Добавил:
shahzodbeknormurodov27@gmail.com Опубликованный материал нарушает ваши авторские права? Сообщите нам.
Вуз: Предмет: Файл:

Urologiya

.pdf
Скачиваний:
396
Добавлен:
24.08.2022
Размер:
7.56 Mб
Скачать

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA

MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI

Akilov F.A.

Begaliev U.E

Muxtorov Sh.T.

Mirxamidov J.X.

“Urologiya” fanidan

UROLOGIYA

darsligi

(Davolash ishi – 5510100, Kasbiy ta'lim – 5111000 (Davolash ishi – 5510100), Harbiy tibbiyot – 5510800 (Davolash ishi – 5510100), Pediatriya ishi – 5510200, Tibbiy biologik ish – 5510900)

TOSHKENT

2019

Mualliflar jamoasi:

Akilov Farxad Ataullaevich - TTA, urologiya kafedrasi mudiri, t.f.d., professor.

Begaliev Ural Ergashevich – “Doktor-A” xususiy klinikasi direktori, t.f.d.

Muxtarov Shuxrat Tursunovich - TTA, urologiya kafedrasi professori, t.f.d.

Mirxamidov Jalol Xalilovich - TTA, urologiya kafedrasi dotsenti, t.f.n.

Taqrizchilar:

B.T.Xalmatova – TTA, 1-son Bolalar kasalliklari kafedrasi mudiri, t.f.d.,

professor.

A.A.Gaybullaev – ToshVMOI, urologiya va andrologiya kafedrasi mudiri, t.f.d.,

professor.

Z.T.Shodmonova – Samarqand Davlat tibbiyot instituti urologiya kursi mudiri,

t.f.n., dotsent.

2

UO‘K 616.6(075.8)

Annotatsiya

Urologiya darsligi umumiy amaliyot shifokori o‘z amaliyotida uchratishi mumkin bo‘lgan va ko‘p uchraydigan urologik kasalliklar hamda sindromlarning etilogiyasi, patogenezi, klinikasi, davolashi va profilaktikasi haqidagi asosiy ma’lumotlarni yoritadi. O‘quv materiali 14 bo‘limdan iborat bo‘lib, ushbu bo‘limlarda urologiya haqidagi zamonaviy nazariy va amaliy ma’lumotlar berilgan.

O‘quv qo‘llanmasi O‘zbekistan Sog‘liqni Saqlash Vazirligi tomonidan tasdiqlangan dastur asosida yozilgan va tibbiyot institutlari talabalari uchun mo‘ljallangan.

Учебник урологии содержит основные данные об этиологии, патогенезе,

клинике, диагностике, лечении и профилактике урологических заболеваний и синдромов, с которыми наиболее часто сталкиваются урологи и врачи общей практики в своей практической деятельности. Материал учебника изложен в

14 главах, в которых представлены основные научно-практические сведения об урологии с учетом достижений в этой области.

Учебник написан в соответствии с программой, утвержденной Министерством здравоохранения Республики Узбекистан, и рассчитан на студентов медицинских институтов.

The handbook of urology includes main informations about etiology, pathogenesis, signs and symptoms, treatment and prevention of common urological diseases, which may be treated by general practitioners. It is consist of 14 chapters and describes theoretical and practical aspects of modern urology.

The one is written according to programme, which is justified by Health mininstry of Uzbekistan. It is for students of medical colleges.

3

Kirish so‘zi

Darslik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi PQ3775 -sonli “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorini bajarish va urologiya fanini zamonaviy o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash maqsadida yaratildi.

Kirish qismi

Urologiya – tibbiyot soxasidagi siydik-tanasil a’zolari kasalliklarining etiologiyasi va patogenezini hamda qorin parda orti bo‘shlig‘idagi patologik jarayonlarni o‘rganuvchi, ularni tashxislash, davolash va profilaktika usullarini ishlab chiquvchi fandir.

O‘zbekistonda urologiya tarixi qadimdan bemorlarda buyrak, siydik yo‘llari, erkaklar jinsiy a’zolari kasalliklarini tashxislash va davolash bilan chambarchas bog‘liqdir.

Bundan 1000 yil ilgari tibbiyot sultoni Abu Ali ibn Sino siydik tosh kasalligini aniqlashda va davolashda, o‘sha davrga monan, ulkan natijalarga erishgan, siydik yo‘llarida tosh xosil bo‘lishini ovqatlanish tarzi va siydik oqimining buzilishi bilan bog‘lagan, allomaning tajribalari “Tib qonunlari asarida eks ettirilgan. Bu mashxur asar tibbiyot xodimlariga xozirgacha qo‘llanma bo‘lib kelmoqda.

O‘zbekistonda urologiyaning tashkil topilishi mashxur jarroh, urolog, Rossiya urologiyasi asoschisi S.P.Fedorovning shogirdi professor Nikolay Semenovich Pereshivkinning nomi bilan bog‘liq. Pereshivkin N.S.1920 yili Moskvadan

Toshkentga kelgach, O‘rta Osiyo Davlat universiteti tibbiyot fakultetining tashkilotchilaridan biri bo‘lgan. 1923 yili xirurgiya kafedrasi mudiri lavozimida ishlab, birinchi marta urologik bemorlar uchun yotoq o‘rinlar ajratgan va O‘rta Osiyoda urologik yordam ko‘rsatilishini boshlab bergan. Pereshivkin N.S. rahbarligi ostida kafedrada o‘lka patologiyasi hisoblangan siydik tosh kasalligi va uni tarqalishi o‘rganilgan. Pereshivkin N.S. bilan birgalikda D.A.Vvedenskiy,

4

V.A.Dobroxotov, E.A.Frakman, S.M.Igron va boshqa mutaxassislar ishlaganlar.

Ularning ko‘pchiligi keyinchalik respublikaning turli urologik bo‘limlarini rahbari bo‘lib ishlaganlar.

1933-1954 yillarda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, professor

Dmitriy Alekseevich Vvedenskiy Toshkent tibbiyot instituti urologiya kafedrasiga rahbarlik qilgan. Vvedenskiy D.A. klinik urologiyaning rivojlanishiga va siydik yo‘llari a’zolari kasalliklarini xirurgik davolash taktikalarini ishlab chiqishda o‘zining katta hissasini qo‘shgan, chunonchi, u ko‘p sonli siydik tosh kasalligida toshlarni bir bosqichda olib tashlashni targ‘ib etganlardan biri bo‘lgan. U ikki jomli buyraklarda geminefrektomiya operatsiyasini bajarish amaliyotini ishlab chiqqan.

Vvedenskiy O‘zbekiston urologlar jamiyatini tashkillashtirgan va uning birinchi raisi bo‘lgan.

Vvedenskiy D.A. ikkinchi jahon urushi yillari frontga ketgan vaqtida kafedra mudiri bo‘lib tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Eleozar Abramovich Frakman ishlagan. U uretraning orqa bo‘limi o‘qotar quroldan shikastlanishlarini davolash masalalarini va erkaklarda so‘zak va uning asoratlarini davolash taktikalarini ishlab chiqqan.

1955-1963 yillarda Toshkent Davlat tibbiyot institutining fakultet xirurgiyasi kafedrasi qoshidagi urologiya kursiga professor Ivan Panteleymonovich Pogorelko rahbarlik qilgan. U O‘zbekistonda urologiyaning rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan. Uning ilmiy faoliyati asosan siydik yo‘llari silining diagnostikasi va davolash, hamda siydik tosh kasalligini xirurgik davolashda mushaklararo kesmani qo‘llash masalalariga bag‘ishlangan. 1957-1963 yillarda u Respublika urologlar jamiyatiga raislik qilgan.

1964-1978 yillarda Toshkent Davlat tibbiyot institutining fakultet xirurgiyasi kafedrasi qoshidagi urologiya kursiga professor Tatyana Nikolaevna Pozdnyakova rahbarlik qilgan. U ko‘p sonli urolitiazni bir lahzali xirurgik davolash hamda siydik yo‘llaridagi toshlarning parchalash va eritish masalalariga bag‘ishlangan ilmiy maqolalar chop etgan. 1971 yilda u Toshkent Davlat tibbiyot institutining urologiya kafedrasi mudiri etib saylangan.

5

1978-2007 yillarda kafedraga professor Dmitriy Lvovich Arustamov rahbarlik qilgan. U 250 dan ortiq ilmiy ishlar, 2 ta monografiya, 3 ta ilmiy jamlanmalar, 7 ta metodik tavsiyalar, 9 ta ilmiy kashfiyot muallifi. Bu ilmiy ishlar asosan a’zolar transplantologiyasi, siydik tosh kasalligini diagnostikasi va davolash, uroonkologiya va andrologiya masalariga bag‘ishlangan. Arustamov D.L. 9 ta tibbiyot fanlari doktori va 45 ta tibbiyot fanlari nomzodlarini yetishtirib chiqqan. U

O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash sohasida xizmat ko‘rsatgan xodim, Abu Rayhon Beruniy sovrini hamda «Do‘stlik» ordeni laureati. Kafedraga rahbarlik qilish bilan bir vaqtda u Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiyamaliy tibbiyot markazi direktori, Respublika urologlar ilmiy jamiyatining raisi va

“Urologiya va nefrologiyaning dolzarb masalalari” ilmiy jamlanmasi redaktori lavozimida ishlab kelgan.

Arustamov D.L. rahbarligida ilk bor 1991 yilda Urologiya ilmiy markazi tashkillashtirilgan. Respublikamizning viloyatlaridagi, jumladan Buxoro, Urganch, Andijon Tibbiyot institutlarida ham urologiya krslari tashkil etilgan. Arustamov D.L. bilan birgalikda yuqori malakali professorlar B.V.Tarasenko, F.A.Akilov, U.E.Begaliev, M.M.Mirsamatov, N.P.Pak, R.N.Nurullaevlar ishlaganlar.

1991 yili Toshkent Davlat tibbiyot institutining qayta tashkil etilishi tufayli Birinchi Toshkent Davlat tibbiyot instituti tuzildi va urologiya kafedrasi mudiri etib professor Mirkamol Mirsamatovich Mirsamatov tayinlandi. U ham

O‘zbekiston urologiyasini rivojlanishida o‘zining katta hissasini qo‘shgan. U siydik yo‘llari infeksiyasi, siydik tosh kasalligi va prostata bezi havfsiz giperplaziyasi diagnostikasi va davolash masalalariga bag‘ishlangan 100 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etgan.

O‘zbekiston urologiyasini rivojlanishida hamda mutaxassis urologlarni tayyorlashda o‘zining katta hissasini qo‘shgan olimlardan yana biri professor Adil

Muxtarovich Muxtarovdir. U 1971-1988 yillari Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining urologiya kafedrasini boshqargan. A.M.Muxtarovning tasabbusi bilan Respublika viloyatlarida vrachlar malakasini oshirishning joylardagi sikllari tashkillashtirilgan, Toshkent shahrida urologik tez tibbiy yordam

6

brigadalari yaratilgan, Viloyatlarda tumanlararo urologik bo‘limlar ochilgan.

Muxtarov A.M. – “O‘zbekiston tibbiyot jurnali”, “Fan va turmush” jurnallarining hamda “O‘zbekiston tibbiyot ensiklopediyasi” taxririyatlari kengashlarining a’zosi bo‘lgan. Fan sohasidagi yutuqlari uchun “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” unvoni bilan taqdirlangan. Muxtarov A.M. turli urologik muammolar bo‘yicha bir qator monografiya, uslubiy qo‘llamalar chop etgan hamda Pыtel A.Ya. va Lopatkin N.A. taxririyati ostida chop etilgan “Urologiya” darsligini o‘zbek tiliga tarjima qilib nashr ettirgan.

7

1 – BOB. UROLOGIK KASALLIKLAR SIMPTOMATIKASI

Urologik kasalliklar, ya’ni siydik a’zolari tizimiga oid hamda erkaklar tanosil a’zolari kasalliklarining simptomlari nihoyatda xilma–xildir (1.1– rasm).

1.1-rasm. Inson siydik– anosil a’zolari (sxemasi).

1 – buyrak usti bezi; 2 – buyrak; 3 – buyrak kosachasi; 4 – buyrak jomi; 5 –siydik nayi; 6 – qovuq; 7 – siydik chiqarish kanali; 8 – prostata bezi; 9 – urug‘ pufakchalari; 10 – urug‘ chiqarish yo‘li; 11 – urug‘don ortig‘i;

12 – urug‘don; 13 – jinsiy olat.

Bemorning ahvolini, urologik kasalliklarning etiologiyasi va patogenezini to‘g‘ri baxolash hamda uni davolash usullarini ishlab chiqish uchun shifokor murojaat qilgan bemorning anamneziga doir ma’lumotlarni to‘g‘ri va to‘liq yig‘ishi muhim amaliy ahamiyatga ega. Urologik kasallikka chalingan bemorning

8

turmush tarzi va kasalligining kechishi jarayonlariga oid ma’lumotlarni aniqlash juda muhim.

Har bir odam hayotidagi fiziologik o‘zgarishlarning tabiiy bosqichlari: masalan maktabda o‘qib yurgandagi ba’zi holatlar, qizlarda hayz ko‘rishning boshlanishi, o‘g‘il bolalarda ilk ixtilomning (uyquda beixtiyor urug‘ to‘kilishi) ro‘y berishi, oila qurish, harbiy xizmat davri va h.k. mavjud bo‘lib, ular odatda xotirada yaxshi saqlanib qoladi.

Tug‘ma kasalliklar va siydik–tanosil a’zolari tizimining rivojlanish anomaliyalari, ular simptomlarining erta paydo bo‘lishi hamda bolaning xulq– atvoridagi xususiyatlar o‘ziga xos bo‘ladi. Buyraklarning tomir kasalliklari arterial bosimning turg‘un oshishiga barvaqt olib keladi, ciydik–tosh kasalligida esa ba’zan mayda toshlarning siydik bilan chiqishi kuzatiladi, odatda bu holat ko‘pincha bemorlarning doimiy yashash joyini o‘zgartirishi, ko‘p suyuqlik ichishi yoki me’yoriy ovqatlanish tartibining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Ayni paytda, ham endogen va ham ekzogen omillarning o‘zgarishi kasallikning rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu biror bir a’zo funksiyasining buzilishi tarzida namoyon bo‘ladi, ayniqsa qaysi a’zo nisbatan zaif bo‘lsa, o‘sha a’zoning ko‘proq zararlanishiga va organizmda patologik o‘zgarishlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.

Shifokor bemorni dastlab so‘rab surishtirganda, uning shikoyatlarini, kasallik qachon boshlanganligi, uning qanday kechishi, har bir kasallik uchun xos bo‘lgan klinik simptomlarni va hokazalarni to‘liq aniqlashi zarur. Anamnezni to‘g‘ri baxolashga asos bo‘ladigan bunday so‘rovnomaning ahamiyati shundan ibratki, odatda o‘sma kasalliklari, arterial gipertenziya, surunkali urologik kasalliklarning paydo bo‘lishida chekish va spirtli ichimliklarni ko‘p iste’mol qilish moyillikni keltirib chiqarishi mumkin. Buyraklar polikistozi, siydik–tosh kasalligi, erkaklar bepushtligi va hokazalar ko‘pincha nasldan–naslga o‘tishini hisobga olish ham bemorga to‘g‘ri tashxis qo‘yishda muhim ahamiyatga ega.

Kasallik anamnezini yig‘ish vaqtida uni keltirib chiqaruvchi etiologik omillar hamda rivojlanish jarayoniga oid ma’lumotlar aniqlanadi. Bunda odam

9

organizmining yaxlit vujud sifatidagi birligini, uning a’zolari va tizimlari orasidagi uzviy bog‘liqlikni alohida e’tiborga olish zarur. Chunki ularning

kompensator mexanizmlari sog‘liqni uzoq vaqt maksimal darajada saqlash

maqsadida bir–birini to‘ldirib turadi. Binobarin, bunday holat odamda ayni paytda bir nechta kasallik mavjud bo‘lishi mumkinligini ham inkor qila olmaydi.

Bemorning hayot tarixi va kasalligining kechishi chuqur tahlil qilingandan

keyin uni bevosita ko‘zdan kechirishga kirishiladi, bu umumklinik tekshiruvlarning eng muhim qismi hisoblanadi. Shifokor bemorning umumiy ahvoli, yurish–turishi, o‘zini tutishi va gapirish uslubiga ham e’tibor beradi. Chunki, keskin harakatlar, tez gapirish, qo‘l va gavdani qimirlatib so‘zlash asab tizimida muayyan o‘zgarish mavjudligidan dalolat beradi. Bemorning og‘rigan

tomoni bilan majburan tizza va chanoq–son bo‘g‘imlarini bukib oyog‘ini

gavdasiga yaqinlashtirib yotishi buyrak atrofida yallig‘lanish borligini ko‘rsatadi.

Haddan tashqari bezovtalanib,

o‘ziga qulay holat topa

olmay og‘riqni

kamaytirishga behuda urinishi

esa buyrak sanchig‘iga xos klinik belgidir.

O‘tirgan o‘rnidan tik turishga qiynalashi osteoxondrozga xos

alomatlar sirasiga

kiradi.

 

 

Buyraklarning og‘ir kasalliklarida teri va shilliq qavatlarning oqarishi yoki

birmuncha sarg‘ayishi kuzatiladi. Terining quruqlashishi yoki ko‘p terlash organizmda suv va elektrolitlar almashinuvining buzilishi, turli xil etiologiyali zaharlanishlar va endokrin tizimidagi o‘zgarishlar oqibatida yuz beradi.

Kasallikning kechishi va uning odam hayotiga qanchalik xavf tug‘dirishiga qarab bemorning umumiy ahvoli qoniqarli, o‘rtacha og‘ir, og‘ir yoki o‘ta og‘ir darajada deb baholanadi.

Bel sohasini ko‘zdan kechirganda uning simmetrikligini baholash zarur. Ko‘pincha bemor gavdasining bel qismida shishni, teri qatlami qizarganini, lat yegan joy, jaroxat yoki shikastlanish izlarini, operatsiyadan keyingi chandiqlarni, oqmalarni aniqlash mumkin. Qorin sohasini ko‘zdan kechirganda esa buyrakdagi katta o‘sma, buyrak polikistozi yoki gidronefroz tufayli unda yuzaga kelgan asimmetriklikni kuzatish mumkin.

10

Соседние файлы в предмете [НЕСОРТИРОВАННОЕ]