Добавил:
Опубликованный материал нарушает ваши авторские права? Сообщите нам.
Вуз: Предмет: Файл:
УМК электр машиналари ЭТ 2022 (3).doc
Скачиваний:
5426
Добавлен:
02.11.2022
Размер:
19.19 Mб
Скачать

18.4. Parallel qo‘zg‘atishli motor aylanish tezligini boshqarish

Motorlarning aylanish tezligini boshqarish usullar baho­langanda quyidagi ko‘rsatkichlar taqqoslanadi:

- boshqarishning ravonligi;

- boshqarish diapazoni, eng katta aylanish tezligining eng eichik tezlikka nisbati;

- boshqarishning samaraliligi, boshqarish apparatlarining narxi va ulardagi elektr energiya isroflari.

Ifoda (18.5) dan shuni bilish mumkinki, parallel qo‘zg‘atishli motorning yakori aylanishi tezligini boshqarishga yakor zanjiridagi qarshilikni o‘zgartirib, asosiy magnit oqimni o‘zgartirib va yakor zanjiri kuchlanishini o‘zgartirib erishish mumkin ekan.

Yakor zanjiriga qo‘shimcha qarshilik kiritish. Qo‘shimcha qarshilik (rqo‘sh reostat) yakor zanjiriga ishga tushirish reostati (ITR) kabi ulanadi. Bunda faqat shu farq bo‘ladiki, reostat o‘zidan uzoq muddat tok oqishiga hisoblangan bo‘lishi zarur.

Yakor zanjiriga reostat rqo‘sh ulanganda (18.5) ifoda quyida­gicha o‘zgaradi

, (18.12)

bunda - yu.i. rejimidagi aylanish tezligi; -yakor zanjiridagi kuchlanishlar pasayuvi natijasida aylanish tezligi o‘zgarishi.

Qo‘shimcha qarshilik rqo‘sh ortishi bilan ortadi va aylanish tezligini kamaytiradi. Bog‘lanish parallel qo‘zg‘atishli motor mexanik tavsifini ham tasvirlaydi (18.4,a-rasm): yakor zanjiridagi qarshilik rqo‘sh ortishi bilan mexanik tavsifning nishabligi ortadi, aylanish tezligi esa, valdagi berilgan (o‘zgarmas) yuklanishda (M=MNOM), kamayadi. Ushbu boshqarish usuli aylanish tezligini katta diapazonda ravon boshqarish (faqat aylanish tezligini nominal qaymatidan pastga) imkonini beradi. Biroq u boshqaruvchi reostatda katta quvvat isroflari (I2ar) bo‘lishi bilan samarali emas. Motorning quvvati oo‘gan sari, isroflar I2ar muttasil ortib boradi.

18.5-rasm. Parallel qo‘zg‘tishli motor boshqarish tavsifi

Asosiy magnit oqimni o‘zgartirish. Palallel qo‘zg‘atishli motorni ushbu usulda boshqarish, qo‘zg‘atish chulg‘amidagi qo‘shimcha reostat RQ.Q qarshiligini o‘zgar­tirib amalga oshiriladi. Masa­lan, reostat qarshiligi kamay­ganda qo‘zg‘otish magnit oqimi ortadi va aylanish tezligi kamayadi (18.5). Qarshi­lik RQ.Q qiymati ortganda magnit oqim kama­yadi, aylanish tezligi ortadi. Aylanish tezli­gi­ning qo‘z­g‘ot­ish tokiga bo‘lgan bog‘­liqligi va bo‘lganda motorning boshqarish tavsifi bilan ifoda­lanadi.

Ifoda (18.5) dan ma’lumki, magnit oqimi F kamayishi bilan aylanish tezligi p giperbolik qonuniyat bilan ortadi (18.5,a-rasm). Shu bilan birga, F ning kamayishi yakor tokining ortishiga olib keladi. Agar magnit oqim bo‘lganda yakor toki ya’ni yakor zanjiridagi kuchlanish pasayuvi, yakorga keltirilgan kuchlanishning ( ) yarmiga teng bo‘ladi. Bunday vaziyatda aylanish tezligi makimal qiymatiga erishadi. Magnit oqimning kamiyishi davom etaversa ( ), yakor aylanish tezligi kamayib boshlaydi, chunki tok ning keskin ortishi natijasida (18.9) ifodaning ikkinchi tashkil etuvchisi birinchisiga nisbatan tezroq ortadi.

Motor valida kichik yuklanish momenti bo‘lgan-da yakorning maksimal aylanish tezligi nominal tezlik dan birnecha marta katta bo‘ladi va motorning mexanik chidamliligi nuqtai nazar-dan bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, ya’ni motor yakori sochilib ketishi mumkin. Bu vaziyatni e’tibor olib, reostat qarshiligi RQ.Q shunday tanlanishi kerakki, uni to‘liq kiritilganda aylanish tezligi joiz miqdoridan katta bo‘lmasin.

Masalan, 2P turdagi motorlarda joiz aylanish tezligi nominal aylanish tezligidan 2-3 martadan ortmasligi zarur. Yana bir xavf shundaki, e’tiborni qo‘zg‘otish zanjiri kontaktlari ishonchliligiga qaratish zarur, aks holda, bu kontaktlarning behosdan uzilishi natijasida, qo‘zg‘otish chulg‘ami toki nolga teng bo‘lib, magnit zanjirda magnit oqim qoldiq magnetizm oqimigacha kamayadi, unda aylanish tezligi xavfli miqdorgacha etishi mumkin.

Boshqarish tavsifining shakli motorning validagi yuklanish momenti M2 qiymatiga bog‘liq: M2 ortishi bilan maksimal aylanish tezligi kamayadi (18.5,b-rasm).

Ushbu motorni boshqarish usulining kamchiligi shundaki, magnit oqim F o‘zgarishi bilan mexanik tavsifning nishabligi o‘zgaradi.

Ko‘rilgan boshqarish usuli sodda va iqtisodiy samaralidir, chunki parallel qo‘zg‘otishli motorlarda qo‘zg‘otish toki yakor tokining 1-7 foizini tashkil etadi, ya’ni , shuning uchun boshqaruvchi reostatdagi quvvat isrofi ( ) juda kichik.

Yakor zanjirida kuchlanishni o‘zgartirish. Yakor aylanish tezligini yakor kuchlanishi yordamida boshqarish uchun qo‘zg‘otish chulg‘ami magnit oqimi yoki toki o‘zgarmas ( yoki ), ya’ni mustaqil qo‘zg‘otish – yakor chulg‘ami bilan qo‘zg‘atish chulg‘ami alohida manbalardan ta’minishi zarur.

YU.i. rejimida aylanish tezligi p0 kuchlanishga proporsional, ammo kuchlanishga bog‘liq emas [(18.11) ga qarang], shuning uchun kuchlanish o‘zgarganda mexanik tavsif abssissa o‘qiga nisbatan nishablik burchagini o‘zgartirmaydi, faqat bir-biriga nisbatan balandligini o‘zgartiradi (18.4,s-rasm). Ushbu usulni amalda qo‘llash uchun yakor zanjirini kuchlanishi boshqariladigan o‘zgarmas tok manbaiga ulash zarur.