Добавил:
Опубликованный материал нарушает ваши авторские права? Сообщите нам.
Вуз: Предмет: Файл:
УМК электр машиналари ЭТ 2022 (3).doc
Скачиваний:
5300
Добавлен:
02.11.2022
Размер:
19.19 Mб
Скачать

Sinov savollari

1. Qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron motorning tuzilishi va ishlash printsipini tushuntirib bеring.

2. Qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron motorlarning qanday yurgizish usullarini bilasiz.

3. Motorning salt ishlash tavsiflari tajribada qanday olinadi va ularning o‘zgarish xaraktеrini tushuntirib bеring.

4. Motorning qisqa tutashuv tavsiflari tajribada qanday olinadi va ularning o‘zgarish xaraktеrini tushuntirib bеring.

А2-laboratoriya ishi

Qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron motorning ish tavsiflarini tekshirish

1. Ishni bajarishdan maqsad

1. Qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron motorning ish tavsiflarini tajriba yo‘li bilan olish va uni qurishni o‘rganish.

2. Ishning dasturi

1. Motorning ish tavsiflarini ifodalovchi bog‘liqlik P1, I1, cos1, , S, n=f (P2) larni U1=Un=const va f1=fn=const bo‘lganda

a) stator chulg‘amlari yulduz

b) stator chulg‘amlari uchburchak ulangan holatlar uchun olish.

3. Ishni bajarish yuzasidan qisqacha nazariy tushunchalar

U1=const va f1=const shartlar ta’minlangan holda rotorning aylanish chastotasi n, sirpanishi s, stator toki I1, foydali momenti M2, quvvat koeffitsiyenti cos va FIK  larni valdagi YK (foydali quvvat) P2 ni o‘zgartirib olingan n, s, I1, M2 , cos,  = f (P2) bog‘liqlikka asinxron motorning ish xarakteristikalari deyiladi.

Analitik hisoblash usul asinxron motorning almashtirish sxemasiga asoslangan. Bunda asinxron motorning pasportida ko‘rsatilgan ma’lumotlar (РN, U1N, nN) hamda salt ishlash va qisqa tutashuv tajribalaridan olingan natijalar hisoblashda dastlabki ma’lumot uchun yetarli bo‘ladi.

Hisob quyidagi tartibda amalga oshiriladi.

Rotor chulg‘amining keltirilgan aktiv qarshiligi , kritik sirpanish skr va nominal sirpanish sN lar quyidagicha aniqlanadi:

=rqt–r1, (3)

skr / xqt (4)

sN = (n1 – nN)/n1 (5)

Sirpanishga 78 qiymatlar (bunga sirpanishning nominal sN va kritik skr qiymatlari ham kiradi) berib ish xarakteristikalarini qurish uchun zaruriy bo‘lgan kattaliklar aniqlanadi.

Ekvivalent aktiv qarshilik, ()

rek=r1+ /s. (6)

Almashtirish sxemasi ishchi zanjiri (konturi)ning ekvivalent to‘la qarshiligi ()

Zek= . (7)

Asinxron motor almashtirish sxemasi ish konturining quvvat koeffitsiyenti

cos2 = rek / Zek (8)

Rotor chulg‘amining keltirilgan toki, (A)

=U1/Zek (9)

va uning aktiv va reaktiv tashkil etuvchilari, (A)

= cos2; (10)

= sin2 (11)

Stator chulg‘amining aktiv va reaktiv tashkil etuvchilari, (A)

I1a=I0a+ ; (12)

I1r=I0r+ , (13)

bunda: I0a = I0 cos0 – salt ishlash tokining aktiv tashkil etuvchisi;

I0r = I0 sin0 – salt ishlash tokining reaktiv tashkil etuvchisi.

Stator chulg‘amining toki, (A)

I1= . (14)

Asinxron motorning quvvat koeffitsiyenti

cos1=I1a/I1. (15)

Motorning iste’mol qiladigan aktiv quvvati, (W)

Р1=m1U1I1a (16)

Salt ishlash rejimdagi aktiv quvvati, (W)

Р0=m1 r1+ + , (17)

bunda r1 - stator fazaviy chulg‘amining aktiv qarshiligi (); bu qarshilik mazkur tajribani o‘tkazib bo‘lgandan keyin tezda o‘lchab olinadi.

Stator chulg‘amidagi elektr isroflar, (W)

=m1 r1 (18)

Asinxron motorning elektromagnit quvvati, (W)

Рem1–( + ). (19)

Rotor chulg‘amidagi elektr isroflar, (W)

=m2 r2=m1 . (20)

Elektromagnit moment, (Nm)

M=Рem1 (21)

bunda 1 = 2n1 / 60 = 2f1 / r – maydonning burchak tezligi.

Qo‘shimcha isroflar (nominal rejim uchun), (W)

Рqo‘sh(N)=0,005P1 (22)

Motorning nominal bo‘lmagan rejimi uchun qo‘shimcha isroflarini hisoblashda quyidagi ifodadan foydalanish zarur:

Рqo‘sh=Рqo‘sh(N) . (23)

bu yerda kyu = I1/ I1N – yuklama koeffitsiyenti.

Asinxron motorda barcha isroflarning yig‘indisi:

P= + + + + . (24)

Asinxron motorning foydali quvvati, (W)

Р21–P yoki Р2= Рem–Рe2 –Рmex–Рqo‘sh (25)

bunda Pmex– mexanik isroflar (ular salt ishlash tajribasidan aniqlanadi).

Motorning FIK

=Р21=1–Р/Р1 (26)

Rotorning aylanish chastotasi (3) formula bo‘yicha hisoblanadi.

Motorning foydali momenti (Nm)

M2=9,55Р2/n. (27)

Sirpanishning bir necha me’yoriy qiymatlari uchun hisoblangan natijalar 7.1–jadvalga yig‘iladi va motorning ish xarakteristikalari – n, M2, I1,cos1, =f (P2) kuchlanish U1=UN=const va chastota f1=const uchun quriladi.