Добавил:
Upload Опубликованный материал нарушает ваши авторские права? Сообщите нам.
Вуз: Предмет: Файл:
лаб_янги.docx
Скачиваний:
15
Добавлен:
01.07.2025
Размер:
1.17 Mб
Скачать

Asbobning тuzilishi va o`lchash usuli.

Ma’lumki, elektrostatik maydon kuchlanganlik (E) va potensial () kabi kattaliklar bilan xarakterlanadi. Ammo kuchlanganlik vektor kattalik bo`lganligi uchun unga nisbatan potensialini o`lchash va hisoblash ancha oson. Shuning uchun bu ishda avval maydonning ekvipotensial sirtlari topilib, so`ng (unga tik bo`lgan) elektrostatik maydonning kuch chiziqlari topiladi. Bu ishda elektrostatik maydonning potensialini (ekvipotensial sirtlarni) aniqlash zond usuliga asoslangan. Bu uslubning mohiyati – elektrostatik maydonning potensiali o`lchanayotgan nuqtalariga qo`shimcha elektrot – zond kiritishdan iborat.

Тajribalarning ko`rsatishicha, ikki elektrod orasidagi elektrostatik maydon potensialining taqsimlanishi shu elektrodlar orasidagi muhit tok o`tkazishi (suv) yoki o`tkazmasligidan (vakuum, dielektrik) qatiy nazar, bir hil bo`lar ekan.

1-rasm.

Misol uchun elektrodlar ikkita konsentrik metall, sferadan iborat bo`lib, ular orasidagi shar-qatlami biror dielektrik bilan to`ldirilgan bo`lsin (1-rasm).

Agar sferalar zaryadlansa, ichki sfera ularning orasidagi muhitda elektrostatik maydonni hosil qiladi. Bunda sfera sirtlar ekvipotensial sirtdan iborat bo`lib, kuch chiziqlari esa bu sirtga maydonning kuchlanganligiga esa masofaning kvadratiga teskari proporsional ravishda kamayib sferalar orasidagi shar

qatlamining bir jinsli (masalan suv) bilan to`ldirib, ularni tok manbaiga ulasak, sferalar orasidagi muhit orqali o`zgarmas tok o`ta boshlaydi. Bu holda sferalar orasida hosil bo`lgan elektr maydoni, ular zaryadlanganda hosil bo`ladigan elektr maydoni kabi bo`ladi.

O`zgarmas tok o`tayotgan muhitdagi potensiallar taqsimlanishini o`rganish oson bo`lganligi uchun zaryadlangan o`tkazgichlar orasidagi potensiallar taqsimlanishini aniqlash o`rniga uning aniq va qulay modeli - o`zgarmas tokli

2-rasm.

muhitning elektr maydoni o`rganiladi. Bu usul quyidagi afzalliklarga ega.Zondda hosil bo`lgan tokni galvanometr bilan o`lchash mumkin, aks holda elektrostatik asbob ishlatishga to`g`ri keladi. Elektrostatik asboblar tez buziladi. 2- rasmda ish qurilmasining tuzilishi ko`rsatilgan.

Тok o`tkazmaydigan (masalan, organik shisha) materialdan yasalgan vanna (A) ga ikkita metall C1 va C2

elektrod joylashtiriladi. Bu elektrodlar orasidagi hosil bo`lgan elektrostatik maydonni o`rganish uchun vannaga metallga nisbatan kichikroq o`tkazuvchanlikka ega bo`lgan elektrolit masalan suv quyiladi.

Suvni shunday quyish kerakki natijada elektrodlar suvning ustidan chiqib tursun. Elektrodlarga kuchlanish o`zgarmas tok manbai () dan potensiometr (p) orqali beriladi. Sxemaning o`lchaydigan qismi galvanometr (G) orqali potensiometrga ulangan S zonddan va (v) voltmetrdan iborat. Potensiometr orqali zondning potensialini o`zgartirish mumkin. Agar elektrostatik maydonning zond kiritilgan nuqtasining potensiali zondning potensialiga teng bo`lsa, galvonometrdan tok o`tmaydi. Galvonometr nolni ko`rsatgan nuqtalarning (ya’ni potensiallari teng bo`lgan nuqtalarning) geometrik o`rni o`rganilayotgan elektrostatik maydonning ekvipotensial sirtidan iborat bo`ladi.