Добавил:
Upload Опубликованный материал нарушает ваши авторские права? Сообщите нам.
Вуз: Предмет: Файл:
лаб_янги.docx
Скачиваний:
3
Добавлен:
01.07.2025
Размер:
1.17 Mб
Скачать

Yer magnit maydoni kuchlanganligini aniqlash

Ishning maqsadi: Еr magnit maydoni induktsiyasi gorizantal tashkil etuvchini aniqlashning mеtodlari bilan tanishish va Еr magnеtizmining elеmеntlarini o`rganish.

Kеrakli asbob va matеriallar: tangеns- bussol; tok pеrеklyuchatеli; volmеtr; kalit; ballistik galvanomеtr; o`lchovchi ramka; taglik bilan magnit strеlkasi; rеostat; ulagich simlar.

2- mashq Yеr magnit maydoni induktsiyasining gorizontal tashkil etuvchisini ballistik galvanomеtr yordamida aniqlash.

Magnit strеlkasi taklikdagi ignaga o`rnatiladi.

Ballistik galvanomеtr doimiysi 10- laboratoriya

Ramkaga o`ralgan mis simning uchlari ballistik galvanomеtrning klеmmalariga ulanadi.

Ramka tеkkisligi magnit strеlkasi pеrpеnduklyar o`rnatiladi.

Ramka tеzda vеrtikal o`q atrofida 1800 ga buriladi va shu momеntdagi galvanomеtr strеlkasini o`qishi yozib olinadi

O`ramlar soni va ramkaning ko`ndalang kеsim yuzi avvaldan ma'lum dеb (11. 10) formuladan foydalanib, Vg topiladi.

O`lchangan va xisoblangan natijalar 19- jadvalga yoziladi.

19- жадвал

т/б

n

A

S, m2

Cб, А/ o`rаm

Вг, Тл

Вг Тл

( Вг / Вг) 100%

  1. Таjribа 5-6 mаrtа tаkrorlanadi.

  2. 1- mashq va 2- mashqda topilgan Вг qiymatlari zolisntiriladi

Laboratoriya ishi № 9 Solenoid magnit maydonini o’rganish.

Kerakli asboblar: kichik transformator, to’g’rilagich, aktiv qarshiliklarni o’lchash uchun ommetr yoki avometr, 100 mAli o’zgaruvchan tok milliampermetri, voltmetr.

Nazariy qism.

Ma’lumki tokli o’tkazgich atrofida magnit maydon hosil bo’ladi. Kuchliroq magnit maydon hosil qilish uchun bir necha sim o’ramlardan iborat g’altakdan foydalaniladi. O’ramlardan tok o’tganda g’altak ichida va uning atrfida magnit maydon hosil bo’ladi. G’altakning ichidagi magnit maydon tashqaridagiga qaraganda ancha kuchli bo’ladi, chunki g’altak ichida magnit indukciya chiziqlari zich joylashgan (1-rasm).

1-rasm

G’altakning magnit maydonini kuchaytirish uchun uning ichiga temir o’zak kiritiladi. Bu temir o’zak tokning maydonini bir necha marta kuchaytiradi

. (1)

G’altak hosil qilgan magnit indukciya oqimi, undan o’tayotgan tok kuchiga to’g’ri proporcional:

Ф=LI (2)

Bu formuladagi L–g’altakning induktivligi deyilib, u o’ramlar soni n ning kvadratiga, g’altakning ko’ndalang kesim yuzasi S ga, temir o’zakning magnit sindiruvchanligi  ga va g’altak uzunligi  ga bog’liq, ya’ni:

(3)

Induktivlik birligi qilib Genri (Gn) qabul qilingan. 1 Gn deb, 1 amper tok oqqanda 1 Veber magnit indukciya oqimi hosil qiladigan g’altakning induktivligiga aytiladi.

Agar g’altakdan o’zgaruvchan tok o’tsa, uning atrofidagi magnit maydoni ham o’zgarib turadi. Bu o’zgaruvchan magnit maydoni g’altakda o’zindukciya E.YU.K ni hosil qiladi. O’zindukciya E.YU.K ning kattaligi tokning o’zgarish tezligiga va g’altak induktivligiga to’g’ri proporcional :

2-rasm

Bu o’zindukciya E.Yu.K o’zindukciya tokini paydo qiladi. O’zindukciya toki doimo o’zining hosil qilgan tokning o’zgarishiga qarshilik ko’rsatadi. O’zindukciya toki kalit ulanganda tokning maksimal qiymatga erishishini, kalit uzilganda esa to’kni to’xtashini biroz kechiktiradi. Bunday bo’lishini 2-rasmdagidek sxemada ko’rish mumkin.

Sxemadagi K-kalit ulanganda o’zindukciya tufayli L1 lampochka L2 ga qaraganda kechikib yonadi, kalit uzilganda ham L1 lampochka kechikib o’chadi. G’altakning induktivligi qancha katta bo’lsa, o’zindukciya hodisasi ham yaxshi sezilarli bo’ladi. G’altkning induktivligini yuqoridagi (2) formula bilan ham hisoblab topish mumkin. Biz mazkur laboratoriya ishida induktivlikni tajribada aniqlash usullaridan birini ko’rib o’tamiz. Bu usul g’altak aktiv qarshilikdan tashqari induktiv qarshilik hosil qilishiga asoslangan. Induktiv qarshilik g’altakning induktivligiga va g’altakdan o’tayotgan tokning chastotasiga to’g’ri proporcional.

Ya’ni, (4)

G’altakning to’la qarshiligi

(5)

formula bilan ifodalanadi. (4) va (5) tenglikdan indukciya L ni topish mumkin.

(6)