Добавил:
shahzodbeknormurodov27@gmail.com Опубликованный материал нарушает ваши авторские права? Сообщите нам.
Вуз: Предмет: Файл:

Urologiya

.pdf
Скачиваний:
629
Добавлен:
24.08.2022
Размер:
7.56 Mб
Скачать

tasviri natijalarini tezlik bilan olish imkonini beradi. Usul o‘sma kasalliklarini

aniqlashda ayniqsa ahamiyatli.

Buyrak angiografiyasi

Hozirga vaqtda zamonaviy urologiyada buyrak tomirlarining patologiyalarini noinvaziv usullarda, xususan kompyuter va magnit rezonans tomografiya usullarida o‘rganish keng tarqaldi.

Kompyuter angiografik tomografiya yoki KT angiografiya yordamida buyyraklar tomirlari arxitektonikasi to‘g‘risida batafsil ma’lumot olish mumkin. U invaziv angigrafiyaga qaraganda bir qator afzalliklarga ega.

Ushbu tekshiruv usuli ambulator sharoitda o‘tkaziladi. Patsient kompyuter tomograf apparatiga yotqiziladi va uning venasi (odatda, bilak venasi) orqali yod saqlovchi kontrast modda ma’lum bir tezlikda yuboriladi (taxminan 100 ml miqdorda). Kontrastni jo‘natish davri oralig‘ida buyrak tomirlari komyuter tomograf orqali tasviga olinadi (2.15-rasm).

2.15-rasm. KT angiografiya.

Sistografiya

Sistografiya pastga tushuvchi (ekskretor urografiya vaqtida) va yuqoriga ko‘tariluvchi (retrograd) bo‘lishi mumkin (2.16 – rasm).

91

2.16 – rasm. Yuqoriga ko‘tariluvchi sistogramma.

Retrograd sistografiyaning ko‘pincha quyidagi turlari qo‘llaniladi:

1. Suyuq rentgenkontrast modda bilan qilinadigan sistografiya qovuq

divertikulini, rentgennegativ tosh, o‘sma, rivojlanish nuqsoni, shikastlanishlar, qovuq sili va b.ni aniqlash imkonini beradi.

2. Gazsimon rentgenkontrast moddalar (kislorod) bilan qilinadigan

sistografiya qovuqning rentgennegativ toshi, prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi (adenoma)da qilinadi.

3. Suyuq rentgenkontrast modda va kislorod bilan (qovuqqa 20 ml 40% li suyuq rentgenkontrast modda, keyin esa 100–150 ml kislorod) birga qo‘shib kontrastlash sistografiyasi prostata bezi xavfsiz giperplaziya (adenoma)si va rakini, qovuq o‘smasi va toshini aniqlash imkonini beradi (2.17 – rasm).

92

2.17– rasm. Prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi (adenoma).

4.Quyqali sistografiya qovuqqa 50 – 100 ml 10 – 15% li bariy sulfat suspenziyasi yuborib, keyin uni yuvib, 30 – 40 daq.dan so‘ng 100 – 150 ml

kislorod yuborib amalga oshiriladi. Bu usul qovuq o‘smasining tasvirini olishga imkon beradi, chunki o‘sma tufayli yuzasi o‘zgarganda bariy ushlanib qolinadi, qovuqning me’yordagi shilliq pardasi bilan esa u butunlay yuvilib ketadi.

Bolalarda yuqoriga ko‘tariluvchi sistografiya ko‘pincha uretrografiya bilan birga qilinadi. Bu siydik yo‘llarining pastki bo‘limlarida urodinamika buzilganligi to‘g‘risida yetarli ma’lumot olishga imkon beradi.

Uretrotsistografiya uchun tarkibida yod bo‘lgan 10 – 20% li eritmalar va juda kam hollarda – gaz hosil qiluvchi (kislorod, karbonat angidrid hosil qiluvchi) modda ishlatiladi. Bunday tekshirishni elektron–optik o‘zgartiruvchi asbob nazorati ostida yoki katta kadrli sistouretrografiyani ishlatib amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.

Siydik–tanosil a’zolarining o‘tkir yallig‘lanish kasalliklarida retrograd sistografiyani qilish mumkin emas.

Uretrografiya

Uretrografiyaning pastga tushuvchi (miksiyali) va yuqoriga ko‘tariluvchi turlari bo‘ladi. Tekshirishning bu ikkala turini ham ishlatish tavsiya etiladi. Bu

93

usul siydik chiqarish kanalining shikastlanishi va kasalliklarida ishlatiladi.

Tekshirish bemorni chalqancha yotqizib o‘tkaziladi, bunda chap oyoq bukiladi va tashqariga keriladi, o‘ng oyoq esa cho‘ziladi. Jinsiy olat chap songa parallel qilib

shunday tortiladiki, siydik chiqarish kanalining kontrast bilan to‘ldirilgan soyasi

sonning yumshoq to‘qimasiga to‘g‘ri kelishi kerak. Retrograd uretrografiyada rentgenkontrast modda uretraga Jane shprisi yoki maxsus moslamani uretraga o‘rnatib oddiy shprisda yuboriladi. Miksiyali (antegrad) uretrografiyada rentgen surati siyish vaqtida olinadi. Odatda, bu tekshirish ekskretor urografiyaning

(pastga tushayotgan sistografiyadan so‘ng) yoki suyuq rentgenkontrast modda bilan yuqoriga ko‘tarilayotgan sistografiyaning oxirgi bosqichi bo‘ladi.

Ultratovush tekshirish usullari

So‘nggi yillarda urologiyada ultratovush tashxisi (exografiya) qo‘llanila boshladi. Ular radioelektron asboblar yordamida to‘qima va a’zolar chegarasidan qaytgan, o‘zining akustik parametrlari bilan farq qiladigan (ularda ultratovush to‘lqinlarining tarqalish tezligi, yutilish va qaytarish koeffitsienti bilan) tovushlarni yozishga asoslangan. Bir qancha ultratovush tashxislash asboblari yaratilgan bo‘lib, ular yordamida bir va ikki o‘lchamli exografiyalarni bajarish

mumkin.

Bir o‘lchamli exografiya nurlantiruvchi harakat qilmagan holatida o‘tkaziladi va to‘qimalar tuzilishi ularning joylashgan chuqurligining nisbatan bir xilligi to‘g‘risida har xil amplitudali tovushlar qaytgan holda axborotlar olinadi.

Qaytgan ultratovush impulslarining chiziqli uzunligi va amplitudasining

o‘zgarishi patologik jarayon borligi to‘g‘risida guvohlik beradi. Datchikning borib–qaytayotgan harakatlarida (ikki o‘lchamli exografiya) elektron–nurlanish trubka ekranida gavdaning tekshirilayotgan joyi yoki a’zoning kesim tasviri yorug‘ dog‘lar holida ko‘rinadi. Exografik suratlar fotoplyonkaga yoki fotoqog‘ozga xujjatlashtiriladi. Shunday qilib, exografiya me’yordagi a’zolar va to‘qimalarning kattaligi, joylashgan chuqurligi, o‘zaro munosabati hamda ulardagi patologik o‘zgarishlarning joylashishi, hajmi va tuzilishi to‘g‘risida xujjatli

axborot olish imkonini beradi (2.18-rasm).

94

2.18a. UTT da normal buyrak ko‘rinshi (uzunasiga kesimi).

Bolalarda siydik–tanosil tizimi kasalliklarini tashxislashda asboblar bilan tekshirish usullari yildan - yilga ko‘payib bormoqda. Ulardan ko‘plari o‘sayotgan bola organizmi uchun ahamiyatsiz emas. Shuning uchun har bir bolaga to‘g‘ri tashxis qo‘yishda faqat shunday usulni tanlash kerakki, ushbu kuzatuvda bu usullar eng ko‘p axborot beradigan bo‘lishi lozim. Tekshirishni eng kam shikastlantiradigan, qaysi biri yetarli to‘liq axborot olishga imkon beradigan usuldan boshlash kerak. Murakkabroq turdagi tekshirishga faqat tashxis noaniq bo‘lganda murojaat qilish maqsadga muvofiqdir.

95

2.18a. UTT da normal qovuq ko‘rinshi (ko‘ndalang kesimi).

Tekshirish rejasining to‘g‘riligi, qo‘llaniladigan usullarning ketma–ketligi va hajmining asoslanganligi kattalarni tekshirganda ham juda muhim. Tekshirish vazifalaridan kelib chiqqan holda (kasallikni topish, uning etiologiyasi va patogenezini aniqlash, organizmning boshqa a’zolari va tizimlarining urologik kasalliklarda “qatnashishi”, mavjud bo‘lgan asoratlarni va kasallikning ehtimolga yaqin prognozini aniqlash, davolashning optimal usulini tanlash, uning natijalarini baholash, dispanser kuzatuvi davomida dinamik nazoratni ta’minlash) shifokor imkoni bo‘lgan usullarning minimal soni yordamida maksimal to‘liq axborot olishga intilishi zarur. Bunda shunday usullarni afzal ko‘rmoq kerakki, ularni o‘tkazganda biror–bir asorat qolishi mumkinligi bilan bog‘liq bo‘lmasin

(ultratovush tekshiruvi, urofloumetriya, radioizotop tekshirishlar). Asbob uskunalar va rentgenologik usullardan birinchi navbatda ko‘p axborot olinadigan va kam shikastlantiradiganlarini qo‘llash kerak. Demak, ishlamaydigan buyrak yoki gidronefrozda ko‘pincha tanlash usuli retrograd ureteropielografiya bo‘lmasdan, balki angiografiya, buyrak o‘smasida angiografik tekshirishlar kompleksi asosiy bo‘lishi mumkin. Bu dastlabki ekskretor urografiya va shunga o‘xshashlardan voz kechish imkonini beradi. Ta’kidlash kerakki, tekshirishning

96

umuklinik qismi har bir shifokor uchun tushunarli bo‘lishi (bemorni batafsil va diqqat bilan so‘rab–surishtirish, shikoyatlarini to‘g‘ri baholash, hozirgi kasalligi va hayot tarixining xususiyatlari, ko‘zdan kechirishni o‘tkazishning ketma–ketligi, kasallikning aniqlangan belgilarini kompleks baholash), ko‘p hollarda to‘g‘ri tashxis qo‘yish va keyingi tekshirish usullari zaruriyatining sonini minimumga olib kelish imkonini beradi.

Shunday qilib, ushbu bobda ko‘rsatilgan urologik bemorni tekshirishning ketma–ketligi, qat’iy qotib qolgan emas va kasallikning klinik xususiyatlari hamda bemorning individual xususiyatlariga qarab o‘zgarib turadi.

Nazorat savollari:

1.Tibbiy diagnostik asboblarda qanday chastotali ultratovush qo‘llaniladi? 2.Qaysi xolatlarda infuzion urografiya o‘tkaziladi?

Testlar:

1. Tarkibida yodi bor kontrast moddalarni neytpallovchi dorilarni ko‘rsating (qaysi biri to‘liq javob beradi?).

A.0,9% natriy xlopid eritmasi. V.Suppastin, tavegil, dimedpol. S.Gemodez.

D.Natriy tiosulfat eritmasi.

2.Siydikning zichligi nimalarga bog‘liq?

A.Qon zardobi tarkibidagi mochevinaning miqdoriga. V.Buyrak kalavasidagi filtrlanayotgan suyuqlikning miqdoriga.

S.Siydik tarkibidagi erigan xolatdagi moddalarning nisbiy molekular massasiga.

D.Siydikning miqdoriga.

Vaziyatli masala:

Sistografiya ma’lumotida 12 yoshli surunkali pielonefrit bilan og‘rigan bolada ikki tomonlama refluks va siydik chiqaruv qanali orqa qismi kengaygani aniqlandi.

-Taxminiy tashxis?

-Qanday tekshirish usullarini bajarish kerak?

97

98

3– BOB. BUYRAKLAR, SIYDIK YO‘LLARI VA ERKAKLAR

TANOSIL A’ZOLARINING RIVOJLANISH ANOMALIYALARI

Siydik–tanosil a’zolarining rivojlanish anomaliyalari katta odamlarda jami tug‘ma rivojlanish nuqsonlarining 30% dan ko‘prog‘ini, bolalarda esa 35–40% ni

tashkil qiladi.

Siydik–tanosil a’zolarining rivojlanish nuqsonlari yagona va ko‘p, yengil (butun hayoti davomida namoyon bo‘lmaydigan) va og‘ir (ba’zan uzoq yashab

ketaolmaydigan) turlarga bo‘linadi.

Odamlar ko‘p yillar davomida o‘zlarida siydik–tanosil a’zolarining rivojlanish anomaliyalari borligi to‘g‘risida hech narsa sezmasliklari ham mumkin. Lekin ko‘p hollarda siydik yo‘llari anomaliyalarida siydik passajining buzilishi qayd qilinadi, bu anomaliyalar yallig‘lanish jarayonlari rivojlanishiga, tosh hosil

bo‘lishiga, buyrak parenximasining atrofiya bo‘lishiga va buyrak

yetishmovchiligiga olib keladi. Ko‘pchilik odamlarda buyraklar va siydik yo‘llarining surunkali yallig‘lanish kasalliklari rivojlanishiga tug‘ma uropatiyalar sabab bo‘ladi.

Odamda siydik va tanosil a’zolari tizimi embriogenetik jihatidan yaqin

bog‘liqlik borligi sababli, siydik tizimi anomaliyalari 33% hollarda tanosil a’zolarining rivojlanish nuqsonlari bilan birga uchraydi.

Buyrak rivojlanishining negizida uchta tuzilma: pronefros, metanefros va mezonefros xizmat qiladi. Pronefros, eng oddiy umurtqalilar ekskretor tizimining ontogenetik qoldig‘i bo‘lib, mezonefral yo‘llar bilan ulanadigan 6–10 juft kanalchalardan tashkil topadi va bu volf yo‘li yoki birlamchi kanal deb ataladi.

Mezonefros oraliq mezoblastik hujayralar massasidan rivojlanadi va pronefrotik volf yo‘lida tugallanadigan faoliyat ko‘rsatuvchi kalavalar va kanalchalardan iborat bo‘ladi. Mezonefros avval yuqori dorsal segmentlar darajasida paydo bo‘ladi, keyin esa tez rivojlanish jarayonida uning kaudal (dum tomoni) bo‘limi III bel segmenti darajasida joylashadi. Bu vaqtda mezonefros endi faoliyat ko‘rsatuvchi kalavalar va yig‘uvchi naychalarga ega bo‘ladi. Ona

qornidagi hayotning 12–14 haftasida uning atrofiyasi boshlanadi. Yig‘uvchi

99

naychalarning faqat kichkina qismi ayollarda gartner yo‘li holida, erkaklarda esa paraepididimis holida saklanadi.

Homilaning ona qornida rivojlanishining 4–haftasida pronefros reduksiyalanadi va faqat birlamchi buyrak yo‘li (volf yo‘li) saqlanadi, u kloakaga ochilib, nefrogen xordalar butun uzunligi bo‘ylab o‘sishda davom etadi.

Metanefros sekretor va yig‘uvchi tizimlardan iborat bo‘ladi. U embrionning kaudal qismida mezonefrosning atrofiya bo‘lish davrida nefrogen xordalar (buyrak blastemalari) holida paydo bo‘ladi. Shu bilan birga parallel ravishda mezonefral yoki volf yo‘lidan divertikullarning bilateral paydo bo‘lishi hisobiga birlamchi yig‘uvchi elementlar hosil bo‘ladi. Siydik nayining boshlanishi (metanefrotik divertikul) kranial yo‘nalishda o‘sadi va keyinchalik siydik nayi shakllanadi. Metanefrogen blastema bilan o‘ralgan siydik nayi o‘zining yuqori uchi bo‘linishi hisobiga jom va kosachalar, keyingi bo‘linishlarida esa buyrakning yig‘uvchi naychalari o‘sishining boshlanishiga imkon beradi.

Buyrakning sekretor tizimi mezonefrogen blastemalardan, ekskretor tizimi esa volf gavdachasining qoldiqlaridan tashkil topgan. Keyinchalik kalavalar kapillyarlarining inkapsulyasiyasi ro‘y beradi.

Metonefrogen blastemalardan buyrakning po‘stloq moddasi hosil bo‘ladi. U piramidalar asosini yopib turadi va bo‘lakchali yuzaga ega bo‘ladi. Metonefrogen blastemalar buyrakning markaziga miya moddasidagi piramidalar orasiga tarqala borib, po‘stlog‘i bertiniev ustunlari (buyrak ustunlari)ni hosil qiladi.

Ona qornidagi rivojlanishning 5–6 haftasida kloaka ventral urogenetal segmentdan boshlang‘ich siydik nayi boshlanishini oladi, u keyinchalik siydik nayini hosil qiladi. Volf nayi siydik nayi – qovuq segmentiga aylanadi. 6 oylik homilaning buyragi bo‘lakchali tuzilishga ega bo‘lib, jom kichkina, ammo buyrak parenximiyasining po‘stloq va miya qavati anchagina rivojlangan.

Siydik naylarining og‘izchalari yuqoriga ko‘tarilib, qovuq uchburchagining yon burchagiga ochiladi. Volf nayi yana siydik chiqarish kanalining orqa bo‘limini, urug‘ chiquvchi yo‘llar, moyak ortiqlari, urug‘ pufakchalarini hosil qiladi.

100

Соседние файлы в предмете [НЕСОРТИРОВАННОЕ]