak distopiyasida nefroptozdan farqli o‘laroq buyrak qon tomirlari kalta bo‘lib, odatdagiga qaraganda pastroqdan chiqib, buyrakning harakati bo‘lmaydi.
Distopiyalangan buyrakda patologik jarayonlar (pielonefrit, tosh, gidronefroz,
116
o‘sma) bo‘lganda, faqat operatsiya qilinadi. Buyrak distopiyasida, uning patologik harakatchanligi kuzatilmasa, nefropeksiya qilinmaydi.
Buyraklarning o‘zaro munosabati (bitishi) anomaliyalari
«Buyrakning bitishi» ikkita buyrakning bitta a’zoga birikishi bilan
xarakterlanib, bunda ularning siydik naylari qovuqqa odatdagi joyiga kirishi anomaliyasi nazarda tutiladi. Bunday turdagi anomaliyalar buyrak hamma anomaliyalarining 16.5 % ni tashkil qiladi. Buyrakning bitishi uning medial yuzasida bo‘lsa, galeta (patir non) shakldagi buyrak deyiladi. Bitta buyrakning yuqori qutbi boshqa buyrakning pastki qutbi bilan birikkanda S yoki L shaklidagi deb ataluvchi buyrak paydo bo‘ladi (3.10-rasm). Birinchi shaklda, bitta buyrakning jom–siydik nayi segmenti medial tomonga, boshqasiniki esa lateral tomonga qarab turadi; ikkinchi shaklda buyraklarning uzun o‘qlari bir–biriga perpendikulyar bo‘ladi.
Taqasimon buyrak. Bunday anomaliyada, buyraklar ko‘pincha pastki
qutblari kamroq yuqori qutblari bilan birlashib ketib, bir–biriga buyrak
parenximiyasidan yoki fibroz to‘qimadan tashkil topgan bo‘yni birikadi. Taqasimon buyrak me’yordagiga qaraganda pastroq joylashadi. Chunki buyraklarning birlashishi ularning rotatsiya davrigacha sodir bo‘ladi, unda jom va siydik nayi buynidan oldinda joylashadi. Taqasimon buyrakning uchrashi to‘g‘risidagi ma’lumotlar har xil. Ba’zi ma’lumotlarda, u buyrak anomaliyalari umumiy sonining 8–16.5% ni tashkil etadi. Bu anomaliya ushbu guruhda eng ko‘p amaliy qiziqishga ega. U erkaklarda ko‘p uchraydi. Taqasimon buyragi bo‘lgan odamlarning yarmisida, boshqa a’zolarning nuqsonli rivojlanishi ham aniqlanadi.
117

3.10rasm. Buyraklarning o‘zaro munosabatlari anomaliyalari (sxemasi).
a – S – shakldagi buyrak; b – L – shakldagi buyrak (tayoqchasimon); v – V– shakldagi buyrak; g
– taqasimon buyrak.
Taqasimon buyrak deyarli harakat qilmaydi. Ko‘proq mahkam turadi, uning ko‘p sonli tomirlar bilan bog‘liqligi va o‘ziga hos shakli natijasida bo‘ladi. Ikkita
yarmining pastki segmentlarini birlashtiruvchi buyrak bo‘yni, odatda, katta qon tomirlar (aorta, pastki kovak vena, yonbosh qon tomirlari) va quyoshsimon chigal oldida joylashib, ularni umurtqa pog‘onasiga bosib turadi. Buyrak bo‘ynining retroaortal joylashishi juda kam uchraydi. Og‘riq sezgilari bo‘lmasa, odam o‘zida taqasimon buyrak borligi to‘g‘risida bilmasligi mumkin.
Taqasimon buyrakning asosiy simptomi qorinda umurtqa pog‘onasining ikki tomonida kam harakatlanuvchi xosilaning paypaslanishi, ba’zan qo‘shni a’zolarni bosishi sababli yengil og‘riq sezilishi. Juda kam xollarda taqasimon buyrak bo‘yni
bilan pastki kovak venani qisishidan gavdaning pastki yarmida venoz
gipertenziya bu sohada keyinchalik dilyatatsiya va vena qonining dimlanishi, oyoqlar shishishi va hatto assit kuzatilishi mumkin.
118
Aortaning qisilishi sababli oyoqlar og‘rib va uvishib qoladi. Taqasimon buyrak kam harakatchanligi va o‘ziga xos joylashganligi sababli, me’yorda joylashgan buyrakka qaraganda shikastlanishga ko‘proq duchor bo‘ladi.
Taqasimon buyrakda yallig‘lanish kasalliklari, tosh xosil bo‘lishi va gidronefroz rivojlanishiga moyillik bor. Buyrakning bunday anomaliyasini tashxislashda rentgenologik va radioizotop tekshirish usullari muhim ahamiyatga ega. Angioarxitektonikasini o‘rganish uchun buyrak arterografiyasi qo‘llaniladi. Ma’lumki, taqasimon buyrakda o‘smalar, ko‘pincha gipernefromalar va Vil’ms o‘smasi rivojlanishining xavfi yuqori. Ular, odatda buyrak bo‘yinchasidan kelib chiqadi.
Taqasimon buyrakda yuqorida ko‘rsatilgan patologik jarayonlar rivojlanganda, ko‘proq kuchli va qattiq og‘riqlarda esa ancha kamroq operativ davolash qo‘llaniladi. Operativ davolashda jom oldinda joylashganligini, ko‘p qon tomirlar esa buyrakka aortadan va yonbosh arteriyalardan borishi mumkinligini unutmaslik kerak. Bolalarda operatsiya vaqtida, agar buyrak bo‘yni ingichka bo‘lsa, u kesiladi (istmotomiya) va ajratilgan buyraklar repozitsiya qilinadi.
Taqasimon buyrakning biror–bir yarmida uzoq davom etgan zararlanish bo‘lganda geminefrektomiya qilinadi.
Buyrakning tuzilish anomaliyasi
Buyrak displaziyasi
Bunday anomaliyada buyrakning o‘lchamlari tug‘ma kichkinaligi, parenximaning nuqsonli rivojlanganligi va buyrak funksiyasining pasayganligi aniqlanadi. Buyrak displaziyasining ikki xil shakli – rudimentar va pakana buyrak mavjud.
Rudimentar buyrak shunday a’zodan iboratki, uning rivojlanishi embrional davrning dastlabki bosqichida to‘xtab qolgan bo‘ladi; buyrakning o‘rnida kichikroq o‘lchamlari 1–3 sm yoki undan ham kichik sklerotik massa topilib, uni gistologik tekshirganda rivojlanmagan kanalchalar qoldig‘i va silliq mushak tolalari aniqlanadi.
119
Pakana buyrak – o‘lchamlari ancha kichik (2 – 5sm.gacha) bo‘lib, parenximasida kalavalar soni juda kamaygan, oraliq fibroz to‘qima esa ortiqcha rivojlangan bo‘ladi. Buyrak qon tomirlarining soni va ularning kalibri ham ancha kam, ba’zan siydik nayi bitib ketgan bo‘ladi. Buyrakning bunday anomaliyasi
ko‘pincha nefrogen arterial gipertenziya bilan asoratlanadi.
Buyrak multikistozi kam kuzatiladigan anomaliya. Buyrak anomaliyasi bo‘lgan bemorlarda 1,1% uchraydi, chaqaloqlarda esa bu – buyraklarning ko‘proq uchraydigan kistoz kasalligi. O‘g‘il bolalarda ko‘proq chap tomonda uchraydi. Jarayon ko‘pincha bir tomonda bo‘ladi, buyrak to‘qimasining o‘rnini kistalar butunlay egallashi, siydik nayi jom oldi qismida bitib ketishi yoki uning distal
qismining yo‘qligi bilan namoyon bo‘ladi. O‘smasimon hosilaning yuzasi notekis bo‘lib, qorinning yon qismida paypaslanadi. Yuzasining shunday bo‘lishiga har xil kattalikdagi, ko‘rinishi xuddi uzum shingilini eslatadigan tiniq kistalar borligi sabab bo‘ladi. Makroskopik tekshirganda har xil kattalikdagi, bir–biri bilan qo‘shilmagan ko‘p kistalar ko‘rinadi. Bunday buyrakning markazida o‘zgargan oddiy elementlardan iborat kichkina joy o‘rnashgan bo‘ladi. Ular bir muncha vaqt siydik ishlab chiqqarganligi sababli, goxo ular kanalchalarda yig‘iladi va ularni cho‘zib kistalar xosil qiladi. Kistalar ichidagi narsa – ilgari ishlab turgan kalavalar filtrati hisoblanadi. Kuzatuvlarda 20% hollarda ikkinchi buyrakda ham anomaliyalar borligi aniqlandi. Buyrakning bilateral multikistozi hayot uchun to‘g‘ri kelmaydi. Bunday anomaliyani aniqlashning informativ usuli – angiografiya
bo‘ladi. Tekshirganda, zararlangan tomonda buyrak angiogrammasi va
nefrogrammasi yo‘q bo‘lsa, bu multikistozdan dalolat beradi. Multikistozli displaziya tashxisi ultratovush tekshiruvlari yordamida ham ishonchli aniqlanadi.
Davolash jarroxlik usuli bilan amalga oshiriladi, ba’zan kistalar yorilganda yoki yiringlaganda zudlik bilan operatsiya – nefrektomiya qilinadi.
Buyraklar polikistozi. Ko‘pincha nasldan–naslga o‘tadigan, hamma vaqt ikkiyoqlama bo‘ladigan og‘ir,kasallik. U buyrak parenximasini har xil kattalikdagi
ko‘p kistalar egallaganligi bilan |
xarakterlanadi. Buyrakning ko‘rinishi uzum |
shingiliga o‘xshaydi. Buyraklar |
polikistozining asosida homila ona qornida |
|
120 |