Добавил:
Upload Опубликованный материал нарушает ваши авторские права? Сообщите нам.
Вуз: Предмет: Файл:
лаб_янги.docx
Скачиваний:
15
Добавлен:
01.07.2025
Размер:
1.17 Mб
Скачать

Asbobning tuzilishi va ish usuli.

Asbob 23-rasmda ko`rsatilgan bo`lib, qo`zg`aluvchi C porshenli V shisha silindrdan, tovush generatori ZG, telefon (Т) va eshitish naychasi D dan iborat. Тelefon tovush manbai bo`lib hisoblanadi. Тovush generatori telefon membranasining aniq  chastota bilan tebrantiradi.

Akustik rezonansi kuzatish uchun porshenni surish bilan havo ustunini shunday tanlab olish kerakki, unga chorak to`lqinning toq soni to`g`ri kelsin. Bu vaqtda tovush manbaining chastotasi xususiy tebranish chastotasiga teng bo`ladi va biz tovushni kuchayishni sezamiz

Agarda porshenni silindrning ochiq uchidan sursak tovushni birinchi kuchayishi keyingilari tegishlicha mos ravishda va x.k.

masofalarda kuzatiladi.

Ikkita ketma-ket kuchayishlar orasidagi masofa ga teng. Тo`lqin uzunligini tovush kuchsiz eshitilgan nuqtalardan ham aniqlash mumkin. Ikkita kuchsiz eshitilgan nuqtalar orasidagi masofa ham bo`ladi.

Ishni bajarish tartibi.

1. Тovush generatori tok manbaiga ulanadi va. “set” tumbleri "vkl." xolatga qo`yiladi.

2. Ish uchun kerak bo`lgan uch hil chastotani (masalan 800,1000,1200 Gs) tovush generatorining eng yuqori shkalasidan olinadi.

3. Porshen “S” ni surish orqali tovush to`lqining yo`li o`zgartiriladi va maksimal eshitirilgan vaqtdagi porshenning holati aniqlanadi. Chizg`ich yordamida birinchi maksimum uchun havo ustunining uzunligi (trubkadan) ochiq uchidan porshengacha bo`lgan masofa 1, yozib olinadi.

4. Shu tarzda ikkinchi, uchinchi va undan keyingi maksimum xolatlar belgilanib, mos ravishda havo ustunining uzunligi 2, 3, 4 lar aniqlanadi.

5. Ikki qo`shni maksimumlar orasidagi masofa 1=2-1 yoki 2=3-2 lar aniqlanib, o`rtacha qiymat hisoblanadi:

6. Formula dan  ni xisoblab, berilgan chastota uchun uning o`rtacha qiymati topiladi. Тovush tezligi = formuladan aniqlanadi. (Тebranish, chastotasi tovush generatoridan olinadi.)

7. Тovush tezligining o`rtacha qiymatini hisoblab formula yordamida tovushning 0°S dagi tezligi aniqlanadi.

Olingan natijalar quyidagi jadvalga yoziladi.

i

o`r

i

o`r



o`r

1

2

3

14-Laboratoriya ishi

Xoll effektini o’rganish

Ishning maqsadi Magnit maydonda harakatlanayotgan elektr zaryadiga ta’sir etuvchi Lorents kuchini aniqlash.

Nazariy qism

Magnit maydonda harakatlanayotgan elektr zaryadga ta’sir etuvchi Lorents kuchining mavjudligi Xoll effektini izohlashga imkon beradi. Magnit maydon kuchlanganligi tashqi magnit maydon chiziqlariga perpendikulyar joylashtirilgano’tkazgichdan yasalgan plastinka bo’ylab tok o’tganda plastinkaning orasida potentsiallar ayirmasi hosil bo’ladi. Bu hodisa Xoll effekti deb yuritiladi. Hosil bo’lgan potentsiallar ayirmasi tok kuchi bilan magnit maydon kuchlanganligining ko’paytmasiga to’g’ri proportsional va plastinkaning qalinligiga teskari proportsional bo’ladi.

= K-doimiy kattalik

Xoll effekti faqat elektronli o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan o’tkazgichlardagina uchraydi. Elektrolitlar ionli o’tkazuvchanlikka ega bo’ladi. SHu sababli ularda sezilarli effekt bo’lmaydi, chunki og’ir ionlarning tezligi elektronlarnikiga qaraganda ancha kichik bo’ladi. Yarim o’tkazgichlarda temperatura pasaygan sari elektrokimyoviy ekvivalent tez o’qa boradi. Bu kattalikning o’sishi temperatura pasayishi bilan hajm birligidagi erkin elektronlar sonining tezda kamayib ketishiga mos keladi. Yarim o’tkazgichlarda Xoll effektidan foydalanib, yarim o’tkazgichning o’tkazuvchanligi elektronli yoki teshikli ekanligini aniqlash mumkin. Aralash o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan yarim o’tkazgichlarda o’tkazuvchanlik hodisasining tabiati ancha murakkabdir.

15-LABORATORIYA ISHI