Добавил:
mkk-1978@mail.ru Доктор экономических наук, профессор кафедры Экономической теории национального университета Республики Узбекистан им. М.Улугбека Опубликованный материал нарушает ваши авторские права? Сообщите нам.
Вуз: Предмет: Файл:
2-mavzu.ppt
Скачиваний:
681
Добавлен:
01.01.2021
Размер:
11.02 Mб
Скачать

2-MAVZU. MAKROIQTISODIY TAHLIL VA PROGNOZLASHNING AXBOROT

TA’MINOTI

Ma’ruzachi: Q.Mambetjanov

Reja:

Makroiqtisodiy tahlilning asosiy sohasi – mamlakatda ishlab chiqarishning umumiy hajmi, inflyasiya sur’atlari, ishsizlik darajasi, to‘lov balansi saldosi, ayirboshlash kursi kabi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar. Makroiqtisodiy tahlilning maqsadi – umumiy ko‘rsatkichlar ma’lumotlarining o‘zgarishini izohlash va davlat organlariga hamda jamoat tashkilotlariga iqtisodiy vazifalarni hal etishda va iqtisodiy vaziyatdagi kutilmagan o‘zgarishlarga munosabat bildirishda yo‘l ko‘rsatishdan iborat.

Milliy iqtisodiyot o‘zaro bog‘liq sektorlar va tarmoqlarning murakkab yig‘indisini o‘zida namoyon etadi. Uning eng muhim tavsiflari - tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish va iste’mol qilish hajmi, inflyasiya va iqtisodiy o‘sish sur’atlari, bandlik, ishsizlik va daromad darajalari.

Milliy hisoblar tizimi (MHT)

Milliy hisoblar tizimi (MHT) makroiqtisodiy ma’lumotlarga ishlov berish va ularni makroiqtisodiy tahlil maqsadlari uchun tizimlashtirilgan ko‘rinishda taqdim etish imkonini beruvchi buxgalteriya hisobi sifatida ishlab chiqilgan. U milliy iqtisodiyot ko‘rsatkichlarini tahlil qilish, baholash va monitoringini amalga oshirishda zarur bo‘lgan axborotning uzluksiz oqimini tashkil etish uchun xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olingan bazani o‘zida namoyon etadi.

Ta’kidlash lozimki, MHTning makroiqtisodiy tahlil uchun o‘ta muhim ahamiyatga egaligi quyidagilarda namoyon bo‘ladi.

1. MHT makroiqtisodiy tahlil uchun zarur baza hisoblanib, o‘zining ancha moslashuvchanligi va qulayligi bilan ajralib turadi. Rivojlanishning turli bosqichlarida turgan mamlakatlar uchun hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun manba bo‘lib xizmat qiladi, hamda tahlil va prognoz uchun axborot bazasi hisoblanadi.

2. MHT nafaqat muayyan davrda, balki dinamikada ham (muayyan vaqt qatori mobaynida) eng muhim makroiqtisodiy o‘rtacha ko‘rsatkichlar (masalan, ishlab chiqarish hajmi va bandlik darajasi) harakatini kuzatish imkonini beruvchi tizimni o‘zida namoyon etadi.

3. MHT – xalqaro taqqoslashlar uchun eng muhim axborot manbai hisoblanadi, chunki xalqaro tashkilotlarga milliy hisobvaraqlar bo‘yicha ma’lumotlarni, xalqaro standartlarga mos keluvchi ta’riflar va tasniflarni taqdim etishda foydalaniladi.

Bunday taqqoslashlar ishlab chiqarish hajmi ko‘rsatkichlarini umumiy valyutaga aylantirishni talab qiladi. Milliy valyutalarda ifodalangan YAIM haqidagi ma’lumotlarni qayta hisoblash ko‘pincha bozor ayirboshlash kursi bo‘yicha amalga oshiriladi.

Agar bozor (yoki rasmiy) ayirboshlash kurslari (YAIM darajasida) qiyoslanadigan tovarlar va xizmatlar o‘rtacha chamalangan narxlarining nisbatlariga teng bo‘lsa, bunday qayta hisoblash maqbul bo‘ladi, ushbu o‘zaro bog‘liqlik xarid qobiliyati pariteti (XQP) deb nomlanadi.

Biroq bozor ayirboshlash kurslari uzoq davrlar mobaynida XQPdan katta farq qilib, YAIM dagi siljishga, demak, taqqoslashlar chog‘idagi muntazam hatoga olib kelishi mumkin. SHuning uchun xalqaro taqqoslashlar chog‘idagi muntazam hatoning miqdorini cheklash imkonini beruvchi muqobil metodikalar ishlab chiqilgan.

YAlpi ichki mahsulot iqtisodiyotning barcha sektorlarida ishlab chiqarilgan qo‘shilgan qiymat summasi sifatida aniqlanadi. YAIM ushbu mamlakat hududida ishlab chiqarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlar bozor qiymatining o‘lchovi bo‘lib xizmat qiladi.

Investitsiyalar (yalpi kapital hosil qilish) makroiqtisodiy nuqtai nazardan iqtisodiyotda kapital qo‘yilmalar jismoniy hajmining ko‘payishi sifatida aniqlanadi.

YAIMni hisoblash usullari.

bu yerda:

C – davlat va nodavlat sektorlarining yakuniy iste’moli;

I - investitsiyalar yalpi hajmi (asosiy fondlarga investitsiyalar va tovar-moddiy zaxiralarning o‘zgarishi);

X - tovarlar va faktoriy xizmatlar eksporti; M - tovarlar va nofaktoriy xizmatlar importi.

Соседние файлы в предмете Макроэкономический анализ и прогнозирования